II.3 Statistik tasniflash, guruhlash turlari va usullari
Tasniflash statistik to'plarnlar tuzish va ularni chegaralash bilan uzviy bog' langan bo'lib, ommaviy hodisa va jarayonlami o'rganish hamda statistik axborotlami yaratishning rnuhirn qurolidir. Bu usul statistik kuzatish natijasida olingan besanoq, tarqoq, tasodifiyot girdobida o'ralashib qolgan hom boshlang'ich rnateriallar asosida ixcharn bir-biri bilan uzviy bog'langan, rna'lurn tartib qoidalarga, qonuniyatlarga bo'ysungan, tuzilrnaviy shakllarga ega to 'plamlar barpo etish irnkonini beradi. Tasniflash deganda o’rganilayotgan hodisalarni tartiblash maqsadida ularning muhim belgilariga qarab guruhlarga, turkumlarga ajratish tushuniladi. Statistik tasniflash o’rganilayotgan narsalar va hodisalarni tartiblash maqsadida ularning tabiati, o’xshashlik va farqlovchi xususiyatlarga qarab ma’lum qismlarga, guruhlarga, turlarga taqsimlash tushuniladi. Taqsimlash asosi qilib olingan belgi yoki belgilar to’dasi tasniflash belgisi, ularning har sohibi tasniflash birligi deb ataladi. Statistik tasniflash harnrna sohalarda qo' llaniladi va turlicha nornlar bilan yuritiladi. Sotsial-iqtisodiy statistikada ijtimoiy-iqtisodiy tasniflashlar tizimi ishlab chiqilgan, ulrning milliy va xalqaro standartlari ham rnavjud. Tasniflagich - malum tasniflashga muvofiq kodlar bilan nishonlangan obyektlarning tartiblashtirilgan ro'yxatidir. Iqtisodiy tasniflashlami EHM yordarnida arnalga oshirish uchun tasniflagichlar yaratilgan. Statistikada tasniflagich deb rna'lurn tasniflashga rnuvofiq kodlar bilan nishonlangan obyektlaming (iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlari, korxonalar, faoliyat turlari, tovar va xizmatlar, budjet darornadlari va xarajatlari, kasb-hunarlar, asosiy fondlar va h. k.) tartiblashtirilgan ro'yxati (sanoqnornasi) yuritiladi. Kod - bu tasniflash guruhlari va obyektlarini belgilash uchun qabul qilingan shartli nishon yoki alornatlar to 'plami. U obyekt norni o’rnini bosadi va uni identifikatsiyalash (tasniflashdagi o’rnini, qaysi tavsif guruhiga mansubligini aniqlash) vositasi bo'lib xizmat qiladi. Hodisa va obyektlami rna' lum sinf va guruhlarga mansubligini belgilash uchun tasniflagich uchun batafsil yo'riqnoma va lug' atlar tuziladi. Nomenklaturada tasniflagichga qo' shimchalar kiritiladi va u har taraflama batafsillashtiriladi. Nomeklatura - bu obyektlar va ularning guruhlarini standart shakldagi ro 'yxatidir (sanoqnomasi). Masalan, tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasida tashqi savdo obyekti bo'ladigan tovar va xizmatlar ularning guruhlari va turlari bo'yicha batafsil nommanom ko'rsatiladi. Tasniflash odatda atributiv belgilar asosida tuziladi va barqarorlik xislatiga ega bo' lib, uzoq muddat davomida xizmat qiladi. U faset yoki ieriarxik (pog'onama-pog'ona) usuli yoki ikkala usul birikmasi yordamida barpo etiladi. Shu jihatdan tasniflagichlarni faset yoki ieriarxik tuuilma turlariga ajratish mumkin.yordamida barpo etiladi. Shu jihatdan tasniflagichlarni faset yoki ieriarxik tuzilma turlariga ajratish mumkin.
Faset bu har bir tasnif birliklarini nomma – nom yozib chiqish ro’yxatidir.6
Faset – ( fr. Facette ) so’zi lug’aviy jihatdan biror narsaning, masalan geometrik shakl, oyna va hokazo qirrasini anglatadi. Tasniflashda bu so’z ro’yxat, ma'lum tartibda nomma-nom sanash ma'noga ega. Har bir faset tasniflash obyektlarini bir belgi asosida ketma-ketlik tartibida sanab chiqish yo'Ii bilan tuziladi. Faset shaklida tuzilgan tasniflashga dunyo mamlakatlarini xalqaro standart tasniflanishi misol bo'la oladi. Unda butun dunyo mamlakatlari uch fasetda –
1) bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar;
2) bozor iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlar va
3) bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan mamlakatlar iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab ro'yxati beriladi.
Ierarxik tasniflash bu birliklarning bir – biriga bo’ysungan holda tasniflarini tuzish demakdir.7
Tasniflashning ierarxik ( pog’onama – pog’ona ) tuzilmaviy usulida obyektlar majmuasi bir – biriga bo’ysungan tasnif guruhlariga ma’lum ketma – ketlikda taqsimlanadi. Dastlab ular bir belgi asosida yirik guruhlarga, keyin ikkinchi belgi asosida har bir yoki ayrim yirik guruh doirasida kichik guruhlarga, so 'ngra ularning chegarasida sinflarga, va shu tartibda turlicha darajali qismlarga ajratiladi. Natijada tasniflash obyekti batafsil tavsiflana boradi.
Iqtisodiy tasniflashlar tizimi statistik axborotlarni tartiblash, tahlil qilish, saqlash va samarali izlashning muhim vositasidir. Qo'llanish uchun majburiy hisoblanadigan asosiy tasniflashlar standart kuchiga ega. Ular odatda statistika tashkilotlari tornonidan axborot iste'rnolchilari bilan kelishgan holda yaratiladi va xalqaro darajada garmonizatsiyalash (uyg'unlashtirish) predmeti hisoblanadi.
O'zbekiston davlat statistikasida quyidagi asosiy iqtisodiy tasniflagichlar qo'llanadi: tovar va xizmatlar, iqtisodiy faoliyat turlari, korxona va tashkilotlar, xalq xo'jaligi tarmoqlari, boshqaruv hujjatlari, davlat boshqaruv tashkilotlarining belgilari, budjet darornadlari va xarajatlari, rnulk shakllari, tashkiliy-huquqiy shakllar, ma'muriy-hududiy bo'linmalar obyektlari, mahsulotlami (xizmatlar, ishlar) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish xarajatlari, asosiy aktivlar (fondlar) va boshqa narsalaming tasniflagichlari. Eskirib qolgan tasniflagichlar yangi sharoitga rnoslashtirilib xalqaro standartlar asosida qayta ko'rib chiqilrnoqda, yangilari esa yaratilmoqda.
Milliy hisoblar tizimida esa tasniflash yanada muhimroq hisoblanadi. Buning asosiy sababi esa ko’lami jihatidan milliy hisoblar tizimining butun mamlakatda bo’layotgan ijtimoiy – iqtisodiy voqea va hodisalarni kuzatib borishi va shu orqali butun mamlaktning iqtisodiy salohiyati haqidagi ma’lumotlarni butun dunyoga taqdim etishidan kelib chiqadi. Milliy hisoblatr tizimining asosiy tasniflari quyidagilarda iborat:
II.3.1 - Jadval8
Milliy hisoblar tizimi o’z navbatida bir qancha muhim tasniflarga ega. Bu tasniflardan birinchisi Iqtisodiy sektorlarning institutsional tasnifi bo’lib hisoblanadi.
Iqtisodiy sektor – iqtisodiy faoliyat yuritishda, bajaradigan vazifalarning bir xilligi va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari o’xshashligi bir xil bo’lgan institutsional birliklar majmuasidir. Iqtisodiy sektorlarning institutsional tasnifi birligi bu institutsional birlik hisoblanadi.
Institutsional birlik – iqtisodiy birliklar bilan o’zaro iqtisodiy faoliyatda va operatsiyalar qilish huquqiga ega bo’lgan ishlab chiqaruvchi (xo’jalik sub’ektlari) birliklarga aytiladi va quyidagi belgilarga ega bo’lishi lozim: aktivlar egasi bo’lishi, o’ziga majburiyatlar olishi ya’ni shartnoma tuzish, kredit olish va h.k., boshqa birliklar bilan mustaqil iqtisodiy faoliyat va operatsiyalar olib borish, buxgalteriya hisobini yuritishi, davlat oldida qonun bilan belgilangan tartibda hisobot berib turish hamda o’z faoliyati natijasiga o’zi javobgar bo’lishi lozim.
Institutsional birliklarni iqtisodiy sektorga guruhlashni asosiy nizomi (iqtisodiyotni institutsional sektorlari) iqtisodiy jarayonlardagi bajaradigan vazifalari asosida xarajatlarni moliyalashtirish hisoblanadi. Guruhlashdan maqsad esa daromadlarni shakllanishi va ular o’rtasida qanday taqsimlanishini o’rganishdir. Quyida iqtisodiyot sektorlar, ularning tarkibi va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari ko’rsatigan: (II.3.2- rasm)
Milliy hisoblar tizimida keying eng muhim tasniflardan biri bu turli iqtisodiy faoliyat tarmoqlarining tasnifinidir. Tarmoq – guruhlangan korxonalar, yani bir xildagi va shunga o’xshash tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish xarakteri hamda ishlab chiqarish texnologiyasi va sarf-xarajatlari bir-biriga o’xshash ishlab chiqaruvchi birliklar bo’lib hisoblanadi. Turli iqtisodiy faoliyat tarmoqlarining tasnifi birligi bo’lib korxonalar qaraladi. Korxona – xo’jalik birligi (korxona va uni shoxobchalari) bo’lib, bir xilda yoki shunga yaqin mahsulot ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqarish texnologiyasi va mahsulot birligiga ketadigan xarajatlari bir xil hamda ishlab chiqarish va uni xarajatlar to’g’risidagi axborotlari bir qatorda turgan korxonalardir.
Ishlab chiqaruvchi birliklarini (korxona va uni shoxobchalari) iqtisodiy tarmoqlarga guruhlash nizomi bo’lib xarakteri, yani mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish texnologiyasi va sarf-xarajatlar tarkibi bir-biriga o’xshash birliklar deb qaraladi. Turli iqtisodiy faoliyat tarmoqlarining tasniflarini guruhlashdan asosiy maqsad esa ishlab chiqarish tahlili, resurslarni o’zaro balansi va tovar va xizmatlaridan foydalanishini o’rganish hisoblanadi. II.3.2 - rasm9
Do'stlaringiz bilan baham: |