Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila,
Aylamak oson emas haqqin ado ming ganj ila.
Respublikamiz ta’lim tizimida axborot texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha bir qator amaliy ishlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘i Ziyo NETni tashkil etish to‘g‘risida”gi
Axborotning murakkabligi, ko‘p qirraligi qo‘llash mumkin bo‘lgan sohalarning kengligi jadal sur’atlar bilan rivojlanib kelishi “Axborot” va “Axborot texnologiyalari” tushunchalariga doimiy yangicha yondashuvlarda aks etadi. Buning natijasida axborot tushunchasining “Axborot-real olamning in’ikosi” kabi eng umumiy falsafiy ta’rifdan tortib, “Axborot obyektlar saqlashi mumkin bo‘lgan barcha ma’lumot “ kabi eng tor ta’rifgacha mavjud.
Axborotning eng sodda klassik ta’rifi-bu ma’lumot berishdir, biroq hozirgacha axborotning umumiy qabul qilingan yagona ta’rifi yo‘q.
1.2. Tarbiyachi kasbiy mahoratining mohiyati
Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini bosqichma-bosqich muvaffaqiyatli amalga oshirish ko‘p jihatdan tarbiyachi faoliyatiga, uning kasbiy nufuzini oshirishga bog‘liqdir. Shunday ekan, sog‘lom, har tomonlama barkamol avlodni yetishtirish uzluksiz ta’lim tizimida mehnat qilayotgan pedagogning saviyasiga, tayyorgarligiga va fidoiyligiga, yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalashiga bo‘lgan munosabatiga bog‘liqdir. Tarbiyachi jamiyatning ijtimoiy topshirig‘ini bajaradi, shunday ekan, har tomonlama yetuk mutaxassislarni tayyorlashda o‘qituvchi muayyan ijtimoiy-siyosiy, pedagogik va shaxsiy talablarga javob berishi lozim. Shunday ekan, o‘qituvchi mustaqillik g‘oyasiga e’tiqodi, har tomonlama rivojlangan ilmiy tafakkuri, kasbiga tegishli ma’lumoti, ya’ni o‘z fanining chuqur bilimdoni, pedagogik muloqot ustasi, pedagogik-psixologik va uslubiy bilim va malakalarni egallagan bo‘lishi hamda turli pedagogik vaziyatlarni tezda sezishi, o‘rganishi va baholay olishi.
Mamalakatimizning kelajagi, mustaqil O‘zbekistonning istiqboli, ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan tarbiyachiga, uning saviyasiga, tayyorgarligiga, fidoiyligiga, yosh avlodga ta’lim berish va barkamol inson darajasida tayyorlab, voyaga yetkazishga nisbatan shijoatiga bog‘liq. Ko‘pchilik yosh tarbiyachilarda ta’lim berish mahoratiga qaraganda, tarbiya berish mahoratini egallash jarayoni qiyin kechadi. Albatta, buning obyektiv sabablari ham mavjud: tarbiya tushunchasi, insonning aqliy imkoniyatlarini rivojlantirish, ahloqan pok, estetik didli, mehnatsevar qilib tarbiyalash omili bo‘lib, ta’lim berish ko‘nikmalarini egallashga qaraganda keng ma’nodagi tushuncha bo‘lganligi uchun ziddiyatlarga va tasodifiy hodisalarga boy.
Tarbiya jarayonida jamiyatning shaxsga nisbatan axloqiy talablariga muvofiq keluvchi xulqiy malaka va odatlarni hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun bolaning ongi, hissiyoti va irodasiga tarbiyachi tomonidan kasbiy mahorat qonuniyatlari asosida ta’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. O‘zining kasbiy faoliyatini endigina boshlagan yosh tarbiyachilar kasbiy mahoratning ko‘nikma va malakalarini egallash qiyin shakllanadi. Bunga asosan, yosh tarbiyachilarda kasbiy sifatlar tizimini egallash harakati bilan bog‘liq subyektiv sabablar mavjud bo‘ladi. Tarbiyachining ziddiyatli vaziyatlarda bolalar orasida o‘zini tuta bilishi, xilma-xil tarbiyaviy usullardan foydalanib, ko‘zlangan maqsadiga erishishi tarbiyachilik mahorati ya’ni kasbiy mahoratiga bog‘liq.
“Kasbiy mahorat” bir kategoriya sifatida o‘zining ilmiy asoslariga ega . 1987 -1997 yillardagi ilmiy yondashuvlar bu favqulotda hodisaga nisbatan quyidagicha xulosa qilishga imkon beradi. Kasbiy mahorat kasbiy faoliyatdagi individuallikning yorqin ko‘rinishi sifatida tushuniladi.
Kasbiy mahorat kategoriyasi kasbiy faoliyat nuqtai nazardan kishining individualligini harakterlaydi. Hozirgi tadqiqotlarda kasbiy mahoratning o‘ziga xosligi quyidagi kategoriyalarda jamlanadi:
pedagogik mahorat, kasbiy ijod, novatorlik, kasbiy bilimdonlik, faoliyat uslubi, innovatsion faoliyat, pedagogik texnologiya hamda mahorat.
Tushunchalar, fikrlarning turli-tumanligi bu hodisaning murakkabligi va ko‘p qirraligidan dalolat beradi. Turli muallif asarlarida kasbiy mahoratning yagona, tan olingan ta’rifining yo‘qligi uni tadqiqotning jonli jarayoni deb xulosa chiqarishga asos bo‘ladi.
Kasbiy mahorat asoslariga: kasbiy pedagogik bilimlar, insonparvarlikka yo‘nalganlik, pedagogik texnika, kasbiy pedagogik faoliyatni amalga oshirish tajribasi, pedagog shaxsi taalluqlidir.
Mahoratning shakllanish bosqichlariga: reproduktiv (boshlang‘ich), ijodiylik, ijodiy-novatorlik kiradi.
Kasbiy mahorat darajalari tarbiyachi ish darajasining davomi hisoblanadi: Reproduktiv (o‘ta past); Moslashuvchan (past); Lokal (chegaralangan)-modellashtirish (o‘rtacha qoniqarli).
Bu daraja bolalar bilan bo‘ladigan ta’lim-tarbiya ishlarining ayrim yo‘nalishlarida yuqori sifati bilan harakterlanadi. Kasbiy mahorat komponentlari kasbiy faoliyatda kasbiy vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan malaka nuqtai nazardagi qarashlarni aks ettiradi.11
Kasbga yo‘naltirish deganda shaxsga o‘z qobiliyati, qiziqishlari, imkoniyatlari va ijtimoiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda ongli ravishda kasb tanlashga yordam berishdan iborat faoliyat tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |