Bunday xolatlarni oldini olish uchun esa quyidagi oddiy qoidalarga qat’iy amal qilish zarur:
Isitish mavsumi boshlanishi oldidan pechlar, qozonxonalar, suv isitish kolonkalarining sozligi, mo’rikonlarining tozaligini tekshirib chiqing;
Nosoz, nostandart, qo’lbola yasalgan isitish va gaz moslamalaridan foydalanishiga aslo yo’l qo’ymang;
Bolalar va imkoniyati cheklangan kishilarni nazoratsiz qoldirmang;
Tabiiy gazdan foydalanishda turli xildagi rezina shlanglar, turli xil gaz so’rgichlardan foydalanmang;
Chet davlatlarda ishlab chiqarilgan isitish moslamalaridan faqat yo’riqnoma bilan yaxshilab tanishib chiqqandan keyingina foydalaning;
Agar xonaga tabiiy gazning to’lib qolganligini sezib qolsangiz !
Gaz plitalari va isitish pechlarini gaz tarmog’idan o’chiring;
Darrov eshik va derazalarni ochib, xonani shamollating;
Xonada elektr jixozlarini yoqmang, yoniq bo’lsa o’chirmang, chunki bu yong’in yoki gaz va havo aralashmasining chaqnashiga sabab bo’lishi mumkin;
Agar gaz chiqayotgan joyni o’zingiz aniqlay olmasangiz, 104 telefoni orqali shahar va tuman gazlashtirish idoralari avariya ta’mirlash guruhlariga qo’ng’iroq qiling.
Aziz fuqarolar yuqoridagi qoidalariga rioya qilish orqali o’zingiz va yaqinlaringiz hayotini, mol-mulkingizni Favqulodda vaziyatlardan va noxush xolatlardan asrab qolasiz.
25-AMALIYOT
MAVZU: JABRLANGANLARNI TRANSPORTIROVKA QILISHDA YORDAM KO’RSATISH.
Reja:
1. Shikastlangan odamlarni tashish va transportirovka qilish haqida ma’lumot.
2. Jabrlanganlarni transportirovka qilishda yordam ko’rsatish.
Shikastlangan odamlarni tashish va transportirovka qilishda yordam ko’rsatish. Shikastlangan odamlar tashiladigan asosiy vositalarga yer usti transporti (avtomobil, temiryo’l transporti), havo transporti (samolyot, vertolyotlar), suv transporti, sanitar va moslashtirilgan transportlar kiradi.
Shikastlangan odamlarni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirishda yoki transportlarga tashishda quyidagi usullar tafovut qilinadi: qo’lda, yelkada opichib, zambil tasmalari va qo’lda bor bo’lgan boshqa vositalardan foydalangan xolda 1-2 yoki bir necha kishilashib sanitar zambillarda olib borish.
Shikastlangan odamlarni olib borishda mumkin qadar ko’proq avaylaydigan sharoitlar yaratib, olib ketilayotgan odamni quiay va to’g’ri vaziyatda yotqizib qo’yish kerak. Olib borish va tashishda noto’g’ri harakat qilinsa, bu ahvolni yomonlashtirib, qo’shimcha shikast paydo bo’lishiga olib kelishi, qon oqishining kuchayishiga, singan suyak bo’laklarining o’rnidan surilib qolishiga sabab bo’lishi mumkin.
Oyoqlar jaroxatlangan, kalla suyaklari zararlangan paytda shikastlangan odamlar chalqancha yotgan xolda zambilga solinadi. Umurtqa pog’onasi singan bo’lsa, shikastlangan odamni qomi bilan yotgan xolda zambilga solinadi. Yoki chalqancha yotqiziladigan bo’lsa, umurtqa pog’onasining bukilib qolmasligi uchun zambil ustiga taxta, faner va boshqa buyum qo’yish kerak.
Qorin jaroxatlangan, shuningdek. chanoq suyaklari singan paytda shikasitlangan odamiaming oyoqlarini bukib, chalqancha yotqizgan xolda zambilga solinadi va shu xolda olib boriladi. Bunda tizzalari tagiga kiyimini dumaloqlab solinadi. oyoqiari yon tomonga sakerib qo’yiladi Ko’krak qafasi jaohatlangan kishilarni zambilda bosh tomonini yuqoriroq ko’tarb, ko’krak qafasi bosilib qolmasligi uchun yonboshlatib olib borish kerak.
Shikastlangan odamlarni zambilda va transportda olib borayotgan mahalda ularning ahvolini. bog’lam va shinalarning to’g’ri turganligini kuzatib borish kerak. Yo’l uzoq davom etadigan bo’lsa, shikastlangan odamning vaziyatini o’zgartirib qo’yish, bosh tomoniga, tagiga solingan kiyimlarni to’g’rilab berish, chanqog’ini bosish (qorni jaroxatlanganlardan tashqari) lozim.
Odatda, zambildagi shikastlangan odamning oyog’ini oldinga qilib olib boriladi. Ammo, u behush xolda yotgan bo’lsa. uni kuzatib borish mumkin bo’lishi uchun boshini oldinga qilib boriladi. Tik yuqoriga ko’tariladigan va pastga tushayotgan paytda zambilning gorizontal xolatini saqlash kerak. Shikastlanganlarni kasalxonada zinadan yuqoriga olib chiqilayotgan mahalda zambilning bosh tomonini oldinga qilib, pastga olib tushilayotganda oyoq tomonini oldinga qilib burib olinadi. Transportga chiqarishda bemor yotgan zambilning bosh tomonini oldinga to’g’rilab beriladi. transportga birinchi galda zambildagi bemorlar. undan keyin esa yuradigan bemorlar va yaradorlar chiqariladi.
Zambilning loaqal qo’lda yasalgan xili ham bolmasa, shikastlangan odamlarni qo’lda tasmalar va boshqa vositalar yordamida bir yoki ikki kishi bo’lib qo’lda ko’tarib olib borish mumkin (albatta, jaroxatning xolatiga qarab).
Masalan, Shikastlangan odamni qo’llar bilan orqaga opichib olib borish mumkin, bunda shikastlangan odam balandroq joyga o’tqizilib, uning oyoqlari orasiga, unga orqa o’g’irgan xolda bir tizzasini bukib cho’kkalanadi. Shikastlangan odam ko’taruvchi kishining yelkalaridan quchoqlab oladi, ko’taruvchi kishi esa ikkaia qo’li bilan uning sonlari tagidan ushlab o’rnidan turadi.
Shikastlangan odamni uzoqroq masofaga yelkaga qo’yib olib borish hammadan ko’ra qulayroq. Uni ko’taruvchi odam o’ng yelkasiga boshini orqaga qaratib o’tkaziladi. Ko’taruvchi kishi shikastlangan odamning oyoqlarini o’ng qo’li bilan quchoqlaydi va shu bilan birga uning o’ng bilagi yoki qo’li panjasini ushlab oladi. Shikastlangan odamning qo’l-oyoq suyaklari, umurtqa pog’onasi singan, ko’krak qafasi, qorni yaraiangan bo’lsa, u xolda bu usuldan foydalanib bolmaydi Ikki kishilashib «qulf qilib olish» usuli orqali ham shikastlangalarni tashish mumkin. Bunda ko’taruvchilar yonma-yon turishib, qo’llarini o’rindiq («qulf») xosil bo’ladigan qilib ushlashadi (33-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |