REPLIKATSIYALARNI BOSHQARISH QAYDNOMASI ROWA NING ISHLASH TAMOYILINI TUSHUNTIRING
Ko’p foydalaniluvchi ma’lumot bazalari tashkilot va korxonalarning muhim axborot
resurslari hisoblanadi. Shu bilan birga bunday resurslardan foydalanish bir qancha
muammolar keltirib chiqaradi. Birinchidan, bunday ma’lumot bazasini ishlab chiqish va
loyihalash murakkab, chunki bunda ko’p sondagi foydalanuvchilar talablarini hisobga olish
kerak. Shu bilan birga vaqt o‘tishi bilan barcha talablar o‘zgaradi. Bu esa o‘z navbatida
ma’lumot baza strukturasini o‘zgartirish zaruratiga olib keladi. Bunday strukturalarni
o‘zgartirish aniq rejalashtirishni va nazorat qilishni talab etadi. Chunki bir guruh
foydalanuvchilar uchun bajarilgan o‘zgartirishlar boshqa guruh foydalanuvchilari uchun
muammolar tug‘dirmasligi talab etiladi. Bundan tashqari bir necha foydalanuvchilar
so‘rovlarini parallel qayta ishlashda maxsus tadbirlar qabul qilish kerak. MB tashkilot
faoliyatining muhim komponenti bo’lib xizmat qiladi. Uning tarkibi buzulishi bilan
axborotlarning yo’qolishi kabi nuqsonlar paydo bo’ladi. Shu bilan birga operatsion
tizimlardagi takomillashtirishlar va dasturiy ta’minotning yangi versiyalari paydo bo‘lishi
ma’lumot bazasini takomillashtirishni talab etadi. Bunday masalalarni yechish uchun
tashkilot va korxonalarda ma’lumot bazasini administratsiyalash bo’limlari tuzilgan. Bu
bo’limning asosiy vazifasi ma’lumot bazasi va uni ishlatadigan ilovani yaratishni, ishlatishni
va ma’lumot bazasiga xizmat ko‘rsatishni amalga oshirishdan iborat. Jumladan:
● ma’lumot baza strukturasini boshqarish;
● parallel qayta ishlashni boshqarish;
● qayta ishlash bo‘yicha huquq va vazifalarni (burchlarni) belgilash;
● ma’lumot baza xavfsizligini ta’minlash va h.k.
Parallel qayta ishlashni boshqarish bo’yicha asosiy tadbirlar birorta foydalanuvchini
boshqasiga kutilmagan holda ta’sir qilishini hisobga olishga qaratilgan. Parallel qayta ishlash
sharoitida ba’zan foydalanuvchilar ma’lumot bazasiga yakka holda foydalanish sharoitidagi
natijalarni olish maqsadiga qaratilgan. Boshqa hollarda foydalanuvchilarning kutilgan
tarzda bir biriga ta’siri tushuniladi. Masalan, komputer tizimiga o‘z ma’lumotlarini kiritgan
foydalanuvchi ma’lumot bazasidan bir qancha foydalanuvchi foydalanishiga qaramasdan
bir xil natija olishi kerak. Shu bilan birga foydalanuvchi masalan, omborxona holati haqidagi
axborotning oxirgi vaqtdagi hisobotini olishga harakat qilishi mumkin. Bunda shu paytda
boshqa foydalanuvchi ma’lumotlarini o‘zgartirayotgan bo’lsa, amalga oshirayotganligini
tugallanmagan o‘zgarishlarni hisobga olib ko‘rishga harakat qiladi.
Hozirgi kunda barcha parallel qayta ishlash hollari uchun ma’qul bo’ladigan usullar mavjud
emas. Masalan, foydalanuvchi parallel qayta ishlashni qattiq boshqarishi mumkin. Bunda u
ma’lumot bazani boshqa foydalanuvchilar uchun blokirovka qilib qo‘yishi mumkin, o‘zining
ishi tugamaguncha boshqa mijozlar ma’lumotlar bazasi bilan hech qanday ish bajara
olmaydi. Bu usul ishonchli bo’lishi bilan birga qimmat hisoblanadi. Ishlab chiqarish
samaradorligini oshiradigan, lekin dasturlash va amalga oshirish qiyin usullar ham mavjud.
Ma’lumot bazasi bilan ishlaydigan ko’pgina ilovalarda foydalanuvchi ishini tranzaksiya
ko’rinishida amalga oshiriladi. Tranzaksiya ba’zan ishni mantiqiy birligi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |