2. Tarbiyachilarni kasbiy mahoratini rivojlantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha tajriba-sinov natijalari tahlili Psixologo-pedagogik, metodik adabiyotlarni, amaliyotni, ilg‘or tajribalarni o‘rganish asosidaTarbiyachilarni kasbiy mahoratini rivojlantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha metodik ish tizimini tajriba-sinovdan o‘tkazishni zarur deb topdik.
Shu maqsadda tajriba-sinov ishlari Toshkent shahridagi 429 hamda 561-MTMlarda 2015 yil dekabridan 2016 yilning aprel oyigacha o‘tkazildi.
Tajriba-sinov ishi tarbiyachilarni kasbiy mahoratini rivojlantirishga qaratilgan edi.
Shakllantiruvchi tajriba–sinov ishlari o‘z ichiga quyidagilarni oldi.
- tajriba va nazorat guruhlarini belgilash;
- o‘tkaziladigan tajriba-sinovni samaradorligini aniqlash.
Shakllantiruvchi tajriba-sinov uchun №561-MTM tarbiyachilari tajriba guruhi, № 429 MTM nazorat guruhi qilib belgilandi.
Tajriba-sinov ishida 40 ta tarbiyachi ishtirok etdi.
Tajriba-sinov ishlari oldindan ishlab chiqilgan metodik tizim asosida olib borildi. Tadbirlar tarbiyachilar bilan kunning ikkinchi yarmida, 1 oyda 2 marotaba o‘tkazildi.
Shakllantiruvchi tajriba tadqiqotchi tomonidan olib borildi va har bir tadbir qarorlashtirib borildi.
Shakllantiruvchi tajriba-sinov uchun materillar tayyorlandi:
1. Tadbir-mashg‘ulotni (seminar, guruhlar bilan ishlash, yakka tartibdagi suhbatlar) dasturi tuzildi.
2. Shakllantiruvchi tajribani o‘tkazish uchun metodik materiallar tayyorlandi.
Quyidagi o‘tkazilgan tadbirlar qarorlardan namunalar keltiramiz.
UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR Biz tomonimizdan ishlab chiqilgan metodik tizim asosida tajriba-sinov ishlari olib borildi. Tajriba sinov ishlaridan olingan natijalarni solishtirib taqqoslash shuni ko‘rsatadiki. Biz tomonimizdan ishlab chiqilgan va tajribadan o‘tkazilgan metodik tizim o‘z samarasini berdi.
Olib borilgan tadqiqot ishlari asosida quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin.
-Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida tarbiyachilarni kasbiy mahoratini muammosi oshirish tadqiq etildi.
-Kurs ishida tayyorlashning tarbiyachilarni kasbiy mahoratni rivojlantirishning shart-sharoitlari ishlab chiqildi.
-Tarbiyachilarni kasbiy mahoratini rivojlantirish bo‘yicha ish mazmunini ishlab chiqilib, u ilmiy jihatdan asoslanib, amaliyotga tadbiq etildi.
-Tarbiyachilarni kasbiy mahoratini rivojlantirishning ish mazmunini ishlab chiqish va yaratish muammosini bitta tadqiqot ishida xal etib bo‘lmaydi. Shuning uchun bu muammoni boshqa tadqiqot ishlarida rivojlantirib davom ettirish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Tarbiyachilarni kasbiy mahoratini rivojlantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar: O‘sib kelayotgan yoshlarni kasbiy faoliyatga tayyorlash va kasbiy mahoratlarini oshirish katta ta’limiy va ijtimoiy ahamiyatga egadir, bizning fikrimizcha maktabgacha pedagogika darsliklari va maktabgacha pedagogika bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalarda muammosi nazariy va amaliy jihatdan yoritilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Maktabgacha pedagogika va Рedagogik mahorat fanlaridan tayyorlanadigan darsliklar tarkibiga tarbiyachilarni kasbiy mahoratini rivojlantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish mavzularini kiritilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Tarbiyachilarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutlarida tarbiyachilarning malakasini oshirish jarayonida o‘qitish samaradorligini oshirishda pedagogik faoliyat va kasbiy sifatlarni shakllantirishning metodlari va shakllari to‘g‘risida bilim berish, trening va tadbirlar o‘tkazilsa.
Ta’lim tashkilotlariga ishga qabul qilayotganda tarbiyachi-pedagoglarni kasbga bo‘lgan layoqatlarini va kasbiy-axloqiy sifatlarini diagnostika qilishda ularni kasbiy mahorati darajalarini testlar va amaliy faoliyat jarayonida aniqlansa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Biz tomonimizdan olib borilgan kurs ishi bo’lg’usi tarbiyachilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash muammosini to‘liq ochib bermasdan, balki bu muammoni ayrim jihatlarini yoritish imkonini berdi.