I bob tarbiyachilarni tarbiyachi nutqi va unga qo‘yiladigan pedagogik talablar foydalanishning nazariy asoslari



Download 262,5 Kb.
bet5/8
Sana08.07.2022
Hajmi262,5 Kb.
#756540
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nig`matullayeva Iroda

Ta’lim-tarbiya jarayoniga auditoriyaning tayyorgarlik darajasi.
Avvalambor ta’lim jarayonidagi ta’lim sifatini oshirish uchun auditoriyaning mashg‘ulot jarayoniga tayyorgarligi yuqori talab darajasida bo‘lishi va hozirgi zamon talabiga javob bermog‘i muhimdir. Auditoriya keng, yorug‘, ozoda va har tomonlama qulay bo‘lishi muhimdir. Bularning barchasi auditoriya muhitini yaxshilashga yordam beradi. Ta’lim oluvchilarning asosiy vaqti auditoriyada o‘tadi, shu sabali auditoriya yetarli darajada yorug‘ bo‘lmog‘i darkor. Bundan tashqari, auditoriyaning kengligi pedagog va ta’lim oluvchilarga erkin harakatlanish va qulay sharoitni yaratishga imkon beradi. Auditoriyaning tozalik darajasi ham pedagog va ta’lim oluvchilarning sog‘lig‘iga bevosita ta’sir ko‘rsatadi hamda auditoriyadagi sog‘lom muhitni ta’minlaydi. Shuning uchun auditoriyaning tozalik darajasiga e’tibor qaratishimiz va tozalikni doimo nazorat qilib borishimiz zarur hisoblanadi. Auditoriya yetarli darajada kattalikda bo‘lishi, stol-stullari ta’lim oluvchilarning yoshiga mos ravishda jihozlangan bo‘lishi va ularga hech qanday noqulayliklar tug‘dirmasligi juda muhimdir. Bu esa nafaqat ta’lim oluvchiga balki, pedagog-tarbiyachilarga ham bir xildagi qulayliklarni yaratadi. Buning natijasida esa ta’limning sifati yanada oshadi hamda ta’lim oluvchi bilan tarbiyachi o‘rtasidagi o‘zaro munosabat mustahkamlanadi. Mana shularni inobatga olgan holda, belgilab qo‘yilgan barcha me’yoriy qoidalarga asoslanib jihozlangan auditoriyagina mashg‘ulot jarayoniga to‘liq va to‘laqonli tayyor sanaladi. Auditoriyaning yuqori shart-sharoitlar asosida jihozlanganini biz texnik vositalarning mavjudligidan va ulardan unumli foydalanilayotganidan ko‘rishimiz mumkin. Texnik vositalar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin. Bularga: kompyuter, proyektor, kolonka, mikrafonlarni kirita olamiz. Bu texnik vositalar mashg‘ulotni qiziqarli va mazmunli o‘tishi uchun bevosita xizmat qiladi. Pedagog mashg‘ulotlarni nafaqat an’anaviy tarzda balki, noan’anaviy shaklda ham tashkil etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Texnik vositalardan foydalana olish, bir tomondan, tarbiyachining bilim salohiyat darajasini ham belgilab beradi va yanada mustahkamlanishini ta’minlaydi. Tarbiyachilarning qanchalik texnik vositalardan to‘g‘ri va oqilona foydalana olishi, ta’lim oluvchilar oldidagi mavqeini ham belgalab beradi. Bu esa ta’lim oluvchilarning mashg‘ulotga yanada qiziqishini orttiradi va o‘ziga jalb qila oladi. Auditoriyaning qanchalik shart-sharoitlarga ega ekanligi va qulayligi pedagogning mashg‘ulotga tayyorgarliginig yarim qismini belgilab beradi, desak adashmaymiz. Xozirgi axborotlashgan zamonda pedagog auditoriyaga kirishi bilanoq, u yerdagi barcha narsalarni qo‘llay olishni bilishi kerak, ya’ni texnik vositalarni hamda kompyuter texnologiyalarinimustaqil ravishda qo‘llay olishi va joiz bo‘lsa, ta’lim oluvchilarga ham o‘rgata olishi lozim.
Pedagogning mashg‘ulot jarayoniga tayyorgarligi.
Ta’lim tashkilotlarida o‘z ish faoliyatlarini olib borayotgan tarbiyachilar har kunlik faoliyatlariga alohida tayyorgarlik ko‘rishlari lozim. Bu esa qaysidir ma’noda tarbiyachilarning ta’lim jarayonidagi kasbiy mahoratilarini oshirishga , mashg‘ulot jarayonida axborot texnologiyalaridan unumli va to‘g‘ri foydalana olishga zamin yaratadi. Buning uchun tarbiyachilardan mukammal bilim egasi bo‘lish va o‘z sohasini mutaxassisi bo‘lish talab qilinadi. Avvalambor, ta’lim tashkilotlaridagi tarbiyachilarning ish faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish uchun tarbiyachilarning nazariy va amaliy bilimlarini muntazam o‘zlashtirishlari muhimdir. Shundan so‘nggina, ta’lim jarayonini sifatini oshirishga erishish mumkin. Qulay shart-sharoit yaratilagan auditoriyaga kirgan pedagog yaratilgan barcha imkoniyatlardan oqilona foydalanishi muhim hisoblanadi. Pedagog har bir mashg‘ulotga, albatta, oldindan tayyorgarlik ko‘rishi shart. Pedagog har qanday vaziyatda ham o‘zini yo‘qotib qo‘ymasligi, doimo uddaburon, dadil va barcha bilimini ta’lim oluvchilarga yetkazib berishi muhimdir.
U mashg‘ulot jarayonida kutiladigan va belgilangan natijalarni, oldiga qo‘yilgan maqsadini aniqlab olishi kerak. Mashg‘ulot mavzusiga oid barcha materiallarni, o‘quv qurollarni hamda mashg‘ulot uchun kerakli bo‘ladigan vositalarni tayyorlab olishi oldindan talab qilanadi. Tarbiyachining mashg‘ulotga qanchalik tayyorgarlik ko‘rganini mashg‘ulot yakunidan so‘ng ta’lim oluvchilarda hosil bo‘lgan bilim, ko‘nikma hamda malakalarda ko‘rishimiz mumkin. Pedagog tayyorgarlik darajasini yana bir muhim jihatidan biri shuki, ta’lim oluvchilar tomonidn beriladigan barcha savollarga pedagog aniq va to‘g‘ri javob bera olishi, ular tomonidan berilgan takliflarni esa to‘g‘ri qabul qilib olib inobatga olmog‘i darkor. Bularning barchasini umumlashtirib xulosa qiladigan bo‘lsak, pedagogning mashg‘ulotga tayyorgarlik darajasi har tomonlama mashg‘ulotning samaradorligi va sifatini oshirishga xizmat qiladi, va yaxshi natijalarga erishishga zamin yaratdi.
Ta’lim oluvchilarning tayyorgarligi.Mashg‘ulotning muvaffaqiyati bevosita ta’lim oluvchilarga ham bog‘liqdir. Ular tarbiyachining mashg‘ulot o‘tishida yordam berishlari kerak. Ularning mashg‘ulotga qiziqishi, yangi mavzuga oldindan tayyorgarlik ko‘rishi, o‘z ustida ishlashi va mustaqil izlanishida ko‘rinadi. Pedagog ta’lim oluvchilarda mustaqil izlanish va ta’lim olish ko‘nikmasini shakllantirib borishi kerak. Bunday ko‘nikmaga ega bo‘lgan o‘quvchilar bilan ishlash pedagog uchun qiyinchilik tug‘dirmaydi hamda pedagog-o‘quvchi munosabatini to‘g‘ri shakllantirishga yordam beradi.
Mashg‘ulotning didaktik ta’minoti.
Mashg‘ulot jarayoni davomida kerak bo‘ladigan barcha vositalar didaktik ta’minotni tashkil etadi. Ular quyidagilardan iborat:
pedagog tomonidan tayyorlangan testlar; so‘rovnomalar;mavzuga oid kerakli adabiyotlar;anketa savollari;tarqatma materiallar;mavzuga oid jadvallar;kompyuter qurilmalari;video va audiomagnitafon;mikrafon va kolonkalar; proyektor;doska, elektron doska, monitor .Didaktik ta’minot bilan ta’lim oluvchilar ham ta’minlashini lozim. Bunda ularga mashg‘ulot jarayonida kerak bo‘ladigaan barcha vositalar kiradi. Masalan, ruchka, qalam, oq qog‘oz, marker, chizg‘ich, o‘chirg‘ich, vatman,ta’lim oluvchi tomonidan yaratilgan ko‘rgazmali qurollar va hokazoladan iboratdir.
O‘quv qo‘llanmalar hamda metodik tavsiyalar.
Mashg‘ulot jarayoni uchun ishlab chiqilgan qo‘llanmalar hamda metodik tavsiyalar mana shu faoliyatda pedagog tomonidan ta’lim oluvchilarga berib boriladi. O‘quv qo‘llanmalar hamda metodik tavsiyalarta’lim louvchilarni o‘z faniga doir eng yangi ma’lumotlarni bilishga, ular ustida ishlab, tahlili qilish hamda boshqa biror-bir manbaalar bilan solishtirishga o‘z hissasini qo‘shadi. Metodik tavsiyalarda berilgan metodlarni o‘zlashtira olgan ta’lim oluvchi, o‘zining amaliy faoliyati davomida bunday metodlarni qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Matodik tavsiyalar-ta’lim, tarbiya va rivojlantirishning eng samarali metodlari va shakllarini amaliyotga joriy etishga yordam beradigan qisqa va aniq ifodalangan takliflar va ko‘rsatmalar majmui19.

Download 262,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish