I. H. Hamdamov, S. A. Abilova hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi


O‘zbekistonda sel yig‘iladigan inshootlar taqsimoti



Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/135
Sana28.04.2022
Hajmi6,21 Mb.
#586386
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   135
Bog'liq
Hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi. Hamdamov I.H, Abilova S.A

O‘zbekistonda sel yig‘iladigan inshootlar taqsimoti

Viloyatlar
Sel to‘planadigan
inshootlar
Umum hajm mln. m.
1.
Andijon
9
6,8
2.
Buxoro, Navoiy
13
3,0
1
Jizzax
24
8 8 , 0 .....................
4.
Qashqadaryo
47
146,0
5.
Namangan
17
5,5
6.
Samarqand
93
104,7
7.
Surxondaryo
21
34,9
8.
Sirdaryo
7
13,4
9.
Toshkent
29
25,0
10.
Farg‘ona
41
7,0
Jami:
301
434,3
191


Hozirgi kunda 2,5 ming km dan ortiq kanallar, kollektorlar qayta tik- 
lashga muhtojdir.
Eroziyaga qarshi gidrotexnik tadbirlar hajmi
Iqlim o ‘zgarishi va suv resurslari. 
Dunyoda aholining tez ko‘paya bori- 
shi va iqtisodiy faoliyatining tez rivojlanishi chuchuk suv resurslariga bo'lgan 
tanglikni kuchaytirmoqda. Chunki uy va fermer xo‘jaliklari, sanoat ehti- 
yojlari uchun suvga bo‘lgan talabning o ‘sa borishi mahalliy suv zahiralari 
imkoniyatlaridan ancha ortiqdir. Sanoat chiqindilari va o ‘g‘itlaridan inten- 
siv foydalanish ko‘pincha suvda zararli kimyoviy moddalarning ko‘payishiga 
olib keladi, bundan tashqari noto‘g‘ri sug'orishlar tuproqning sho'rlanishi 
va suvning bug‘lanish darajasini kuchaytiradi, bu esa suv tanqisligini yana- 
da chuqurlashtiradi. Suv havzalarining aksariyati bir necha milliy chega- 
ralami kesib o ‘tadigan resurslarni boshqarish yana ham murakkablashib 
boraveradi.
Yog‘inlaming ba’zi rayonlarda ko‘payib, boshqa rayonlarda kamayishi 
ehtimoldan xoli emas. Lekin yog‘inlar ko‘p bo ‘ladigan rayonlarda ham 
bug‘lanishning nisbatan yuqori sur’atlari suv oqimining kamayishiga olib 
kelishi mumkin, bundan tashqari, havoning isishi tog‘lar va boshqa sovuq 
rayonlarda qishki qorlarto‘planishining kamayishiga olib keladi. Iqlim o‘zgarishi 
yoqingarchilik kam yog‘adigan rayonlarda chuchuk suv zahiralarini kamaytirib 
yuboradi. Yog‘ingarchilik ko‘p bo'lgan sharoitda esa, toshqinlar bo'lib tura­
di, daryo va ko‘llardagi suv sathi ko‘tariladi. Yog‘inlaming 10 % kamayishi 
va haroratning 1 -2 °C ortishi quruqroq havzalarda oqimning 70 % ga kama­
yishiga olib kelishi mumkin. Qirg‘oq bo‘yi zonalarda yer osti suvlari sathining 
pasayishi sho‘r dengiz suvlarini ham chuchuk sizot suvlariga tortib oladi va 
ularni sho‘rlantiradi.
Sho‘r suvning ajralib chiqib, chuchuk suvli havzalarga o'tishi sizot su­
vlarini uy xo‘jaligida va qishloq xo‘jaligida ishlatishga yaroqsiz qiladi.
Yog‘inlaming kamayishi va bug‘lanishining ortishi, qishloq xo‘jalik yer- 
lari, o ‘rmonlar, botqoqliklar va boshqa ekotizimlarga zarar keltiradi. Suv 
sathining pasayishi ayniqsa daryo va ko‘l bo‘ylarida joylashgan shaharlar- 
ning anchagina moslashuvini talab qiladi. Bunday moslashishi uchun zarur 
sarf-xarajatlar ko‘pchilik kambag'al mamlakatlarga og‘irlik qilishi mumkin. 
Nil va M ekong kabi daryolaming unum dor havzalarida va aholining tez 
o ‘sishi ham da qurg‘oqchilik bilan bog'liq m uam molar keskinlashayotgan 
boshqa regionlarda mojarolar yuz berishi ehtimoldan xoli emas. Toza chu­
chuk suv salomatlik uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lganligi tufayli, ayrim 
rivojlanayotgan m am lakatlar sog‘liqni saqlash standartlarining pasayishi 
va epidemiyalarning kuchayishi muammosiga duch kelishlari mumkin. Ay­
niqsa Afrikaning Saxel kabi rayonlari bu sohada eng zaifjoydir. Iqlim o ‘zgarishi
192


oqibatlarini yumshatish uchun suv resurslaridan foydalanish usullarini 
tak o m illash tirish lozim . A gar iq lim n in g o 'zg arish i ch in d a n ham
yog‘inlarning kamayishiga olib kelsa, unda halokatli vaziyatning vujudga 
kelish ehtimoli kattadir. Ushbu muammoni hal qilish uchun mavjud suv 
havzalaridan va undagi suv zahiralaridan foydalanishni takomillashtirish 
kerak, chunonchi: yoz davrida qurg‘oqchilikka qarshi kurashni yengillash- 
tirish m aqsadida bahor paytida suv zahiralarini tashkil qilish uchun 
qo‘shimcha qurilmalar qurish, suv resurslari isrofgarchiligining oldini olish 
hamda suvga bo'lgan talablarni m e’yorida ushlab turish maqsadida siyosat 
yuritish yoki soliq solishni joriy qilish hamda jahon suv resurslaridan foy­
dalanishni rejalashtirish maqsadida suv havzalarining zaifligi va ulaming 
tiklanish qobiliyatini tekshirib turish zarur.

Download 6,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish