I bob tarbiyachilarni tarbiyachi nutqi va unga qo‘yiladigan pedagogik talablar foydalanishning nazariy asoslari



Download 262,5 Kb.
bet1/8
Sana08.07.2022
Hajmi262,5 Kb.
#756540
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nig`matullayeva Iroda


Mundarija
Kirish…………………………………………………………………………..
I BOB Tarbiyachilarni tarbiyachi nutqi va unga qo‘yiladigan pedagogik talablar foydalanishning nazariy asoslari
1.1.Tarbiyachilarni kasbiy mahoratini tarbiyachi nutqi va unga qo‘yiladigan pedagogik talablar foydalanishning pedagogik muammo sifatida…………..
1.2. Tarbiyachi kasbiy mahoratining mohiyati ..……………
II BOB MTT da tarbiyachi nutqi va unga qo‘yiladigan pedagogik talablari rivojlantirishda shart-sharoitlar
1. MTT da tarbiyachi nutqi va unga qo‘yiladigan pedagogik talablar ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari……………………………………………………………………….
2.Tarbiyachi nutqi va unga qo‘yiladigan pedagogik talablar zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning imkoniyatlari…………………….
XULOSA…………………………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………
Kirish
Mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Biz har birimiz hayotda qanday muvaffaqiyat va natijalarga erishgan bo'lsak, bu yutuqlarda sizlarning beqiyos hissangiz borligini doimo minnatdorlik bilan e'tirof etamiz. Shu bois, mana shunday quvonchli kunda barcha shogirdlaringiz, butun xalqimiz nomidan sizlarga yuksak hurmat-ehtiromimiz, ezgu tilaklarimizni bildirib, chin dildan ta'zim qilamiz.Ulug' shoirimiz mavlono Furqat ilm-ma'rifatni ko'ngillarning sururi, ko'rar ko'zlarning nuri, deb ta'riflaganini hammamiz yaxshi bilamiz.Darhaqiqat, millionlab farzandlarimiz qalbiga ilm-fan ziyosini singdirib, ularni el-yurtga munosib insonlar etib tarbiyalayotgan zahmatkash va olijanob ustozlarimizga har qancha tahsinlar aytsak, arziydi.Men bugun bildiradigan fikrlarni, avvalo, hurmatli muallim va o'qituvchilarga, qadrli tarbiyachilarga, barcha jonkuyar ziyolilarimizga yo'llangan murojaat sifatida qabul qilishingizni istardim. Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tibori avvalombor farzandlarimizning unib-o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishiga bog‘liqdir. Biz bunday o‘tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak1.Bo‘lajak kadrlarda chuqur va mustahkam bilimlarni shakllantirish, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqatni, Vatanga muhabbatni, bu yo‘ldagi fidoyilikni tarbiyalashni davom ettirish ham oliy ta’limning asosiy vazifalaridandir. “MTT da tarbiyachi nutqi va unga qo‘yiladigan pedagogik talablari sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish,birinchi navbatda ,oila, onalik va bolalikni himoya qilish masalasini o‘zimiz uchun eng muhum, ustuvor vazifa sifatida belgilab oldik”.Yoshlarga berilayotgan e’tibor, yaratilayotgan shart – sharoit ularni yetuk, barkamol va komil inson bo‘lib yetishishlariga xizmat qilmoqda. Yoshlar kelajagi ularni yuksak ma’rifatli va ulkan salohiyatli kadr bo‘lib yetishishlari bugungi kunda olib borilayotgan islohatlarga chambarchas bog‘liq.
Hozirgi kunning dolzarb masalalaridan yana biri ta’lim sohasiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etishdir.
“Agar kelajagimizni o‘ylab ish qilmoqchi bo‘lsak, kelajakda ishimizni davom ettiradigan bugungi yoshlarimizga sharoit yaratib, uning hayoti haqida qayg‘uradigan bo‘lsak, avvalo mahalliy yoshlarni tarbiyalash ishiga munosabatimizni mutlaqo o‘zgartirishimiz kerak. Mumkin qadar yoshlarimizni Ittifoqning eng ilg‘or korxonalariga, shular jumlasidan tanho xorijiy mamlakatlarga, kerak bo‘lsa yangi texnologiya, yangicha ish tashkil qilishni o‘rganish uchun Yaponiya, Amerikaga hamda boshqa joylarga yuborib, ularning o‘qishiga, tajriba orttirishiga imkoniyat yaratish lozim.2
MTT da tarbiyachi nutqi va unga qo‘yiladigan pedagogik talablar faoliyat samarasi o‘qituvchining kasbiy mahoratini qay darajada shakllanganligiga ham bog‘liqdir.
Kasbiy mahorat va qobiliyat pedagogda osonlik bilan shakllanmaydi. Bu kasbni tanlagan kishi o‘z maqsadiga erishish uchun uzluksiz o‘qishi, o‘rganishi va izlanishi, ijodiy mehnat qilishi, mustaqil yurtimizda bo‘layotgan voqelikni tez anglashi va o‘z mehnatining mamlakat uchun qanchalik zarurligini chuqur his qilishi lozim.
Tarbiyachining kasbiy mahorati haqida fikr yuritar ekanmiz, uning ongliligiga, milliy g‘oya va mafkuraga sodiqligiga, bilim va fikr doirasining kengligiga, o‘z vazifasiga munosabatiga e’tibor bermoq kerak. Ayniqsa, kasbiy mahoratda tarbiyachining fikr doirasi keng bo‘lishi zarurligini alohida hisobga olish lozim. Chunki, kishida bilim, fikr mukammal bo‘lmasa, u kamolotga erisha olmaydi. MTT da tarbiyachi nutqi va unga qo‘yiladigan pedagogik talablar kishi u yoki bu masalani, albatta fikr orqali hal etadi. Shuning uchu kasbiy mahorat sohibi bo‘lishga intilgan kishi, shubhasiz, o‘z bilimini doimo kengaytirishi, o‘quvchi, talabalarga ma’naviy-axloqiy ta’sir etuvchi g‘oya va fikrlarni yangilab borishi zarur.
Mahorat – shaxsning tajriba orqali orttirgan xususiyati. Biror soxadagi moslashuvchan ko‘nikma va ijodkorlik asosida hosil bo‘lgan kasbiy ko‘nikmalarning yuqori darajasi, kasbiy mohirlik. Biror faoliyat sohasidagi yuqori darajada egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni amaliyotda yuqori sifat va samaradorlik bilan qo‘llash.
Respublikamizda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish mobaynida informatika va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida keng tadbiq qilish masalasi dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Unda, shuningdek, axborot texnologiyalari va informatika sohasida kadrlar tayyorlash, shu jumladan, Internet texnologiyalarini barcha soxalarda keng joriy qilish masalalari alohida uqtiriladi.
Mazkur talab mohiyatidan kelib chiqqan holda kurs ishi muammosi sifatida “MTT da tarbiyachi nutqi va unga qo‘yiladigan pedagogik talablar foydalanish” deb nomladik.
Kurs ishi obyekti: MTT da tarbiyachi nutqi va unga qo‘yiladigan pedagogik talablardan foydalanish jarayoni.
Kurs ishi predmeti: MTT da tarbiyachi nutqi va unga qo‘yiladigan pedagogik talablardan foydalanishning mazmuni, metodlari, shakllari va vositalari.
Kurs ishi maqsadi: MTT da tarbiyachi nutqi va unga qo‘yiladigan pedagogik talablardan foydalanishning mazmunini ishlab chiqish.
Kurs ishi kirish, II bob , 4 bo‘lim, , xulosa , foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
I BOB Tarbiyachilarni tarbiyachi nutqi va unga qo‘yiladigan pedagogik talablar foydalanishning nazariy asoslari
1. Tarbiyachilarni kasbiy mahoratini tarbiyachi nutqi va unga qo‘yiladigan pedagogik talablar foydalanishning pedagogik muammo sifatida.
Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo‘l avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Shuning uchun qachonki bu haqida gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo‘lgan yana bir buyuk zot-o‘qituvchi va murabbiylarning olijanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz.Maktabgacha ta’lim uzlukiz jarayon sifatida ma’lum didaktik qonuniyatlarga asoslangan pedagogik tizim doirasida ijro etiladi. Bu tizimning samarasi esa tarbiyachining kasbiy mahoratiga, ijodkorligiga, o‘z ustida tinimsiz ishlashga, jamiyatda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga moslasha olish tezligiga bog‘liq ya’ni tarbiyachi shaxsi va faoliyati ijtimoiy buyurtma talablariga mos holda yangilanib, rivojlanib borishi lozim.
Shu o‘rinda Prezidentimizning ushbu fikrlarini eslab o‘tishni joiz deb bildik: “Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya soxasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim.
Tadqiqotning asosiy tushunchasi bo‘lgan "kasbiy mahorat" atamasi hamda u bilan sinonim sifatida qo’llaniluvchi "pedagogik mahorat", tushunchalarining mohiyati mavjud manbaalarda turlicha ifodalansada, biroq ularda o’zaro o’xshashliklar ham mavjud. Mamlakatimizda fan va ta’limni o‘rganish juda qadim zamonlardan yuksala boshlanganini, uning chuqur va qudratli ildizlari borligini faxrlanib ayta olamiz. Hech bir mubolag‘asiz aytish mumkinki, ta’lim-tarbiya sohasining bugungi noyob va ko‘rkam mavqeining poydevori necha-necha asrlar muqaddam barpo etilgan.Ilmiy – tadqiqot ishimizda tarbiyachilarning kasbiy mahorati hamda axborot texnologiyalari asosida ta’lim samaradorligini oshirish borasida so‘z yuritar ekanmiz, alloma va olimlarimizning qoldirgan meroslari ta’lim-tarbiya sohasida bilim berishning eng oddiy va murakkab usullarini amaliyotga joriy etish yo‘llari va ko‘plab ilmiy qarashlari bilan boyitganliklarini ko‘ramiz. Quyida Sharq mutafakkirlari tomonidan keltirilgan qarashlar bilan tanishib, chiqamiz. Sharqda “Shayx ur-rais” (“Olimlar raisi”) deb nom olgan, Abu Ali Sinoning “Tadbir ul-manozil” va boshqa asarlarida bayon etilgan o‘qitishning pedagogik usullari hozirgi davr ta’limi tamoyillariga mos kelishi nazariy va amaliy jihatdan qimmatlidir. U insonlarni kamolotga erishishning birinchi mezoni bilim egallashga da’vat etib, ta’limda quyidagi talablarni ta’kidlaydi:bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo‘ymaslik;ta’limda yengildan og‘irga borish orqali bilim berish;olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos kelishi;o‘qitishda jamoa bo‘lib o‘qitishga e’tibor berish; bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish va ularni fanga qiziqtira olish;o‘qitishni turli usullar hamda jismoniy mashqlar bilan olib borish;berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olish va hokazolardan tashkil topadi.3
O‘sha davrdagi Al-Ma’mun akademiyasida ham, xuddi hozirgidek, o‘z-o‘zini tarbiyalash, aql va bilimga intilishni sharaflash kabi ma’rifiy-axloqiy yo‘nalishlar, shu bilan birga og‘zaki savol-javoblar, yozma (test-anketa) savol-javoblar, o‘zaro musobaqalar tashkil etish bilan tarbiyalanuvchilarnng ma’lumotlarni qay darajada egallaganliklarini aniqlash usullari mavjud edi.4
Abu Ali ibn Sinoning fikricha “…O‘qituvchi matonatli, sof vijdonli, rostgo‘y va bolani tarbiyalash metodlarini, axloq qoidalarini yaxshi biladigan inson bo‘lmogi lozim. O‘qituvchi o‘quvchining butun ichki va tashqi dunyosini o‘rganib, uning aql qatlamlariga kira olmog‘i lozim”. Olimning bu fikrini biz quyidagicha izohladik: o‘qituvchi avvalambor bolani sevmog‘i darkor. Boladagi bo‘ladigan o‘zgarishlarni, undagi biron-bir yo‘nalishga bo‘lgan qiziqishini va qobiyatlarini anglash uchun o‘z mahoratini amalda qo‘llay olish malakasiga ega bo‘lishi kerak. 5
Ulug‘ shoirimiz Alisher Navoiy muomala qiluvchi shaxsning mahorati haqida shunday deydi: “Shirin so‘z ko‘ngillar uchun bamisli asaldir”.6 Shoir o‘qituvchi mehnatini xolisona baholab: “Agar shogird podsholikka erishsa ham, unga (muallimga) qulluq qilsa arziydi”, degan fikrni bildirgan. Bu bilan shoir, inson ulug‘ martabaga erishsa ham, uning bu darajaga yetishiga sababchi bo‘lgan ustozi, muallimiga doimo ta’zimda bo‘lishi kerak, deb uqtirgan. Shu o‘rinda uning quyidagi fikrini ham keltirib o‘tmoqchimiz: “Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘rgatmish, ranj ila”. Bu fikrdan ko‘rinib turibdiki, ustozlarning mashaqqatli hizmatlari, bolalarga ta’lim-tarbiya berishga bo‘lgan intilishlari yuqori tahsinlarga sazavorligini anglash qiyin emas.
Yana bu haqida Xusayn Voiz Koshifiy shunday deydi: “Nasixatli shirin so‘z – u muloyimlik birla ibtido qilday, chunki bu zamonda yumshoqlik va xushro‘ylik ko‘rgazmayi nasixat korga kelmas”. 7
Ma’rifatparvarlarimizdan yana biri A.Avloniy o‘zining barcha tadqiqotlarida ilm muammosini birinchi o‘ringa qo‘ygan. Uning ta’lim-tarbiya borasida quyidagi fikri buning dalilidir: “Alhosil, butun hayotimiz, salomatligimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, himmatimiz, g‘ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilm bilan bog‘liqdur… Shuning uchun o‘qimak, bilmak zamonlarni qo‘ldan bermay, vujudimizning dushmani bo‘lgan jaholatdan qutilmakka jonimiz boricha sa’iy qilmagimiz lozimdur”. Yana uning fikricha, tarbiyalanuvchilar aqliy fikrining “quvvati, ziynati, kengligi” ko‘p jihatdan tarbiyachi-muallimlarning “diqqatlariga suyangan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadur…” 8
Nosiriddin Tusiy o‘zining “O‘qituvchilarni tarbiyalash to‘grisida” degan asarida shunday deydi: “…O‘qituvchi munozaralarni olib borishni, rad etib bo‘lmaydigan darajadagi isbot qilishni bilishi, o‘z fikrlarining to‘g‘riligiga ishonishi, nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalanadigan bo‘lishi lozim. O‘qituvchi nutqi hech qachon va hech qayerda zaharxandali, qo‘pol yoki qattiq bo‘lishi mumkin emas. Dars paytida o‘qituvchining o‘zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin…”. Bu fikrlari bilan olim, o‘qituvchining har tomonlama yetuk, komil inson bo‘lib shakllangan bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan. Chunki, ta’lim-tarbiya beruvchi shaxs olimning yuqoridagi fikrida aytib o‘tilgan barcha xislatlarning egasi bo‘lgandagina mahoratli pedagog bo‘la oladi.
Qoshg‘ariy: “…Men a’zolar kasalligini davolashdan oldin odamlarning ruhiyatini davolashni zarur deb topdim. Bunga men o‘qituvchilik yo‘li bilan erishaman, bunga mening ishonchim komil. Chunki a’zolar kasalligi bilan yuzlarcha, minglarcha odamlar halok bo‘lsalar, nodonlik, bilimsizlik tufayli o‘n ming va yuz minglarcha odamlar halok bo‘ladilar…”. Olimning bu fikrlariga qo‘shilgan holda, har qanday kasallikni shirin so‘z va yahshi muomala bilan davolash mumkinligini ta’kidlamoqchimiz. Bu fikrni tarbiyachilarning ta’lim- tarbiya jarayoniga tadbiq etadigan bo‘lsak, tarbiyachi faoliyati jarayonida voyaga yetayotgan bolalarning bilimli va yoki, aksincha, bilimsiz bo‘lib tarbiya ko‘rishi tarbiyachining bevosita bolalar bilan bo‘ladigan muomalasiga bog‘liq. Tarbiyachi qanchalik shirin so‘z va muloyim bo‘lishi bolalar tarbiyasining ham nozik bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bu esa tarbiyachining kasbiy mahoratiga bog‘liqdir.
Mahorat-faoliyatda namayon bo‘ladi degan g‘oyani ilgari surgan Rossiyalik olimlari ta’lim-tarbiya sohasiga hamda pedagogik mahoratning quyidagi ta’rifini keltirishgan:A.I.Sherbakov esa “Pedagogik mahorat”-bu o‘qituvchining ilmiy bilishi, bilimdonligi, metodik san’atining ko‘nikmalari va uning shaxsiy sifatlarining yig‘indisidan iboratdir, deydi.9
N.V.Kuzmina mahoratni mutaxassisga o‘zining kasbiy bilimlari, bilimdonligi va ko‘nikmalari asosida holatni (faoliyat sharoitlari va obyektni) yaxshi o‘rganib, hayotni kasbiy masalalarini bilish va ularni muvaffaqiyatli amalga oshirishning yaxshi imkonidan iborat, deb hisoblagan.10
Buyuk nemis pedagogi Adolf Distervergni aytishicha, tarbiyachining doimiy ravishda mutoala qilish bilan shug‘ullanishi haqida gapirib, shunday degan edi: “Tarbiyachi muntazam ravishda fan bilan shug‘ullanmog‘i lozim. Aks holda u qurigan daraxt va toshga o‘xshab qoladi. Qurigan daraxt va tosh meva bera olmaganidek, kelajakda bunday tarbiyachidan hech qanday natija kutib bo‘lmaydi.
V.A.Slastenin esa pedagog mahorati-bu pedagogik jarayonning yuqori samaradorligini, shaxsiy ish sifatlari va shaxs xususiyatlarining majmuidan iborat, deydi.
Mashhur ukrain olimi I.A.Zyazyun - kasbiy faoliyatning yuqori darajada tashkillanishini ta’minlovchi shaxs xususiyatlari majmuasi, o‘qituvchi faoliyatining gumanistik yo‘naltirilgani, kasbiy bilimlari, kasbiy qobiliyatlari va pedagogik texnikasi kabilarni o‘z ichiga qamrab olishini ta’kidlagan.
N.V.Kuzmina va N.V.Kuxarevlarning yozishicha - pedagogik mahorat pedagogik faoliyatning yuqori darajasi bo‘lib, u pedagogning belgilangan vaqt ichida optimal natijalarga erisha olishida namoyon bo‘ladi.
Mahorat-faoliyat yuritayotgan kasbi doirasida erishgan yutuq, orttirilgan tajriba va ta’limni tashkil etish jarayonidagi ustalik, mohirlik, epchillik sanaladi.
Kasbiy mahorat-bu ta’lim jarayonining barcha shakllarini eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo‘naltirish, bolalarda dunyoqarash, qobiliyatni shakllantirish, ularda jamiyat uchun zarur bo‘lgan faoliyatga moyillik uyg‘otishdir.
Tarbiyachining obro‘si, yuqorida qayd qilganimizdek, ko‘p jihatdan uning o‘ziga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, jamoat tashkilotlarining mansabdor shaxslarining tarbiyachi obro‘sini ko‘tarish borasidagi g‘amxo‘rligiga ham bog‘liqdir. Chunki, har birimizning barcha muvaffaqiyatlarimizda tarbiyachi – ustozlarimizning aql-zakovati, chekkan riyozati, qolaversa, aziz umri bor. Biz bilimlarini ayamay ta’lim-tarbiya berayotgan pedagog-tarbiyachilar uchun buyuk Alisher Navoiy bobomizning quyidagi fikrlarini ta’kidlab o‘tishni joiz deb topdik.

Download 262,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish