I. H. Hamdamov, S. A. Abilova hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi


Tuproqning ifloslanishi va uni toza saqlash



Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/135
Sana28.04.2022
Hajmi6,21 Mb.
#586386
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   135
Bog'liq
Hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi. Hamdamov I.H, Abilova S.A

Tuproqning ifloslanishi va uni toza saqlash. 
Ifloslanish tufayli tuproq­
ning kimyoviy va biologik xususiyati o'zgaradi. Binobarin, modda almashinu- 
vida buzilish ro'y beradi.'H ar xil kasallik tarqatuvchi patogen mikroorga­
nizmlar tez ko'payadi. Tuproq quyidagi omillar ta ’sirida ifloslanadi: sanoat 
va shahar chiqindi axlatlari, kommunikatsiya (gaz, neft’, suv 
qUvurlar,
elektr kabellari va issiqlik quvurlari, transport vositalari, oqava suvlar va 
boshqalar). Hozir dunyoda shaharlar aholisi o 'rta hisobda yiliga 2 trillion 
kg yoki jon boshiga 400 kg axlat chiqarib tashlamoqda. Agar dunyo bo'yicha 
chiqarib tashlanayotgan axlat va sanoat chiqindilarini quruqlik yuziga yoysak 
15 yil ichida uning qalinligi 5 metrga yetadi. Shunday qilib, agar shahar 
axlati va sanoat chiqindilari (simob, margimush, mis, qo'rg'oshin, rux, 
ftor, marganes kabi zaharli kimyoviy m oddalar va maishiy kommunal 
chiqindilari) tashlangan yerlarda tezlik bilan sanitariya zonalari tashkil 
qilinib, oldi olinmasa, o'sha joylar tuprog'i o 'ta ifloslanib tabiiy holda 
tozalana olmaydi.
C hunki tu p ro q d a kim yoviy va organik m oddalar m iqdori o rtib
mikroorganizmlar, ayniqsa, patogen mikroorganizmlar ko'payib ketadi.
M a’lumotlarga ko'ra, 1 ga toza tuproqda 16—150 ming bakteriya mavjud 
bo'lsa, 1 ga ifloslangan tuproqda 1 mlrdgacha mikroblar borligi m a’lum. 
Natijada tuproq ifloslanib har xil yuqumli kasalliklarni, jum ladan, stolb- 
nyak, sibir kuydirgisi, gangrena, ichburug', vabo, ichburug' tifi, sil kasal- 
ligini tarqatuvchi manbaga aylanadi.
Ifloslangan tuproqda mavjud bo'lgan zararli va zaharli kimyoviy 
elementlar u yerda o'sgan o'simlik orqali chorva mollariga, mollardan (sutini 
ichish, go'shtini iste’mol qilish tufayli) esa kishilaiga o'tishi mumkin.
68


Tuproq issiqiik elektr stansiyalaridan chiqqan kul va shlaklar, tog‘-kon 
chiqindilari (nokerak jinslar) bilan ham ifloslanadi.
Masalan, faqat M D H (sobiq ittifoq) davlatlarida elektr stansiyasidan 
chiqarib tashlangan kul va shlaklaming miqdori 1 mlrd km kub bo'lib, 
140 ming gektar maydonni ishg'ol qiladi. Bu kul va shlaklarni elektr 
stansiyalaridan chiqarib tashlash uchun esa 120—150 mln. so‘m sarflanadi.
Yer yuzasida har xil injenerlik kommunikatsiya (gaz, suv, neft, issiqiik 
kanalizatsiya quvurlari, elektr, tejefon kabellari va boshqalar) quvurlarini 
yotqizish tuproq holatiga salbiy ta ’sir etib, tuproqdagi biologik jarayon- 
larni buzadi va ifloslanadi. Chunki o'sha yotqizilgan kabellar atrofidagi 
tuproq tarkibini buzadi, tuproqdagi mikroorganizmlar nobud bo'ladi, 
o'simliklar quriy boshlaydi.
M a’lumotlarga ko'ra, gaz quvurlari atrofdagi 100 m ga tuproqni zahar- 
lasa, issiqiik quvurlari 24 m gacha bo'lgan polosada tuproqni quritib, suv 
rejimini buzib, tuproqdagi mikroorganizmlarning o'lishiga, o'simliklarning 
qurishiga olib keladi.
Tuproqning ifloslanishida mineral o'g'itlar, zaharli ximikatlar (pestit- 
sidlar) ham ishtirok etadi. Bu zaharli ximikatlar tuproqda uzoq vaqt 
saqlanib, o'z xususiyatini o'zgartirmasdan to'planib qoladi. Oqibatda tu p­
roqni zaharlaydi. Undagi mikroorganizmlarga salbiy ta ’sir etib ularning 
qirilib ketishiga olib keladi. Zaharli ximikatlaming qoldiqlari suv, oziq- 
ovqat orqali insonga ham o'tib, uning salomatligi uchun xavf tug'dirishi 
mumkin. Tuproqning radioaktiv m oddalar bilan ifloslanishi juda xavflidir. 
So'nggi yillarda dunyoning bir qator m amlakatlarida radioaktiv m od­
dalardan foydalanish (tinchlik maqsadlarida) oqibatida geografik muhit, 
jumladan, tuproq ifloslanib bormoqda.
Radioaktiv moddalami qazish, tashish va ishlatish davrida, AES laming 
avariyaga uchrashi natijasida radioaktivlashgan juda mayda chang zar- 
rachalari atmosferaga ko'tarilib, so'ngra yom g'ir bilan yoki o'zi yerga, 
tuproqqa tushib uni zaharlaydi.
Tuproqni injenerlik kommunikatsiya ta ’sirida ifloslanishidan saqlashda 
quyidagilarga amal qilish lozim:
— yer osti injenerlik kommunikatsiya qurilishlarida quvurlar va kabel­
lar yotqizish qoidalariga to'liq rioya qilish lozim;
— har xil quvur va kabellac yotqizilayotganda ekologik zonaning kengli- 
giga rioya qilish zarur;
— injenerlik, kommunikatsiya quvurlari, har xil kabellar maxsus tunnel 
qazilib, o'sha tunnel orqali o'tkazilishi lozim. Bu tadbiriy ishlar amalga 
oshirilsa, birinchidan, tuproq ifloslanmaydi, ikkinchidan, o'sha kom mu­
nikatsiya quvur va kabellarining ishlashi ustidan nazorat qilish osonlashadi.
69


K o‘pincha yuqori hosil olish uchun bo'lgan harakatlarda zararkunanda 
hasharotlarga va begona o ‘tlarga qarshi kurashishda o ‘g‘itlar hamda zaharli 
ximikatlar haddan tashqari ko‘p ishlatiladi, natijada ekinlar ulami yaxshi 
o ‘zlashtira olmaydi va oqibatda ularning bir qismi tuproqda to ‘planib qolib 
uni ifloslaydi.
Tuproqning zaharli ximikatlar, ayniqsa, defoliantlar, insektitsidlar, 
fungitsidlar bilan ifloslanishidan saqlashda, zararli hasharotlarga, begona 
o ‘tlarga qarshi kurashda va o'sim liklar bargini tozalashdan zaharsiz kishi 
salomatligiga zarar yetkazmaydigan ximikatlar ishlab chiqarish yoki qar­
shi kurashishda biologik usullarni qo‘llash juda katta ahamiyatga ega.
Tuproqni radiofaol m oddalar bilan ifloslanishdan saqlash uchun atom
va vodorod bombalarini havoda, yerda, yer ostida va suvda sinashni man 
etish lozim. Radioaktiv moddalami qazish, tashish, ishlatish va chiqindilar- 
ni saqlashda uni atrof-m uhit ifloslanmaydigan darajaga erishish, AES lar- 
ni talofatsiz ishlatishni ta ’minlash lozim.

Download 6,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish