Xo‘ja kelsa chiqar murid naziri
Xotin bo‘lmasmikan erning vaziri?!
Er deganning aqlin olmas bo‘lurmi,
Aldab-suldab yo‘lga solmas bo‘lurmi?!
Boy otamman biy bobomga ne bo‘ldi?!
Xullas, “Alpomish” dostoni o‘zbek xalqining o‘zligini, milliy qadriyatlarini ko‘rsatib beruvchi dostondir.
Romantik dostonlar
Romantik dostonlar asosida jamiyatni tutib turuvchi yuksak ishk kechinmalari yotadi. qahramonning barcha hatti-harakatlari ana shu ishk atrofida kechadi. Barcha insoniy fazilatlar — haqiqat uchun kurash, adolat g`oyasi, ezgulik, kattaga xurmat, kichiklarga izzat, yorga sadokatning elga, umuman, yaxshilikka sadokat ekanligi insoniy tuygu bo`lgan ishk orqali ifodalanadi.
Bu tip dostonlarda ham mifiklik, fantastika katta urin tutadi. Tengsiz azob- uqubatli sarguzasht turli tilsimlar bilan kuchli boglanadi, gorlar, anxor va hokazolar; er osti, suv osti vokealari bilan tutashib ketadi.
Xalq dostonlarining ko‘pchiligiga xos xususiyat – ularda ishq-muhabbat mavzusining ustunligidir. Dostonlardagi voqealar qahramonlarning ishqiy sarguzashtlari fonida kechadi. Masalan, dunyoga mashhur «Alpomish»ni olasizmi, «Ravshan» yoki «Kuntug‘mish» dostonlarini olasizmi – bari-barisida muhabbat mavzusi ustuvorlik qiladi. Darhaqiqat, muhabbat – muqaddas tuyg‘u. Bekorga xalqimiz «Ishqsiz eshak – dardsiz kesak», demaydi. Sevimli shoiramiz Nodirabegim ta’biri bilan aytganda esa:
«Muhabbatsiz kishi odam emasdur,
Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et».
Muhabbat insonni ezgulikka yetaklaydi, sevgan kishi har qanday qahramonlikka qodir hisoblanadi. Biz o‘rgangan «Kuntug‘mish» dostoni sevishganlar haqida chiroyli asar, uning janrini ishqiy qahramonlik dostoni, deb belgilash mumkin.Chunki Kuntug‘mish dostonda katta qahramonliklar ko‘rsatadi: yurtga qiron keltirgan ajdarni yengadi, tosh bostirib qo‘yilgan kigiz ostidan chiqib ketadi. Bu qahramonliklar shunchaki o‘zini ko‘rsatish emas, avvalo xalqni ajdar ofatidan qutqazgan bo‘lsa, sevikli yori, bolalarini deb g‘oyat tang bir holatda yovlari o‘rab-chirmab, ustidan tosh bostirib ketgan kigiz orasidan xalos bo‘lib chiqadi. Umuman, Kuntug‘mishning dostondagi hayoti qahramonlik bilan kechadi. Uning Xolbeka visoliga yetishish uchun uzoq safarga otlanishi, yo‘lidagi barcha to‘siq-g‘ovlarni yengishi haqiqiy insoniy jasorat, doyilikdir. Dostondagi Xolbeka, Gurkiboy va Mohiboy harakatlarida ham qahramonlik belgilari mavjud. Axir Xolbekaning sevgan yori, bolalari uchun jonini berishga tayyorligi, Gurkiboyning ukasi uchun o‘zini fido qilishga shayligi (uning dor ostidagi so‘zlarini eslang) qahramonlik emasmi?!
Birgina «Kuntug‘mish» dostoni emas, boshqa dostonlarda ham asar personajlari turli qahramonlik namunalarini ko‘rsatadilar, bu qahramonliklar odamlarning og‘irini yengil qiladi, el-yurtga ro‘shnolik keltiradi. Baxshi bobolarimiz sevib kuylagan «Kuntug‘mish» kabi ishqiy-qahramonlik dostonlari bizni muhabbatdek ezgu tuyg‘uni qadrlashga undaydi, doyilik, qahramonlikka chorlaydi, chunki ishq-muhabbat, qahramonlik, jo‘mardlik doimo egizak tushunchalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |