I. H. Hamdamov, S. A. Abilova hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi



Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/135
Sana28.04.2022
Hajmi6,21 Mb.
#586386
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135
Bog'liq
Hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi. Hamdamov I.H, Abilova S.A

A D A B I Y O T L A R :
1. Iqlim o ‘zgarishi to'g'risida nimalarni bilasiz? BM Tning iqlim o'zgarishi
t o ‘g ‘risidagi Tegraviy konvensiyasini yangi o'rganuvchilar uchun q o‘llanma.
S.A.D olgix tahriri ostida, Almati 1999. 3—20, 31—33 betlar.
2. Лесхин Т.Н. Ляпина O.A. Веремеев Т.Л. Климат Узбекистана. Ташкент,
1996.
3. Материал семинара и международной конференции по изм енении
климата (Гидрология и экология. 1977).
4. Рыночная конвенсия Организации Объединенных наций об изменении
климата, Обнинск: С М П 1992.
5. Ким И.С. Короткопериодные колебания климата Средней А зии и
методика прогнозирования. —Ташкент. 1996.
6. Опустынивание в Узбекистане. Труд семинара Л Ф М И национального
о со зн а н и я к он в ен ц и и ООН по борьбе с опустован и ем в Республике
Узбекистан. Ташкент. 1982.
XVI BOB. OROL DENGIZI MUAMMOLARI
Orol dengizi muammolari tarixi. Orolning qurish sabablari va uning
hozirgi holati. 
Orol dengizi Markaziy Osiyoning yopiq suv havzalaridan 
biridir. Uning chor-atrofi bepoyon cho‘1 zonasi bilan o'ralgan. Orol den- 
gizini suv bilan to'ldirib turadigan manba — Amudaryo va Sirdaryodir. 
U lar har yili Orol dengiziga 56 km 3 suv quyadilar. Mahalliy yog'inlar 
hisobiga esa 5 km 3 suv Orol dengiziga qo'shilib turadi. Bu ikki daryo 
(qadimda Oqsuv va Yaksart deb atalgan) Tyan-Shan va Pom ir tog'laridan 
boshlanib oqib, Orol dengiziga quyiladi. Tog‘dan boshlangan joylarida bu 
daryolarda 100 km 3 dan ortiq suv b o ‘lib, to Orol dengiziga quyilganga 
qadar 2500 km masofani cho‘l zonasi b o ‘ylab o ‘tganda suvning yarmidan 
ko‘prog‘i bug'lanib va boshqa sabablar natijasida Orolga yetib bormaydi.
Bu ikki buyuk daryolar suvi 2000 yildan ham ko'proq vaqtdan beri Markaziy 
Osiyo xalqlarining ichimlik suviga va sug'orish uchun suvga bo'lgan talabini 
qondirib kelmoqda. Biroq XX asming 2-yarmidan boshlab mintaqada ekologik 
vaziyat keskin o'zgara boshladi. Bu o'zgarish sobiq ittifoq hukumatining yangi 
yerlarini o'zlashtirish asosida paxta yetishtirishni keskin ko'paytirishga qaratilgan 
qarorlaridan keyin boshlangan edi.
1938-yilga kelib Sovet Ittifoqi paxta bilan birgina o'z ehtiyojlarinigina 
qondirib qolmay, balki chetga paxtani eksport qilish imkoniyatlariga ham 
ega bo'ldi. Biroq ittifoq iqtisodiyoti paxta yetishtirishni yanada ko'paytirish,
198


ya’ni sug'oriladigan yangi yerlarni ochish hamda irrigatsiya sistemasini 
kuchaytirishni talab qilar edi.
1960-yilga kelib sug‘oriladigan yerlar 4,5 mln. gektarga yetdi, keyingi 
25 yilda yana qo‘shimcha 2,6 mln. gektar yerga suv chiqarildi va suvni 
ishlatish bir yilda 105 km 3 ga yetdi.
Shundan 60 km3 Amudaryo, 45 km 3 Sirdaryo hisobiga to ‘g‘ri kelar edi. 
Shunday holat bu daryolar suv oqimining Orol dengiziga quyilishini keskin 
qisqartirib yubordi. Agar 1960-yilda Orol dengizi suvining chuqurligi darajasi 
53—54 metrni tashkil etgan bo‘lsa, 1990-yilda 14 m ga pasaygan. Boshqacha 
aytganda, Orol dengizining 40 % suvi qurigan va hajmi 60 % gacha 
qisqaigan. Keyingi yillarda ham Orolning qurishi to ‘xtagani yo‘q. Kuzatishlar 
o ‘z vaqtida chora-tadbirlar ko‘rilmasa, uning qurishi kelgusida ham davom 
etaverishini ko‘rsatmoqda.
Shunday holat davom etaversa, Orol dengizi kichrayib, qurib umumiy 
maydoni 4—5 ming kv km keladigan sho‘r ko‘lga aylanib qolish ehtimoli 
bor.
Orol dengizi suvining sho'rligi 2 2-23 % ga ko‘tarildi, dengizning sa- 
yoz sharqiy, janubiy va shimoliy qirg'oqlaridan dengiz suvi 60—120 km 
chekinib sho‘rxok yerlarga aylanib qoldi. Keyinchalik suvning sho‘rlanish 
darajasi 41—42 % ga yetib borishi mumkin, natijada ekologik sharoit bu- 
tunlay buzilib, baliqlar qirilib ketadi. Hozirda Orol dengiziga Amudaryo 
va Sirdaryo suvi (zovur-qaytarma, sizot suvlarini hisobga olmaganda) 
deyarli quyilmayapti. Aksincha, dengiz yuzasidan yiliga 40,0 km kub atro- 
fidagi suv bug‘lanib ketmoqda. Demak, suv kirishi uning sarfiga qaraganda 
kamroq va tez orada Orol dengiziga qo'shim cha suv tashlanmasa yana 
15—20-yildan so‘ng suv sathi hozirgiga nisbatan 12—13 m, 1961 -yildagi 
holatiga nisbatan esa 19—20 m etr pasayib ketadi, suvning sho‘rligi esa 
77 % ga yetib boradi.
Hozirgi kunda Orolning suv hajmi 260 km 3 ni tashkil qiladi. Suvning 
minerallashuv darajasi har m etr suvda 45 g dan ortiq. Natijada Orol den­
gizi 2 katta va kichik qism gabo‘lindi hamda awalgi qirg‘oqlardan 33 ming 
kv.km chekindi. Qurigan dengiz tubida cho‘l paydo bo‘la boshladi va bu 
cho‘l maydoni hozirgi kunda 4 mln. gektar yerni ishg‘ol qiladi.
Kuchli shamollar tuz, qum va changlami ko‘chirib 300 km masofagacha 
olib borib tarqatmoqda. Changlar bilan xlorovodorod va oltingugurt kis­
lotalari ham tarqalmoqda. Natijada atrofdagi obikor yerlarga zarar kel- 
tirmoqda. M a’lumotlarga ko‘ra, quyi Amudaryodagi yerlarning har gek- 
tariga 0,8—1,0 tonna tuz kelib tushm oqda, bu esa yerlarni sho'rlatib, 
meliorativ holatini yomonlashtirib, paxta va boshqa ekinlar hosildorli- 
giga salbiy ta ’sir ko'rsatmoqda. Dengiz suv sathining pasayishi tufayli
199


Amudaryo va Sirdaryo deltalaridagi to ‘qayzorlar, yaylovlar, o ‘tloqlar qurib 
ketib cho‘llanmoqda. Dengiz atrofidagi tumanlarda yer osti suv sathi pasayib 
chorvachilik uchun ozuqa boiadigan o'simliklar qurib ko'chm a qum lar 
maydoni ko‘payib bormoqda.
Orol dengizi quriganga qadar 200 km atrofidagi hududning iqlimini mo‘tadil 
holatda saqlab turgan. 1980-yilga kelib yanvar oyi bilan iyul oyladning o‘rtacha 
oylik harorat farqi 2 gradusga ko‘paygan. Bahorva kuz oylarida tez-tez sovuq- 
lar bo‘lib turadigan bo‘lib qoldi. Issiq kunlar 170 gacha pasaydi.
Yozning baland harorati kunlik shamollaming bo‘lib turishini kuchaytira- 
di, kuchli bu shamollar odam salomatligi uchun yomon ta ’sir etuvchi 
zaharli, kimyoviy m oddalar bilan zararlangan chang to ‘plamlarini tar- 
qatadi hamda tuproq yuzasidan suvning parlanishini tezlashtirib qishloq 
xo‘jalik ekinlarining rivojlanishiga va hosildorligiga salbiy ta ’sir etadi. 
Suvning kam kelishi daryo deltalarining qurishiga, o ‘simliklar turlarining 
kamayishiga va biologik turli-tum an organizmlarning kamayib ketishiga 
va xullas, insonning yashash sharoitining keskinlashuviga olib keladi.
Bu ikki daryo suvidan to ‘g‘ri ratsional foydalanmaslik natijasida, or- 
tiqcha suvlar k o ‘pgina ko‘l va botqoqliklarning hosil b o iish ig a olib 
kelmoqda. Xuddi shunday suv havzalari Amudaryoning quyi qismida 40 
ga yaqin bo‘lib, bulardan har yili 6—7 km kub ga yaqin suv bug‘lanib 
yo‘qolib ketmoqda. Ana shunday ko‘llardan eng kattasi Nukus shahrining 
g‘arbida joylashgan Sariqamish chuqurligida joylashgan ko‘l b o ‘lib, har 
yili unga 3,4 km kub suv kiradi. Ko‘lda 30 km kub dan ortiq suv bor. Orol 
regionidagi sug‘oriladigan yerlardan yetarli foydalanmaslik, ortiqcha suv 
miqdori va uning n oto‘g‘ri taqsimlanishi botqoqliklar va yer osti sizot 
suvlarining ko‘tarilishiga olib keldi. Bu esa o ‘z navbatida yerlarni sho‘rlantirdi. 
Bunday sho‘rlangan yerlarning sho'rini yuvmasdan madaniy ekinlarni ekib 
bo‘lmaydi. Sho‘r yuvishga ba’zan juda ko‘p, gektariga 36 m kub suv sarf- 
lanadi yoki ekinlarni sug‘orishga qaraganga nisbatan bu ko‘rsatkich 2 
barobar ortiq demakdir. Hozirgi kunda sho‘rlanish natijasida Orol atro­
fidagi yerlarning unumdorligi bir yarim barobargacha pasayib ketgan. Bu 
yerlarning holati kelajakda qanday b o ‘lishi hali nom a’lum. Orol atrofidagi 
muhit kishilar salomatligiga ham o ‘zining salbiy ta ’sirini ko‘rsatmoqda.
Aholi ichimlik suvi sifatida Amudaryo va Sirdaryo suvlaridan foydalanadi. 
Yer osti suvlari iste’mol uchun yaroqsiz, oqar suvlar tarkibida erigan 
tuz, organik moddalar, pestisidlar, og‘ir metallar bisyor. Ayni shu iflos 
suvlar iste’mol qilinishi natijasida aholi orasida turli, ayniqsa, virusli sariq, 
ichterlama, ichburug4, shuningdek, ovqat hazm qilish, yurak qon, tom ir, 
siydik ajratish tizimlari, ayollarning kamqonlik va jinsiy kasalliklariga sabab 
bo‘lmoqda.
200


M a’lumotlarga qaraganda, Amudaryo deltasi atrofida yashovchi aholi 
orasida qorin tifi bilan kasallanish oshgan. Bolalar o ‘limi ko‘paygan, odam- 
larning o ‘rtacha bo ‘yi va yashash darajasi pasaygan.
E n d ilik d a A m u d ary o va S ird ary o e ta k la rid a avvalgi d arax tli 
to'qayzorlarning katta qismi quridi, qamishzorlarning maydoni keskin 
qisqardi. Suvsizlik tufayli avvalgi m ahsuldor yaylovlar degradatsiya 
(buzilishi)ga mahkum bo‘ldi. Sizot suvlari sathi pastga tushib, ularning 
minerallashuv darajasi 10—15 barobar ortishi natijasida tuproqda tuz 
to ‘planishi sodir bo ‘ldi. Qumli tuproq mavjud b o ‘lgan joylarda ko'chm a 
qum barxanlar tarkib topmoqda. Tuproqning sho‘rlanishi va shamol ta ’siriga 
berilishi yaylovlarning ahvolini mushkullashtirmoqda. Qamishzorlar may­
doni keskin qisqarib, ular faqat ayrim joylardagina m untazam sug‘orish 
hisobiga saqlab qolingan. Yaylovlarda o ‘t-o ‘lan ko‘p b o ‘lishiga qaramas- 
dan uning mahsuldorligi ancha past, turli o ‘tlar mavjud bo ‘lgan to ‘qay 
yaylovlarida mahsuldorlik gektariga 1,5—3 s ni, yulg‘unzorlarda 0,5—1,5 s 
ni tashkil etadi. Qamishli yaylovlarda awallari mahsuldorlik gektariga 120— 
150 s ni tashkil etgan. Orol bo‘yida cho‘llashish hodisasi nafaqat yaylov
shuningdek, sug‘oriladigan mintaqalarni ham qamradi. 60-yillarning ik­
kinchi yarmida Amudaryo va Sirdaryolaming o ‘rta oqimidan boshlab 
sho‘rligi ortib borishi (har litr suvda 1,0—1,2 gramm) natijasida ana shun­
day suvdan foydalanilgan hududlarda, ayniqsa quyi oqimlarda tuproqlarda 
tuz to ‘planishi faollashadi. Endilikda har gektar maydonga 9—10 tonna 
tuz daryo suvi bilan kelib turibdi, ularning asosiy qismi mavjud zovurlar 
tarm og‘i bilan chetga chiqarilmoqda, lekin zovur mavjud bo‘lmagan yoki 
ular samarasiz ishlayotgan joylarda tuzlar m untazam yig‘ilmoqda. Bu hoi 
xususan Qoraqalpog'iston dalalarida keng miqyosda ko‘rinmoqda.
Ko‘rinib turibdiki, agar Orol taqdiri tezda hal qilinmasa, kelajakda 
uning o ‘rnida Orol cho‘li vujudga keladi. Buning uchun kelajak avlod biz- 
ning noshudligimizdan, tabiatni muhofaza qilishdagi savodsizligimizdan
ekologik tarbiyamizning pastligidan nafratlanadi. Shu sababli, tabiatning 
bizga in’om etgan ajoyib obyekti Orolni eng kamida hozirgi holatini saqlash 
uchun kurashish har bir sof vijdonli insonning muqaddas burchidir. Bu­
ning uchun esa dengizga qo‘shimcha yiliga 40 km kub suv keltirish lozim. 
Hozirgi real imkoniyat Orol havzasi atrofida yig‘ilgan (qaytarma) suvlar- 
ni to'plab dengizga yoilashdir. Agar bu vazifa amalga oshirilsa, yiliga 
qo ‘shimcha 20 km kub suv Orol dengiziga kelib qo‘shilishi mumkin, 
lekin bu bilan Orol dengizi suv sathining pasayishidan saqlab qolish m um ­
kin emas. Orol dengizi suv sathini optimal balandlikda saqlash uchun 
daryo suvlaridan tejab foydalanishga erishish lozim. Buning uchun bir- 
inchidan, sug‘orish shoxobchalaridan foydalanish koeffisientini oshirish
201


(kanallar tubini betonlash, har xil materiallar bilan qoplab, filtratsiya va 
samarasiz bug'lanishni kamaytirish orqali), ikkinchidan, sug‘orishning eng 
ilg'or usullarini (yomg'irlatib, tomchilatib, tam ovlar yordamida sug‘orish) 
qo'llab, ekinlarning sug‘orish meyorini pasaytirib suvni iqtisod qilish, 
uchinchidan, mavjud sug‘oriladigan m aydonlarda ilg‘or agrotexnikani 
qo'llab, hosildorlikni oshirish hisobiga ekin maydonlarini kengaytirmas- 
likka erishish kerak.

Download 6,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish