Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston Respublikasida tovarlar tashqi savdosi statistika



Download 14,77 Kb.
Sana14.07.2022
Hajmi14,77 Kb.
#796372
Bog'liq
Hujjat1995


Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston Respublikasida tovarlar tashqi savdosi statistika
koʻrsatkichlarini shakllantirishda, Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi
(keyingi oʻrinlarda TIF TN) bilan birgalikda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining
Xalqaro standartlashgan savdo tasniflagichi (keyingi oʻrinlarda – XSST) ishlatiladi.
Bu oʻz navbatida tahliliy maqsadlarda eksport va import qilinadigan tovarlarni 10 ta
katta qismga guruhlash uchun imkon beradi. Tovarlarni XSST boʻyicha kodlashtirish,
TIF TN va XSST oʻrtasida oʻtish kalitlari yordamida amalga oshiriladi.
TSAda eksport hajmi 2 398,1 mln. AQSh dollariga (26,5 % ga kamaydi) va
import hajmi 4 707,0 mln. AQSh dollariga (1,3 % ga kamaydi) yetdi. Hisobot
davrida – 2 308,9 mln. AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd
etildi. Iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari va korxonalarining barqaror va
uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun respublikada zarur resurslar bazasi
yaratilgan. Eksport tarkibida sezilarli oʻzgarishlarga import tovarlarning oʻrnini
bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish va sanoat ishlab chiqarishni
diversifikatsiya qilish natijasida erishildi.
Shuningdek, qoʻshni davlatlar bilan oʻzaro aloqalarni mustahkamlash,
mamlakatlarni ijtimoiy-iqtisodiy, savdo-sanoat hamda madaniy sohalardagi
aloqalarini rivojlantirish borasida katta ishlar amalga oshirilayotganini koʻrish
mumkin.
TSAda soʻnggi yillarda katta oʻzgarishlar kuzatilyapti. Misol uchun, Qirgʻiz
Respublikasi va Qozogʻiston bilan tashqi savdo aylanmasi oshgani
kuzatilmoqda. Boshqa davlatlar (qoʻshni davlatlardan tashqari) bilan esa, TSAda
eng yuqori ulush Afgʻoniston, Qirgʻiz Respublikasi, Turkiya, Tojikiston, Kanada va
Eron davlatlari hissasiga toʻgʻri kelgan. Tashqi iqtisodiy faoliyat
boʻyicha 20 ta yirik hamkordavlatlar
orasidan
oltita
davlatda faol tashqi savdo
balansi kuzatilgan, xususan,
Afgʻoniston (165,1 mln. AQSh
dollari), Qirgʻiz Respublikasi
(104,4 mln. AQSh dollari),
Turkiya (93,4 mln. AQSh
dollari), Tojikiston, (75,8 mln.
AQSh dollari), Kanada (41,0
mln. AQSh dollari), va Eron
(15,8 mln. AQSh dollari) shular
jumlasidandir. Qolgan 14 ta
davlatlar bilan passiv tashqi
savdo
balansi
saqlanib
qolmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasining uchdan bir qismi MDH
davlatlariga toʻgʻri keladi va bu koʻrsatkich soʻnggi yillarda biroz oʻzgardi.
Respublikamizda tashqi savdoni qoʻllab-quvvatlash hamda MDH davlatlari
bilan ushbu sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlash boʻyicha olib
borilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, 2021- yilning yanvar-mart oylarida,
tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 40,3 % ni tashkil etib, tashqi
savdo aylanmasidagi 2020- yilga nisbatan ulushi 4,8 % ga koʻpaygan. 2021- yilning yanvar-mart oylari yakunida tovar va xizmatlar eksporti boʻyicha
asosiy hamkor davlatlar tarkibida Xitoy Xalq Respublikasi (eksport umumiy
hajmining 19,6 % i), Turkiya (15,6 %), Rossiya Federatsiyasi (15,1 %), Qozogʻiston
(10,3 %), Afgʻoniston (6,9 %), Qirgʻiz Respublikasi (6,1 %) va Tojikiston (3,7 %)
davlatlari saqlanib qolmoqda hamda ularning jami eksportdagi ulushi 77,3 % ni
tashkil etmoqda. Oʻzbekistondagi meva-sabzavot sektori mamlakat va hududlarning oziqovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim segment hisoblanadi. Shuning uchun, bu
sohada meva va sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish uchun
barcha choralar koʻrilmoqda, bu esa oʻz natijalarini bermoqda.
Oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi boʻlgan 133,8 mln. AQSh dollari
qiymatli 218,0 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot eksport qilingan. Bunda
2020- yilning mos davriga nisbatan 2 655,1 mln. AQSh dollarida kamayish
kuzatilib, 1,9 % ga kamaydi. Mеva-sabzavot mahsulotlarining eksporti tarkibiga
qaralsa, 82,2 mln. AQSh dollariga teng 163,7 ming tonna sabzavot, shuningdek,
24,6 mln. AQSh dollari qiymatidagi 28,9 ming tonna meva va rezavorlar eksport
qilindi. Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Qozogʻiston, Xitoy
Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, hamda Pokiston davlatlari hissasiga
toʻgʻri kelgan.
Hukumat tomonidan qishloq xoʻjaligi va bogʻdorchilikni rivojlantirishga katta
e
ʼtibor qaratilayotgani bois, eksport qilinayotgan meva va sabzavotlarning ulushi
5,6 % ni tashkil etdi. Toʻqimachilik mahsulotlari eksporti hajmining oshishi bevosita paxta xomashyosi oʻrniga tayyor mahsulot ishlab chiqarish va qoʻshimcha qiymat yaratish
maqsadida amalga oshirilgan islohotlarning natijasi ekanini koʻrish mumkin.
Jumladan, joriy yilda 637,7 mln. AQSh dollarilik toʻqimachilik mahsulotlari eksporti
amalga oshirilib, umumiy eksportning 26,6 % ini tashkil etdi va oʻtgan yilga
nisbatan 37,8 % ga oʻsdi.
Eksport qilingan toʻqimachilik mahsulotlari tarkibida paxtadan yigirilgan ip
(54,9 %), tayyor trikotaj va tikuvchilik kiyimlari (23,1 %) asosiy ulushni egallagan.
Yil boshidan 364 turdagi toʻqimachilik mahsulotlari dunyoning 54 tа davlatiga
eksport qilindi.
Download 14,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish