I. H. Hamdamov, S. A. Abilova hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi



Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/135
Sana28.04.2022
Hajmi6,21 Mb.
#586386
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   135
Bog'liq
Hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi. Hamdamov I.H, Abilova S.A

Daryolar. 
Tabiiy chuqurliklarda harakat qiladigan doimiy suv oqimiga 
daryo deyiladi. Daryolar buloqlardan, sizot suvlaridan, botqoqliklardan, 
ko'llardan, doimiy qor, muzliklardan boshlanadi. Agar daryolar ko'l va 
m uzlardan boshlansa, sersuv, aksincha, buloqlardan, sizot suvlaridan 
boshlansa, kam suv bo 'lad i. B a’zi daryolar, chunonchi, Zarafshon, 
Qashqadaryo suvi ko'lga, dengizga yoki daryoga oqib bormasdan sug'orishga 
sarf bo'lib tugab ketadi. Yer sharidagi eng uzun daryo Afrikadagi Nil (6671 
km) daryosidir. Rossiyadagi Lena daryosining uzunligi 4400 km, Markaziy 
Osiyo daryolari orasida eng uzuni Sirdaryo (2982 km).
Braziliyadagi Amazonka Yer sharidagi eng sersuv daryodir. (sekundiga 
o'rtacha 120,000 m), Rossiyada Yenisey (17,400 m) Markaziy Osiyoda 
esa Amudaryo (1330 m) dir. Daryo o'zanida m arm ar, granit, slanets kabi 
qattiq jinslar bilan bo'sh jinslar aralash uchrasa, zinapoya kabi o'zan 
vujudga keladi. Bu zinapoyalar qiya va kichik bo'lsa, ostonalar, aksincha, 
katta va tik bo'lsa sharsharalar deb ataladi. Yer sharidagi eng katta shar- 
sharalardan bittasi Afrikaning Zambezi daryosidagi Viktoriya (122m) shar-
54


sharasidir. Markaziy Osiyoning Arslonbob soyidagi katta sharsharaning 
balandligi 50 m, Chotqol daryosining o ‘ng irmog‘i Boltov soyidagi shar­
sharaning balandligi 40 m.
Yer sharida eng sersuv va suv yig‘adigan havzasi eng katta daryo 
Janubiy Amerikadagi Amazonka daryosidir. Uning o ‘rtacha yillik suv sarfi 
sekundiga 120000 m kub. Havzasining maydoni 7180 ming km kub.
Yer sharidagi eng uzun daryo Afrikadagi Nil daryosidir (6671 km). 
Undan keyin Missisipi (6420 km), Amazonka (6400 km), Yanszi (5800 
km) turadi.
Amazonkadan keyin sersuvligi jihatidan ikkinchi o ‘rinda Afrikadagi 
Kongo, uchinchi o ‘rinda Osiyodagi Yanszi turadi.
Rossiya daryolari ichida eng uzuni Lena (4400 km) bo‘lib, dunyoda 
oltinchi o ‘rinda turadi. Yenisey daryosi eng sersuv bo‘lib, uning yillik suv 
sarfi sekundiga 585 km kub va dunyoda 8 o ‘rinda turadi.
Markaziy Osiyoda eng sersuv daryo bu Amudaryodir. Uning o ‘rtacha 
yillik suv sarfi sekundiga 1330 m kub. Sirdaryoniki esa 430 m kubdir.
Amudaryoning uzunligi 2540 km, Sirdaryoniki 2982 km.
Daryolar muhim tabiiy resurslardir. Shu bilan birgalikda daryolardan 
yerlami sug‘orishda, energiya olishda, transportda, aholini va sanoatni suv 
bilan ta ’minlashda, baliq ovlashda va boshqalarda foydalaniladi.
Daryo suvi, eng aw alo, kishilarning va sanoatning chuchuk suvga 
bo'lgan talabini qondirishda m uhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda bir 
kishining ichishi va ovqat tayyorlashi uchun sutkasiga 2,5 —3 litr suv 
sarflanmoqda.
Agar kishilarning maishiy iste’moli uchun sutkasiga 200 litr, oziq- 
ovqat va savdoda 100 1, ko‘chalarga sepish va daraxtlami sug'orish uchun 
100 1 sarf boiayotgani hisobga olinsa, yer shari bo‘yicha bir kishi sutkasiga 
400 litr suv sarflaydi.
Sanoat korxonalari esa bundan ham ko'proq iste’mol qiladi. Hozir bu­
tun dunyo bo ‘yicha sanoat korxonalari yiliga 400 km kub suv olib, shun­
dan 40 km kubi daryoga qaytib qo‘shilmaydi.
0 ‘zbekistonda mustaqillikka erishilgandan keyin sanoat obyektlari va 
aholini suvga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida ko‘pgina ishlar qilin- 
moqda. Aholi yashaydigan joylarga kanallar qazib suv olib borilmoqda. 
Artezian quduqlari qazib qishloq aholisi ham toza ichimlik suvi bilan 
ta ’minlanmoqda. Yerlarni sug‘orishda daryolarning ahamiyati juda katta. 
H ozir Yer sharida 200 mln. gektarga yaqin yer sug‘orilmoqda. Buning 
uchun har yili 2300 km kub sarflanmoqda. Shundan 1/4 qismi yana yer 
ostiga shimiladi va daryolarga qaytib qo ‘shiladi, 3/4 qismi esa, butunlay 
sarflanib ketadi. Qozog‘iston va Markaziy Osiyoda ham sug'oriladigan yerlar
55


ko‘p bo‘lib, lekin bu o‘lkada suv resurslari cheklangan. Janubiy Qozog‘iston 
va Markaziy Osiyo daryolarining yillik suv resursi 140 kub km atrofida. 
0 ‘zbekistonda 4,5 mlnkm.kv ga yaqin sug‘oriladigan yer mavjud.
Daryolaming energetik ahamiyati ham muhimdir. Yer sharidagi daryo- 
larning umumiy potensial energiya resursi 3750 mln. kvt bo‘lib, shundan 
35,7 
%\
Osiyo, 18,7 % Janubiy Amerika 6,4 % Yevropa va 4,5% Avstraliya 
daryolariga tog‘ri keladi. Hozirgi vaqtda daryo gidroenergiya resurslaridan 
faqat 9 %i gina foydalanilmoqda. M DH potensial energiya 450 mln. kvt 
bolib, shundan 79 mln. kvt resursi Yevropa qismiga, 371 mln. kvt Osiyo 
qismiga to ‘g‘ri keladi. M DH mamlakatlari gidroenergetik resursi AQShni- 
kidan 4 marta, Kanadanikidan 9 marta, Yaponiyanikidan esa 20 marta 
ortiq.
Gidroenergiyaga boyligi jihatidan Sibir daryolari M DH da birinchi 
o ‘rinni egallaydi; Ob, Yenisey, Angara, Lena, Xatanga, Kolima, Pasina, 
Indikirga va boshqalar, ikkinchi o ‘rinda Markaziy Osiyo daryolari turadi.
Bu o'lkada daryolaming umumiy gidroenergoresurslari 60,2 mln. kvt
dir.
Butun Markaziy Osiyo daryo gidroenergoresursining 17 %i Panj daryo- 
siga, 14 %i Vaxsh daryosiga, 11 %i Norin daryosiga to ‘g‘ri keladi. Niho- 
yat daryolar baliq ovlashda ham muhim ahamiyatga ega.
Tutiladigan baliqlarning ko‘pchiligi (80 %dan ortig‘i) dengiz va okean- 
lardan tutilsa, qolgan 20 % igina faqat ichki suvlardan ovlanadi.
Hozirgi vaqtda 0 ‘zbekiston daryolari hisobida 30 ta GES bo‘lib, uning 
umumiy quw ati 1684 MVTga teng. Ular yordamida har yili 6,4 mlrd kvt 
soat elektr energiyasi ishlab chiqilmoqda.
Katta daryolar beradigan energiya potensialidan tashqari 0 ‘zbekistonda 
juda ko‘p kichik daryolar, irrigatsiyalar kanallari va suv omborlari mavjud 
bo'lib, ular har yili 8,0 mlrd kvt soat elektr energiya ishlab chiqarish 
quwatiga egadirlar.
Shunday qilib, 0 ‘zbekistonning umumiy gidroenergetik potensiali 7445 
mvt quwatli bo‘lib, har yili 26,7 mlrd kvt soat elektroenergiya ishlab 
chiqarish qobiliyatiga ega, hoziigi kunda esa bu quw atning 23 %i d a n
foydalanilmoqda, xolos.

Download 6,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish