II.2.1 - rasm5 Hisoblash formulalari
d) barcha juft obyektlar orasidagi masofani aniqlash ( ) va dastlabki matritsalar masofasini tuzish ( ). Kuzatish obyektlari o‘rtasidagi masofani hisoblash uchun bir qancha metriklar ( -norma; Minkovskiy; Evklidovo masofa; Maxalanobis) mavjud. Ularning qaysi birini qo‘llash tekshiruvchining xohishiga bogiiq. e) klaster-tahlilning aniq protsedurasi tanlanadi va matritsa ( ) ma’lumotlari bo‘yicha birin-ketinlik bilan bir turli guruhlar ajratiladi. Eslatib o‘tmoqchimiz, hozirgi kunda klasterlashni 200 dan ortiq turli xil protseduralari mavjud. Ularni quyidagi 6 ta guruhga bo‘lish mumkin: ierarxik klaster-tahlil; guruhlashning iterativ metodlari; zichlikning model qiymatini izlash metodlari; omiliy metodlar; quyuqlashishni izlash metodlari; graflar nazariyasini qo‘llovchi metodlar. Yuqorida keltirilgan qadamlar faqat miqdoriy o‘lchovga ega bo‘lgan belgilar tahlil qilingan paytda qo‘llaniladi. Agarda tahlilda tartibli (ranglar) va boshqa sifat ko‘rsatkichlar qatnashsa, keltirilgan algoritmdan oldin nomiqdoriy ma’lumotlarni oqifrovkalash bosqichlari birma-bir bajariladi. Bu statistik guruhlashning asosi bo’lib xizmat qiladi. Milliy hisoblar tizimida guruhlash asosan tasniflashdan so’ng amalga oshiriladi. Aynan shu sababli ham Milliy hisoblar tizimida guruhlashning ahamiyati tasniflash orqali amalga oshiriladi. Milliy hisoblar tizimida avval tasniflash o’tkaziladi bunda ma’lumotlar qonunlashgan, standartlashgan, guruhlangan me’yoriy hujjatlar asosida ajratiladi. Milliy hisobjilikning o’zi asosiy katagoriyalarga bo’linadi va guruhlash ham kategoriyalarga qarab, ya’ni har bir kategoriya to’g’ri keladigan ma’lumotlar ajratilib guruhlanadi. Milliy hisoblar tizimidagi kategoriyalar quyidagilardan iborat:
1. Iqtisodiy funksiyada tovar va xizmatlar ishlab chiqarish, daromadlarni taqsimlash va ulardan pirovard iste’mol va jamg’arish uchun foydalaniladi va ushbu talablarga mos keladiga ma’lumotlar guruhlab yig’iladi;
2. Iqtisodiy operatsiyalar iqtisodiy xo’jalik birliklarining hamkorlikda tovar va xizmatlar ishlab chiqarishi va ulardan foydalanishi, daromadlarni birgalikda taqsimlab, qayta taqsimlab, moliyaviy aktivlarni o’zlashtirib, bir-birlari bilan qarz majburiyatlarini olishi bog’liq moliyaviy operatsiyalar kategoeiyasidir.
3. Iqtisodiy operatsiyalar obyektlari tovarlar, xizmatlar, pullar, moliyaviy hujjatlar va boshqalar guruhlarga mansub obyektlar hisoblanadi.
4. Iqtisodiy operatsiyalarda qatnashuvchi xo’jalik birliklar iqtisodiy agentlarni hamkorlikda tovar va savdo munosabatlari (korxona, firmalar, moliya tashkilotlari, davlat boshqaruv idoralari, uy xo’jaligi va uy xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi notijorat tashkilotlar) hisoblanadi.
5. Iqtisodiy agentlar (iqtisodiy va xo‘jalik birliklar) mustaqil faoliyat yurituvchilar va mustaqil ravishda xo’jalik qarorlarini qabul qiluvchilar.
Milliy hisoblar tizimida ushbu kategoriyalar asosida turli guruhlar shakllantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |