ichki dengizlar deyiladi. Qora, Baltika, Azov dengizlari ichki dengizlardir.
Okean suvi quruqlik ichiga biroz yorib kirib, undan orollar orqali ajraUb
tursa, bunda tashqi dengiz hosil bo'ladi, chunonchi, Bareng, Beren, Ya-
pon, Oxota dengizlari; nihoyat, m ateriklar orasida joylashgan dengizlar esa
o 'rta dengiz deyiladi. Bularga Karib dengizi, Qizil dengiz va boshqalar
kiradi.
Dunyo okeanining eng katta qismini T inch okeani ishg'ol etib, u
Osiyo, Amerika, Antarktida qit’alari oralig‘ida joylashgan. Uning umumiy
maydoni 179,7 mln. km2 yoki yer yuzidagi jam i quruqliklar m aydonidan
ham kattadir, bu esa yer yuzasi atrofining 30 %, dunyo m aydoninig esa
50 %iga teng.
Bu okeandagi Aleut botig‘i 7822 m , Filippin botig‘i 10, 497 m va
M ariana botig'i esa 11,022 m ga boradi.
Atlantika okeani kattaligi va chuqurligi jihatidan T inch okeanidan
so‘ng ikkinchi o ‘rinda turadi. U Yevropa, Afrika, Amerika va Antarktida
qit’alari orasida joylashgan.
Uning maydoni 93,3 mln. km 2 suv hajmi 350 m ln km 3 okeanning
o ‘rtacha chuqurligi 3332 m bo‘lib eng chuqur yeri Brounsen (B ueita Rika
oroli yaqinida) botig'i 9428 m.
Hind okeani Osiyo, Afrika, A ntarktida q it’alari orasida joylashgan.
Maydoni 75 mln. km2 bo'lib, dunyo okeani um um iy suv zaxirasining
4,4 %i shu okeanda. Chuqurligi va kattaligi jihatidan uchunchi o ‘rinda
bo'lib, eng chuqur yeri Yava oroli yaqinida 7450 m ga yetadi.
Maydon jihatidan eng kichik va eng sayoz okean Shimoliy M uz
okeanidir. Uning m aydoni 13,1 min. km3 bo'lib, dunyo okeani suv
zaxirasining bir foizi shu okeanda. Bu okean ancha sovuq joyda joylash-
ganligi uchun, suv uncha sho‘r emas. Yilning uzoq vaqti muz bilan
qoplanib yotadi. U ancha sayoz okeanlardan b o ‘lib, eng chuqur yeri
5449 m. ga yetadi. U Yevropa, Osiyo va Amerika q it’alari orasida turadi.
Dunyo okeani massasining 96,5 % suvdan, qolgani esa erigan har xil
tuzlardan, gazlardan va mayda zarrachalardan iborat. Tuzlar ichida eng
ko‘pi natriy xlor (N a C L —77,8 %), magniy xlor (Mg CL—10,9 %)lardir.
Shuningdek, okean suvida oltin, kumush, mis, fosfor, yod kabi ele-
m entlar ham mayjud.
Okeanlarda suvning o'rtacha sho'rligi 35 %ga teng. Lekin sho'rligi
okeanlam ing turli joyida turlicha. Yer sharining ekvator atrofidagi joylarida
suvning sho‘rligi 34 %, chunki bu yerlarda yog‘ingarchilik ko‘p yog'adi.
O keanlam ing 20°C bilan 30°C geografik tengUklar orasida, ya’ni subtropik
m intaqa joylashgan suvlarda sho'rlik 36-37 %ga teng, chunki bu yerlarda
harorat yuqori, yog‘in kam.
M o'tadil va sovuq m intaqalarda okean suvining sho'rligi 30—32 %,
chunki bu yerlarda quyosh issiqligi va yorug‘ligi kamayadi, yog'ingarchilik
ko‘p, daryolar ko'plab chuchuk suv keltiradi.
Okean va dengiz suvlari tarkibida har xil tuzlardan tashqari yana eri
gan holda azot, karbonat angidrid, vodorod sulfid, ammiak, m etan va
boshqa gazlar ham b o ‘ladi. Dengiz suvida atmosferadagiga nisbatan kis-
lorodning miqdori 35 %gacha ortiq bo‘ladi. Bu esa dengiz hayvonlari
uchun juda qulaydir.
Odatda, suvning tiniqlik darajasini aniqlashda diametri 30 sm keladi-
gan oq rangli disk ishlatiladi. Disk yo‘g‘on ipga bog‘lab suvga tushiriladi va
m a’lum chuqurlikka tushgach, u ko‘rinmay qoladi. Diskning necha m etr
chuqurlikda ko‘rinm ay qolishiga qarab suvning tiniqlik darajasi hisobla-
nadi. O keanlar ichida eng tiniq suv Atlantika okeanining Sorgasso den-
gizida kuzatilib, tiniqlik darajasi 66,5 m, chunki bu yerda suv vertikal
harakat qilmaydi, plankton qatlam i yupqa.
Tinch okeanining tiniqlik darajasi 59 m, H ind okeanida 50 m, Shi
moliy m uz okeanida 23 m , Boltiq dengizida 13 m, Oq dengizda 9 m va
Azov dengizida esa 3 m.
O keanlar issiqlikni quyoshdan oladi. Yer sharining quyoshdan oladi-
gan energiyasining 2/3 qism idan ortiqrog‘i dunyo okeanlariga tushadi. Agar
yerning yuzasiga quyoshdan bir yilda 5x10 darajasi 20 kkal energiya tushsa,
shundan 3,6x10 kkal qism i dunyo okeaniga to ‘g‘ri keladi. Suv o ‘zida juda
ko‘p issiqlik to ‘playdi.
Dunyo okeanida to'plangan issiqlikning bir qismi suv ustidagi havoni
isitishga, bir qism i suv yuzasining o'zin i ilitishga sarflanadi. M a’lumotlarga
qaraganda, okeanlar yuzasiga tushadigan quyosh issiqligi ekvator va tropik
mintaqalarda 60 %, 0 ‘rta mintaqada 30 %, sovuq m intaqada esa 10 %,
dengiz suvining isitishga sarflanadi, ekvator mintaqasida joylashgan okean
suvining harorati doimo hamma oylarda ham 27—28°C b o ‘lib turadi.
Tropik mintaqada joylashgan okean suvlari ham 20—25°C orasida iliq
bo‘ladi. 0 ‘rtacha mintaqada joylashgan okean suvining harorati yil fasllari
bo'yicha o'zgarib turadi. Qishda suvning harorati pasayib + 10°C dan —0°C
ga tushib qoladi. Yozda esa +20°C chiqadi.
Qutb mintaqasida esa suvning eng past harorati —2°C bo‘ladi.
Aysberg (inglizcha — muz tog‘i demakdir) materik m uzlardan uzilib
tushgan m uz bo'laklaridir. Ba’zi aysberglarning balandligi suv yuzasidan
80—90 m. Suv ostida, qalinligi 500 m, uzunligi 200—300 km dan 560 km
gacha, hajmi esa 500-700 km3 ga yetishi mumkin. Aysberglar dengiz
transportiga katta xavf tug‘diradi.
Dunyo okeani yer sharida iqlimni normallashtirib turadi, transport
uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, okeanda xilma-xil tabiiy
resurslar juda ko‘p: a) oziq-ovqat resurslari; b) mineral xomashyo re-
surslari; d) yirik energiya resurslari.
Dunyo okeani inson uchun oziq-ovqat bo‘la oladigan o'sim lik va
hayvonlarga juda boy. Dunyo okeanida o ‘n mingga yaqin o ‘simlik turi
bo'lib, quruqlikdagi o ‘simliklarga nisbatan organik moddalarga 4—5 marta
boy. Ba’zi suvo'tlarida quruqlikdagi o'sim liklarga nisbatan oqsil moddalari
(50 %) ko‘proq. Holbuki, mol go‘shtida oqsil atiga 20 %ni tashkil etadi.
Dunyodagi 63 hayvon sinfining 51 tasi okean va dengizlarda boMib,
ulam ing 150 mingdan ortiq turi mayjud. U lam ing um um iy vazni 16—20
milliard tonnaga yetadi. Shu sababli har gektar dengiz suvidan quruqlikdagi
eng yaxshi bir gektar yaylovda yetishtiriladigan go‘shtga nisbatan 2 marta
ortiq mahsulot olish mumkin. D unyo okeanidagi organik m oddalarning
miqdori 30 milliard tonnani tashkil etadi. Lekin hozir dunyo okeanidagi
m ana shu oziq-ovqat resurslarining (baliqlar, kit, beluka, dengiz mushugi,
tyulen, dengiz quyoni, karp, moij, qisqichbaqa, moluska, ustritsa ham da
umurtqali va umurtqasiz) boshqa hayvonlar ham suv o'sim liklarining faqat
1 %dangina inson foydalanmoqda.
Okean hayvonlari orasida ko‘p m oy va go'sht berishda kit birinchi
o 'rinda turadi. U yer sharidagi eng katta hayvon bo‘lib, uzunligi 35 m,
og'irligi 125 tonna. Shundan 50 tonnasi moyga to ‘g‘ri keladi. K itdan kon-
serva mahsulotlari, chorvachilik uchun oziq, un, o ‘g‘it shuningdek, yuqori
sifatli charm olinadi. Dunyo okeanidan hozir har yili 550 mln. sentner har
xil baliqlar ovlanadi.
Dunyo okeanida suvo'tlarining oziq-ovqat uchun foydalanish mumkin
bo'lgan 170 turi bo‘lib ulaming eng m uhim lari dengiz karam i (laminariya),
dengiz salati va boshqalar. U lar oziq-ovqat, dori-darm on, b o ‘yoq va kon-
diter sanoat uchun xomashyo hisoblanadi.
Laminariya o ‘simligidan algin yelimi olinadi va undan gazlamalarni
bo'yashda, sovun tayorlashda ham foydalaniladi. Shuningdek, suvo'tlaridan
droja (achitqi), spirt, qog‘oz va boshqa narsalar ham tayyorlash m um kin.
Suvo‘tlari m aterik sayozligida, ayniqsa, juda hosildor b o iad i. Masalan,
Kalifomiya qirg‘og‘idagi qizil suvo'tlarining biomassasi gektariga 60—
100 t.ga yetadi.
Shunday qiiib, okeanlardan yiliga 70—80 m in tonnaga yaqin baliq,
maluska, suvo'tlari va boshqa mahsulotlar olinmoqda. Bu esa insoniyat-
ning oqsil moddasiga b o ig a n talabining 5/1 qismini qoplaydi.
Yer sharidagi brom zaxirasining 99 % okean suvlarida joylashgan.
Shuningdek, okean suvida erigan holda 5,5 min. t. oltin, 4 mlard. t. uran
mavjud. Okean tubida quruqlikdagiga nisbatan 3 marta ziyod neft zaxirasi
mavjud. Okeanlar katta energiya manbayi hisoblanadi. Okean suvlarining
sutka mobaynida 2 m arta ko'tarilib va qaytishida juda katta energiya (8x10
kvt) vujudga keladi. H ozir dunyoda suvlaming ko'tarilishi va qaytishiga
asoslangan elektr stansiyalari (TeS) qurish ishlari amalga oshirilmoqda.
Quruqlikdagi yer osti va yer usti suvlar. Quruqlikda 85 min. km3 suv
(yer osti suvlari, doim iy qor va muzliklar, daryo va ko‘l suvlari hamda
botqoqlikdagi suvlar va boshqalar) bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |