Suv resurslari va dunyo okeanlarining ifloslanishi va ularning salbiy
oqibatlari.
Suv havzalarining antropogen ifloslanishi har xil b o ‘lib,
ularning eng muhimlari quyidagilardir:
a) sanoat va maishiy-kommunal xo'jalik korxonalaridan hamda davolash
sog'lomlashtirish va boshqa tashkilotlardan chiqadigan iflos oqava suvlar;
b) rudali va rudasiz qazilma boyliklarini qazib olishdagi chiqindilar;
d) shaxtalarda, konlarda, neft korxonalarida ishlatilgan va ulardan
chiqqan iflos suvlar;
e) avtomobil va tem ir yo‘l transportidan chiqqan iflos suvlar;
0
yog'och tayyorlash, uni qayta ishlash va suvda oqizishda, tashishda
hosil bo'ladigan chiqindilar;
g) chorvachilik fermalari va komplekslaridan oqib chiqadigan iflos
suvlar;
h) zig'ir va boshqa texnik ekinlarning birlamchi ishlov berilishidan
chiqqan chiqindilar;
i) qishloq xo'jalik ekinlarini sug'orish natijasida vujudga kelgan oqava,
tashlandiq va zovur suvlari;
j) har xil mineral va organik o'g'itlar hamda zararkunandalarga qarshi
sepilgan zaharli ximikatlar ishlatilgan dalalardan oqib chiqadigan suvlar;
k) elektr stansiyalaridan chiqqan issiq suvlar;
1) radioaktiv ifloslanish va boshqalar.
Okean suvlarini esa neft va kimyo sanoati chiqindilari, ayniqsa, ko'p
ifloslantiradi, neft tashiydigan va u bilan bog'liq bo'lgan kemalar yiliga
dunyo okeaniga 10 mln. tonnadan ortiq neft va neft mahsulotlarini tash-
Iamoqda.
Okean suviga sutkasiga 6800 m kub zaharli ximikatlar oqizilmoqda.
Shuningdek, dunyo okeaniga atmosferadan 9 mln. tonna yoqilg'i, neft va
neft mahsulotlari chiqindilari tushmoqda. Okean suvining atom ishlab
chiqarish chiqindilari va termoyadro bombalarini sinash vaqtida hosil
bo'ladigan radioaktiv moddalar bilan zaharlanishi, ayniqsa, xavfli. Ba’zi
m a’lumotlarga ko'ra, yiliga 1000 tonna atom chiqindilari suvga tashlan-
moqda, shuningdek, atom reaktorlari bilan ishlaydigan kemalar ham suvni
ifloslantirmoqda.
Okean va dengizlar, ayniqsa, qishloq xo'jaligida ishlatiladigan pesti-
tsidlar bilan ifloslanib, suvdagi tirik organizmlarga salbiy ta ’sir etmoqda.
Dengiz va okean hayvonlari\>rganizmda zaharli m oddalar to'planib,
ularga zarar keltirmoqda.
61
Suvlarning zararli m oddalar va zaharli ximikatlar bilan ifloslanishi,
suvdagi organik hayotga ta ’sir etib, baliqlar va suv o ‘tlarini zaharlaydi,
qishloq xo'jalik ekinlarining normal o ‘sishiga va hosilining sifatiga ham
salbiy ta ’sir etadi. Bu ximikatlar ichida DD T, geksoxloran b o ‘lib, ular
uzoq vaqt o ‘z xususiyatini yo‘qotmaydi.
Rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda esa, daryolar simob, qo‘rg‘oshin,
ftor, mish’yak (margimush), kadmiy kabi zaharli m oddalar bilan iflos-
langan.
Markaziy Osiyoda, shu jum ladan, 0 ‘zbekistonda zovur, sanoat va
maishiy- kommunal iflos chiqindi suvlarining daryolarga qo'shilishi tufayli
Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryolari suvlari zararli m oddalar,
ayniqsa, ekin dalalarid an chiqqan zah arli xim ikatlarning m iqdori
normadagidan 1,8—3,0 marta oshib ketmcqda. Bu esa organik hayotga sal
biy ta ’sir etib, baliqlar miqdorini kamaytirib yubormoqda. Lekin keyingi
yillarda ko‘rilgan choralar natijasida daryolaming ifloslanishi ancha kamaydi.
Ichki suv havzalarining ifloslanishi kishilar salomatligiga salbiy ta ’sir eti-
shi turgan gap.
Chunki kom munal-m aishiy korxonalaridan, kasalxonalardan, ham-
momlardan, xususiy uylardan va sanoat korxonalaridan chiqqan iflos suvlar
tarkibida m e’da-ichak kasalliklari, vabo, tif, ichburug', sil, stolbnyak,
kuydirgi, poliomelit, gepatit va boshqa kasalliklar tarqatuvchi bakteriya
lar saqlanib qoladi hamda suv orqali kishilar organizmiga o ‘tadi.
Dunyodagi suvlarning ifloslanishi natijasida yiliga 500 mln. dan ortiq
kishi har xil kasalliklarga duchor bo‘lmoqda. Suvning ifloslanishidan 1954-
yilda Londonda vabo epidemiyasi tarqalgan, 1965-yili AQShning Kalifomiya
shtatidagi Riversayd shahridagi 130000 kishidan 18000 tasi ifloslangan
suvni ichishi tufayli tif bilan kasallangan. Hindistonda 1940— 1950-yillar
ichida suv havzalarining ifloslanishidan 27400 ming kishi oshqozon-ichak
kasaliga duchor b o iib o ig an va hokazo.
Yaponiyaning Kyuso orolidagi Minomata qo‘ltig‘iga o'sha yerdagi kimyo
korxonasidan chiqqan, tarkibida simob ko‘p bo ‘lgan oqava iflos suvning
oqizilishi natijasida baliqlar kasallanib, undan aholisi 50 mingdan ortiq
b o lgan M inom ata shahriga. o'tgan. Oqibatda, shahar aholisi ichida dudu-
qlar, ko‘zi zaiflar, oyoq-qo'li shol bo ‘lganlar, asab kasallari ko‘payib ket
gan. Bu kasallik Yaponiyadagi yangi kasallik bo'lib, “ M inomata kasalligi"
nomini olgan va aholi orasida keng tarqalib nasldan-naslga o ‘tib bormoqda.
A .Rahm atullaev va R .I.M am ajonovlarning (1998) m a’lum otlariga
qaraganda, Zarafshon daryosi ogir metallar bilan ifloslangan. Bulardan,
ayniqsa, mis, rux, olti valentli xrom, m ish’yak ko‘proq uchraydi. Samar
qand, Navoiy shaharlari yaqinida mis va rux m e’yoridan 1,5-2,0 marta,
62
eng ko‘p miqdorda 7 - 8 m arta ortiq. Olti valentli xromning o ‘rtacha eng
ko‘p miqdori Navoiy shahri yaqinida 4 barobar ortiqligi, eng k o ‘p
miqdorda 17,4 marta ko‘pligi aniqlangan.
A D A B I Y O T L A R :
1.B aratov P. Y erb ilim i va o ik a sh u n o slik . —T oshkent. “ 0 ‘q ituvchi“ nashriyo-
ti, 1990. 133—145-betlar.
2 .B aratov P. T abiatni m uhofaza qilish. — T oshkent. “ 0 ‘qituvchi“ nashriyoti,
1991. 7 2 - 7 4 , 8 0 - 8 5 , 105—10 8 -b e tla r.,
3.R ahm atullaev A ., M am ajanov R .l. Z arafsh o n daryosi sifat o'zgarishlari.
“ 0 ‘zbekistonning ekologik m u a m m o la ri11 Konf. m ateriallari to 'p la m i” , — S am ar
qand. 1998. 103—107-betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |