A D A B I Y O T L A R :
1. Iqlim o ‘zgarishi to'g'risida nimalarni bilasiz? BM Tning iqlim o'zgarishi
t o ‘g ‘risidagi Tegraviy konvensiyasini yangi o'rganuvchilar uchun q o‘llanma.
S.A.D olgix tahriri ostida, Almati 1999. 3—20, 31—33 betlar.
2. Лесхин Т.Н. Ляпина O.A. Веремеев Т.Л. Климат Узбекистана. Ташкент,
1996.
3. Материал семинара и международной конференции по изм енении
климата (Гидрология и экология. 1977).
4. Рыночная конвенсия Организации Объединенных наций об изменении
климата, Обнинск: С М П 1992.
5. Ким И.С. Короткопериодные колебания климата Средней А зии и
методика прогнозирования. —Ташкент. 1996.
6. Опустынивание в Узбекистане. Труд семинара Л Ф М И национального
о со зн а н и я к он в ен ц и и ООН по борьбе с опустован и ем в Республике
Узбекистан. Ташкент. 1982.
XVI BOB. OROL DENGIZI MUAMMOLARI
Orol dengizi muammolari tarixi. Orolning qurish sabablari va uning
hozirgi holati.
Orol dengizi Markaziy Osiyoning yopiq suv havzalaridan
biridir. Uning chor-atrofi bepoyon cho‘1 zonasi bilan o'ralgan. Orol den-
gizini suv bilan to'ldirib turadigan manba — Amudaryo va Sirdaryodir.
U lar har yili Orol dengiziga 56 km 3 suv quyadilar. Mahalliy yog'inlar
hisobiga esa 5 km 3 suv Orol dengiziga qo'shilib turadi. Bu ikki daryo
(qadimda Oqsuv va Yaksart deb atalgan) Tyan-Shan va Pom ir tog'laridan
boshlanib oqib, Orol dengiziga quyiladi. Tog‘dan boshlangan joylarida bu
daryolarda 100 km 3 dan ortiq suv b o ‘lib, to Orol dengiziga quyilganga
qadar 2500 km masofani cho‘l zonasi b o ‘ylab o ‘tganda suvning yarmidan
ko‘prog‘i bug'lanib va boshqa sabablar natijasida Orolga yetib bormaydi.
Bu ikki buyuk daryolar suvi 2000 yildan ham ko'proq vaqtdan beri Markaziy
Osiyo xalqlarining ichimlik suviga va sug'orish uchun suvga bo'lgan talabini
qondirib kelmoqda. Biroq XX asming 2-yarmidan boshlab mintaqada ekologik
vaziyat keskin o'zgara boshladi. Bu o'zgarish sobiq ittifoq hukumatining yangi
yerlarini o'zlashtirish asosida paxta yetishtirishni keskin ko'paytirishga qaratilgan
qarorlaridan keyin boshlangan edi.
1938-yilga kelib Sovet Ittifoqi paxta bilan birgina o'z ehtiyojlarinigina
qondirib qolmay, balki chetga paxtani eksport qilish imkoniyatlariga ham
ega bo'ldi. Biroq ittifoq iqtisodiyoti paxta yetishtirishni yanada ko'paytirish,
198
ya’ni sug'oriladigan yangi yerlarni ochish hamda irrigatsiya sistemasini
kuchaytirishni talab qilar edi.
1960-yilga kelib sug‘oriladigan yerlar 4,5 mln. gektarga yetdi, keyingi
25 yilda yana qo‘shimcha 2,6 mln. gektar yerga suv chiqarildi va suvni
ishlatish bir yilda 105 km 3 ga yetdi.
Shundan 60 km3 Amudaryo, 45 km 3 Sirdaryo hisobiga to ‘g‘ri kelar edi.
Shunday holat bu daryolar suv oqimining Orol dengiziga quyilishini keskin
qisqartirib yubordi. Agar 1960-yilda Orol dengizi suvining chuqurligi darajasi
53—54 metrni tashkil etgan bo‘lsa, 1990-yilda 14 m ga pasaygan. Boshqacha
aytganda, Orol dengizining 40 % suvi qurigan va hajmi 60 % gacha
qisqaigan. Keyingi yillarda ham Orolning qurishi to ‘xtagani yo‘q. Kuzatishlar
o ‘z vaqtida chora-tadbirlar ko‘rilmasa, uning qurishi kelgusida ham davom
etaverishini ko‘rsatmoqda.
Shunday holat davom etaversa, Orol dengizi kichrayib, qurib umumiy
maydoni 4—5 ming kv km keladigan sho‘r ko‘lga aylanib qolish ehtimoli
bor.
Orol dengizi suvining sho'rligi 2 2-23 % ga ko‘tarildi, dengizning sa-
yoz sharqiy, janubiy va shimoliy qirg'oqlaridan dengiz suvi 60—120 km
chekinib sho‘rxok yerlarga aylanib qoldi. Keyinchalik suvning sho‘rlanish
darajasi 41—42 % ga yetib borishi mumkin, natijada ekologik sharoit bu-
tunlay buzilib, baliqlar qirilib ketadi. Hozirda Orol dengiziga Amudaryo
va Sirdaryo suvi (zovur-qaytarma, sizot suvlarini hisobga olmaganda)
deyarli quyilmayapti. Aksincha, dengiz yuzasidan yiliga 40,0 km kub atro-
fidagi suv bug‘lanib ketmoqda. Demak, suv kirishi uning sarfiga qaraganda
kamroq va tez orada Orol dengiziga qo'shim cha suv tashlanmasa yana
15—20-yildan so‘ng suv sathi hozirgiga nisbatan 12—13 m, 1961 -yildagi
holatiga nisbatan esa 19—20 m etr pasayib ketadi, suvning sho‘rligi esa
77 % ga yetib boradi.
Hozirgi kunda Orolning suv hajmi 260 km 3 ni tashkil qiladi. Suvning
minerallashuv darajasi har m etr suvda 45 g dan ortiq. Natijada Orol den
gizi 2 katta va kichik qism gabo‘lindi hamda awalgi qirg‘oqlardan 33 ming
kv.km chekindi. Qurigan dengiz tubida cho‘l paydo bo‘la boshladi va bu
cho‘l maydoni hozirgi kunda 4 mln. gektar yerni ishg‘ol qiladi.
Kuchli shamollar tuz, qum va changlami ko‘chirib 300 km masofagacha
olib borib tarqatmoqda. Changlar bilan xlorovodorod va oltingugurt kis
lotalari ham tarqalmoqda. Natijada atrofdagi obikor yerlarga zarar kel-
tirmoqda. M a’lumotlarga ko‘ra, quyi Amudaryodagi yerlarning har gek-
tariga 0,8—1,0 tonna tuz kelib tushm oqda, bu esa yerlarni sho'rlatib,
meliorativ holatini yomonlashtirib, paxta va boshqa ekinlar hosildorli-
giga salbiy ta ’sir ko'rsatmoqda. Dengiz suv sathining pasayishi tufayli
199
Amudaryo va Sirdaryo deltalaridagi to ‘qayzorlar, yaylovlar, o ‘tloqlar qurib
ketib cho‘llanmoqda. Dengiz atrofidagi tumanlarda yer osti suv sathi pasayib
chorvachilik uchun ozuqa boiadigan o'simliklar qurib ko'chm a qum lar
maydoni ko‘payib bormoqda.
Orol dengizi quriganga qadar 200 km atrofidagi hududning iqlimini mo‘tadil
holatda saqlab turgan. 1980-yilga kelib yanvar oyi bilan iyul oyladning o‘rtacha
oylik harorat farqi 2 gradusga ko‘paygan. Bahorva kuz oylarida tez-tez sovuq-
lar bo‘lib turadigan bo‘lib qoldi. Issiq kunlar 170 gacha pasaydi.
Yozning baland harorati kunlik shamollaming bo‘lib turishini kuchaytira-
di, kuchli bu shamollar odam salomatligi uchun yomon ta ’sir etuvchi
zaharli, kimyoviy m oddalar bilan zararlangan chang to ‘plamlarini tar-
qatadi hamda tuproq yuzasidan suvning parlanishini tezlashtirib qishloq
xo‘jalik ekinlarining rivojlanishiga va hosildorligiga salbiy ta ’sir etadi.
Suvning kam kelishi daryo deltalarining qurishiga, o ‘simliklar turlarining
kamayishiga va biologik turli-tum an organizmlarning kamayib ketishiga
va xullas, insonning yashash sharoitining keskinlashuviga olib keladi.
Bu ikki daryo suvidan to ‘g‘ri ratsional foydalanmaslik natijasida, or-
tiqcha suvlar k o ‘pgina ko‘l va botqoqliklarning hosil b o iish ig a olib
kelmoqda. Xuddi shunday suv havzalari Amudaryoning quyi qismida 40
ga yaqin bo‘lib, bulardan har yili 6—7 km kub ga yaqin suv bug‘lanib
yo‘qolib ketmoqda. Ana shunday ko‘llardan eng kattasi Nukus shahrining
g‘arbida joylashgan Sariqamish chuqurligida joylashgan ko‘l b o ‘lib, har
yili unga 3,4 km kub suv kiradi. Ko‘lda 30 km kub dan ortiq suv bor. Orol
regionidagi sug‘oriladigan yerlardan yetarli foydalanmaslik, ortiqcha suv
miqdori va uning n oto‘g‘ri taqsimlanishi botqoqliklar va yer osti sizot
suvlarining ko‘tarilishiga olib keldi. Bu esa o ‘z navbatida yerlarni sho‘rlantirdi.
Bunday sho‘rlangan yerlarning sho'rini yuvmasdan madaniy ekinlarni ekib
bo‘lmaydi. Sho‘r yuvishga ba’zan juda ko‘p, gektariga 36 m kub suv sarf-
lanadi yoki ekinlarni sug‘orishga qaraganga nisbatan bu ko‘rsatkich 2
barobar ortiq demakdir. Hozirgi kunda sho‘rlanish natijasida Orol atro
fidagi yerlarning unumdorligi bir yarim barobargacha pasayib ketgan. Bu
yerlarning holati kelajakda qanday b o ‘lishi hali nom a’lum. Orol atrofidagi
muhit kishilar salomatligiga ham o ‘zining salbiy ta ’sirini ko‘rsatmoqda.
Aholi ichimlik suvi sifatida Amudaryo va Sirdaryo suvlaridan foydalanadi.
Yer osti suvlari iste’mol uchun yaroqsiz, oqar suvlar tarkibida erigan
tuz, organik moddalar, pestisidlar, og‘ir metallar bisyor. Ayni shu iflos
suvlar iste’mol qilinishi natijasida aholi orasida turli, ayniqsa, virusli sariq,
ichterlama, ichburug4, shuningdek, ovqat hazm qilish, yurak qon, tom ir,
siydik ajratish tizimlari, ayollarning kamqonlik va jinsiy kasalliklariga sabab
bo‘lmoqda.
200
M a’lumotlarga qaraganda, Amudaryo deltasi atrofida yashovchi aholi
orasida qorin tifi bilan kasallanish oshgan. Bolalar o ‘limi ko‘paygan, odam-
larning o ‘rtacha bo ‘yi va yashash darajasi pasaygan.
E n d ilik d a A m u d ary o va S ird ary o e ta k la rid a avvalgi d arax tli
to'qayzorlarning katta qismi quridi, qamishzorlarning maydoni keskin
qisqardi. Suvsizlik tufayli avvalgi m ahsuldor yaylovlar degradatsiya
(buzilishi)ga mahkum bo‘ldi. Sizot suvlari sathi pastga tushib, ularning
minerallashuv darajasi 10—15 barobar ortishi natijasida tuproqda tuz
to ‘planishi sodir bo ‘ldi. Qumli tuproq mavjud b o ‘lgan joylarda ko'chm a
qum barxanlar tarkib topmoqda. Tuproqning sho‘rlanishi va shamol ta ’siriga
berilishi yaylovlarning ahvolini mushkullashtirmoqda. Qamishzorlar may
doni keskin qisqarib, ular faqat ayrim joylardagina m untazam sug‘orish
hisobiga saqlab qolingan. Yaylovlarda o ‘t-o ‘lan ko‘p b o ‘lishiga qaramas-
dan uning mahsuldorligi ancha past, turli o ‘tlar mavjud bo ‘lgan to ‘qay
yaylovlarida mahsuldorlik gektariga 1,5—3 s ni, yulg‘unzorlarda 0,5—1,5 s
ni tashkil etadi. Qamishli yaylovlarda awallari mahsuldorlik gektariga 120—
150 s ni tashkil etgan. Orol bo‘yida cho‘llashish hodisasi nafaqat yaylov,
shuningdek, sug‘oriladigan mintaqalarni ham qamradi. 60-yillarning ik
kinchi yarmida Amudaryo va Sirdaryolaming o ‘rta oqimidan boshlab
sho‘rligi ortib borishi (har litr suvda 1,0—1,2 gramm) natijasida ana shun
day suvdan foydalanilgan hududlarda, ayniqsa quyi oqimlarda tuproqlarda
tuz to ‘planishi faollashadi. Endilikda har gektar maydonga 9—10 tonna
tuz daryo suvi bilan kelib turibdi, ularning asosiy qismi mavjud zovurlar
tarm og‘i bilan chetga chiqarilmoqda, lekin zovur mavjud bo‘lmagan yoki
ular samarasiz ishlayotgan joylarda tuzlar m untazam yig‘ilmoqda. Bu hoi
xususan Qoraqalpog'iston dalalarida keng miqyosda ko‘rinmoqda.
Ko‘rinib turibdiki, agar Orol taqdiri tezda hal qilinmasa, kelajakda
uning o ‘rnida Orol cho‘li vujudga keladi. Buning uchun kelajak avlod biz-
ning noshudligimizdan, tabiatni muhofaza qilishdagi savodsizligimizdan,
ekologik tarbiyamizning pastligidan nafratlanadi. Shu sababli, tabiatning
bizga in’om etgan ajoyib obyekti Orolni eng kamida hozirgi holatini saqlash
uchun kurashish har bir sof vijdonli insonning muqaddas burchidir. Bu
ning uchun esa dengizga qo‘shimcha yiliga 40 km kub suv keltirish lozim.
Hozirgi real imkoniyat Orol havzasi atrofida yig‘ilgan (qaytarma) suvlar-
ni to'plab dengizga yoilashdir. Agar bu vazifa amalga oshirilsa, yiliga
qo ‘shimcha 20 km kub suv Orol dengiziga kelib qo‘shilishi mumkin,
lekin bu bilan Orol dengizi suv sathining pasayishidan saqlab qolish m um
kin emas. Orol dengizi suv sathini optimal balandlikda saqlash uchun
daryo suvlaridan tejab foydalanishga erishish lozim. Buning uchun bir-
inchidan, sug‘orish shoxobchalaridan foydalanish koeffisientini oshirish
201
(kanallar tubini betonlash, har xil materiallar bilan qoplab, filtratsiya va
samarasiz bug'lanishni kamaytirish orqali), ikkinchidan, sug‘orishning eng
ilg'or usullarini (yomg'irlatib, tomchilatib, tam ovlar yordamida sug‘orish)
qo'llab, ekinlarning sug‘orish meyorini pasaytirib suvni iqtisod qilish,
uchinchidan, mavjud sug‘oriladigan m aydonlarda ilg‘or agrotexnikani
qo'llab, hosildorlikni oshirish hisobiga ekin maydonlarini kengaytirmas-
likka erishish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |