I ham dam ov, Z. Bobom uradov, E. Hamdamova


  Matematik  modellashtirish  usullari



Download 6,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/120
Sana31.12.2021
Hajmi6,12 Mb.
#275719
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   120
Bog'liq
Ekologiya lot.

5.  Matematik  modellashtirish  usullari.
  Bu  usul  bilan  atmosferaning 
ifloslanishi,  daryolarning  o‘z-o‘zini  tozalash  holatlarini  aniqlash  oson,  bi- 
roq  ekologik  sistemalarni  modellashtirish  biroz  qiyinroqdir.
4.  Ekologiyaning  qishloq xo'jaligida  va  inson  hayotidagi ahamiyati
Ekologiyani  o'rganishning  ikki  aspekti  (tom oni)  bor.  Birinchisi  —  ta- 
biiy  muhitni  faqat  bilish  uchun  (undan  foydalanish  bilan  emas)  o'rganish. 
Ikkinchisi  —  tashqi  muhit  to‘g‘risidagi  to'plangan  ekologik bilimlarni  tashqi 
muhit  bilan  bog'langan  u  yoki  bu  m uam m olam i  yechishga  qaratish  va 
ularni  yechish.  Ekologiyaning  bu  ikki  aspekti  bir  vaqtning  o'zida  taraqqiy 
etib  borgan.  Tabiat  hodisalarini  tushuntirishda  fizika  va  kimyo  fanlarining 
qonuniyatlaridan  foydalanib  kelinmoqda. 
Masalan,  cho‘l  zonasidagi 
ekinlarni  sug‘orish jarayonini  kuzatsak,  bunda  tuproqdagi  tuzlar tuproqning 
yuqorigi  qatlamlaridan  yuvilib  ketmaydi,  aksincha,  kuchli  bugianish  nati- 
jasida  suv  yuqoriga  ko'tarilib,  tuzlar  tuproqning  yuza  qatlamida  to'planib 
qoladi,  demak,  kimyo  va  fizikaning  um um iy  qonunlariga  asoslanib  aytish 
mumkinki,  irrigatsiya  noto‘g‘ri  tashkil  qilingan  ko'pchilik  vaqtlarda  cho'l 
zonasi  tuproqlarni  so‘zsiz sho'rlantirishga  olib  kelishi  mumkin.
Populatsiyalar  ekologiyasini  matematik  usullar  bilan  o'rganish  shuni 
ko'rsatadiki,  yirtqichlar  individlari  ko‘payib  ketganda  populatsiyadagi  individlar 
soni  qisqarib  ketadi.  Shuning  uchun  u  yoki  bu  yowoyi  hayvonlar  ustidan  ov 
qilinganda  eng  intensiv  ov  qilish  u  yoki  bu  yowoyi  hayvon  populatsiyasi  in- 
dividlar soni  eng  past  darajada  qoldirish  va  bu  qoldirilgan  individlarning  inten­
siv ko'payishi  uchun  ozuqa yetarli  darajada saqlanib  qolishi  loziin.
Intensiv  ov  qilishni  tartibga  solib  turish  lozim.  Ov  qilinadigan 
xo'jaliklarda,  ularning  samaradorligini  oshirib  turish  uchun  ov  qilish  m ud- 
datlari,  ov  qilishning  kunlik  me’yorini,  qurol  ishlatish  va  hattoki,  litsenziya 
qiymatlarini  ham   tartibga  solib  turish  lozim.
Ko‘pincha  ekologiyaga  maslahat  tariqasida  kamdan-kam  murojaat  qi- 
lishadilar.  Vaholanki,  ko‘pchilik  xo‘jalik  va. boshqa  ishlar  ekologiyasiz  hal 
bo‘lishi  qiyin.  M asalan,  seleksionerlar  bir  necha  yillar  seleksion  ishlar  olib


borishlari  natijasida  har  xil  kasalliklarga  va  zararkunandalarga  chidamli 
navlarni  yetishtirishga  harakat  qiladilar.  Biroq  ular  seleksion  ishlar  bilan  bir 
qatorda  hayoliga  keltirmasdan  shu  yangi  yaratilayotgan  navlarga  moslash- 
gan  hasharotlar,  viruslar  va  zamburug'larning  yangi  liniyalarini  ham  tanlab 
boradilar.  Natijada,  yaratilgan  «ideal*  nav  kasallanadigan  bo‘lib  qoladi.
Sug'orish 
va  gerbitsidlarni 
ishlatish  o'sim likning  hosildorligini, 
zararkunandalarga  chidamlilik  xususiyatlarini  oshirishi  mumkin,  xuddi 
shunday  boMadi  ham.  Biroq  shu  tadbirlarga  ajratilgan  kimyoviy  moddalar 
va  irrigatsiya  ishlari  uchun  ketgan  xarajatlar  o ‘zini  qoplamasligi  ham  mum- 
kin.  Masalan,  qachonlardir  Kosta-Rikada g‘o‘zani  introduksiya  qilib  o ‘stira 
boshladilar.  Birinchi  vaqtlarda  bu  davlatda  paxtachilik  gullab  yashnadi.  Le- 
kin  bu  yerda  ham  boshqa  davlatlardagidek  paxtaga  hasharotlar  bora-bora 
ko'proq  zarar  keltira  boshladi.  Aw al  kamroq  miqdorda  islilatilgan  kimy­
oviy  moddalar  hasharotlarni  zararsizlantirgan  bo'lsada,  keyinchalik  hasha­
rotlar  bu  xil  kimyoviy  moddalarga  moslasha  boshladilar  va  ularga  qarshi 
kuchli  va  ko‘p  miqdorda  ishlatilgan  kimyoviy  m oddalar  ishlatila  boshlandi. 
Shundan  keyin  pestitsidlarga  ketgan  xarajat  paxtadan  keladigan  da- 
rom addan  oshib  ketdi  va  bu  Kosta-Rikada  paxta  yetishtirishga  chek  qo'ydi. 
Tabiiy  jamoalarning  yemirilishiga  sababchi  bo'lgan  insonning  salbiy 
ta ’sirini  quyidagi  misolda  ham   ko‘rish  mumkin.  Kaliforniyaning  chiroyli 
orom goh  manzaralarida  Klir-Leyk  ko‘li  bo‘lib  uzunligi  30  km  ga  teng. 
Q achonlardir,  bu  ko‘l  baliq  ovlaydigan,  suv  chanasi  suzadigan  va  odam - 
larning  dam  oladigan  orom gohi  bo'lgan.  Bu  davrda  odamlar  uchun  tash- 
vish  soluvchi  kichik  ikki  qanotli  pashshalar  paydo  bo'lgan.  Ular  odamlarni 
chaqm agan,  faqat  sham ,  chiroq  yoqqanlarida,  yorug'lik  atrofida  to'planib 
yurgan.  Lkkinchi  jah o n   urushi  tugagunga  qadar  ham   bu  pashshaga  qarshi 
kurashishning  sam arador  usuli  yo‘q  edi.  Faqat  D D D   va  D D T  olingandan 
so‘ng  1949-yilda  ko‘l  shu  pestitsidlar  bilan  qayta  ishlandi  (0,02  %).  N a ­
tijada,  keyingi  2—3  yil  m obaynida  pashshalar  deyarli  yo'qoldi.  Ko‘l  atrofida 
turning  juda  kam dan-kam   individlari  qolgan  edi.  Biroq  1951-yildan  so'ng 
pashshalar  soni  yana  ko‘paya  boshladi  va  1954-yilda  ko‘l  D D D   bilan  qay- 
tadan  ishlandi  va  natijada,  pashshalar  yana  kamaydi.  Biroz  vaqt  o'tgandan 
keyin,  suvda  suzib  yuruvchi  qushlar pestitsidlardan  zararlanib  o‘la  boshladi. 
Bunga  ko'pchilik  e ’tibor  ham   berishmadi.  D D D   bilan  qayta  ishlangandan 
so‘ng,  pashshalar  populatsiyasi  birinchi  ishlovdan  ham  ko‘proq  tiklana 
boshlandi  va  1957-yilda  qilingan  uchinchi  qayta  ishlash  samarasi juda  kam 
bo‘ldi.  Shundan  keyin  pashshalar  DDDga  nisbatan  moslashib,  chidamli 
bo‘lib  qolganliklari  to ‘g‘risida  olimlarda  tushuncha  paydo  bo‘la  boshladi. 
Suvdà  suzib  yuruvchi  qushlar  o'lim i  ko‘payib  ketdi  va  o ‘lgan  qushlarni 
ekspertiza  qilganda  bu  pestitsidlarning  ta ’siri  ekanligi  m a’lum  bo‘ldi.  Bu 
tadbir  DDDga  chidamli  pashshalar  liniyalarini  hosil  qilishga,  suvda  suzib 
yuruvchi  qushlar  populatsiyasining  qisqarishiga  va  suvdagi  baliqlar  hayotiga 
xavf  tug'dirishiga  olib  keldi.  Bu  tadbir  tarafdorlari  pashshalar  populatsi­
yasining  zaharli  pestitsidlarga  nisbatan  chidamli  bo‘lib  qolishlik  xususi- 
yatini,  D D D   qoldiqlarining  hayvon  organizimida  to'planib,  ozuqa  zanjiri


orqali  bir  oMjadan  ikkinchisiga  o ‘tib- ketish  holatlarini  e ’tiborga  olishmagan 
bo'lsalar ajab  emas.
Shu  sababli  hayotni,  shu  jum ladan,  inson  hayotini  saqlab  qolish 
uchun  muhim  boMgan  ekologiyaning  asosiy  prinsiplarini  aniqlash  va  ularni 
joriy qilish  bizning  vazifamizdir.
5.  Ekologik  rnuainmolar
Aholi  sonining  yildan  yilga  osliib  borislii  sanoat  va  transportning  rivojla- 
nishi,  fan texnikaning taraqqiy etishi,  iiisomiing biosferaga  ko‘rsatayotgan ta ’sir 
doirasini  kengaytirib  bormoqda.  Bu  esa  o‘z  navbatida  u  yoki  bu  ekologik 
muammolaming  kelib chiqishiga sabab bo'lmoqda.
Ekologik  m uam m o  deganda  insonning  tabiatga  ko‘rsatayotgan  ta ’siri 
bilan  bog'liq  holda  tabiatning  insonga  aks  ta ’siri,  ya’ni  uning  iqtisodi- 
yotiga,  hayotida  xo‘jalik  ahamiyatiga  molik  bo'lgan  jarayonlar,  tabiiy 
hodisalar  bilan  bog'liq  (stixiyali  talafotlar,  iqlimning  o ‘zgarishi,  hay- 
vonlaraing  yalpi  ko‘chib  ketishi  va  boshq.)  har  qanday  hodisalar  tu- 
shuniladi.  Ekologik  muammolar  3  guruhga  bo'linadi.
1.  Um umbashariy  (global).
2.  M intaqaviy  (regional).
3.  Mahalliy  (lokal).
Dunyo  bo'yicha  kuzatiladigan  tabiiy,  tabiiy  antropogen  yoki  sof  an- 
tropogen  hodisalar  umumbashariy  m uam m olar  deb  qaraladi.  Ana  shunday 
umumbashariy  muammolarga  ba’zi bir  misollar  keltirish  mumkin: ■

Download 6,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish