astinosfera deb ataladi.
Yer kurrasining eng ustki qisinini qoplagan yer po‘sti asosan qattiq
holdagi tog* jinslaridan iborat. Uning qalinligi okean tagidan 5—10 km
bo‘lsa, quruqlik tagidan 30—80 km ni tashkil qiladi.
Mantiyaning qattiq holatda bo'lgan yuqori qismi va yer po‘sti bir-
galikda litosferani hosil qiladi. Litosferaning qalinligi okean tagida 50 km
dan, quruqlikda 200 km gacha bo'ladi.
Litosferani
tashkil etgan jinslaming
kimyoviy xossalari
yaxshi
o'rganilmagan. Faqat uning ustki qismi yer po‘stlog‘i ozm i-ko‘pm i tekshiril-
gan. A.P.Vinogradovning yozishicha, yer po‘stlog‘i kislorod (47,2 %), krem-
niy (27—60 %), aluminiy (18,60 %), tem ir (5,1 %), kalsiy (3,60 %), magniy
(2,1 %), vodorod (0,15 %) kabilardan tashkil topgan, qolgan 0,21 % esa
Mendeleyev davriy sistemasidagi boshqa barcha elementlarga to ‘g‘ri keladi.
Kishilik jamiyatining butun hayoti litosfera yuzasida u bilan o ‘zaro
aloqada sodir boiadi. Litosfera uzoq vaqt davom etgan geologik jarayonlar
ta ’sirida vujudga kelgan magmatik, cho'kindi va metamorfik jinslam ing
yig'indisidan tashkil topgan. Litosferaning ustki qismi yer p o ‘sti materik va
okean tipli bo'lib ular bir-biridan farqlanadi. Materik tipli yer po'sti uch
qatlamli yotqiziqdan - cho‘kindi, granitli metamorfik va bazalt kabi
jinslardan tashkil topgan bo‘lib, o 'rtach a zichligi 2,65 g /sm 3. Shu sababli
okean tipli yer po'sti ustidan ko'tarilib (suzib) turadi.
Materik tipli yer po‘sti litosferadagi vujudga kelgan jinslar eng q idi-
miy bo‘lib, yoshi 3,0 milrd yil hisoblanadi. Okean tipli yer po'sti qatlumli
bo‘lib, asosan bazaltii jinslardan tashkil topgan bo‘lib, (o ‘rtacha zichligi
2,85 g /sm 3), uning ustini esa yupqa (qaiinligi 0 ,6 -1 ,0 km %) cho'kindi
jinslar qoplab olgan.Granitli qatlam esa umuman o ‘zgarmaydi.
O kean tipli yer po'stidagi cho'kindi jinslar nisbatan yosh hisoblanib,
100—150 min. yilni tashkil etadi.
Shunday qilib litosferani tashkil etuvchi jinslar orasida eng ko'p
tarqalgani magmatik va metamorfik yo‘l bilan vujudga kelgan yotqiziqlar
hisoblanib, butun yer po'stidagi yotqiziqlarning 90 %ni tashkil qiladi. Le
kin geograflk qobiq uchun ahamiyatlisi litosferaning eng ustki qismini
qoplagan va uncha qalin bo'lm agan o'rtacha qaiinligi 2,2 km cho'kindi
jinslardir. Chunki geograflk qobiqdagi barcha dinam ik jarayonlar o'sha
jinslarda sodir bo'ladi ham da u bilan havo, suv va tirik organizm uzviy
kontaktda bo'lib, turli xil geograflk jarayonlarda aktiv ishtirok etadi.
Yer po'sti va litosferaning tuzilishi:
A) K ontinental (meterik tipli) yer po'sti: 1 — cho'kindi jins; 2 — granitli -
m etam orfik jinslar; 3 — bazalt jins; 4 — yuqori mantiya; 5 — astenosfera.
B) Okean tipli yer po'sti: 1 — okean suvlari; 2 — cho'kindi qatlam;
3 — bazalt qatlam; 4 — yuqori mantiya; 5 — astenosfera.
Litosferaning cho'kindi jinslar orasida keng tarqalgan (A.B.Ronov)
loy va loyli slanets (50 %), qum va qum tosh (23,6 %), ohak, dolamit va
boshqa karbom etli jinslar (23,49 %)dir.
Litosferaning kontinental qismining tashqi ko'rinishi (relyefi)ni tashkil
etuvchi tog'lar, yassi tog'lar, qirlar, tekisliklar, botiqlar yaxshi o'rganilgan.
Lekin okean qismining relyefl hali yetarli o'rganilgan emas.
Litosferaning kontinental va suv osti relyefi, uni tashkil etuvchi m i-
nerallar, jinslar yer sharini uzoq davom etgan evolutsiyasi ta ’sirida o'zining
birlam chi xususiyatini o'zgartiigan va bu o'zgarish ham on davom etmoqda.
Litosferadagi bu o'zgarishlar eng aw alo, yeming geologik jarayonlari
ta ’sirida sodir bo'lgan.
Y em ing ichki energiyasi natijasida litosferaning relyef shakllari vu
judga kelib, vulqonlar otilib, seysmik hodisalar ro 'y beradi. Aksincha,
tashqi eneigiya manbayi quyosh ta ’sirida shamol, yog'in, daryolar, tirik
m ayjudotlar vujudga kelib, ular ta ’sirida muzlar harakatlanadi, dengiz
to iq in lari sodir bo'ladi. Yeming o ‘sha tashqi energiyasi ta ’sirida vujudga
kelgan omillar esa litosfera yuzasini nuratib, yuvib, oqizib, uchirib, eritib
uni tekislaydi, silliqlaydi.
Bu ikki energiyaning o ‘zaro ta ’sirida litosferaning hozirgi relyef
shakllari vujudga kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |