I. Kirish 3 II. Asosiy qism II



Download 1,76 Mb.
bet2/10
Sana31.12.2021
Hajmi1,76 Mb.
#205144
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ulug'bekov Faxriddin

II.1 Milliy hisoblar tizimida statistik guruhlashning mohiyati va ahamiyati

Statistik kuzatish ma’lumotlami qayta ishlash va tahlil qilishning keng tarqalgan metodlaridan biri guruhlashdir. Guruhlash metodi statistikada ko‘p yillardan (XVIII asr) beri qo‘llanib kelinmoqda. Bu metodni qo‘llashdan maqsad, to‘plam birliklarini qanday bir bolaklarga bo‘lish emas, balki faqat shu hodisaga xos xususiyatiami ochib berish, undagi mavjud tendensiya va qonuniyatni baholash, miqdor o‘zgarishlardan sifat o‘zgarishlarga, sifat o‘zgarishlardan miqdor о‘zgarishlarga о’tish jarayonlarini aniqlash va baholashdir.

Tasniflash va guruhlash statistik to'plarnlar tuzish va ulami chegaralash bilan uzviy bog'langan bo'lib, ommaviy hodisa va jarayonlami o'rganish hamda statistik axborotlami yaratishning rnuhirn qurolidir. Bu usul statistik kuzatish natijasida olingan besanoq, tarqoq, tasodifiyot girdobida o'ralashib qolgan hom boshlang'ich rnateriallar asosida ixcharn bir-biri bilan uzviy bog'langan, rna'lurn tartib qoidalarga, qonuniyatlarga bo'ysungan, tuzilrnaviy shakllarga ega to'plamlar barpo etish irnkonini beradi. Iqtisodiy tasniflagichlar uzoq davr davornida qo' llanib, joriy va yillik statistik tekshirishlar uchun zarnin bo'lib xizmat qiladi. Ulardan farqIi o'laroq, guruhlash rnuayyan tekshirish rnaqsadlari uchun, ayrirn rnasalalarni unda yoritish uchun amalga oshiriladi. Ko'pincha guruhlash rniqdoriy belgilar asosida tuziladi. Ular atributiv belgilar asosida ham quriladi, ammo bu holda ko'proq taqsirnot qatorlari shakliga ega bo'ladi, rnuqobillik qoidasiga binoan tuzish ham tez-tez uchrab turadi.

Milliy hisoblar tizimi va statistikada guruhlash deb o’rganilayotgan muhim hodisa va jarayonlarni ularning muhim belgilariga qaragan holda bir xil ( turdosh ) guruhlarga birlashtitish tushuniladi. Guruhlash statistik kuzatish natijasida to'plangan rna' lurnotlarni keyinchalik qayta ishlash va turli statistik to'plarnlami hosil qilish zarninida yotadi. Tuzilgan har bir guruh (to'plarn) uchun urnumiy va o'rtacha ko'rsatkichlar hisoblanadi, ularni bir-biri bilan taqqoslab guruhlar orasidagi farqlarning kelib chiqish sabablari aniqlanadi, turli belgilar orasidagi o'zaro bog' lanishlar tahlil qilinadi. Agarda to'plangan rna'lumotlami jarng'arib umumiy ko'rsatkichlar olish bilan chegaralansak, u holda ular turli statistik to 'plamlarga tegishli bo'lishi mumkin, natijada ulaming tuzilishi va xususiyatlarini aniqlay olmaymiz. Guruhlashning ahamiyati shundaki, u ma'lumotlami umumlashtirish va tasavvur qilish uchun ixcham, yaqqol shaklda taqdim etishni ta'minlaydi. Bundan tashqari, guruhlash ma'lumotlarga turli jihatdan ishlov berish va tahlil qilish uchun asos yaratadi. Buning uchun guruhlami bunyod etish belgisi yoki belgilarini tanlash, tuziladigan guruhlar soni va ularning chegaralarini aniqlash ilmiy tartib-qoidalarga tayanishi kerak. Statistika bunday ilmiy prinsiplami yaratgan, ular ichida eng asosiylari quyidagilardan iborat



II.1.1 - rasm2 Guruhlashning asosiy qoidalari

Guruhlash metodi oldida о‘rganilayotgan to‘plam birliklarini tiplarga ajratish, hodisalar o'rtasidagi bog‘lanishlami va to‘plam tuzilishini o‘rganish vazifalari ham turadi. Bu vazifalar guruhlashning uch (tipologik, analitik, tuzilmaviy) turidan foydalanish orqali hal qilinadi. Aholini jinsi bo‘yicha guruhlarga ajratish, sinflarga bo‘lish, mulkni davlat va shaxsiy mulkka bo‘lish va boshqalar tipologik guruhlashga misol bo‘la oladi. Bu misollardan ko‘rinib turibdiki, о‘rganilayotgan to‘plamning turli xildagi birliklari tipologik guruhlash yordamida sifat jihatdan bir xil guruhlarga, ya’ni tiplarga ajratiladi. Analitik guruhlashdan maqsad hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganishdir. Masalan, chakana savdo do‘konlarida tovar oboroti hajmi va rentabellik darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish uchun do‘konlami tovar oboroti hajmi bo‘yicha guruhlarga ajratib, har bir guruh uchun rentabellik darajasini hisoblaymiz. Agarda tovar oboroti oshib borishi bilan rentabellik darajasi oshib borsa, ular o‘rtasida to‘g‘ri bogianish mavjud, aksincha bo‘lsa, teskari bog‘lanish mavjud bo‘ladi. Amaliyotda shunday qiyin va murakkab hodisalar uchraydiki, ulami chuqur o‘rganish uchun ikki va undan ortiq belgilar bo‘yicha guruhlarga ajratish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Statistikada bunday guruhlash kombinatsion guruhlash metodi deb yuritiladi. Tuzilmaviy guruhlashga taqsimot qatorlari, variatsion qatorlar yorqin misol bo‘ladi.

Tuzish usuliga qarab guruhlash quyidagi turlarga bo‘linadi3:

1. Umumdavlat klassifikatorlari.

2. Matematik va ekspert-analitik metodlar asosida guruhlash.



3. Bir o‘lchovli yoki ko‘p o‘lchovli guruhlash.

Guruhlashni amalga oshirish uchun dastlab guruhlash belgisini aniqlab olish muhimdir. Iqtisodiy fanlardagi nazariy holatlar va aniq tekshirishning vazifalariga tayangan holda, guruhlashni amalga oshirishda mavjud belgilardan eng hal qiluvchisi tanlanadi. Hal qiluvchi belgi deb, о‘rganilayotgan obyektni har tomonlama va aniq xarakterlovchi, uning o‘ziga xos holat va xususiyatlarini tanlashda yordam beruvchi belgilarga aytiladi. Masalan, savdo korxonalari, savdo zalining maydoni, xodimlar soni va hokazolar bilan tasniflanishi mumkin. Lekin, savdo korxonalari faoliyati (ish hajmi) ni baholashda tovar oboroti hajmi hal qiluvchi belgi hisoblanadi, chunki savdoning asosiy maqsadi tovar sotishdan iboratdir. Shunday qilib, guruhlash belgisini tanlashda statistika quyidagi shartlarga e’tibor berishni taklif etadi: guruhlar negiziga doimo hodisani to‘la-to‘kis tavsiflab beruvchi muhim belgilami asos qilib olish zarur; guruhlash belgisini tanlashda uning aniq vaqt va joy sharoitini, o‘sha davming mohiyatini ifodalovchi, zamonaviy masalalami yorita oladigan belgilarga e’tibor berish zarur; hodisalarni guruhlashda belgilar soni yetarli bo‘lgani ma’qul. Guruhlash belgisi ifodalanishiga qarab, atributiv va miqdoriy belgilarga, ta’siriga qarab, omil va natijaviy belgilarga, ko‘zlangan maqsad va vazifalarga qarab, muhim va muhim bo‘lmagan belgilarga bo‘linadi. Guruhlash belgisi to‘g ‘ri tanlangandan so‘ng, eng muhim masalalardan biri to‘plam birliklarini guruhlarga ajratishdir. Bu yerda guruhlar soni va oralig‘i (intervali)ni aniqlash muammosi paydo boiadi. Bu muammo miqdoriy belgilar bo‘yicha guruhlashga tegishlidir, chunki tipologik guruhlashda, odatda, guruhlar soni tekshirishning vazifasi bilan aniqlanadi. Masalan, aholini jinsi bo‘yicha guruhlash vazifasi qo‘yilsa, bu yerda guruhlar soni doimo aniq-ikkita. Banklarni kapital miqdori bo'- yicha guruhlarga ajratishdan maqsad, ulani katta, o‘rtacha va kichik bank ekanligini aniqlash bo‘lsa, guruhlar soni bu yerda ham aniq - uchta. Xo'sh, guruhlar soni qanday aniqlanadi? Tayyor retsept yo‘q. Odatda, hodisaning taqsimlanish xarakterini aniqlash uchun guruhlar soni ko‘proq olinadi. Bu yerda о‘rganilayotgan belgining tebranishi (o‘zgarishi) e’tiborga olinadi, ya’ni tebranish qancha katta bo‘lsa, odatda, guruhlar soni ko‘proq bo‘ladi. Yana bir narsa. О'rganilayotgan to‘plamdagi birliklar soni ham muhimdir. Agarda ularning soni juda ko‘p bo‘lmasa, guruhlar sonini ko‘paytirish maqsadga muvofiq emas, chunki guruhlarda to‘plam 46 birliklari soni kam bo'ladi va ularning ifodasi yetarli tipik bo'lmasligi mumkin. Lekin, bu qoidani mahkam ushlab olish ham noto‘g‘ridir. Bizga ma’lumki, ayniqsa, bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida, yangi, ilg‘or, zamonaviy hodisalar kamroq bo‘ladi (chunki, ular hali ommaviy emas, to‘g‘risini aytish kerak, ularga xalq qo‘rqibroq yondashadi). Guruhlash metodining vazifasi bu faktlami ular qanchalik kam sonli bo‘lishiga qaramasdan aniqlash va chuqur o‘rganishdir. Guruhlar soni aniqlangandan keyingi muhim masala, guruhlar oralig‘ini (intervali)ni aniqlashdir. Oraliq (interval) deganda, guruhdagi eng maksimal va minimal variantlarning farqi tushuniladi. О‘rganilayotgan belgi birliklarining taqsimlanish xarakteriga qarab guruh oralig‘i teng va teng boMmagan holda hamda ochiq va yopiq, maxsus ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Agar belgining variatsiyasi juda tor chegarada namoyon bo‘lib, taqsimlanish bir muncha tekis boisa, oraliqlar teng qilib belgilanadi. Teng oraliq deganda barcha guruhlar uchun bir xil bo‘lgan oraliq tushuniladi. Ko’rinib turibdiga statistikada qaysi sohani o’rganilayotgani va qanday ma’lumotlar borligiga qarab guruhlashning turli usullari va turlari orqali guruhlarga ajratilmoqda. Ba’zi guruhlar uchun hisoblanadigan umumiy ko’rsatkichlar tipik va barqaror bo’lishini ta’minlash uchun har bir guruhga tegishli birliklar soni yetarli miqdorda ( 5 birlikdan kam bo’lmagan holda ) bo’lishi kerak, chunki bu holda umumiy ko’rsatkichlarda tasodifiy kuchlar ta' siri o’zaro qirqiladi va qonuniyat, tipik jihat yaxshiroq namoyon bo'ladi. Boshqa tomondan, biror guruh to 'plam birliklarining yarmidan ko'proq qismini qarnrab olishiga yo'l qo'ymaslik kerak, aks holda guruhlashning muhim prinsipi (qoidasi) - bir guruhga tegishli birliklar orasidagi farqlar har xiI guruhlarga tegishli birliklar orasidagi farqlardan katta bo'lmasligi haqidagi talab buziladi, demak, bunday guruh turdosh bo'lmagan birliklami ham o’z ichiga oladi. Guruhlar sonini to’g’ri belgilash guruhlash samarali bo’lishi uchun asosiy shartidir. Bunday holatda ko’p variantlilik qoidasiga tayangan holda amalga amalga oshirish eng to’g’ri yechim yo’lidir. Guruhlash variantlari orasidan eng qoniqarligini ajratib olayotganda tanlash mezoni qilib = max olish mumkin. Bu yerda . -o'rganilayotgan belgining guruhlararo dispersiyasi, - o'rtacha ichki (qoldiq) dispersiya. Guruhlar sonini belgilayotganda, yuqorida ta 'kidlangandek, barcha guruhlarga tegishli birliklar soni yetarli miqdorda bo'lishi, biror guruhga hamma birliklarining yarmidan ko 'prog'i tegishli bo'lmasligi va o'rtada joylashgan guruhlarda chetki guruhlarga nisbatan birliklari soni ko 'proq bo'lishi zarurligini e'tiborga olish kerak. Bundan tashqari guruhlar sonini G.A. SteIjess formulasi4 K = 1 + 3 .321g N = 1 + 1.44 In N va G. Bruks hamda N. Karuzers formulasi K=5lgN (bu yerda: 19 - 0 'nlik logarifm, In - natural logarifm, N-berilgan to 'plam birliklar soni, K - guruhlar soni) yordamida aniqlash ham mumkun. Ammo bu formulalar variatsion qatorlarni tuzish uchun mo'ljallangan bo'lib, ulardan to 'plam birliklar soni 100 dan ko 'proq N> 1 00 va guruhlash bir belgi asosida tuzilganda foydalanish murnkin. F ormulalardan foydalanish uchun yana bir shart ayrim birliklarda guruhlash belgisi bir ohangli 0' zgaruvchan qiymatlarga ega bo'lishi kerak. Albatta qaysi usulni qo’llash kerakligini bilish uchun biz guruhlar chegarasini aniqlab olishimiz lozim.

Guruhlar oralig’ining chegarsi ayrim guruhlarga tegishli birliklar sonini to’g’ri aniqlashga yordam beradi. Guruhlar oralig’i chegarasini ikki xil shaklda aniqlash mumkin. Birinchi shaklda hamma guruhlar uchun oraliqni teng miqdorda olish yo’li bilan aniqlanadi. Ikkinchi shaklda esa uni teng emas, balki ko’payib yoki ozayib boruvchi miqdorlar shaklida aniqlashimiz mumkun bo’ladi. Birinchi shakldagi guruh oralig’i quyidagi formula yordamida aniqlanadi:


Bu yerda:



- guruhlash belgisining eng katta qiymati;

-uning eng kichik qiymati,

k-tuziladigan guruhlar soni.

Guruhlar oralig'i teng bo'lmagan shaklda belgilanayotganda ularni teng miqdorda birliklar bilan to'ldirish ayni muddao hisoblanadi. Bu holda berilgan to'plam guruhlarga teng sonda birliklarni taqsimlash yo'Ii bilan ajratiladi, ya'ni m = N:k

Bu yerda:

m - harbir guruhga tegishli birliklar soni;

N-umumiy to 'plam birliklari soni;

k-tuziladigan guruhlar soni.

Buning uchun dastlab to 'plam birliklari guruhlash belgisining qiymatlari asosida ranjlashtiriladi, ya 'ni tartib soni bo 'yicha ularning qatori (ro 'yxati) tuziladi, so'ngra har << m >> ta birliklar sanalib, ulardan birinchi, keyin ikkinchi va h.k. guruhlar tuziladi. Bundan ko’rinib turibdiki statiskaning asosiy o’zagi va bo’g’ini guruhlash ekanini bilishimiz mumkin. Bundan ko’rinib turibdiki Milliy hisoblar tizimida ham guruhlashning o’rni beqiyos ekanligini ko’rishimiz mumkin. Guruhlash usuli bo’lmaganda edi bizning qo’limizda faqat gina ko’plab sohalarga tegishli tartibsiz ma’lumotlargina bo’lishi mumkin.




Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish