suyultirish qonunini Ostvald kashf etdi. Keyinchalik bu qonun kuchli ele-
ktrolit eritmalari uchun Debay va Xyukkel tom onlaridan kengaytirildi.
Ostvald turli kislotalarning nisbiy faolliklarini taqqosladi.
Bu natijalar
kimyoviy muvozanat shartlari va kataliz taraqqiyotini o ‘rganishda muhim
rol o ‘ynadi. Kimyoviy texnologiyaning muhim masalalaridan biri muvo
zanat holatida uni siljitish uchun sharoit (tashqi omillar — harorat, bosim)
yaratish va muvozanatni silkitib, kerakli mahsulot olishdir.
Ostvaldga Berseliusning,
fon Libxning, Mayerning va Gelmgolsning
kataliz va energiya o ‘zgarishi haqidagi ilmiy ishlari m a’lum edi, shularga
asoslanib Ostvald ’’reaksiya tezligini o ‘zgartiradigan,
ammo reaksiya mah-
suloti tarkibiga kirmaydigan m odda katalizator” , - deb ta ’rif berdi. 1909-
yili kimyoviy muvozanat shart-sharoitlarini o'rganganligi uchun Ostvald
Nobel mukofotini oldi.
XIX asrning oxirida kimyoviy reaksiyalarda idish devori, erituvchilar va
qo‘shimchalarning ham ishtirok etishi m a’lum bo'ldi. Kataliz taraqqiyoti
XX asrning o ‘rtalarida ko‘p
organik m oddalar olinishiga, kimyoviy reak
siyaiar yo‘nalishini to ‘g ‘ri belgilashga olib keldi.
Kimyoviy sanoatda katalitik jarayonlam ing qo‘llanilishi hozirgi paytda
80 %ga yetdi. Xlorofill tabiiy katalizatorga misol b o 'la oladi. Barg
to ‘qimalaridagi xlorofill donachalari kompleks metallorganik birikmadir.
Shuning uchun fotosintez hodisasi fotobiokatalizator yordamida sodir
boladi.
XX asrning boshlarida biokatalizatorlar kashf etildi.
Fransuz kimyogar-
lari Pol Sabatye (1854—1941) va Jan Batista Sanderan (1856—1937) sa
noatda organik moddalarni gidrogenlashda nodir metallar o'rniga nikel,
mis, kobalt, tem irlam i qollashni kashf etishdi. Rus organik kimyogari
V.N.Ipatev (1867—1952) metall oksidlarining yuqori harorat va bosimda
katalitik xossalarini o ‘rganib, katalizatorlar aralashmasi
reaksiya tezligiga
ijobiy ta ’sir etilishini kashf etdi. Nemis ximigi F.Gaber (1968-1934) yuqori
bosim ostida katalitik usulda vodorod va atmosfera azotidan ammiak sintez
qilishni kashf etdi. So‘ngra K.Bosh va A.M ittashlar katalizatorlar aralash
masi yordamida yuqori harorat va bosimda sanoatda ammiak sintez qilishni
kashf etdilar.
Ko‘pchilik reaksiyalarning mexanizmlari tez o ‘tishi sababli reaksiya
larda katalizator tanlash empirik yo‘lda olib borilgan. Fotokimyoviy reak
siyaiar juda tez o ‘tadi, chunki fotonlar muvozanatni buzib, yangi reak
siyaiar borishiga imkoniyat yaratadi va natijada
yangi muvozanat qaror
topadi. 20-yillarda ingliz fiz-kimyogari R.D.Norrish (1897—1978) fotokimy
oviy reaksiyaiar ustida ilmiy izlanishlar olib bordi va natijada lazerni kimy
oviy reaksiyalarda qo‘llashni kashf etdi.
1 1 - 1 5
161
XX
asming o ‘rtalarida kimyoviy reaksiyalami o ‘rganishda sekin boradi-
gan reaksiyalar kinetikasini o'rganish metodikasi va juda tez boradigan
reaksiyalami o ‘rganish metodi, spektroskopik metodi kashf etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: