22-modda.
Sertifikatlashtirish
organlarining
va
sinov
laboratoriyalarining
(markazlarining) javobgarligi
Sertifikatlashtirish organi:
muvofiqlik sertifikatini asossiz va qonunga xilof tarzda berganlik uchun;
arizachiga nisbatan qonunga xilof xatti-harakatlar qilganlik uchun;
arizachining tijorat siri hisoblangan ma’lumotlarni oshkor etganlik uchun javobgar
bo‘ladi.
Akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyasi (markazi) sertifikatlashtirish organiga
sinovlarning natijalari haqida noto‘g‘ri ma’lumot berganlik uchun javobgar bo‘ladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalari (markazlari) mazkur moddada aytib
o‘tilgan xatti-harakatlar natijasida arizachiga yetkazilgan zararning o‘rnini qonunchilikda
belgilangan tartibda to‘la hajmda qoplashlari shart.
(22-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
23-modda. Tayyorlovchilarning (tadbirkorlarning) majburiy sertifikatlashtirish
qoidalarini buzganlik uchun javobgarligi
03.03.2022, 15
:
25
1006-XII-
сон
28.12.1993. Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida
Страница
10
из
10
https://lex.uz/ru/docs/-99882
Oldingi
tahrirga qarang.
Oldingi
tahrirga qarang.
Tayyorlovchilar (tadbirkorlar) majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini buzganlik uchun
qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladilar.
(23-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan sertifikatlashtirilmagan mahsulotni
realizatsiya qilganlik uchun tayyorlovchining (tadbirkorning) mansabdor shaxslari, shuningdek
yakka tartibdagi tadbirkor — tayyorlovchilar ma’muriy
javobgarlikka tortiladi
.
(23-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganligi tayyorlovchilarni (tadbirkorlarni) majburiy
sertifikatlashtirishni o‘tkazishdan ozod qilmaydi.
(23-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli
Qonuniga
asosan
uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 28-dekabr,
1006-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 50-modda; O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 217-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda;
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 14-son, 113-modda; 2006-y., 41-son, 405-
modda; 2013-y., 41-son, 543-modda; 2014-y., 50-son, 588-modda; 2016-y., 3(I)-son, 32-modda; Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |