Bog'liq Hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi. Hamdamov I.H, Abilova S.A
Kimyoviy muvozanat va zanjir reaksiyalari. Ko‘pchilik kimyoviy reak
siyalar oxirigacha bormasligi sababli to ‘g‘ri va teskari reaksiyalar orasida
sodir bo‘ladigan muvozanat muhim rol o ‘ynaydi. Berilgan sharoitda to ‘g‘ri
va teskari reaksiyalar tezliklari tenglashadi va ko‘rilayotgan sistemada di-
namik muvozanat qarortopadi. Bu muvozanatni fransuz ximigi Le Shate-
lye 1884-yil o ‘z metodi asosida siljitdi. Bu metodga ko‘ra “agar muvozanatda
turgan sistemaga tashqi ta ’sir ko‘rsatilganda, muvozanat o ‘sha ta ’sirni
susaytiruvchi tom on siljiydi” . Le Shatelye bu qonunni sanoat sharoitlarida
qo'llab, ammiak ishlab chiqarishda, shisha va sement ishlab chiqarishda,
portlovchi m oddalar ishlab chiqarishda qo'lladi. Katalizatorlarning muvo-
zanatga ta ’sir etmasligini va muvozanatning tezroq qaror topishiga ta ’sir
etishini Le Shatelye ko‘rsatdi.
XIX
asming oxirida amerikalik ximik D. Gibbs kimyoviy termodinamika
asoslarini yaratdi. 0 ‘sha vaqtda kimyoviy reaksiyalami miqdoriy jihatdan
xarakterlash uchun kimyoviy potensial yoki erkin energiya degan tushun-
cha kiritildi. 0 ‘zgarmas bosim va haroratda reaksiya erkin energiyasining
o ‘zgarishi quyidagi tenglama asosida yoziladi:
AG=AH-TAS bu yerda ДН reaksiyaning issiqiik effekti, agar ДН<0
bo‘lsa, reaksiya ekzotermik, ya’ni issiqiik ajralib chiqadi, ДН>0 bo‘lsa,
reaksiya endotermik b o iib , issiqiik yutiladi. T-absolyut harorat, S-sistema
entropiyasining o ‘zgarishi.
Agar murakkab molekulalardan reaksiya natijasida oddiy molekulalar
hosil bo'lsa, u holda sistema entropiyasi o ‘sadi(oshadi). To‘g‘ri reaksiya-
larning o ‘zi o ‘tishi uchun erkin energiya kamayadi (AG<0). Agar A G >0
bo ‘lsa, reaksiya teskari yo‘nalishda sodir bo‘ladi. Agar A G = 0 bo‘lsa, siste
ma muvozanat holatida bo'ladi. Ammo bu mulohazalar reaksiya borishi va
bormasligi haqida hech qanday izoh bermaydi. Reaksiya borishini kimyoviy
kinetika tushuntirib berad i.0 ‘tgan asrda ikki tipdagi zarrachalardareaksiya
borishini tusliuntirib atom lar va molekulalarda erkin radikallar nazaryasi
bilan ukrainalik olim M.Gomberg (1866-1997) AQShga borib shug‘ullanadi.
Agar almashinish reaksiyasi sodir bo'lsa, u holda ajralib chiqadigan
energiya reaksiya mahsulotlari orasida taqsimlanadi. Ammo ko'pchilik reak
siyalar oraliq mahsulotlar hosil bo'lishi bilan boradi va faollashish energi
yasi kamayadi. Agar oraliq moddalar to'yinm agan valentlikka ega bo‘lsa,
erkin radikallar hosil bo'ladi.
1913-yili M.Bodenshteyn xlor va vodorod atomlari orasidagi reaksiya-
ni o ‘rganib, zanjir reaksiyalarga asos soldi. Bu quyidagicha boradi:
162