1)Mazmunni umumlashtirish, jamlash;
2)She’riy vazn va marom chegarasini belgilash;
3)Muayyan she’riy parchalarga ohangdoshlik, uyg‘unlik va ravonlik bag‘ishlash;
4)She’riy misralarni muayyanbandlarga bo‘lish.
Xalq dostonlaridagi epik makonlar muayyan xalqaro epik an’analar, milliy yoki dostonchilik maktablarining o‘zlariga xos an’analari bilan aloqadorlikda yaratiladi. Masalan, o‘zbek “Alpomish” dostonidagi epik makonlar doirasi Boysun, Kashal yurti, Chilbir cho‘li, Oyna ko‘li, Bobotog‘, Murod tepa kabilar bilan chegaralansa, “Go‘ro‘g‘li” turkumi uchun epik makon Chambil qal’asi bilan boshlanadi va Go‘ro‘g‘li, uning asrandi farzandlari, ikki pari xotini, qirq yigiti faoliyati bilan bog‘liq holda Xunxor, Vayangan, Qo‘fi Qof, Torkiston, Asqar tog‘i, Arzirum, Polvon tog‘i, Badbaxt cho‘li, Arbotin, Bog‘i Eram kabi sof epik va mifik makonlar bilan boyib boradi. Ushbu epik makonlarning ko‘pchiligi nafaqat o‘zbek “Go‘ro‘g‘li” turkumi uchun , balki ko‘pgina xalqlar “Go‘ro‘g‘li” eposlari uchun umumiylik kasb etishini marhum folklorshunos B.A.Karriev alohida ta’kidlab ko‘rsatgan edi.Uning ko‘rsatishicha, “Go‘ro‘g‘li” dostonlaridagi epik makonlar ozarbayjon, arman, kurd, gurji, turk, turkman, o‘zbek, ‘rta Osiyo arablari, qozoq, tojik, tobol tatarlari uchun ham bir xillikka ega.
“Xalfa”atamasi haqida ba’zi qaydlar.
Ma’lumki, turkiy xalqlar og‘zaki poetik ijodiyotini yaratuvchilar va kuylovchilar “baxshi”, “dostonchi”, “jirov”, “oqin”, “qissaxon” kabi nomlar bilan ataladilar. Ayni paytda, ustoz folklorshunoslar ta’kidlaganlaridek, “o‘zbek eposi baxshilar bilan bir qatorda, xotin-qiz ijodkorlarni ham yaxshi biladi. Hozirgi vaqtda ular faqat Xorazmdagina mavjud bo‘lib, “xalfa” nomi bilan ataladilar”. Xo‘sh, bu ijod turining muayyan mintaqada saqlanib kelishi va o‘ziga xosligining sabablari nimada? Bularni aniqlash, avvalo, Xorazm vohasida asrlar davomida shakllangan urfodatlar, marosimlar tizimi, badiiy-estetik ananalar takomili va xalq ijodkorligining xususiyatlari kabi masalalarni o‘rganishni taqozo qiladi. Bularsiz xalfalar san’atining tabiati, xalq ijodkorligidagi mushtarak va xos belgilarni tayinlab
bo‘lmaydi, shu sababdan bo‘lsa kerak xalfalarning xalq ijodiyotidagi o‘rnini aniqlashda xatto “xalfa” atamasini qo‘llashda har xil qarashlar davom etmoqda. Dostonlardagi qahramonlar ismini atash mezonlari quyidagicha:
Qahramon ismi sof mifologik tasavvurlarga asoslanadi, ammo u antroponimik xarakter va talqinga ega. Masalan:Yunus pari, Misqol pari, Gulnor pari kabi.
Sof antroponimik xarakterga ega bo‘lgan, ammo mifologik talqin qilinishiga moyil qahramonlar ismlari.Masalan : Malika ayyor, Hasan ko‘lbar, Hasan chopsan,Hasan yakdasta kabi.
Sof antroponimik talqin va xarakterga ega bo‘lgan, ammo g‘ayritabiiy tug‘ilishi tufayli biografiyasini mistifikatsiya qilish an’anasi bilan qo‘yilgan ismlar. Go‘ro‘g‘li ismi buning yorqin misoli bo‘la oladi.
Boshqa xalqlar epik an’anasida mashhur bo‘lgan epik qahramonlarning ismlari ta’sirida qo‘yilgan ismlar. Masalan, Rustamxon.
Xalqlarning ezgu niyatlari, istaklari asosida nomlangan epik qahramonlar.Masalan:Murodxon, Orzigul, Intizor, Shirin, Shakar kabilar.
Qahramonlarning mardligi, shijoatini, kasb-hunarini epik metaforalash asosida qo‘yilgan ismlar.Masalan: Balogardon, Xushkeldi, Shoqalandar, Shozargar kabilar.
b)
“Doston” so‘zi qissa, hikoya, shonu shuhrat, sarguzasht, ta’rif va maqtov ma’nolarida ishlatiladi. Adabiy termin sifatida bu nom xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyotdagi yirik hajmli epik asarlarni anglatadi. Biroq ular hayotni tasvirlash vositalari va usullari jihatidan bir-biridan jiddiy farq qiladi. Xalq og‘zaki ijodida doston o‘tmish zamonlar to‘g‘risida qahramonlik ko‘lamidagi hikoyalar, rivoyatlardir. Dostonlarda tarixiy voqelik xalq fantaziyasi asosida umumlashgan obrazlarda o‘z ifodasini topadi. Unda umumlashtirishning o‘ziga xos formasi epik umumlashtirish hukmronlik qiladi. Demak, dostonga epiklik, monumentallik xos bo‘lib, kompozitsion va syujet qurilishi jihatidan murakkab voqea-hodisalarni qamrab oladi. Bunday voqea va hodisalar mazmunan qahramonlik xarakteriga egs bo‘lib, ular yakka shaxs-xalq idealidagi bahodir atrofiga birlashtiriladi. Xalq dostonlarining bunday tematik hamda janr xususiyatlari uning spetsifik uslubi va formasini ham yuzaga keltirdi.
O‘zbek xalq og‘zaki ijodiyotida mavjud bo‘lgan epik asar bo‘lgan doston badiiy adabiyotning murakkab san’at asari hisoblanadi. Chunki unda xalq san’atining turli tomonlari namoyon bo‘ladi. Dostonning doston bo‘lishi uchun birinchidan adabiy matn badiiy manba bo‘lishi, ikkinchidan, dostonning musiqasi bo‘lishi kerak. Doston musiqasi ayrim she’riy parchalarning vazn o‘lchoviga, ohangi va mazmuniga mos keladigan qo‘shiqlardan tashkil topgan bo‘lib, bir butunlikni tashkil etadi. Uchinchidan, dostonchi do‘mbira yoki qo‘biz cherta olishi, to‘rtinchidan, baxshi yaxshi va shirali ovozga ega bo‘lishi lozim. Aks holda bunday dostonni tinglaydigan o‘quvchida u qiziqish uyg‘otmaydi. Odatda, dostonchi dostonning nasr qismini hikoya qilib beradi, she’riy qismini esa musiqa asbobi jo‘rligida kuylaydi. Dostonda prozaga nisbatan she’r hajmi jihatidan ustun turadi.
Bundan tashqari dostonda nasrning ahamiyati unchalik emas degan ma’no kelib chiqmaydi, albatta. Chunki o‘zbek xalq og‘zaki badiiy ijodiyotida faqat nasriy yoki nazmiy qismlardan iborat yaratilgan asarlar uchramaydi.
Doston asosida hayoliy uydirma yotadimi, konkret o‘tmish voqealari tasvirlanadimi, bundan qat’iy nazar, xalqimiz qahramonona o‘tmish sifatida talqin qilinadi va shu tarzda qabul qilinadi. U keng epiklikka moyil janr bo‘lib, unda tasvirlangan voqealar tarixiylik, hayotiylikni kasb etadi.
Professor, B.I.Sarimsoqov esa xalq dostonlarining tarixiylik prinsiplariga asoslanib, ularni qahramonlik, romanik va tarixiy kabi uch turga bo‘ladi. Uning tasnifiga ko‘ra, jangnoma va kitobiy dostonlar romanik dostonlarning bir ko‘rinishidan iborat. Darhaqiqat, eposning tarixiylik prinsiplari voqelikni aks ettirish tarzi xalq dostonlarini qahramonlik, romanik va tarixiy dostonlar kabi uch yirik turga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |