I. H. Hamdamov, S. A. Abilova hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi


Tabiat resurslari va ulardan foydalanish



Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/135
Sana28.04.2022
Hajmi6,21 Mb.
#586386
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   135
Bog'liq
Hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi. Hamdamov I.H, Abilova S.A

Tabiat resurslari va ulardan foydalanish. 
Insonning moddiy manfaati- 
ni qondirish uchun foydalanadigan tabiat obyektlari tabiiy yoki tabiat 
resurslari deb ataladi. Tabiiy resurslardan tashqari yana moddiy resurslar: 
sanoat obyektlari, qurilish, transpo rter, m ehnat resurslari ham b o ‘Iadi.
Tabiiy resurslarga atmosfera, suv, o'simliklar, hayvonlar, tuproq, yer 
osti boyliklari, energetik va boshqa resurslar kiradi.
Tabiat resurslari tiklanish va tiklanmaslik xususiyatlariga ko‘ra ikki gu- 
ruhga bo'linadilar: tiklanadigan va tiklanmaydigan. Bular orasida tugamay- 
digan resurslar inson uchun ko‘p xavf tug'dirmaydi.
Yaqin yillarda yoki uzoq m uddat davrida tam om bo'Iadigan resurslar 
tugaydigan resurslar deb ataladi. Bunday resurslarga dastawal yer osti 
boyliklari va tirik tabiat resurslari kiradi. Tugaydigan resurslar atamasi nis- 
biy m a’noda ishlatiladi, chunki qachonki olinadigan o ‘ljalar iqtisodiy 
samarasiz holatiga kelib qolsa, unda uni tugaydigan resurslar desa bo'ladi. 
Masalan, b a’zi bir neft konlaridan 30 % neft qazib olinganda undan 
keyin foydalanish iqtisodiy samarasiz bo'lib qoladi. Biroq hozirgi kunda 
yaratilgan ilg'or texnologiyalar yordamida neft konlaridan 6 0 -7 0 % gacha 
neft chiqarib olish mumkinligi m a’lum. Boshqa bir holatlarda esa tabiiy 
resurslardan, ularning tam om ila yo'qolib ketishigacha foydalansa bo'ladi. 
Jumladan, b a’zi bir hayvon va o'simlik turlari yoki ekosistemadan noto'g'ri 
foydalanish natijasida ularni butunlay yo'qotish mumkin. Bunga Orol den­
gizi, uning atrofidagi ekosistema va undagi ba’zi bir hayvon va o'simlik 
turlarining yo'qolib ketayotganligini misol qilib olish mumkin.
Cheklanmaydigan darajada foydalanish imkoniyati bo'lgan resurslarga 
tugamaydigan resurslar deyiladi. Chunonchi, quyosh energiyasi, shamol,
70


okean va dengiz suvlarining ko‘tarilishi va qaytishi ana shunday resurslarga 
kiradj. Biroq bu misolda ham tugamaydigan tushuncha nisbiy m a’noda 
ishlatiladi. Yuqorida keltirilgan har bir tugamaydigan resurslaming foy­
dalanish limiti bo'lib, undan ortiqcha foydalanilsa, tashqi muhit uchun 
xavf tug‘ilishi mumkin. Aniq bir chegaradan ortiqroq quyosh energiya- 
sidan foydalanish yer atrofidagi muhit haroratini oshiradi va termodinamik 
krizisga olib kelishi mumkin. Resurslar orasida suv alohida o'rinni egal- 
laydi. U ham vaqtincha bo'lsa ha(m tugaydigan resurslardan hisoblanadi
chunki miqdor jihatidan u cheksiz, tugamasa ham, ifloslanish natijasida 
uning sifati buziladi. Yer yuzida suvning zahirasi o'zgarmaydi, biroq suv 
muhit bo'limlari (atmosfera, okean, quruqlik) orasida qayta taqsimlanib 
har xil shakllarda (suyuqlik, qattiqlik, muz, bug1) aylanib yurishi mum-
Tabiiy resurslam ing tugab borishi insoniyat oldida turgan m uam - 
molardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda resurslardan foydalanish tempi 
(tezligi) aholi sonining o ‘sishidan ziyodroq bo‘lmoqda.
B.Skinner (1989) m a’lumotlariga qaraganda, hozirgi kunda aholining 
o ‘sishi yer yuzi bo'yicha 1,7 % ni tashkil etib, har 41 yilda u ikki marta 
ortib bormoqda. Oltin qazib olish 4 % bo'lib, u har 18 yilda ikki marta 
ortm oqda yoki mineral resurslarni qazib olish 7 % ga ko'payib u har 10 
yilda ikki m arta ko'paymoqda.
Tabiatda million yil mobaynida to'plangan yoqilg'i hozirgi kunda bir 
yilda yoqib tugatilmoqda. Hisoblarga ko'ra qazilma yoqilg'ilaridan hozirgi 
kundagi foydalanish tempi saqlab qolinsa, neft zahiralari yana 3 0-4 0 yil, 
gaz 40—45-yil, ko'm ir 70—80 yilga yetadi, xolos. Bu tabiiy resurslaming 
o'm ini B.Skinner fikricha, quyosh energiyasi egallaydi.
O'zbekiston mineral xomashyo resurslariga boy bo'lib, hozir ularning 
2700 dan ortiq konlari topilgan. Ularning tarkibida 100 dan ortiq mineral 
xomashyolar mavjud bo'lib, shulardan 60 xili hozir qazib olinib xalq 
xo'jaligida ishlatilmoqda, 940 ta qazilma boyliklar koni tekshirilgan bo'lib, 
shundan 165 neft, gaz va kondensat konlari, 3 ta ko'm ir koni, 36 ta 
rangli, kam uchraydigan va radiofaol m etallar koni, 36 ta qimmatli metal- 
lar, 17 ta tog' ruda, 9 ta tog' kimyoviy elem entlar, 21 tovlanadigan 
xomashyosi va 495 ta har xil qurilish materiallari konlari tashkil etadi.
Ekspluatatsiyaga tayyorlajigan barcha foydali qazilmalar zahirasining 
bahosi 1 trillion AQSh dollaridan ham ortiqdir.
Umumiy mineral xomashyo zahiralari 3,5 trillion dollardan oshib ketadi.
Oltin, uran, mis, volfram, kaliy tuzlari, fosforitlar zahirasi bo'yicha 
O'zbekiston dunyo miqyosida yetakchi o'rinni egallaydi.
O 'z b e k is to n h u d u d in in g 60 % id a n e ft, gaz z a h ira la ri bor.
71


0 ‘zbekistonning neft, gaz mintaqalariga Ustyurt, Buxoro, Xiva, Janubiy- 
G 'arbiy Hisor, Surxondaryo va Farg'ona hududlari kiradi.

Download 6,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish