I ham dam ov, Z. Bobom uradov, E. Hamdamova



Download 6,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/120
Sana31.12.2021
Hajmi6,12 Mb.
#275719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
Bog'liq
Ekologiya lot.

fitosotsiologiya
  (keyinchalik 
fitotsinologiya)  fani  paydo  bo‘ldi.  Shu  davrda  guruhlarning  almashinish 
jarayonlari  qonuniyatlarini  o'rganish  (suksess:ya)  davom  ettirildi.
0 ‘simliklar 
guruhlarini 
o‘rganishda 
T.F.M orozovning 
«O 'rm on 
to ‘g‘risidagi  ta’limoti»  (1912-y.)  va  V.N.Sukachevning  « 0 ‘simlik  guruhlari 
haqidagi  ta ’limotga  kirish»  (1915-y.)  asarlari  muhim  ahamiyat  kasb  etdi. 
Hozirgi  zamon  nazariy  ekologiyasining  rivojlanishiga  ingliz  olimi  C h.Elton- 
ning  «Hayvonlar ekologiyasi»  kitobi  (1927)  ham  katta  ta ’sir  ko'rsatdi.
XX  asrning 
20—30-yilIarida 
akadem ik  V.I.Vernadskiy  biosfera 
to ‘g‘risidagi  ta ’lim otni  yaratib  ekologiyani  rivojlanishiga  katta  hissa 
q o ‘shdi.  30—50-yiUarga  kelib,  ekosistema  doirasida  moddalar  aylanishi  va 
energiya  oqimini  o'rganish  singari  umumekologik  m uam m olar  ko‘tarildi.
40—50-yillarda  T.A.Rabotnov  va  60-yillarda  A.A.Uranov  o'sim lik- 
larning  populatsiyalari  to ‘g‘risidagi  ta ’limotga  asos  soladilar.  Keyinchalik 
chet  ellarda  ham  (ingUz olimi  J.Xarper)  shunga  o'xshash  ilmiy  ishlar  paydo 
bo‘la  boshladi.  50-yillarga  kelib  um um iy  ekologiya  fani  shakllandi.  Uning 
shakllanishi  va  rivojlanishiga  gidrobiologiya  sohasida  erishilgan 
yutuqlar, 
quruqlikda  yashaydigan  hayvonlar  va  o'sim liklar  ekologiyasiga  oid 
to'plangan  m a’lumotlar,  ekosistema  yoki  biogenotsenoz  tushunchalarining 
ifodalanishi,  ekologiyani  o ‘rganishda  m atem atik  usullarning  keng joriy  etil- 
ishi  va  shu  kabilar  muhim  ahamiyat  kasb  etdi.
. Hozirgi  zamon  ékologiyasining  xarakterli  xususiyati.  butun  biosferani 
qamrab oluvchi jarayonlarni tadqiq  etishdir.  Olimlar tomonidan  odam  va  bios­
fera  o'rtasidagi  o'zaro  munosabatlar (tasirlar)  sinchiklab  o'rganilmoqda.
Bu  sohadagi  xalqaro  biologik  dastur  doirasida  olib  boriladigan  ishlar 
1964-yilda  boshlandi.  Uning  asosiy  maqsadi  —  yer  sharining  turli  xil joylar- 
dagi  ekosistemalarning  mahsuldorligini  o'rganish.  Ekologiyaning  asosiy  vazi- 
falaridan  biri,  bu  odam  yaratgan  tabiiy  va  sun’iy  sistemalaming  tuzilishini


ham  funksional  asoslarini  miqdoriy  usullar  yordamida  batafsii  o‘rganishdan 
iborat.  Individlaming  joylashishini  populatsiyaning  yoshi,  jinsiy  va  ekologik 
tizimini  o'rganish  ham  ekologiyaning  vazifasidir.  Bunda  qishloq  va  o ‘rmon 
xo‘jaligi  zararkunandalari,  kasallik  qo‘zg‘atuvchi  va  tarqatuvchilar  populatsi- 
yalari sonining  o ‘zgarishiga  alohida e’tibor berilishi  lozim.
Markaziy Osiyo  va  0 ‘zbekiston ekologiya fanini  rivojlantirish sohosida bir 
qancha olimlar o ‘z hissasini  qo'shganlar va o‘z maktablarini  shakllantirganlar.
1930-yillarda  ekologiya  yo‘nalishlariga  asoslangan  Markaziy  Osiyo 
maktabi  hozirgi  M .U lug‘bek  nomidagi  0 ‘zbekiston  Milliy  Davlat  Univer- 
siteti  qoshida  shakllandi.  M aktab  o'lkaning  biologik  jamoalarini,  ularning 
tarkibiy  qismlarini  o'rganish  bilan  birga  ekolog  mutaxassislar  tayyorlashda, 
ekologiyani  rivojlantirishda  ham   ahamiyatga  ega  bo'ldi.
1930-yillarga  kelib  ekologik  ilmiy  izlanishlarning  natijalari  ilmiy  asar- 
larda  o ‘z  aksini  topa  boshladi.  Bularda  faqat  m a’lum joyning  ekologik  ho- 
lati  haqida  gap  bormay,  balki  ekologiya  fanining  asoslari  biotsenologiya  va 
fitotsenologiya  kabi  sohalari  ham   rivojlantirildi.
Markaziy  Osiyo  ekologlarining,  ayniqsa,  o'lkaning  ayrim  landshaft- 
larining  ekologiyasini  o ‘rganish,  tizim,  faolligi,  dinamikasi  va  evolutsiyasi, 
shuningdek,  tabii'y  resurslardan.oqilona  foydalanishning  muammolari  ish- 
lab  chiqildi.  D .N.Kashkarov  ishlarida  landshaflning  ayrim  elementlari  va 
ularning  o ‘zaro  bog‘liqligi,  birligi  hamda  m odda  va  energiya  almashinuvi, 
namlik,  tuproq  va  biotik  om illam ing  roli,  antropogen  omilining  landshaft- 
larga ta ’siri  va  boshqalarni  ochib  bergan.
P.A.Baranov  va  I.A.Raykovalar  Pom ir  togMarida  cho‘l  biotsenozlari- 
ning  kelib  chiqishi,  dinamikasi  va  evolutsiyasida  organizmlaming  hayotida 
noqulay  haroratning  aham iyati,  madaniy. biotsenozlarni  yuqori  tog‘  sharo- 
itida  yaratish 
masalalari  ishlab  chiqildi. 
R.I.Abalin,  Ye.P.Korovin, 
M.V.Kultiasov  va  I.I.G ranitovlarning  ekolog  —  fitotsenologik  qarashlari 
ularning  chop  etgan  bir  qator  ishlarida  o‘z  aksini  topgan.  Markaziy  Osiyo- 
dagi  hayvonlar  ekologiyasi  yo'nalishlari  bo'yicha  kompleks  ilmiy  ishlar 
T.Z.Zohidov  nomi  bilan  cham barchas  bog‘liq.
T.Zohidov  Qizilqum  çho‘ilaçining  o‘ziga  xos  hayot  makoni  ekanini, 
qumli,  sho‘rxok  loyli  va  tosliloq cho‘llarini mustaqil  biotoplar sifatida tavsiflab, 
ularni  o‘z  navbatida  mayda  hududiy birliklar,  ya’ni  fatsiyalarga ajratib  berdi.
D.N.Kashkarov  va  T.Z.Zohidov  va  boshqalaming  asarlarida  har  bir 
tashqi  muhit  omili  (geologik,  tarixiy,  orografik,  iqlim,  substrat,  o'simliklar  va 
hokazolar)  ta’sirida  m a’lum  hududlar  bo'yicha  hayvonlar  gum hi  hamda  biot- 
senozlaming taqsimlanganligi  ochib berilgan.
0 ‘zbekistonda  o'sim liklar  ayrim  turlarining  ekologiyasini  (autekologiya) 
o'rganish  ishlari  Ye.T.Korovin,  M.V.Kultiasov  va  M.S.'Popovlarning  ishlari 
bilan  bog'langan.  0 ‘zbekistonda  ekologik  yo'nalishdagi  ishlarning  asoschilari 
D.N.Kashkarov  va  Ye.P.Korovin  hisoblanadi.  1930-yillarda  bu  olimlar  to- 
monidan  «Muhit  va  jarnoa»,  «O'rta  Osiyo  va  Qozog'iston  cho‘llarining  tur- 
lari  va  ulardan  xo‘jalikda  foydalanish  istiqbollari»,  «ChoMlardagi  hayot»  kabi 
ilmiy  asarlar  chop  etilib,  bu  asarlarda  ekologiya  fani  va  uning  vazifalari,  us-


lublari  o ‘z  aksini  topgan.  Ekologik  kuzatishlarni  kuchaytirish  maqsadida 
O'zbekiston  Fanlar  Akademiyasi  qoshidagi  Botanika  institutida  V.A.Burigin 
rahbarligida  o'simliklar  ekologiyasi  laboratoriyasi  tashkil  etildi.  Ushbu  labo- 
ratoriya  xodimlari  cho'l  va  chala  cho‘I  sharoitida  o ‘simliklaming  moslashish 
xususiyatlarini  o'rgandilar.  Natijada,  tog'  oldi  mintaqalarida  fitomeliorativ 
ishlaming  rivojlanishiga  asos  solindi.  Keyinchalik  bu  ishlar  O.X.Hasanov, 
R.S.Vernik,  T.Rahimova  va  boshqalar  tom onidan  davom  ettirildi.  C ho‘1 
mintaqasi  o'simliklarining  biologik  va  fiziologik  xususiyatlari  Z.Sh.Sham - 
siddinov,  I.Hamdamov,  N.Salmonov,  L.S.Tayevskaya  va  shu  kabi  olimlar 
tom onidan  o'rganilgan  bo'lib,  ulaming  asarlarida  shuvoq,  izen,  komforosma, 
saksovul,  tereskin  va  shu  kabi  cho‘1  o'simliklarining  xususiyatlari  turli  xil  tu- 
proq  sharoiti  bilan  chambarchas bog'ligi  ochib  berilgan.
O'zbekistonda  hayvonlar  ekologivasiui  dvojlantirishda  hissa  qo'shgan 
olimlarga  T.Z.Zohidov,  A.M.Muhammadiyev,  V.V.Yaxontov,  M.A.Sultonov, 
R.O.Olimjonovlami  kintish  mumkin.  Ular o'zlari  va shogirtlari  bilan  birgalikda 
bu  sohaga  bag'ishlangan  yirik  monografiyalar  yaratganlar.  Jumladan,  bu  so- 
hada  ma’lum  bo'lgan  V.V.Yaxontovning  «Hasharotlar  ekologiyasi»  (1963), 
T.Z.Zohidovning  «Qizilqum  cho'lining  biotsenozlari»  (1971)  kabi  asarlarini 
keltirish  mumkin.  D.Kashkarov,  A.Zokirov,  A.Petrovlar  Qarshi  cho'lini  chu- 
qur  o'rganish  natijasida  «Qarshi  cho'lining  umurtqali  hayvonlari  ekologiyasi» 
degan  asarni  chop  ettirdilar.  Bu  asarda  sut  err..zuvchi  hayvonlaming  tarkibi, 
tarqalishi,  ekologiyasi  va ulardan  foydalanish  yo'llari  asoslab berildi.
Bir  guruh  zoolog  olimlar:  X.S.Solixboyev,  O.P.Bogdanov,  T .N .P alen- 
ko,  S.T.Gubaydulina,  G .I.Ishunin,  D.Yu.Kashkarov,  N.Zokirovlarning 
ilmiy  kuzatishlari  asosida  «Nurota  tog'i  umurtqali  hayvonlari  ekologiyai» 
(1970)  nomli  asar  yaratildi.
1979-yillarda  extiologiya  va  gidrobiologiya  laboratoriyasi  xodimlari 
A.M.Muhammadiyev  rahbarligida  (A.Omonov,  F.Zohidova,  S.Hamroyeva, 
D. Mansurova  va  boshq.)  O'zbekiston  suv  omborlari,  ko'llarining  biologik 
rejimi,  ixtiofaunasining  shakUanishi,  suvning  ifloslanishi,  suv  hayvonlari  eko­
logiyasi va suv resurslaridan  foydalanish  bo'yicha  ilmiy  izlanishlar olib  bordilar.
Biz  respublikamizdagi  iqtisodiy  ahvolni  yaxshilash,  ekologik  krizis 
(tanqislik)ning  oldini  olish,  xalqimizning  qadim dan  m a’lum  bo'lgan  eko­
logik  madaniyatini  tiklashimiz  lozim.
3.  Ekologiya  obyektlarini  kuzatish 
usullari
Ekologiyada  lining  predmetlarini  obyektini  o'rganishning  quyidagi 
5  ta  prinsipi  ishlatiladi:

Download 6,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish