Engil is tekkanda bosh og’riydi, ko’z tinadi, ko’ngil ayniydi, quloq shang’illaydi, yuraksezilarsiz uradi, bosh aylanadi, darmonsizlanish kuzatiladi.
Kuchli is tekkanda uyqu bosadi, ko’z qorachig’i kengayadi, nafas olish yuzaki bo’ladi, tomir tez uradi va odam xushidan ketib, tibbiy yordamga muxtoj, (ochiq xavoga) xavfsiz xududga olib chiqilmasa xalok bo’ladi.
Vrach yoki tez yordam mashinasi etib kelgunicha is tekkan kishini iloji boricha sof toza havoga olib chiqib, novshadil spirti (5-10% ammiakli suv) hidlatish, ko’krak qafasini uqalash va erkin nafas olishiga qo’yib berish, ko’rpaga o’rab atrofiga grelka qo’yish kerak. Xushiga kelgach issiq choy, kofe, qatiq va boshqa sut maxsulotlari (smetana, qaymoq) dan berish mumkin.
Vaqtinchalik gazli va spirtli ichimliklar, sho’r va achchiq, qovurilgan go’sht maxsulotlari mumkin emas.
Viloyatimiz axolisi orasida qishning sovuq kunlarida fuqarolar tomonidan uylarini isitish maqsadida, tabiiy gaz yoki turli xildagi yoqilg’i mahsulotlaridan foydalanishadi.
Yoqilg’i mahsulotlari ichida boshqalariga nisbatan xavfliroq bo’lgani bu tabiiy gaz hisoblanadi. Tabiiy gazning to’liq yonmasligi, gaz oqimining bexosdan uzilib qolishi, xona ichida gaz to’planishi, gazni yoqib qarovsiz qoldirishi, isitish tizimlariga gazni ulashda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmasligi oqibatida portlash va yong’in sodir bo’lishi hamda tabiiy gaz va is gazlaridan zaharlanish xolatlari bilan bog’liq favqulodda vaziyatlar sodir bo’lishi mumkin. Buning natijasida insonlar turli xil tan jarohatlari olishi yoki hayotdan ko’z yumishadi.
Is gazi - xonadonlarimizda foydalaniladigan tabiiy gazning to’liq yonmasligi, ko’mir va organik moddalarning chala yonishidan xosil bo’ladigan gazdir. Is gazi inson organizmining nafas yo’llari va nafas a’zolariga kuchli ta’sir qiladi. Is gazi nafas yo’llari orqali organizmni, xususan markaziy asab sistemasini zararlaydi.
Is gazidan qator organik moddalar sintez qiluvchi korxonalarda, garajlarda ventilyasiya yomon bo’lganda, yangi bo’yalgan shamollatilmaydigan xonalarda, shuningdek uy sharoitlarida tabiiy gaz yonib turganda va pechka bilan isitiladigan uylarda va pechka qopqog’i o’z vaqtida yopilmaganda zaharlanib qolish mumkin.
Is gazidan zaharlanish uning havodagi konsentratsiyasi va ta’sir muddatiga bog’liq bo’ladi. Zaharlanish engil, o’rta va og’ir darajalarda bo’ladi, bunday xollarda bosh qattiq og’riydi, aylanadi, kusish, hushdan ketish hamda nafas olish sekinlashadi ba’zan o’limga ham olib keladi. Is gazining havodagi o’limga olib keladigan konsentratsiyasi 0,08 foizni tashkil etadi.
Birinchi yordam ko’rsatish uchun avvalo, zaharlangan kishini zudlik bilan toza havoga olib chiqish zarur. Yuzaki nafas olishda yoki nafas olish to’xtab qolganda sun’iy nafas oldira boshlash lozim. Agar bemor hushida bo’lsa, tananing yuqori qismi qisib turuvchi kiyimlardan bo’shatiladi, issiq choy va qahva ichiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |