03.03.2022, 15
:
25
1006-XII-
сон
28.12.1993. Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida
Страница
1
из
10
https://lex.uz/ru/docs/-99882
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
MAHSULOTLAR VA XIZMATLARNI SERTIFIKATLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
Oldingi
tahrirga qarang.
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasida mahsulotlar, xizmatlar va boshqa obyektlarni
shu jumladan ishlab chiqarish jarayonlarini, menejment tizimlarini, muvofiqlikni baholash
sohasida xodimlar sifatida ishtirok etishga talabgor mutaxassislarni (matnda bundan keyin
“mahsulotlar” deb yuritiladi) sertifikatlashtirishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini,
shuningdek sertifikatlashtirish ishtirokchilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini
belgilab beradi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
I BOB. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Asosiy tushunchalar
Mazkur Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar ishlatilmoqda:
“sertifikatlashtirish milliy tizimi” — davlat miqyosida amal qiladigan, sertifikatlashtirish
o‘tkazishda o‘z tartib va boshqaruv qoidalariga ega bo‘lgan tizim;
“mahsulotlarni sertifikatlashtirish” (matnda bundan keyin “sertifikatlashtirish” deb
yuritiladi) — mahsulotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlashga oid faoliyat;
“muvofiqlik sertifikati” — sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga
muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga binoan berilgan hujjat;
“muvofiqlik belgisi” — muayyan mahsulot yoxud xizmat aniq standartga yoki boshqa
normativ hujjatga mos ekanligini ko‘rsatish uchun mahsulotga yoxud ko‘rsatilgan xizmatga
doir hujjatga qo‘yiladigan, belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan belgi;
Oldingi
tahrirga qarang.
“mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) sertifikatlashtirish tizimi” — ayni bir xil standartlar
va qoidalar qo‘llaniladigan muayyan mahsulotlar, ishlar yoki xizmatlarga taalluqli
sertifikatlashtirish tizimi;
(1-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-
sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Oldingi
tahrirga qarang.
“sifat bo‘yicha ekspert-auditor” — qonunchilikda belgilangan tartibda attestatsiyadan
o‘tkazilgan, muvofiqlikni baholash sohasidagi ishlarni olib borish uchun tegishli malakaga ega
bo‘lgan mutaxassis;
“sertifikatlashtirish bo‘yicha inspeksiya organi” — qonunchilikda belgilangan tartibda
akkreditatsiya qilingan, sertifikatlashtirilgan mahsulotlar ustidan sertifikatlashtirish
organlarining topshirig‘iga ko‘ra inspeksiya nazoratini amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
(1-moddaning yettinchi va sakkizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
“sertifikatlashtirilgan mahsulotlar ustidan inspeksiya nazorati” — sertifikatlashtirilgan
03.03.2022, 15
:
25
1006-XII-
сон
28.12.1993. Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida
Страница
2
из
10
https://lex.uz/ru/docs/-99882
mahsulotlarning sertifikatlashtirilayotganda belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash
maqsadida amalga oshiriladigan sertifikatlashtirilgan mahsulotlarni davriy takroriy baholash
tartib-taomili.
(1-moddaning yettinchi — o‘ninchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-
dekabrdagi O‘RQ-381-sonli
Qonuniga
asosan yettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilarga
almashtirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |