Iqtisodiyot sektorlari, ularning tarkibi va xarajatlarni moliyalashtirish manbayi
Albatta Milliy hisoblar tizimidagi tarmoqlar tasnifini xalqaro tarmoq tasnifisiz tasavvur etib bo’lmaydi.
Bundan ko’rinib turibdiki har bir tasniflash ma’lum bir sohalarning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilgan. Nafaqat milliy hisoblar tizimida balki barcha iqtisodiy va moliyaviy sohalarda o’rganiladigan tasniflardan yana biri bu mulk shakllari tasnifi bo’lib hisoblanadi.
Mulk – mulk subyekti – obyekti ( shaxs – buyumlar – boylik) hamda subyekti – obyekti (odam-shaxs) mulkiy munosabatlarning aktiv va passiv asoslarini ifodalaydi ya’ni mulkning obyekti va subyekti mavjudligi tufayli mulkdorlar o‘rtasida iqtisodiy munosabatlar paydo bo‘ladi va uning “subyekt – obyekt munosabat”lari deyiladi. Mulk shakllari tasnifi keying sahifada keltirilgan ( II.3.3 – rasm).
Keyingi eng muhim tasniflardan biri bu iqtisodiy operatsiyalar tasnifidir.Buning sabablaridan biri iqtisodiy operatsiyalar doimo muhim bo’lib hisoblanadi.
Iqtisodiy operatsiyalar – institutsion birliklar o’rtasidagi erkin har qanday iqtisodiy ma’noga (tovar va xizmatlar ishlab chiqarish, foydalanish, taqsimlash, qayta taqsimlash, moliyaviy aktivlarni o’zlashtirish, majburiyat olish) ega bo’lgan munosabatlar. II.3.4- rasm
II.3.3- rasm; II.3.4- rasm
Milliy hisoblar tizimida yana uchta asosiy tasniflash mavjud. Bular soliqlar tasnifi, birlamchi daromadlar tasnifi va subsidiya tasnifi ular quyidagilar.
Birlamchi daromadlar – bu, institutsion birliklarning ichki va tashqi iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish faoliyatlaridan va mulkdan olgan daromadlaridir.
Soliqlar – bu majburiy qoplanmaydigan to’lovlardir, soliqlar davlat boshqaruv idoralari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslardan qonunda belgilangan tartibda byudjetni moliyalashtirish uchun undiradi.
Subsidiya – davlat tomonidan yuridik va jismoniy shaxs mahalliy tashkilotlarga va boshqa davlat korxonalariga ishlab chiqarish faoliyatini yuritish, chetga tovar va xizmatlarni sotish va boshqa faoliyatlaridagi xarajatlarini qisman qoplash uchun to’lanadigan va qaytarib olinmaydigan to’lovlardan iborat.
Guruhlash turlari
Guruhlash statistik bog' lanishlar va qonuniyatlarni aniqlash, o'rganilayotgan to 'plamning tuzilishini o'rganish va ho'jaliklarning sotsial-iqtisodiy tiplarini tasvirlash maqsadida bajariladi. Uning har xiI turlari va shakllari mavjud. Ular quyida ko’rsatilgan ( II.3.5- rasm )
II.3.5- rasm10
Guruhlash maqsad va vazifalariga qarab uch turga bo'linadi:
tipologik;
analitik;
tuzilmaviy guruhlash.
Tipologik guruhlash deganda, o’rganilayotgan hodisalar to’plamini sotsial-iqtisodiy tiplarga taqsimlash tushuniladi. Tip so'zi quyidagi lug' aviy mazmunga ega: 1) bir turdagi narsa uchun umumiy bo'lgan namuna; 2) biologik hayvon va o'simliklar sistematikasidagi o’zaro o’xshash sinflami birlashtiradigan oliy bo'linma; 3) bir qator ichki yoki tashqi belgilar yagonaviyligi asosida birlashgan kishilar kategoriyasi.
Sotsial-iqtisodiy tip deganda jamiyatda, iqtisodiyotda bajaradigan funksiyalari va tutgan o'rinning umumiyligiga asoslangan ho’jalik yurutuvchi subyektlar, shaxslar, qandaydir narsalar (ishlab chiqarish vositasi, ishlovchi va h.k), kategoriyasi, to'plami tushuniladi.
Tipologik guruhlashni tuzish algoritmi quyidagi ketma-ket operatsiyalami bajarishdan iborat:
1. O'rganilayotgan hodisalarni qanday tiplarga ajratish dastlab belgilab qo 'yiladi; 2. tiplar tasvirini shakllantiruvchi guruhlash belgilari saylab olinadi; 3. guruhlaming oraliq chegaralari aniqlanadi;
4. guruhlash belgilari birikmasi asosida har qaysi tip guruhiga tegishli to 'plam birliklari soni aniqlanadi;
5. ayrim tiplarni tasvirlash uchun tegishli birliklar haqidagi boshlang'ich ma'lumotlar asosida umumiy ko'rsatkichlar hisoblanadi.
Ayrim hollarda tiplarning shakllanish sharoitlarini ifodalaydigan guruhlarni har xiI belgilar, masalan ko 'p energiya talabchan tarmoqlarda - iste'mol qilingan elektroenergiya, ko 'p xom-ashyo talabchan tarmoqlarda - tovar - moddiy zaxiralar, mehnat talabchan tarmoqlarda - ishchilar soni, kapital talabchan tarmoqlarda - asbob-uskunalar qiymati asosida tuzish mumkin. Bunday tartibda guruhlash belgilarini olish guruhlar belgilarini ixtisoslashtirish deb yuritiladi. Shu bilan birga tiplarni to'laroq belgilash maqsadida konkret sharoitni hisobga olib guruhlar oralig'ini ham ixtisoslashtirish tavsiya etiladi.
Tuzilmaviy guruhlash odatda ma'lum bir belgiga qarab to 'plam tuzilishini ta'riflaydi. Buning uchun dastlab bir belgi asosida taqsimot qatori tuziladi, so'ngra har qaysi guruh uchun tuzilmani ta'riflovchi to 'plama ko'rsatkichlar, masalan guruhlash belgisining guruhlardagi yig'ma hajmi va u bilan yaqindan bog'liq bo'lgan belgilar to'plama miqdorlari hisoblanadi va nihoyat ularga asoslanib ayrim guruhlaming umumiy to 'plamdagi hissalari aniqlanadi.
Tuzilmaviy guruhlashlar bilan taqsimot qatorlari bir biriga o'xshashib ketadi, ammo ular vazifalari va tuzilish jihatidan bir biridan farq qiladi. Tuzilmaviy guruhlashda ko'zlangan maqsad - to'plam tuzilishini o'rganish. Buning uchun har bir tuzilma bir to'da ko'rsatkichlar yordamida tavsiflanishi kerak, bu holda uning turli jihatlari oydinlashadi. Taqsimot qatorlari esa statistik to'plam tuzilmaviy xususiyatlarini va qonuniyatlarini aniqlash uchun xizmat qiladi.
Tuzilmaviy guruhlashlar tuzilishidagi o’zgarishlarni dinamika va fazo jihatidan statistik o'rganish va miqdoriy baholash imkonini beradi. Buning uchun ikki usuldan foydalanish mumkin: biri - har bir to'plamning ichidagi farqlarni miqdoriy baholashga asoslanadi, ikkinchisi esa - to 'plamlar tuzilishi orasidagi farqlarni baholashga tayanadi.
Birinchi holda har bir to 'plam ichki tuzilmaviy farqlari ularning o'rtacha absolut qiymati va o'rtacha kvadratik qiymati hamda ulaming koeffitsiyentlari yordamida baholanadi. Agarda ayrim guruhlar uchun o'rganilayotgan ko'rsatkich bo'lsa, ularning to 'plamdagi salmog'i
Analitik guruhlash deb ikki va undan ortiq belgilar orasidagi 0' zaro bog'lanishlarni ta'riflovchi guruhlash ataladi. Analitik guruhlashda ikki toifadagi chi guruhlashdir. belgilar ishtirok etadi: biri - ornil belgilar, ikkinchisi - natijaviy belgilar. Natijaviy belgi deb boshqa belgilar ta' siri ostida 0' zgarayotgan belgi ataladi, mnil belgi esa unga ta' sir etayotgan, uni o 'zgarishiga sabab bo'layotgan belgi yoki belgilardir. Analitik guruhlash odatda ornil belgi yoki belgilar asosida tuziladi, har qaysi guruh esa natijaviy belgilar bilan ta'riflanadi. Ikkinchi holdagi (5-8) ko'rsatkichlardan faqat guruhlash asoslari (guruhlar oralig'i) va guruhlar soni bir xiI bo'lgan to 'plarnlar tuzilishini qiyosiy o'rganishda foydalanish rnumkin. Birinchi holdagi (1-4) ko'rsatkichiarni qo' Hash bunday chegaraga ega ernas. O'zbekiston yalpi qishloq ho 'jalik rnahsulotining ho 'jalik toifalari bo 'yicha tuzilishi haqidagi rna' lurnotlar asosida yuqorida bayon etilgan ko'rsatkichlarni hisoblash tartibini ko'rib chiqarniz.
Dernak, 2010 yilda 2009 yilga nisbatan qishloq xo'jaligi rnahsulotlarini ishlab chiqaruvchi ho'jaIiklar toifasi tuzilishida deyarlik o’zgarish bo'lmagan.
Ammo bunday guruhlashni natijaviy belgi (yoki belgilar) asosida , ham bajarish mumkin. Bu holda ayrim guruhlar uchun omil belgilaming ko'rsatkichlari (qiymatlari) hisoblanadi. Bunday guruhlash qanday omillar ta'siri ostida natijaviy belgi shakllanayotgani, ular orasidan qaysi omillar ustunroq rol o'ynayotgani va qaysi birlari salbiy ta'sir etayotganini kuzatish imkonini beradi. Ammo lekin natijaviy belgi asosida tuzilgan guruhlashlar barcha omillar harakati va ta'sir kuchi haqida to'g'ri ma'lumot bermaydi, chunki omillar bevosita natijaviy belgiga ta' sir etishi bilan bir qatorda bir birlari bilan harn o'zaro bog'langandir, oqibatda ijobiy omillar ta'sir kuchi salbiy omillar hisobiga qirqilib sustlashadi. Shuning uchun bunday guruhlashlami omil belgilar asosida guruhlashlar bilan birga olib borish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |