3-Mа’ruzа: Faoliyat xavfsizligini tashkil qilish
Reja:
1. Faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimi, xavfsizlikni ta’minlashga oid tadbirlarni rejalashtirish, mablag‘ bilan ta’minlash.
2. Faoliyat xavfsizligi talablariga amal qilishga o‘qitish tizimi.
3. Faoliyat jarayoni vaqtida yuzaga keladigan jarohatlanishlar va kasb kasalliklari, ularning kelib chiqish sabablari, tahlil qilish, oldini olish tadbirlari, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari.
Faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimi, xavfsizlikni ta’minlashga oid tadbirlarni rejalashtirish, mablag‘ bilan ta’minlash.
Faoliyat xavfsizligini boshqarish deganda ko'zda tutilgan natijalarga erishish "inson-muhit" tizimiga tashkiliy ta'sir qilishni tushunamiz.
HFXni boshqarish - bu obyektni ongli ravishda bir holatdan (xavfli) boshqa bir (xavfsiz) holatga o'tkazishdir. Bunda obyektiv ravishda iqtisodiy va texnik shartlarga amal qilish maqsadga muvofiqdir. Tizimlilikka bolgan talab shundan iboratki, bunda xavfsizlikni aniqlashda muhim va yetarli bo'lgan tashkil qiluvchilar sonini hisobga olish ko'zda tutiladi.
Tizimli tahlil qilishhing muhim tamoyillari quyidagilarga olib keladi: qaror qabul qilish jarayonida oxirgi maqsadni aniqlashi va aniqlik kiritishdan boshlanmog'i kerak; butun muammolarni to'laligicha qarash muhimdir; maqsadga erishishningii alternativ yo'llarini tahlil qilish muhimdir; qo'shimcha maqsadlar umumiy maqsadga to'sqinlik solmasligi kerak. Bunda maqsad - reallik, predmetlik, sonli aniqlik, adekvatlik, samaralilik, nazoratlilik talablarini qondirmoqligi kerak.
Maqsadlarni vujudga keltirish - xavfsizlikni boshqarishda juda murakkab masaladir. Maqsadni har doim iyerarxik tushuncha deb qarash kerak. Reja har doim aniq tugallangan maqsadni amalga oshirishga yo'naltirilgan bo'lishi lozim. Bu bosh maqsaddir, umuman qism maqsadlarga bo'linadi va o'z navbatida muhimlik darajasiga qarab joylashtiriladi.
Bosqichlarda, xavfsizlikning barcha talablari hisobga olingan holda, to'liq faoliyat sikli hosil qilinadi, ya'ni: ilmiy fikr, ilmiy izlanish ishlari, konstruktorlik ishlari, loyiha, loyihani amalga oshirish, sinash, ishlab chiqarish, tashish, foydalanish, takomillashtirish va tuzilishini o'zgartirish, saqlashga qo'yish va bartaraf qilish, yo'q qilish.
Xavfsizlik talablarini o'z vaqtida hisobga olish faqat texnik shartlargagina emas, balki iqtisodiy qarashlarga tayanadi.
Boshqarish - bu shunday jarayonki, uni bir qancha bosqichlarga bo’lish mumkin:
1. Obyektning holatini tahlil qilish va baholash;
2. Boshqarishning maqsad va masalalarini amalga oshirish uchun tadbirlarni rejalashtirish va oldindan aniqlash;
3. Boshqaruvchi va boshqariladigan tizimlami bevosita tashkil qilish;
4. Nazorat, ya'ni boshqarishni tashkil qilish ustidan kuzatish va tekshirish;
5. Tadbirlarning samaradorligini aniqlash;
6. Rag'batlantirish, ya'ni boshqarish qatnashchilarini boshqaruv muammolarini muvaffaqiyatli hal qilishga undovchi ta'sir shakllari.
HFXni boshqarish vositalarini quyidagi jihatlarga ajratish mumkin: fiziologik, psixologik, ijtimoiy, tarbiyaviy, ergonomik, ekologik, ommani o'qitish; xavfsiz xulq madaniyatini tarbiyalash; kasbiy o'qitish; kasbiy tanlash; boshqarish subyektiga psixologik ta'sir qilish; dam olish va ishlash rejimlarini qulaylashtirish; jamoa himoyalanishning texnik va tashkiliy vositalari; shaxsiy himoya vositalari; yengillik va kompensatsiya to'lovlari tizimi va boshqalar, tibbiy, texnik, tashkiliy-operativ, huquqiy va iqtisodiy. HFXni boshqarish vositalari boy va rang-barangdir. Bularga quyidagilar kiradi: xalq ommasini o'qitish, kasbiy tanlash, boshqarish subyektiga psixologik ta'sir qilish; dam olish, ishlash rejimlarini qulaylashtirish; jamoa himoyalanishning texnik va tashkiliy vositalari; shaxsiy himoya vositalari; yengillik va kompensatsiya tolovlari tizimi va boshqalar. Korxona ma’muriyati, mahalliy kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan birgalikda Hayot faoliyati xavfsizligiga doir tadbirlarni rejalashtiradi va tashkiliy texnik tadbirlarni ishlab chiqadi. Kompleks reja yillik, besh yillik yoki ko‘p yillik rejalardan tashkil topadi. Bunda fan va texnikaning Hayot faoliyati xavfsizligi sohasida erishilgan yutuqlari hamda korxonaning rivojlanishi istiqbollari hisobga olinadi. Ishning bajarilishini nazorat qilish Hayot faoliyati xavfsizligi muhandisi zimmasiga, uni amalga oshirishga javobgarlik esa korxona sexlari, bo‘limlari boshliqlari zimmasiga yuklatiladi. Maxsus mablag‘ni va moddiy ta’minotdan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin emas. Mablag‘ ishlatib bo‘lingandan keyin dalolatnoma to’ziladi.
Hayot faoliyati xavfsizligiga doir tadbirlar qo‘yidagi mablag‘lar hisobiga tam’inlanadi:
-Davlat va markazlashtirilgan kapital mablag‘lar, shu jumladan ishlab chiqarishni rivojlantirish jamg‘armasi, ijtimoiy-madaniy va uy-joy qurilish jamg‘armasi;
-Agar tadbirlar asosiy vositalarni kapital to’zatish bilan bir vaqtda amalga oshiriladigan bo‘lsa, amortizatsiya jamg‘armasi;
-Agar harajatlar kapital harajat bo‘lsa, asosiy faoliyat sex va umumharajat mablag‘lari;
-Yangi texnika joriy etish yoki ishlab chiqarishni kengaytirish uchun bank tomonidan beriladigan qarzlar.
3.2. Ishlovchilarni faoliyat xavfsizligi talablariga amal qilishga o‘qitish tizimi.
Mutахаssis vа rаhbаr хоdimlаrning faoliyat xavfsizligi bo’yichа bilimlаrini оshirish uchun kоrхоnа, bоshqаruv bo’limlаridа dаvlаt nаzоrаt tаshkil оtlаri ilmiy tаdqiqоt institutlаri vа tаrmоq mutахаssislаrini jаlb qilgаn hоldа kurslаr, sеmеnаrlаr, mа’ro’zаlаr hаmdа mаslаhаtlаr tаshkil qilinаdi.
Mehnatni muhofaza qilish xonasi. Sanoat korxonalarida mehnatni muhofaza qilish masalalarini targ'ibot qilish va xavfsizlik texnikasi yo'riqnomalaridan o’tkazish maqsadida mehnatni muhofaza qilish хоnаi tashkil qilinadi. Bu хоnаlarning hajmi mashinasozlik sanoatida ushbu korxonada mehnat qilayotgan ishchilar soniga qarab belgilanadi.
Mehnatni muhofaza qilish хоnаlaridan quyidagi hollarda foydalaniladi:
Ishga yangi kirayotgan ishchi va xizmatchilarni xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi bo'yicha yo'riqnomalardan o'tkazish, shuningdek, bu yerda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylari talabalarini ishlab chiqarish amaliyoti vaqtida kirish yo'riqnomasidan o'tkazish.
Xavfsizlik texnikasi bo'yicha maxsus bilim talab qiladigan ishlarda mehnat qilayotgan ishchilar bilan suhbatlar o'tkazish, korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan dastur bo'yicha muhandis-texnik xodimlar va kasaba uyushmasi faollari bilan mehnatni muhofaza qilish masalalarida seminarlar o'tkazish.
Mehnatni muhofaza qilish haqidagi kinofilmlar namoyish qilish, suhbatlar o'tkazish va ma'ruzalar uyushtirish.
Sanoatda jarohatlanish va kasb kasalliklarini kamaytirish sohasidagi korxona yutuqlarini va turdosh korxonalar yutuqlarini ko'rsatuvchi vistavkalar tashkil qilish.
Mashinasozlik sanoatida mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilashi mumkin bo'lgan, ishlab chiqarishning yangi usullari, yangi materiallar, ishlab chiqarish jarayonlari fan va texnikaning yutuqlarini targ'ib qilish.
Mehnatni muhofaza qilish хоnаni yangi zamonaviy modellar bilan jihozlanishi, ko'rgazmali qurollar (plakatlar, sxemalar, maketlar, natural eksponatlar, diafilmlar) bilan ta'minlanishi ishchi va xizmatchilarni kirish yo'riqnomasidan otkazish va muhandis-texnik xodimlar bilan seminar o'tkazishga kerak bo'ladigan uslubiy ko'rgazmalar, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish ma'lumotnomalari va targ'ibotning texnik vositalari (kinoproektor, diaproektor, epidioskoz, filmoskoz va boshqalar) bilan jihozlanishi, o'qish-o'rgatish qurollari bo'lishi kerak.
Mehnatni muhofaza qilish хоnаdagi ko'rgazmali qurollar sanoat korxonasining ishlab chiqarish xususiyati va unda mehnat qilayotgan ishchilar soniga, shuningdek, kelajakda rivojlanish rejasiga bog'liq.
Ishchilar bilan yo‘riqnoma o‘tkazish. Yo‘riqnomalar ikki xil bo‘ladi: kirish va ish joyida o‘tkaziladigan yo‘riqnoma. O‘z navbatida ish joyida o‘tkaziladigan yo‘riqnoma 3 xil bo‘ladi: dastlabki, davriy va navbatdan tashqari.
Kirish yo‘riqnomasi. Barcha ishga yangi kiruvchilar, boshqa korxonalardan xizmat safariga jo‘natilganlar (ish malakasi va stajidan qat’iy nazar) amaliyot o‘tayotganlar va shogirdlar kirish yo‘riqnomasini o‘tadilar. Uni korxonaning Hayot faoliyati xavfsizligi bo‘yicha mas’ul xodimi yoki shu vazifa yuklatilgan boshqa rahbar xodim o‘tkazadi. Agar ishga qabul qilish bevosita sexlarda amalga oshirilsa, kirish yo‘riqnomasini shu sexning boshlig‘i o‘tkazishi kerak.
Shikastlanganlarga dastlabki yordam ko‘rsatish, yong‘in xavfsizligi va boshqa maxsus masalalar bo‘yicha yo‘riqnomalarni tegishli mutaxassislar olib boradilar.
Kirish yo‘riqnomasi maxsus adabiyot, ko‘rgazmali qurollar bilan jihozlangan Hayot faoliyati xavfsizligi xonasida, zamonaviy texnik vositalardan foydalangan holda o‘tkaziladi. Kirish yo‘riqnomasi guruh bilan va yakka tartibda o‘tkazilishi mumkin. Guruh bilan o‘tkazilganda eshituvchilar soni 10 kishidan oshmasligi kerak. Kirish yo‘riqnomasi o‘tkazilganligi haqida maxsus jurnalga va ishchi qo‘liga topshiriladigan ishga kirish varaqasiga yozib qo‘yiladi.
Kirish yo‘riqnomasining dasturi:
1. Korxona to‘g‘risida umumiy ma’lumot.
2. Hayot faoliyati xavfsizligi.
Xavfsizlik standartlari tizimlari haqida umumiy ma’lumot. Ish vaqti va dam olish vaqti. Ayollar va balog‘atga etmaganlar mehnatini muhofaza qilish. Davlat, tarmoq va jamoat nazorati. Korxonada baxtsiz hodisalarni taftish qilish. Ichki mehnat tartibi qoidalari.
3.Xavfsizlik texnikasi.
Xavfli, zararli ishlab chiqarish omillari va ulardan himoyalanish. Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarning va kasb kasalliklarining asosiy sabablari. Xavfsizlik standartlari tizimlarida ishlab chiqarish jarayonlariga va uskunalariga qo‘yiladigan talablar. Uskunalarning asosiy xavfsizlik qoidalari. Ogohlantiruvchi, to‘suvchi va signal beruvchi vositalar. Xavfsizlik ranglari va belgilari. Elektr toki bilan jarohatlanish xavfini oshiruvchi sharoitlar. Jarohatlarning oldini olish tartiblari.
Ish joyini xavfsiz tashkil qilish va saqlashga qo‘yiladigan talablar. Yuk ko‘tarish va tashish mexanizmlari, ichki transport vositalaridan xavfsiz foydalanish qoidalari.
4. Ishlab chiqarish sanitariyasi.
Ishlab chiqarish muhitining asosiy sanitariya-gigiyenik omillari. Mehnat sharoitini yaxshilash bo‘yicha asosiy tadbirlar (texnik va tashkiliy, sanitariya-gigiyenik, davolash-profilaktik). Ish joylari havosini almashtirishning zarurati va tuzilishi. Yorug‘likni to‘g‘ri tashkil qilish. Shovqinga qarshi tadbirlar.
5. Shaxsiy himoya vositalari, ulardan foydalanish me’yor va qoidalari. Himoya vositalariga qo‘yiladigan talablar. Korjomalar maxsus poyafzallar. Qo‘l, bosh, yuz, ko‘z, nafas a’zolari, quloqni himoya qilish. Ogohlantiruvchi moslamalar.
6. Shaxsiy gigiyena qoidalari. Sanitariya kiyimlari, poyafzallari va vositalariga qo‘yiladigan talablar.
7. Korxonada yong‘in xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar.
8. Mexanik jarohat olganda, kuyganda, kislota va ishqorlar bilan kuyganda zaharlanishda, elektr va ko‘z jarohatlari olgandagi dastlabki yordam.
9. Xavfsizlik texnikasi yo‘riqnomalari buzilganda qo‘llanadigan javobgarlik.
Ish joyida o‘tkaziladigan yo‘riqnoma. Barcha ishchilar kirish yo‘riqnomasidan tashqari ish joyida o‘tkaziladigan yo‘riqnomalarni ham bilishlari lozim. Ish joyida o‘tkaziladigan yo‘riqnomadan maqsad - har bir ishchini to‘g‘ri va xavfsiz ish usullariga o‘rgatish hisoblanadi. Yo‘riqnomani o‘tkazish jarayonida ishchiga u ishlaydigan uskunada bajariladigan texnologik jarayon, uning harakat uzatish mexanizmlari, xavfli joylari, konstruktiv xusustiyatlari, paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavflar, ishni xavfsiz bajarish usullari, ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish va shu kabi masalalar tushuniladi.
Yo‘riqnoma o‘tkazish ishchining bevosita rahbari bo‘lgan ustaga yuklatiladi. Ayrim zarur hollarda bu yo‘riqnoma tegishli mutaxassislar (mexanik, energetik, texnolog) ishtirokida o‘tkaziladi.
Xodimlarga elektr xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazish va malaka guruhi berish korxona bosh energetigi zimmasiga yuklatiladi.
Ish joyida o‘tkaziladigan yo‘riqnoma ishni xavfsiz olib borish qoidalari asosida sex boshliqlari tomonidan tuzilgan va korxona bosh muhandisi tasdiqlagan dastur bo‘yicha olib boriladi. Bu yo‘riqnomalar ruyxatini korxona bosh muhandisi kasaba uyushmasi raisi bilan birgalikda tasdiqlaydi. Ish joyida o‘tkaziladigan dastlabki yo‘riqnoma ishchini mustaqil ishlashga qo‘yishdan oldin yoki ish harakteri o‘zgargan hollarda o‘tkaziladi.
Korxonaga ishga kirayotgan shaxs kasbiy malakasini malakali va tajribali ishchiga biriktirib qo‘yish orqali oshiradi. Bunday biriktirib qo‘yish sex boshlig‘ining vazifasi hisoblanadi.
Dastlabki yo‘riqnoma o‘tkazish yo‘riqnomalarni rasmiylashtirish jurnaliga yozib qo‘yish orqali mustaxkamlanadi. Barcha ishchilar o‘ta xavfli ishlarni bajarishga vazifa olishlaridan avval javobgar rahbar tomonidan yo‘riqnoma olishlari va bu haqda jurnalga xavfsizlik choralari ko‘rsatilgan holda rasmiylashtirilishi kerak. Ish joylarida o‘tkaziladigan yo‘riqnomaning dasturi.
1. Texnologik jarayon va uskuna haqida umumiy ma’lumotlar. Asosiy xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari.
2. Ish joyig’a qo‘yiladigan xavfsizlik talablari.
3. Uskunaning (mashina, dastgoh, mexanizm) tuzilishi. Xavfli joylari, to‘siqlari, ogohlantiruvchi moslamalari, blokirovka va signal berish tizimlari.
4. Ishga tayyorgarlik tartibi (uning sozligini, kerakli asbob-uskunalarning mavjudligini, yerga ulash va boshqa himoya vositalarining mavjudligini tekshirish).
5. Xavfsiz ishlash usullari, xavfli vaziyatlar paydo bo‘lganda qilinadigan ishlar.
6. Korjomalar, shaxsiy himoya vositalari va ulardan foydalanish.
7. Ishchilarni elektr xavfsizligini ta’minlashiga qo‘yiladigan asosiy talablar.
8. Sexda xavfsiz harakatlanish sxemasi.
9. Yuk ortish-tushurish va tashish ishlarida xavfsizlik talablari. Yuk ko‘tarish, tashish uskunalari va mexanizmlarini xavfsiz ishlatish.
Davriy yo‘riqnoma. Ishchining malakasi va ish stajidan qat’iy nazar har 6 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda xavfsiz ishlash usullari bo‘yicha davriy yo‘riqnoma o‘tkazib turiladi. Bunday asosiy maqsad-ishchining asosiy va doimiy bajarib turadigan ishida xavfsizlik qoidalari bo‘yicha bilimlarini yangilab va to‘ldirib turishdir.
Davriy yo‘riqnoma yakka tartibda va guruh (bir xil kasbdagi ishchilar) bilan o‘tkazilishi mumkin, bunda sex yoki korxonada bo‘lib o‘tgan noxush hodisalarni talqin qilgan holda suhbat o‘tkaziladi.
Turli sabablar bilan (ta’til, kasallik, mehnat safari va h.k) o‘z muddatida ishchilarga o‘tkazilmagan yo‘riqnoma keyinchalik o‘tkaziladi. Davriy yo‘riqnoma o‘tkazilganligi haqida jurnalga yozib rasmiylashtirilib qo‘yiladi.
Navbatdan taashqari quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
- texnologik jarayon o‘zgarganda, bir uskuna o‘rniga boshqa uskuna o‘rnatilganda va mehnat sharoiti o‘zgartirilganda;
- sex bo‘limi yoki brigadada baxtsiz hodisa yoki avariya ro‘y byerganda;
- ishlarni xavfsiz bajarish bo‘yicha yangi qoida va yo‘riqnomalarni ishchilar diqqatiga etkazish zarurati to‘g‘ilgan hollarda;
- ishlab chiqarish intizomi qoida va yo‘riqnomalarni talablari buzilishi aniqlangan hollarda.
Navbatdan tashqari yo‘riqnomada dastlabki yo‘riqnomaning shu yo‘riqnoma o‘tilishiga sabab bo‘lgan qismigina ko‘rib chiqiladi. Bu yo‘riqnoma ham dastlabki va davriy yo‘riqnoma singari bevosita rahbar (usta) tomonidan o‘tkaziladi va jurnalga yozib rasmiylashtiriladi va sababi ko‘rsatiladi.(2.1-rasm)
Maqsadli yo‘riqnoma. Quyidagi hollarda o‘tkaziladi: Ishchining mutaxassisligi bo‘yicha bog‘liq bo‘lmagan bir martalik ishlarni bajarish uchun; Alohida xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini berishdan oldin, barcha ishchilarga har safar ishlarning mas’ul rahbari ishchilarga beradi, naryad-dopusk rasmiylashtiriladi va bu haqda ish joyida yo‘riqnomalarni ro‘yxatga olish jurnaliga ko‘rilgan xavfsizlik choralarini ham qo‘shib, qayd etadi.
2.1-rasm. Ishchilarni xavfsiz usul va metodlari bo’yicha yo’ruqnoma berish va o’qitish.
2.3. Ishlab chiqarishda faoliyat jarayoni vaqtida yuzaga keladigan jarohatlanishlar va kasb kasalliklari, ularning kelib chiqish sabablari, tahlil qilish, oldini olish tadbirlari, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari.
Ishlab chiqarishda faoliyat jarayoni vaqtida xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga, me’yor va tavsiyanomalariga rioya qilmaslik ishchilarni jarohatlanishga, zaharlanishga va kasb kasalliklariga olib kelishi mumkin.
Jarohatlanish uch turga bo‘linadi.
1. Ishlab chiqarishda, ish joyida jarohatlanish;
2. Ish bilan bog‘liq lekin ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan jarohatlanish;
3. Ishlab chiqarish va ish bilan bog‘liq bo‘lmagan jarohatlanish.
Ishlab chiqarishda, ish joylarida olingan jarohatlanishga, ishchi ma’muriyat tomonidan buyurilgan ishni bajarish chog‘ida ish joyida, sexda, zavod hududida yuk ortish va yuk tushirish yoki ba’zi yuklarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish vaqtida olgan jarohatlanishlar kiradi.
Ikkinchi tur jarohatlanishlar ishga borib-kelish vaqtida transport vositalarida, komandirovka vaqtida yoki korxona ma’muriyatining topshirig‘iga muvofiq ishlab chiqarish hududidan tashqaridagi ba’zi bir ishlarni bajarganda olingan jarohatlanishlardan iborat.
Uchinchi tur jarohatlanishga mast bo‘lish natijasida olingan jarohatlar, davlat mulkini o‘g‘irlash va boshqa shunga o‘xshash holatlardagi jarohatlanishlar kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda, shuningdek, mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan ayrim fuqarolarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq holda yuz byergan hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olishning yagona tartibini belgilaydi.
Mazkur tartib:
• ishlab chiqarishda ishlayotgan davrida sud hukmi bo‘yicha jazoni o‘tayotgan fuqarolarga;
• ish beruvchilarga;
• pudrat va topshiriqlarga ko‘ra fuqarolik-huquqiy shartnomalarlar bo‘yicha ishlarni bajarayotgan shaxslarga;
• tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda qatnashayotgan fuqarolarga;
• agar maxsus davlatlararo bitimda o‘zgacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa yollanib ishlayotgan chet el fuqarolarga;
• qurilish, qishloq xo‘jaligi va harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lmagan o‘zga ishlarni bajarish uchun korxonaga yuborilgan harbiy xizmatchilarga, shu jumladan, muqobil xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga;
• korxonada ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan talabalar va o‘quvchilarga ham tadbiq etiladi.
Korxona hududida va uning tashqarisida mehnat vazifasini bajarayotganda (shuningdek, xizmat safarlarida) yuz byergan jarohatlanish, zaharlanish, kuyish, cho‘kish, elektr toki va yashin urishi, o‘ta issiq yoki o‘ta sovuq harorat ta’siri, portlash, falokat, imoratlar, inshoatlar va konstruksiyalar buzilishi natijasida hamda sudralib yuruvchilar, hayvonlar va hashoratlar tomonidan shikastlanishlar, shuningdek, tabiiy ofatlar (yer qimirlashlar, o‘pirilishlar, suv toshqini, to‘fon va boshqalar) natijasida salomatlikning boshqa xil zararlanishlari:
• ish beruvchi topshiriq bermagan bo‘lsa ham, lekin korxona manfaatlarini ko‘zlab qandaydir ishni amalga oshirilayotgandagi;
• avtomobil, temir yo‘l, havo yo‘llari, dengiz va daryo transportida, elektr transportida yo‘l harakati hodisasi natijasidagi;
• korxona transportida yoki shartnoma (buyurtma) ga muvofiq o‘zga tashkilot transportida ishga ketayotgan yoki ishdan qaytayotgandagi;
• ish vaqtida shaxsiy transportda, uni xizmatga oid safarda ishlatish huquqi berilganlik haqida ish beruvchi farmoyishi bor bo‘lgandagi;
• mehnat faoliyati xizmat ko‘rsatish ob’ektlari orasida yurish bilan bog‘liq ish vaqtida jamoat transportida yoki piyoda ketayotgandagi;
• shanbalik (yakshanbalik) o‘tkazilayotganida, qayerda o‘tkazilishidan qat’iy nazar, korxonalarga otaliq yordami ko‘rsatilayotgandagi;
• ish vaqtida mehnat vazifasini bajarayotganda boshqa shaxs tomonidan tan jarohati etkazilganda va h.k.
Ikki yoki undan ortiq ishchilar jabr ko‘radigan baxtsiz hodisalar, shuningdek, o‘limga olib keluvchi yoki nogiron etuvchi baxtsiz hodisalarni alohida ta’kidlash zarur. Bunday hodisalar to‘g‘risida ish beruvchi sutka davomida quyidagi tashkilotlarga ma’lum qilishi shart:
• O‘zbekiston Respublikasi sub’ekti bo‘yicha Davlat mehnat inspeksiyasi;
• Ijrochi hoqimiyatning tegishli organlariga;
• Baxtsiz hodisa ro‘y byergan joy bo‘yicha prokuraturaga;
• O‘zbekiston Respublikasi sub’ektining ijrochi hoqimiyat organlariga;
• Davlat nazorat organlariga (agar baxtsiz hodisa shu organ nazoratidagi tashkilotda yuz byergan bo‘lsa);
• Tegishli kasaba uyushmalari organlariga.
Tergov tarkibida quyidagilar mavjud komissiya tomonidan olib boriladi:
• Hayot faoliyati xavfsizligi bo‘yicha Davlat nazoratchisi;
• O‘zbekiston Respublikasi sub’ektining ijroiya hoqimiyat organlari vakili;
• Kasaba uyushmalari organi vakili.
Jarohatlanish va kasb kasalliklarini o‘rganish usullari:
1.Statistika usuli. Bu usul baxtsiz hodisalarning umumiy statistik hisobga olingan sanoat jarohatlanishi materiallarini tahlil qilishga asoslangan.
bunda P - ma’lum vaqt ichidagi jarohatlanganlar soni; T - shu vaqt ichida korxonada ishlagan ishchilar soni.
Baxtsiz hodisaning og‘irlik koeffitsientini, ya’ni har bir jarohatlanishning o‘rtacha yo‘qotilgan ish kunlari hisobini ko‘rsatuvchi K ni qo‘yidagi formula bilan aniqlash mumkin.
bunda P-hamma baxtsiz hodisaga uchraganlar tomonidan yo‘qotilgan ish kunlari soni; R-shu davrda baxtsiz hodisaga uchraganlar soni.
Statistika usulini ikkiga bo‘lib karash qabul qilingan: guruh va topografik usullardir.
Guruh usuli. Statistik usulning tarkibiy qismi hisoblanadi va baxtsiz hodisalarning bir xil sharoitlarda va ayrim belgilari bilan (masalan vaqti va sodir bo‘lgan joyi, baxtsiz hodisaning xusustiyatini va h.k.) guruh holida takrorlanishini aniqlash imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |