II BOB MTT da tarbiyachi nutqi va unga qo‘yiladigan pedagogik talablari rivojlantirishda shart-sharoitlar
1. MTT da tarbiyachi nutqi va unga qo‘yiladigan pedagogik talablar ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlar
Har qanday jamiyatda barkamol avlodni tarbiyalash, voyaga yetkazish va uni ma’lum bir kasbga yo‘naltirish og‘ir va mashaqqatli mehnati evaziga amalga oshiriladi. Bunday mashaqqatli mehnat uzluksiz ta’lim va tarbiyaviy faoliyatning mahsulidir. Jamiyat taraqqiyotida tarbiyaning o‘rni izohlab, Prezidentimiz I.A.Karimov quyidagi fikrlarni bayon etadi: “Ta’lim-tarbiya ong mahsuli, lekin ayni vaqtda, ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgartirmasdan turib, ongni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib esa biz ko‘zlagan oliy maqsad-ozod va obod jamiyatni barpo etib bo‘lmaydi. Yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash, zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan yuksak malakali kadrlarni tayyorlashda ayniqsa, pedagogning tarbiyachi sifatida o‘rni beqiyosdir. Xususan, mamalakatimiz prezidenti I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida tarbiyachining kasbiy mahorati, faoliyatiga shunday ta’rif beradi. “Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo‘l, avvalo, ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Shuning uchun qachonki bu haqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo‘lgan yana bir buyuk zot o‘qituvchi va murabbiylarning olijanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz... Muxtasar qilib aytganda, maktab degan ulug‘ dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta’sirini nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladigan o‘qituvchi va murabbiylar mehnatini hech narsa bilan o‘lchab, qiyoslab bo‘lmaydi”16.
Mamalaktimizda izchil amalga oshirilayotgan kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy g‘oyasi barkamol insonni tarbiyalashni nazarda tutadi. Barkamol shaxsning muhim sifatlari bo‘lgan mustaqil va ijodiy fikrlash, ishlash qobiliyatlarini tarbiyalash ta’lim tashkilotlarining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Milliy modelning markazida shaxs sifatlari turar ekan ta’lim metodlarini shu asosida tanlash va qo‘llash ishlarini takomillashtirish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2009 yil5 dekabrdagi tantanali yeg‘ilishidagi nutqida : “...o‘quv jarayoniga yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish diqqatimiz markazida bo‘lishi darkor....ta’lim sohasida zamonaviy axborot va kompyuter texnalogiyalari, internet tizimi, raqamli va keng formatli telekommunikatsiyalarning zamonaviy usullarini o‘zlashtirish, bugungi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan bunday ilg‘or yutuqlar nafaqat maktab, litsey va kollejlar, oliy o‘quv yurtlariga, balki har qaysi oila hayotiga keng kirib borishi uchun zamin tug‘dirishning ahamiyatini chuqur anglab olishimiz lozim,”- deb ta’kidlaganlar.17
Hozirgi davrda axborot almashinuvi ta’lim tizimining barcha tarkibiy qismlari faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Axborot texnologiyalarini ta’lim tizimiga keng joriy qilinishi, o‘quv jarayonini tahkil etish, o‘quv-uslubiy ta’minotni rivojlantirish, o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga olib kelmoqda. Axborot texnologiyalari asosida takomillashtirilgan o‘quv jarayoni:
butun o‘quv jarayonda kompyuter texnikasi vositalarini qo‘llashni;
o‘quv jarayonini har tomonlama qamrab olishni;
texnikaviy, dasturiy, tashkiliy va o‘quv-metodik ta’minotni bir turli hamda bir xilligini;
har xil sharoitlarga qo‘llashni moslashtirish;
yuqori didaktik va iqtisodiy samaradorlikni;
yangi usullar asosida ta’limni, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro munosabatlarida integratsiyalshni hamda mutaxassislarning tayyorgarligini oldindan ilgarilab ketishini ta’minlashni talab qiladi.
Axborot texnalogiyalariga asoslangan kompyuter dasturlari o‘quv-tarbiya jarayoni sifatda ijobiy ta’sir etadi, o‘quv topshiriqlarini aniq ko‘rish, uni tushunib yetish, umumlashtirish, qayta takrorlash orqali mustahkamlash va bevosita amaliyotda qo‘llash imkonini beradi. Buning natijasida esa:
fanga nisbatan qiziqish ortadi, o‘quv axborotlarini to‘plash, umumlashtirish, uzatish ishlarini boshqarish imkoniyatlari paydo bo‘ladi;
ta’lim oluvchilarda mustaqil ishlash ko‘nikmalari shakllanadi;
ta’lim oluvchilarning bilim faoliyatini nazorat qilish imkoniyati tug‘iladi, o‘z-o‘zini tarbiyalash va nazorat qilish ko‘nikmalari shakllanadi.
Hozirgi kunda ta’limda axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali dars jarayonini tashkil etish ko‘rgazmachilikni oshirish orqali ta’lim oluvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini orttiradi.18
Axborot texnologiyasi va texnik vositalar samarasini belgilaydigan didaktik materiallardan keng foydalanish zamonaviy pedagogik texnologiyalarning asosiy belgilaridan biridir. Milliy dasturda ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarishning bu muhim vositasiga urg‘u berilgan. Axborot vositalari (kompyuter, elektron aloqa, radio, televidiniya) dan foydalanish bilan farqlanadi:
ta’lim-tarbiya jarayoni uchun axborotli vositalar samara beradigan mavzulr yuzasidan didaktik materiallar ishlab chiqish;
tarbiyachilarning o‘z amaliy faoliyatlarida texnik vositalar va didaktik materiallardan metodik jihatdan to‘g‘ri foydalana olish tayyorgarligini tekshirish.
Axborotli texnologiyalari ta’lim jarayonini oldindan pedagogik loyihalangandagina ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin. Ta’lim jarayonini kompyuterlashtirish asosiy yo‘nalishlaridan biri va zamonaviy pedagogik texnologiyalarning shug‘ullanishi lozim bo‘lgan sohasidir.
Axborot texnologiyalari-bu odamlarning bilimlarini rivojlantiradigan, ularning texnika va ijtimoiy jarayonlarini boshqarish bo‘yicha imkoniyatlarini kengaytiradigan ma’lumotlarni tashkil etish,saqlash, ishlab chiqish, tiklash, uzatish usullari va texnik vositalaridir. Yana shuningdek, axborot texnologiyalari deganda, ma’lum bir maqsadga erishish uchun amalga oshiriladigan jarayonlar zanjiridan iborat yaratuvchi faoliyat tushuniladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘rganiladigan barcha predmetlar uchun o‘quv ishlarining asosiy shakli mashg‘ulotdir.
Ta’lim jarayonida quyidagi pedagogik shart-sharoitlar ta’lim oluvchilarning ta’lim olish samaradorligini oshirishga yordam beradi.
ta’lim-tarbiya jarayoniga auditoriyaning tayyorgarligi; pedagogning mashg‘ulot jarayoniga tayyorgarligi;ta’lim oluvchilarning mashg‘ulot jarayoniga tayyorgarligi;mashg‘ulotning didaktik ta’minoti;o‘quv qo‘llanmalar hamda metodik tavsiyalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |