Suvning organik hayotdagi va kishilik jamiyatidagi ahamiyati.
0 ‘zbekistonning suv resurslariga yer usti va yer osti suvlari kiradi. Yer usti
suvlariga Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Qashqadaryo suvlari kirib,
ulaming tog* qismi ko‘p tarmoqli b o iib , 1 km 6,5 1/s suv oqimi to ‘g‘ri ke
ladi. Respublikamiz 70 % hududini egallagan tekislik qismida suv oqimi
juda kam bo‘Ub, ulaming ko'pchiligi O rol dengizigacha borib yeta ol-
maydi.
Amudaryoda o'rtacha yillik suv m iqdori 78 km3 b o iib , eng ko‘p vaqt
iyul-avgust oylari va eng kam miqdori dekabr, m art oylariga to ‘g‘ri keladi.
H ar 4—5 yilda bir marta suv tanqisligi, har 6—10 yilda esa bir m arta suv
m o i-k o ic h ilig i kuzatiladi.
O'zbekiston qismidagi Sirdaryoga N orin, Qoradaryo, C hirchiq va
F arg'ona vodiysidagi boshqa daryolar suvi keUb quyiladi. Sirdaryodagi suv
m iqdori bir yilda 36 km 3 ni tashkil etadi.
Iyun, iyul oylarida suv eng ko‘p kelgan payti bo‘lsa, oktabr-m art oy-
larida suv m iqdori juda kamayib ketadi. Daryoda har 3—4 yilda suv
miqdori kamayib 5—6 yilgacha davom etishi m um kin. K o‘p suv keladigan
yillari juda qisqa bo'ladi.
Yer osti suvlari. Ichim lik suvlarining asosiy qismini yer osti suvlari
tashkil etadi. Respublika hududining geologik tuzilishi har xil bo'lganligi
sababli yer osti suvlarining zaxiralari ham bir tekis taqsimlanmagan.
Amudaryo bo'ylaridagi yer osti suvlarining zaxirasi 8,0 km bo'lib,
shundan 3,13 km 3 minerallashgan suvlar (lg/1) Sirdaryo bo'ylaridagi zaxira
suvlar miqdori 11,04 km 3 bo‘lib, shundan ko'pchiligi, ya’ni 10,4 km m i
nerallashgan suvlar (1 litr suvda 1 gramm mineral tuzlar) hisoblanadi.
Hammasi bo‘lib Respublika hududida 19,04 km 3 yer osti suvlari
bo‘lib shundan 11,53 km 3 ichimlik suvidir.
Katta shaharlarda, jum ladan, Toshkent shahrining suvga b o ig an
talabining 40 % yer osti suvlari hisobiga qondirilmoqda. Ammo keyingi
vaqtlarda Toshkent, F arg'ona, Zarafshon va shu kabi yirik shaharlardagi
korxonalaming ham da neft mahsulotlari kimyoviy tog‘ sanoati chiqindilari
bilan yer osti suvlarining ifloslanishi borgan sari katta xavf tug‘dirmoqda.
Sug'oriladigan yerlarda esa yer osti suvlari sho'rlanib, ifloslanib. borm oq-
daki, bunday suvlar bilan hattoki qishloq xo'jaligi ekinlarini sug'orish ham
xavfli bo‘lmoqda.
Suvning organik hayotdagi va kishilik jamiyatidagi ahamiyati. Suv
tirik organizmlar uchun eng m uhim bo‘lib, uning rolini m ashhur fransuz
yozuvchisi Antuan de Sent-Ekzyuperi quyidagicha ta ’riflaydi: «Suv. Sening
na ta ’ming, na ranging va na hiding bor, shu boisdan seni ta ’riflash juda
qiyin, seni qandayligingni bilmay, sendan bahram and bo‘lib, rohatlanamiz,
seni hayot uchun zarur deyish mumkin emas. Sen o'zing hayotsan. Sen bu
dunyodagi eng katta va qim m atbaho boyliksan*. Kishilik jam iyatida
suvning o'rnini bosadigan boshqa resurs yo‘q. Agar ko'm ir, neft, gaz kabi
yoqilg‘ilarni olsak, ularning biri ikkinchisining o ‘m ini bosa oladi, bu yo-
qilg'ilar kamaysi, uning o 'rn in i atom , termoyadro yoki quyosh energiyasi,
gidroenergiya qoplashi m um kin. Lekin hozircha suvning o'rnini qoplay
oladigan boshqa resurs yo'q. Suv geografik qobiqdagi barcha jarayonlarda
ishtirok etadi. U yer yuzidagi modda va energiya aylanishida qatnashadi.
Fotosinez jarayonida yiliga 4,6xl071 t kislorod ajratib chiqarishda,
2,25 x 1011 t suvdan foydalaniladi.
Yer kurrasidagi suv qatlam i sayyoramizdagi term ik rejimni tartibga
solib turadi. Okean va dengizlardagi suvlar quyoshdan kelayotgan issiqlikni
to 'plab, qishda uning atrofini juda ham sovib ketishdan saqlab turadi.
Atmosferadagi suv bug‘lari esa quyosh radiatsiyasining filtri hisobla
nadi.
Suv yer yuzidagi iqlimga ham ta ’sir etadi. Okean va dengiz oqimlari
sayyoramizda quyosh issiqligini qayta taqsimlaydi. O qim lar quyi kenglik-
dagi ortiqcha to'plangan issiqlikni o 'rta va yuqori kengliklaiga surib iqlimni
ancha yumshatadi. Bunga Golfstrem issiq oqimi m isol bo'ladi.
Suv, ayniqsa, organizmlarning yashashi uchun muhimdir. Yer yuzi
dagi tirik organizm ning suvsiz yashashi mumkin emas. Chunki har qanday
o ‘simlik, hayvon va kishilaming hujayra va to ‘qimalarida m a’lum
m iqdorda suv bor.
0 ‘simlik va hayvon oiganizmida suvning miqdori 50—89%, sab-
zavotda esa 80—85 %ga yetadi. G o'sht tarkibida 50 % bo‘lsa, sutda 87—
89 % bo‘ladi. Inson vaznining 70 % suvdan iborat. U ch kunlik bola bada-
nining 97 %ini suv tashkil etadi. Shu sababli inson ovqatsiz bir oy yashasa,
suvsiz bir necha kun yashashi m umkin. Agar inson badanidagi suvning
12 % yo‘qolsa u halok bo‘ladi. Ulardan tashqari suv organizm uchun ter-
m oregulator vazifasini bajaradi. Shu sababli bir kishi sutkada havo haro-
ratiga qarab 2,4—4 litrdan (past haroratda) 6—6,5 litrgacha (ochiq havoda
40°C, bo'lganda) suv iste’mol qiladi. Suv inson uchun, ayniqsa, shaxsiy
gigienasi uchun ham zarurdir. H ar bir kishi o'rtacha shaxsiy gigiyenasi va
maishiy kom m unal zaruriyatlari uchun sutkada 150—200 litr suv ishlatadi.
Suvning sanoat ishlab chiqarishdagi roli, ayniqsa, katta. Chunki sanoatning
biror tarm og'i yo‘qki suv ishlatilmasa. Suv qishloq xo'jaligi uchun juda
m uhim ahamiyatga egadir. Chunki, m asalan, bir tonna bug'doy yetishtirish
uchun 1500 1., jo'xori yetishtirish uchun 2500—3 mln.l, sholi yetishtirish
uchun 20 mln.l, 1 t paxta yetishtirish uchun esa 12—20 ming m 3 suv sarf-
lanadi.
Suv insonning xordiq chiqarish obyekti sifatida rekreatsion aham i
yatga ega.
Suvning tirik organizmlar uchun yuqoridagi aytilgan aham iyatidan
tashqari u eneigiya manbayi, transport vositasi, ommaviy sport ishlarida
ham foydalaniladi.
Suv resurslari va dunyo okeanlarining ifloslanishi va ularning salbiy
oqibatlari. Suv havzalarining antropogen ifloslanishi har xil bo‘lib, ularning
eng muhimlari quyidagilardir:
a) sanoat va maishiy-kommunal xo'jalik korxonalaridan ham da
davolash sog‘lomlashtirish va boshqa tashkilotlardan chiqadigan iflos oqova
suvlar;
b) rudali va rudasiz qazilma boyliklarini qazib olishdagi chiqindilar;
d) shaxtalarda, konlarda, neft korxonalarida ishlatilgan va ulardan
cliiqqan iflos suvlar;
e) avtomobil va temir yo‘1 transportidan chiqqan iflos suvlar,
f) yog'och tayyorlash, uni qayta ishlash va suvda oqizishda, tashishda
hosil boiadigan chiqindilar;
g) chorvachilik fermalari va komplekslaridan oqib chiqadigan iflos
suvlar;
h) zig‘ir va boshqa texnik ekinlam ing birlamchi ishlov berilishidan
chiqqan chiqindilar;
i) qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish natijasida vujudga kelgan
oqova, tashlandiq va zovur suvlari;
j) h ar xil m ineral va oiganik o ‘g‘itlar ham da zararkunandalaiga qarshi
sepilgan zaharli kimyoviy m oddalar ishlatilgan dalalardan oqib chiqadijjan
suvlar;
k) elektr stansiyalaridan chiqqan issiq suvlar;
1) radioaktiv ifloslanish va boshqalar.
Okean suvlarini esa neft va kimyo sanoati chiqindilari, ayniqsa, ko‘p
ifloslantiradi, neft tashiydigan va u bilan bog‘liq bo'lgan kemalar yiliga
dunyo okeaniga 10 m in t dan ortiq neft va neft mahsulotlarini tashlamoqda.
Okean suviga sutkasiga 6800 m kub zaharli kimyoviy m oddalar
oqizilmoqda. Shuningdek, dunyo okeaniga atmosferadan 9 min. t. yoqilg'i,
neft va neft mahsulotlari chiqindilari tushmoqda. Okean suvining atom
ishlab chiqarish chiqindilari va termoyadro bombalarini sinash vaqtida ho-
sil b o iad ig an radioaktiv m oddalar bilan zaharlanishi, ayniqsa, xavfli. Ba’zi
m aiu m o tlarg a ko‘ra, yiliga 1000 t atom chiqindilari suvga tashlanm oqda,
shuningdek, atom reaktorlari bilan ishlaydigan kem alar ham suvni ifloslan-
tirm oqda.
O kean va dengizlar, ayniqsa, qishloq xo'jaligida ishlatiladigan pestit-
sidlar bilan ifloslanib, suvdagi tirik organizmlaiga salbiy ta ’sir etmoqda.
D engiz va okean hayvonlari organizmda zaharli m oddalar to'planib,
ularga zarar keltirmoqda.
Suvlarning zararli m oddalar va zaharli kimyoviy m oddalar bilan
ifloslanishi, suvdagi organik hayotga ta ’sir etib, baliqlar va suv o ‘tlarini za-
harlaydi, qishloq xo'jaligi ekinlarining normal o ‘sishiga va hosilining si-
fatiga ham salbiy ta ’sir etadi. Bu kimyoviy m oddalar ichida D D T , gekso-
xloran b o iib , ular uzoq vaqt o ‘z xususiyatini yo'qotmaydi.
Rivojlangan
kapitalistik
mamlakatlarda
esa
daryolar
simob,
q o ‘rg‘oshin, ftor, mishyak (margumish), kadmiy kabi zaharli moddalar bi
lan ifloslangan.
Markaziy Osiyoda, shu jum ladan, 0 ‘zbekistonda zovur, sanoat va mai-
shiy-kom m unal iflos chiqindi suvlarining daryolarga qo‘shilishi tufayli Amu-
daryo, Sirdaryo va Zarafshon daryolari suvlari zararli moddalar, ayniqsa,
ekin dalalaridan chiqqan zaharli moddalaming miqdori normadagidan 1,8—
3,0 oshib ketmoqda. Bu esa oiganik hayotga salbiy ta ’sir etib, baliqlar
miqdorini kamaytirib yubormoqda. Lekin keyingi yillarda ko‘rilgan choralar
natijasida daryolaming ifloslanishi ancha kamaydi. Ichki suv havzalarining
ifloslanishi kishilar salomatligiga salbiy ta ’sir etishi turgan gap.
C hunki m aishiy-kom m unal korxonalaridan, kasalxonalardan, ham -
m om lardan, xususiy uylardan va sanoat korxonalaridan chiqqan iflos suvlar
tarkibida m e’da-ichak kasalliklari, vabo, tif, ichburug1, sil, stolbnyak, kuy-
dirgi, poliom elit, gepatit va boshqa kasalliklar tarqatuvchi bakteriyalar
saqlanib qoladi ham da suv orqali kishilar organizmiga o ‘tadi.
Dunyodagi suvlarning ifloslanishi natijasida yiliga 500 min. dan ortiq
kishi h ar xil kasalliklarga d uchor boim oqda. Suvning ifloslanishidan 1954-
yilda L ondonda vabo epidemiyasi tarqalgan, 1965-yili AQSHning Kali-
fom iya shtatidagi Riversayd shahridagi 130.000 kishidan 18.000 tasi
ifloslangan suvni ichishi tufayli tif bilan kasallangan. H indistonda 1940—
1950-yillar ichida suv havzalarining ifloslanishidan 27.400 ming kishi osh-
qozon-ichak kasaliga d uchor b o iib o ‘lgan va hokazo.
Yaponiyaning Kyuso orolidagi M inom ata qo‘ltig‘iga o ‘sha yerdagi
Kimyo korxonasidan chiqqan, tarkibida simob ko‘p bo‘lgan oqova iflos
suvning oqizilishi natijasida baliqlar kasallanib, undan aholisi 50 mingdan
ortiq b o ig an M inomato shahriga o'tgan. Oqibatda, shahar aholisi ichida
duduqlar, ko'zi zaiflar, oyoq-qo‘li shol bo‘lganlar, asab kasallari ko'payib
ketgan. Bu kasallik Yaponiyadagi yangi kasallik b o ‘lib, «M inom ata kasal-
ligi* nomini oigan va aholi orasida keng tarqalib nasldan-naslga o ‘tib bor-
moqda.
A.Rahmatullayev va R.I.M amajonovlaming (1998) m a’lumotlariga
qaraganda, Zarafshon daryosi og‘ir metallar bilan ifloslangan. Bulatdan,
ayniqsa, mis, rax, olti valentli xrom, mishyak ko'proq uchraydi.
Samarqand, Navoiy shaharlari yaqinida mis va rux m e’yoridan 1,5—2,0
marta eng ko‘p miqdorda 7—8 marta ortiq. Olti valentli xromning o'rtacha
eng ko‘p miqdori Navoiy shahri yaqinida 4 barobar ortiqligi, eng ko‘p
miqdorda 17,4 marta ko‘pligi aniqlangan.
3. Litosfera
Bizga m a’lumki, yer kurrasi uch qismdan, ya’ni ichki yadro qismi,
mantiya, yer po'stidan tashkil topgan.
Yer mantiyasining yuqori qismi qattiq bo‘lib, uning qalinligi okean
tagida 40 km dan, quruqlik tagidan 120 km gacha boradi. Bu qattiq qatlam
Do'stlaringiz bilan baham: |