I ham dam ov, Z. Bobom uradov, E. Hamdamova



Download 6,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/120
Sana31.12.2021
Hajmi6,12 Mb.
#275719
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   120
Bog'liq
Ekologiya lot.

%
  nafas  olish  yoki 
fotonafas
  olishga  sarf 
bo'ladi.  U adan  qolgan  energiyaning  oiganik  moddalarni  hosil  qilishga  ket- 
gan  qismi 
so f biriamchi mahsulot
 (SBM)  deyiladi.
Birlamchi  m ahsulotning  mahsuldorligi  yozda  qishga  nisbatan  ko'p 
bo'ladi.  Bir  organizmlarni  ikkinchi  organizmlar  yeganda  (iste’mol  qi-1- 
ganda)  ovqat  (m odda  va  energiya)  bir trofik  darajadan  ikkinchi  trofik  dara- 
jaga  o'tadi.  Hazm  qilinmagan  ovqat  keyinchalik  chiqarilib  tashlanadi. 
Ovqat  hazm  qilish  organlari  bo'lgan  hayvonlar  qoldiqlarni 
ekskrementlar 
(chiqindilar)  sifatida  tashqariga  chiqarib  tashlaydi.  Bu  chiqindilar  tarkibida 
ham   m a’lum  m iqdorda  energiya  saqlanadi.
Hayvonlar  ham ,  o'sim liklar  ham   nafas  oigan  vaqtlarida  energiyaning 
m a ’lum  bir  qismini  yo'qotadilar.  Nafas  olish jarayonidan,  ovqat  hazm  qil- 
ishdan  ham da  chiqindilardan  qolgan  energiya  o'simlik  va  hayvonlarning 
o'sishi,  ko'payishi  va  hayot  faoliyatini  ta ’minlashga  sarf bo'ladi.  G eterotrof 
organizm lar  tom onidan  tayyorlangan  (to'plangan)  organik  moddalar 
miqdori 
ikkilamchi mahsulot
 deb  ataladi.
Ovqat  zanjirining  h ar  bir  bo'lim i  (zvenosi)da  bir  qism  energiya 
yo'qoladi.  Demak,  ovqat  zanjirining  uzunligi  ko'pincha  shu  energiyaning 
yo'qolishi  bilan  chegaralanib  turadi.
O'simliklar tomonidan  qabul  qilinadigan yorug'lik energiyasi miqdorining 
dastlabki  sof mahsulotga  bo'lgan  nisbati  ancha  kattadir.  Energiyaning  keyingi 
bir-biriga  berilishi  (o'tislii)  birlamchi  o'tishga  nisbatan  ancha  natijalidir.  Ma- 
salan,  o'simliklardan  o 'tx o 'r  hayvonlarga  o'tadigan  energiyaning  o'itacha  ef- 
fektivligi 
10
  %ni  tashkil  qilgan  holda,  hayvonlardan  hayvonlarga  o'tadigan 
energiyaning  effektivligi  20  %  bo'ladi.  Umuman,  o'txo'r hayvonlaida  yiitqich- 
larga  qaraganda  hazm  qilish  effektivligi  past  bo'ladi.  Buning  sababi  shuki, 
o'simliklarda  ko'proq  yog'ochlik  va  selulloza  bo'lib,  hayvonlar  organizmida 
yaxshi  hazm  bo'lmaydi,  energiya  manbayi  bo'lib  hisoblanmavdi.
Nafas  olish  jarayonida  yo'qotilgan  energiya  boshqa  organizmlarga 
o'tm aydi.  Ekskrementlarda  metabolizm  qoldiqlaridagi  energiya  esa  detrito- 
fag  va  redutsetlarga  o 'tad i  ham da  ulardagi  energiyalar ekosistemada  qoladi. 
D etrit  zanjirlari  o'lik  organizm lar  va  o'simliklar  qoldiqlaridan  boshlanadi 
(to'kilgan  barg  va  poyalar).  T o 'g'ridan-to'g'ri  detritlarga  va  redutsentlar 
ozuqa  zanjiriga  o'tuvchi  dastlabki  toza  mahsulotlar  hamma  ekosistemalarda 
ham   bir  xilday  emas.  O 'rm o n   ekosistemalarida  dastlabki  mahsulotlarning 
k o 'p   qismi  detrit  zanjiriga  o'tadi.  Shu  sababli  o 'rm on  ostidagi  qoldiqlar 
konsum entlar  aktiv  faoliyati  uchun  qulay  sharoitdir.  Biroq  dengiz  ekosis- 
tem alarida  ham  intensiv  foydalanadigan  yaylovlarda  dastlabki  mahsulot­
ning  yarm idan  ko'pi  yaylov  ozuqa  zanjiriga  qo'shilishi  mumkin.  Detrit 
zanjirlari  yaylov  zanjirlariga  qaraganda  kamroq  o'rganilgan.  Biroq  energiya


oqimi  nuqtayi  nazaridan  qaralganda  ulaming  ahamiyati  yaylov  zanjiriga 
nisbatan  ko‘p  bo'lsa  ko‘p,  oz emas.
Agar  ekosistema  stabil  (o'zgarmaydigan)  bo‘lsa,  unda  umumiy  biomas- 
saning  hajmi  ko'paymaydi.  Ya’ni  yilning  boshida  qanclia  bo‘lsa,  oxirida  ham 
shunchaligicha qoladi.  Bu  holatda  birlamchi  mahsulotda bo‘lgan  hamma ener- 
giya  har  xil  trofík  darajadagi  organizmlardan  o'tadi  va  natijada,  uning  toza 
mahsuldorligi nolga teng boiadi. 

K o'pincha  ekosistemalar  o'zgarib  turadi.  Masalan,  yosh  o ‘rm onlarda 
o'sim liklar  vegetatsiya  davrining  oxiriga  borib  to'plangan  eneigiyaning  bir 
qismi  o'sim liklar  biomassasining  ortishiga  olib  keladi. 
0
‘simliklarda  om - 
maviy  vegetatsiya  boshlangan  davrlar  (bahor,  yoz)da  dastlabki  mahsulot 
ko‘p  boMadi,  ikkilamchi  mahsulotning  ortishi  esa  keyinroq  kuzatiladi.
Ekosistemaga  tushuvchi  energiya  oqimlaridan  foydalanib,  inson  uchun  ke- 
rak boMgan energiya va ovqat manbayini  ko‘paytirishda foydalanish mumkin.
Ilmiy  analizlar yordamida  o ‘simliklami  o'stirish,  agrotexnik  qoidalarni 
takomillashtirib  ularni  mahsuldorligini  oshirish  mumkin.  H ar  bir trofik  da- 
rajada  energiya  yo‘qolar  ekan,  demak,  ham m a  narsani  iste’mol  qiluvchi 
(odamlarda  ham)  organizmlar  uchun  ekosistemadan  samarador  energiyani 
ajratib  olish  usuli  —  bu  o'simliklar  hisoblanadi.  Biroq  bu  yerda  boshqa 
omillami  ham  e ’tiborga  olmaslik  mum kin  emas.  M asalan,  hayvonlar 
oqsilida  ko'pincha  almashtirib  bo'lmaydigan  aminokislotalar  bo‘ladi.
Bundan  tashqari,  o‘simlik  oqsillari  hayvon  oqsiliga  qaraganda  qiyinroq 
hazm  bo'ladi  va  pirovardida  shuni  aytish  kerakki,  bir  qancha  ekosis-temalarda 
madaniy ekinlami  parvarish  qilish  va  m o‘l  hosil  olish  qiyin  bo'lganligi  sababli, 
bu  ekosistemalardagi  hayvonlar  o'zlari  uchun  kerakli  ozuqani  katta  may- 
donlardan  oladilar.  Ana  shunday ekosistemalarga  dasht,  O 'rta  Osiyoning  cho‘l 
zonasi,  bug‘ilar yashaydigan tundra zonalarini  misol  qilib olish  mumkin.

Download 6,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish