Tabiat va insoniyat hayotida tuproqning roli. Tuproq tabiatning eng
m uhim boyligi bo'lib, yer po‘stining eng m uhim ustki g'ovak, unum dor
qismidir. U litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferaning uzoq vaqt bir-
biri bilan bog‘liq holda sodir bo'lgan fizik, kimiyoviy va biologik jarayonlar
natijasida hosil bo'lgan.
Tuproq orqali moddalaming litosfera bilan atmosfera o ‘rtasida o'zaro
aloqasi ham ro‘y beradi. Shamol natijasida tuproq ustidan ko‘tarilgan
chang-to‘zonlar atmosferaga o ‘tib havoning tiniqligiga ta ’sir etadi.
Yer yuzasiga kelayotgan yom g'lik energiyasi ta ’sirini susaytiradi,
yog‘inlarning hosil bo'lishiga ham ta ’sir etadi.Tabiatda m oddalam ing al-
mashinuvida (tuproq—o ‘simlik—tuproq) tuproq ham ishtirok etadi. Uni
V.T.Vilyams biologik (kichik) m odda almashinuvi deb atagan. Ana shu
jarayonlar tufayli tuproqning unum dorlik xususiyati doimo saqlanib turadi.
Tuproq eng aw alo, o'simlik, hayvonlar va mikroblar bilan birga murakkab
ekologik sistema (biogeotsenoz)ni hosil qiladi va sayyoramiz biosferasida
hayotning yashashini ta ’minlashdek m uhim vazifani bajarad i.'
Tuproqning kishilik jamiyatidagi muhim ahamiyati shundaki, u o ‘z-
o'zini tozalash xususiyati mavjudligi tufayli tabiatdagi iflos moddalami
biologik yo‘l bilan o ‘ziga singdiruvchanlik (adsorbmen), tozalovchilik (puri-
faratov) va neytrallashtiruvchi xususiyatiga ega. Tuproq quruqlikdagi har
qanday organik moddalar qoldiqlarini minerallashtiruvchi m uhim vosita
hamdir. Inson o‘zi uchun zarur bo'lgan ozuqa resurslarini, kiyim-boshni tup-
roqdan oladi. Chunki tuproq qishloq xo‘jaligi ekinlari ekiladigan asosiy m an-
badir. Inson o ‘zining yashashi uchun kerak bo'lgan oziq-ovqat mahsuloti-
ning 88 %ni tuproqdan, 10 %ni o'rm on-o'tloqlardan, 2 %ni okeandan ol-
moqda. Hozir yer yuzidagi (L.I.Kurakov 1983) quruqlikning 13 %ni (1,9
mlrd. gektari) liaydab ekin ekiladigan yerlar tashkil qilib, dunyoda jon
boshiga o'rtacha 0,5 ga haydaladigan yer to ‘g‘ri keladi. Kelajakda yer kurra-
sida ilg‘or agrotexnikani qo‘llash va texnikadan ko‘p foydalanish natijasida
haydaladigan yer maydonini 9,33 mlrdga yetkazish mumkin. Chunki faqat
Janubiy Amerikada hozir umumiy yer maydonining 5 %dangina qishloq
xo'jaligida foydalanilmoqda. Vaholanki, bu materiklaming qishloq xo'jalikka
yaroqli maydoni hududning 25 %ini ishg'ol qiladi. Yoki Afrikada jo n boshiga
qishloq xo'jaligiga yaroqli yerlar 12 %ga to ‘g‘ri kelsa, hozir ¿hundan faqat
1 gektari haydaladigan yerga to‘g‘ri keladi, xolos. Dunyoda ekin ekiladigan
maydonning 14 %i sug'oriladigan yerlarga to ‘g‘ri keladi.
1997-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O'zbekiston respublikasining yer
maydoni 44,5 mln. gektami tashkil etib, shundan 62 %, yani 26985 roing
gektarga yaqini qishloq xo‘jaligida foydalanadigan yerlardir. Shular orasida
eng qimmatlisi sug'oriladigan yerlar bo‘lib, qishloq xo‘jaligi yerlarining
15 %ini tashkil etadi va qishloq xo'jaligida ishlab chiqariladigan umumiy
m ahsulotning 95 %ini beradi.
Hozirgi kunda sug‘oriladigan yerlaming 46,8 % sho'rlangan bo‘lib, shun-
dan 25,2 % kuchsiz 15 % o ‘ita kuchsiz va 6,6 % kuchli sho'rlangan yerlardir.
Sug'oriladigan yerlar sifati tuproq bannitet bali bilan baliolanadi (100 ball
shkalasi asosida). Qoraqalpog‘iston respublikasi yer bannitet ballari 41,
Sirdaiyo viloyati 52, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari 54, Buxoro va Navoiy
viloyatlari 59, Namangan, Farg‘ona 64, Andijon 65, Samarqand va Toshkent
viloyatlari 66, Xorazm va Surxondaryo viloyatlari 68 ball bilan baliolanadi.
Respublika bo‘yicha o ‘rtacha 59 ballni tashkil etadi. 0 ‘zbekistonda
lalmikor yerlar (sug'orilmaydigan) 800 ming gektam i tashkil etib, ular
asosan tog'oldi mintaqalarini egallaydi.
Hozirgi kunda hosildorligi pasaygan, degradatsiyaga uchragan yaylov-
larni izen, teresken, chogon, shuvoq, saksovul va shu kabi o'simliklarni
ekish yo‘li bilan ularning mahsuldorligini 2—3 barobargacha oshirish mum-
kinligi asoslangan.
0 ‘zbekiston fanlar akademiyasiga qarashli Botanika institutining
m a iu m o tig a qaraganda, birgina Navoiy viloyati yaylovlarining (yaylov
m aydonil3 mln gektar) um um iy ozuqa zaxirasi 30 mln. sentnem i tashkil
etadi yoki bu yaylovlarda 4 mln. tagacha qo‘y boqish imkoniyati bor.
C h o ‘l mintaqasida boqiladigan hayvonlardan tashqari Qizilqum,
Ustyurt yow oyi qo‘ylari, jayronlar, sayg'oqlar, yirtqich hayvonlardan
bo'rilar, shoqollar, tulkilar ham yashaydi. Biroq bu hayvonlarning
ko'pchiligi (jayronlar, sayg‘oqlar, Qizilqum. Ustyurt yowoyi qo‘ylari) son
jihatidan kamayib ketganligi sababli ular 0 ‘zbekistonning «Qizil kitob»iga
kiritilgan va ularai ov qilish m an etilgan. 0 ‘zbekiston hududida 2776 ming
gektar (1998-yil 1-yanvargacha) o ‘rm onlar mavjud.
Qum li ch o ilard a o ‘rm onlar hosil qiluvchi o'simliklarga saksovul,
qandim , cherkez, yulg'un va shu kabi qum da o'suvchi butalar kiradi.
Ularning um um iy maydoni 2655 ming gektar. T o g ii m intaqada esa Zaraf-
shon archasi, pista, zarang, o 'rm o n hosil qilishda asosiy o'rinni egallab, bu
o'rm onlarning maydoni 280,3 ming gektarga teng.
Amudaryo, Sirdaryo, C hirchiq, Zarafshon va Ohangaron daryolari
b o ‘yidagi to ‘qayzorlar 30,9 m ing gektami egallaydi. Bu yerlarda tollar,
yulg'unlar, chakandalar, yow oyi jiydalar va shu kabilar o ‘sadi.
Bu mintaqada yog‘inlarning o ‘rtacha yillik miqdori 300—500 mm
gektarga teng. Respublikada 22 mln. gektar yaylovlar mavjud bo‘lib, shun-
dan 19,6 mln. gektari, ya’ni 88 % suv bilan ta ’minlangan. Yaylovlaming
18 mln. gektari cho‘1, 3,2 mln. gektari adir va 0,9 mln. gektari tog'oldi va
tog* mintaqasiga to ‘g‘ri keladi.
RespubUka tenitoriyasining 4,4 %ga yaqini yoki 1,8 million gektar
sanoat obyektlari transport korxonalari va boshqa qurilishlarda foy-
dalaniladi. 917 ming gektar m aydonni ahoU punktlari ishg‘ol etadi. Insoni-
yat ta ’siri, ayniqsa, sug'oriladigan yerlarda kuchli bo‘lib, sug‘orib ekin
ekayotganda ilg‘o r agrotexnika qoidalariga rioya qilinsa (sug‘orish qoida
m e ’y o r l a r i g a
rioya qilish, o‘g‘it!am i m e’yorida solish, almashlab ekishni
joriy qilish, yerlaming meliorativ holatini yaxshilash va boshq.), tu-
proqning holati fizik, kimyoviy va biologik xususiyatlari yaxshilanib uning
hosildorligi ortib boradi. Hozir yer yuzasida sug'oriladigan yerlar maydoni
300 million gektarni tashkil etadi. Biroq shuni ham ta ’kidlash kerakki, in-
son o'zining xo'jalik faoliyati natijasida tuproqqa salbiy ta ’sir ko‘rsatib, un
ing unumdorligini pasaytirib hosildor yerlaming kamayishiga sabab
bo'Im oqda. Shuningdek, tuproqdan n oto‘g‘ri foydalanib, ilg'or agrotexnik
qoidalarga rioya qilinmasligi tufayli tuproq erroziyasi kuchayadi. Sug‘orish
qoidasi va m e’yoriga rioya qilinmaslik natijasida tuproq qayta sho‘rlanadi.
M ineral
0
‘g‘itlardan noto'g'ri foydalanish va zaharli m oddalam i ishlatish
qoidasiga rioya etmaslik natijasida tuproq kimyoviy m oddalar bilan za-
harlanadi. Almashlab ekishga e’tibor bermaslik tufayli tuproqda oziq m od
dalar miqdori kamayadi, shamol erroziyasiga qarshi ixota o ‘rmonlari tashkil
etilmasa, tup-roqning ustki hosildor qismi uchib ketadi. Yuqoridagi qoi-
dalar bajarilmasa, tuproq tezda ishdan chiqib, fizik kimyoviy va biologik
holati yomonlashib, oriqlab «kasal» bo‘lib qoladi. Natijada, «kasallangan»
tuproqni tezlik bilan «tuzatib» hosildor yerga aylantirilmasa, u erroziyaga
tez uchrab hosilsiz tuproqqa aylanadi.
Fransuz olimi A.Gerrjning aytishicha, keyingi 100 yillar ichida yer
yuzida insonning tuproqqa ko‘rsatayotgan salbiy ta ’siri natijasida 2 mlrd
gektar yer erroziyaga va defilatsiyaga uchrab yaroqsiz tuproqqa aylanib
qoladi.
Hozir yer sharida erroziyaga uchragan, qayta sho'rlangan, qum bos-
gan, sanoat va tog‘-kon sanoat chiqindilari bilan qoplangan yo‘llar, kanal-
lar,
aerodrom lar va
boshqa
yerlar
maydoni
A.M .Ryabchikovning
m a’lumotiga ko‘ra 4,5—5 million km 3 yerni ishg‘ol qilib bu quruqlik
yuzasining 3 % ga teng.
Tuproqning ifloslanishi va uni toza saqlash. Ifloslanish tufayli tup-
roqning kimyoviy va biologik xususiyati o'zgaradi. Binobarin, m odda al-
mashinuvida buzilish ro‘y beradi. H ar xil kasallik tarqatuvchi patogen mik-
roorganizmlar tez ko‘payadi. Tuproq quyidagi omillar ta ’sirida ifloslanadi:
sanoat va shahar chiqindi axlatlari, kommunikatsiya (gaz, neft, suv quvur-
lar, elektr kabellari va issiqlik quvurlari, transport vositalari, oqova suvlar
va boshq.). Hozir dunyoda shaharlar aholisi o ‘rta hisobda yiliga 2 trillion
kg yoki jo n boshiga 400 kg axlat chiqarib tashlamoqda. Agar dunyo
bo'yicha chiqarib tashlanayotgan axlat va sanoat chiqindilarini quruqlik
yuziga yoysak 15 yil ichida uning qalinligi 5 metrga yetadi. Shunday qilib,
agar shahar axlati va sanoat chiqindilari (simob, margumush, mis,
qo‘rg‘oshin, rux, ftor, marganes kabi zaharli kimyoviy m oddalar va m ai-
shiy kom m unal chiqindilari) tashlangan yerlarda tezlik bilan sanitariya
zonalari tashkil qilinib, oldi olinm asa, o ‘sha joylar tuprog‘i o ‘ta ifloslanib
tabiiy holda tozalana olmaydi.
Chunki tuproqda kimyoviy va organik moddalar miqdori ortib m ilro -
organizmlar, ayniqsa, patogen mikroorganizmlar ko‘payib ketadi.
M a’lumotlarga ko‘ra, 1 ga toza tuproqda 16—150 m ing bakteriya
mavjud bo‘lsa, 1 ga ifloslangan tuproqda 1 mlrdgacha mikroblar borligi
m a’lum. Natijada, tuproq, ifloslanib har xil yuqumli kasalliklami, jum -
ladan, stolbnak, sibir kuydirgisi, gangrena, ichburug“, vabo, ichburug* tifi,
sil kasalligini tarqatuvchi m anbaga aylanadi.
Ifloslangan tuproqda mavjud bo'lgan zararli va zaharli kimyoviy ele-
m entlar u yerda o ‘sgan o ‘simlik orqali chorva mollariga, m ollardan (sutini
ichish, go'shtini iste’m ol qilish tufayli) esa kishilarga o ‘tishi m umkin.
Tuproq issiqlik elektr stansiyalaridan chiqqan kul va shlaklar, tog‘-kon
chiqindílari (nokerak jinslar) bilan ham ifloslanadi.
M asalan, faqat M D H (sobiq ittifoq) davlatlarida elektr stansiyasidan
chiqarib tashlangan kul va shlaklaming miqdori 1 m lrd km 3 bo'lib,
140 m ing gektar maydonni ishg'ol qiladi. Bu kul va shlaklami elektr stan
siyalaridan chiqarib tashlash uchun esa 120—150 min so‘m sarflanadi.
Yer yuzasida har xil injenerlik kommunikatsiya (gaz, suv, neft, issiqlik
kanaüzatsiya quvurlari, elektr, tele fon kabellari va boshq.) quvurlarini
yotqizish tuproq holatiga salbiy ta ’sir etib, tuproqdagi biologik jarayonlam i
buzadi va ifloslanadi. Chunki o ‘sha yotqizilgan kabellar atrofidagi tuproq
tarkibini buzadi, tuproqdagi mikroorganizmlar nobud b o ia d i, o ‘simHklar
quriy boshlaydi.
M a’lumotlarga ko'ra, gaz quvurlari atrofdagi 100 m ga tuproqni za-
harlasa, issiqlik quvurlari 24 m gacha bo'lgan palasada tuproqni quritib,
suv
rejimini
buzib,
tuproqdagi
mikrooiganizmlaming
o'Ushiga,
o'sim liklam ing qurishiga olib keladi.
Tuproqning ifloslanishida m ineral o ‘g‘itlar, zaharli m oddalar (pestit-
sidlar) ham ishtirok etadi. Bu zaharli m oddalar tuproqda uzoq vaqt
saqlanib, o ‘z xususiyatini o ‘zgartirmasdan to ‘planib qoladi. Oqibatda, tu p
roqni zaharlaydi. Undagi mikrooiganizmlarga salbiy ta ’sir etib, ulaming
qirilib ketishiga olib keladi. Z aharli m oddalaming qoldiqlari suv, oziq-
ovqat orqali insonga ham o ‘tib, uning salomatligi uchun xavf tug'dirishi
m um kin. Tuproqning radioaktiv m oddalar bilan ifloslanishi juda xavflidir.
So'nggi yillarda dunyoning bir qator mamlakatlarida radioaktiv moddalar-
dan foydalanish (tinchlik maqsadlarida) oqibatida geografik m uhit jum -
ladan, tuproq ifloslanib borm oqda.
Radiaktiv m oddalam i qazish, tashish va ishlatish davrida, AESlaming
avariyaga uchrashi natijasida radioaktivlashgan juda mayda chang zar-
rachalari atmosferaga ko'tarilib, so'ngra yomg'ir bilan yoki o ‘zi yeiga, tup-
roqqa tushib uni zaharlaydi.
Tuproqni injenerlik kom m unikatsiya ta ’sirida ifloslanishidan saqlashda
quyidagilarga am al qilish lozim:
— yer osti injenerlik kom m unikatsiya qurilishlarida quvurlar va kabel
lar yotqizish qoidalariga to ‘liq rioya qilish lozim;
— h ar xil quvur va kabellar yotqizilayotganda ekologik zonaning
kengligiga rioya qilish zarur;
— injenerlik, kom m unikatsiya quvurlari, har xil kabellar maxsus tun-
nel qazilib, o ‘sha tunnel orqali o'tkazilishi lozim. Bu tadbiriy ishlar amalga
oshirilsa, birinchidan, tuproq ifloslanmaydi, ikkinchidan o ‘sha kommuni-
katsiya quvur va kabellarining ishlashi ustidan nazorat qilish osonlashadi.
K o'pincha yuqori hosil olish uchun bo'lgan harakatlarda zararkunan-
da hasharotlarga va begona o'tlarga qarshi kurashishda o 'g 'itlar hamda za-
harli m oddalar haddan tashqari ko‘p ishlatiladi, natijada, ekinlar ularni
yaxshi o'zlashtira olmaydi va oqibatda ularning bir qismi tuproqda
to ‘planib qolib uni ifloslaydi.
Tuproqning zaharli moddalar, ayniqsa, defoliantlar, insektitsidlar,
fungitsidlar bilan ifloslanishidan saqlashda zararli hasharotlarga, begona
o'tlarga qarshi kurashda va o'sim liklar bargini tozalashdan zaharsiz kishi
salomatligiga zarar yetkazmaydigan m oddalar ishlab chiqarish yoki qarshi
kurashishda biologik usullami q o ila sh juda katta ahamiyatga ega.
Tuproqni radiaktiv m oddalar bilan ifloslanishdan saqlash uchun atom
va vodorod bombalarini havoda, yerda, yer ostida va suvda sinashni man
etish lozim. Radioaktiv moddalarni qazish, tashish, ishlatish va chiqindi-
larni saqlashda uni atrof-muhit ifloslanmaydigan darajaga érishish, AES
larni talofotsiz ishlashini ta ’minlash lozim.
Tabiat resurslari va ulardan foydalanLsh. Insonning moddiy m an-
faatini qondirish uchun foydalanadigan tabiat obyektlari tabiiy yoki tabiat
Do'stlaringiz bilan baham: |