I bob tarbiyachilarni tarbiyachi nutqi va unga qo‘yiladigan pedagogik talablar foydalanishning nazariy asoslari



Download 262,5 Kb.
bet3/8
Sana08.07.2022
Hajmi262,5 Kb.
#756540
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nig`matullayeva Iroda

Kasbiy maorif-shaxsga mahalliy sharoitlarning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini hisobga olib, u yoki bu kasb egalariga, mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojlarni, turli kasblardagi professionlal mehnatning mazmunini, kasbning insonga qo‘yadigan talablarini, mehnat sharoitlarini, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish sharoitlarini, kasbni egallash umkin bo‘lgan o‘quv tashkilotlarining turlarini ma’lum qilish bilan ifodalaniladi.
Kasbiy konsultatsiya- individual xarakterga ega bo‘lib, ayrim insonlarga, ular egallamoqchi bo‘lgan kasbning xususiyatlari v ao‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri anglashga ko‘maklashishni nazarda tutadi. Bolalarga kasb tanlash yuzasidan tarbiyachi, shu soxa (kasb) mutaxassisi, vrach-psixolog maslaxat berishi mumkin. Bolalar kasbiy konsultatsiya olish chog‘ida nafaqat kasb to‘g‘risida balki o‘z organizmi, o‘z xarakteri haqida ham ma’lumotga ega bo‘ladi.
Kasbiy diagnostika-shaxsning u yoki bu kasbga tayyorgarligining barcha jihatlarini aniqlash (xisobga olish) metodlarini o‘z ichiga oladi. Bolaning biologik (tu’gma, ma’naviy sifatlari), psixologik (qiziqishlari, qobiliyatlari va hakazolar), ijtimoiy ( xayot tarsi va tarbiya, ma’naviy maqsadlari va hakazo), xususiyatlari ayni diagnostik metodikalar yordamida aniqlab olinadi va ular kasbga tayyorgarlikni to‘g‘ri belgilashga, sosli ravishda kasb tanlashga yordam beradi.
Kasbiyv tanlash (saralash)-o‘quv tashkilotlari va ishlab chiqarish mutaxassisalari tomonidan oshirilib, ularni pedagogik tavsiyalariga binoan, bolalar aniq kasblarni tanlaydilar.
Kasbga moslashtirish (profadaptatsiya)- bu ishlab chiqarish kombinatlarida, ishlab chiqarish korxonalarida, dehqon ho‘jaliklarida va umuman moddiy ishlab chiqarish sohasida o‘quvchilarning ixtisosliklarini egallashlari jarayonida ular tanlagan kasbning mehnat sharoitlariga moslashtirishdir. O‘quvchilar, amaliyotchi yoki ishchilar (xizmatchilar) vazifasida ishlab chiqarish vazifalarini bajaradilar, mehnatni tashkil qilish va eng maqbul mehnat usullarini qo‘llash, psixologik qiyinchiliklarni yengishga, ishning yuqori nayijalariga erishishga o‘rganadilar.
Pedagogik faoliyatni endigina boshlagan tarbiyachi jazolash usullarini ko‘proq egallashga harakat qiladi. Ular oldida tarbiyaviy masalalarni hal qiluvchi vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Tarbiyachilik faoliyatining mazmunida oldinga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga muvofiq bolalar tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar shaxs xulq-atvori hamda sifatlarining mohiyati aks etadi. Tarbiyachi tarbiya mazmuning shaxsning shakllanishiga qo‘yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatidan kelib chiqib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, kishilik munosabatlari mohiyati va darajasi shuningdek, jamiyat mafkurasi g‘oyalari asosida belgilaydi. Shu bilan birga tarbiyaviy faoliyat avvalo tarbiyachining kasbiy mahoratini belgilovchi mezonlarga quyidagilar kiradi:
-tarbiyachilarning ish faoliyatidagi kasbiy mahorati-kichkintoylar dunyosiga kirib borishda, ularning mehriga sazovor bo‘lishida, ta’lim tashkilotsidagi pedagogik faoliyatni to‘g‘ri va ma’lum bir maqsadga yo‘naltira olishida namoyon bo‘ladi.
-tarbiyachining kasbiy mahorati-maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyalanuvchisini har tomolama rivojlantiruvchi pedagogik vaziyatlarni to‘g‘ri tashkil qila olish malakasidir.
-tarbiyachining kasbiy mahorati-bu “tarbiyachi va tarbiyalanuvchi” munosabatini bir zumda ijobiy tomonga hal qilish emas, balki kichkintoylar jamoasi va alohida shaxsga tarbiyaviy ta’sir etish, jamoada tarbiyaviy muhitni bir maromda tashkil qilishdir.
-tarbiyachining kasbiy mahorati-bu faqat kasbiy bilimlarni mukammal egallash emas, balki tarbiya qonuniyatlaridan kelib chiqadigan usul va metodlarning amaliyotga ijodiy tadbiq etishidir.
-bilim va unga asoslangan ko‘nikma va malakalar tarbiyachining kasbiy mahorati mohiyatining asosi hisoblanadi.
Tarbiyachi intellektual qobiliyatlar tizimiga ega bo‘lishi talab etiladi. U tarbiyachi sifatida o‘zida ushbu qobiliyatlarni yillar davomida shakllantirib borishi zarur.
Tarbiyachi har qanday pedagogik vaziyatlarda kichkintoylar ichki va tashqi dunyosini to‘g‘ri tushunishi kerak; tarbiyalanuvchilarga ishonch va talabchanlik; pedagogik vaziyatlarni to‘g‘ri idrok qilish uchun diqqatni jamlash; tarbiyaviy vaziyatni har tomonlama puxta baholay olish qobiliyati;
ziddiyatli, tasodifiy holatlarda ikkilanmasdan to‘g‘ri qaror qabul qilish; ta’lim-tarbiya jarayonida ta’sir etishning turli usullaridan foydalana olish qobiliyati; xilma-xil pedagogik taktlardan o‘zi uchun eng muhimini ajrata olish qobiliyati; fikr va mulohazalarini so‘z bilan, mimika va pantomimik harakatlar bilan kichkintoylar ongiga aniq yetakaza olishi va tashabbuskorlikni, o‘z fikr-mulohazalarini qo‘rqmasdan bayon qilish ko‘nikmalarini tarbiyalash;mashg‘ulot va mashg‘ulotdan tashqari faoliyatda bolalar bilan kommunikativ aloqa o‘rnata olish qobiliyati; qiyin holatlarda bolalarga yordam bera olish; tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazishda bolalar jamoasi bilan doimo maslahatlashish; o‘tkazilayotgan tarbiyaviy tadbirlar yuzasidan bolalarning fikrlarini o‘rganish;o‘z-o‘zini boshqarishning turli shakllaridan unumli foydalanish; har bir bolaning yashirin ijobiy fazilatlarini ko‘ra olish va takomillashtirish; bolalarning ijtimoiy kelib chiqishiga qarab toifalarga ajratmaslik, bir xil munosabatda bo‘lish.
Ta’lim-tarbiya jarayonida tarbiyachilarning kasbiy mahorati doimiy ravishda o‘zgarib turadigan, jamiyat talablaridan kelib chiqib, to‘ldirib boriladigan bir butun tizimdir. Uning bir-biri bilan bog‘liq quyidagi tarkibiy qismlari tarbiyachining tarbiyaviy faoliyatida muhim yo‘nalishlar bo‘lib, doimo mazmunan boyitilib boriladi: tarbiya jarayonida maqsadning aniqligi; texnologik tizim yoki tarbiya texnologiyasi; ijtimoiy psixologik tizim; estetik tizim;o‘z-o‘zini anglash; ixtiyoriylik; tarbiya jarayoni; tarbiyaning uzluksizligi; tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishdan iboratdir12.
Tarbiyachilik kasbi o‘z mohiyatiga ko‘ra individualdir. Har bir tarbiyachining muhim hayotiy o‘rni, uning o‘z ishini ustasi bo‘lishdir. Tarbiyachi mahorati uning faoliyatida ko‘rinadi. Pedagog-tarbiyachi avvalo pedagogik jarayoning qonuniyatlari va mexanizmlarini yaxshi egallagan bo‘lishi lozim. Shu ma’noda tarbiyachining umumlashgan malakalari va uning pedagogik texnikasi katta ahamiyatga molik bo‘ladi.
Kasbiy mahoratga yetishish tarbiyachinig muayyan shaxsiy sifatlari bilan amalga oshadi. Kasbiy mahorat yuksak darajadagi pedagogik faoliyatning taraqqiy etishini, pedagogik texnikani egallashni, shuningdek, tarbiyachi shaxsi, uning tajribasi, fuqarolik va kasbiy mavqeini ifodalaydi.13
Kasbiy mahorat tarbiyachi nutqining ravon va ta’sirchan, o‘tilayotgan mashg‘ulot bola diqqatini torta oladigan, mashg‘ulot mavzusiga mos ko‘rgazmali qurollarni ijod qilib, undan unumli foydalana oladigan, har qanday sharoitda ham bolalar qalbiga yo‘l topa oladigan, har bir mashg‘ulotda bolaning qiziqish va faoliyatini oshira oladigan insonni tushunamiz. Kasbiy mahorat izlanish, ijodiy mehnat mahsulidir. Kasbiy mahorat hamma pedagog-tarbiyachilar uchun bir qolipdagi ish uslubi emas, balki u har bir tarbiyachining o‘z ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida yuzaga keladigan jarayondir.14
Yuksak mahoratli tarbiyachi uchun eng avvalo qobiliyatli, malakali, uddaburon bo‘lishi kerak. Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo‘ladi va uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik mashq natijasi hisoblansa, qobilyatning rivojlanishi uchun esa iste’dod, layoqat va zehn, ya’ni inson nerv tizimida anatomo – fiziologik xususiyat ham bo‘lishi zarur.
Mahoratli tarbiyachi mashg‘ulot materialini bayon etish jarayonida bolalarning qator belgilari asosida payqab oladi va zarur hollarda bayon qilish usulini o‘zgartiradi.
Tarbiya jarayonida pedagogik ta’sir ko‘rsatish mahorati bolaga u yoki bu yuksak ahloqiy fazilatlarning mohiyatini anglatish jarayonida qo‘llaniladigan tarbiyachining ish usullaridan biridir. Bunday ta’sir ko‘rsatishning eng samarali usullaridan ertaklar, dostonlar, she’rlar, maqollar aytishdir. 15
Tarbiyachilarni kasbiy mahoratni rivojlantirishdan maqsad, bolalarning ta’lim-tarbiya jarayonini mustaqil, yuqori saviyada tashkil etish va o‘z faoliyatida eng yuqori samaradorlikka erishish malakalarini shakllantirish hisoblanadi. Bu maqsadga erishish yo‘lida uchraydigan vazifalarni hal etish, bo‘lajak tarbiyachi shaxsida quyidagi xislatlarni tarkib toptirish bilan bog‘liq:

  • insonparvarlik xislatlarini rivojlantirish;

  • kommunikativ (muloqotga moyillik) malakalarini shakllantirish;

  • kasbiy mustaqillik, ishchanlik, hissiy barqarorlik, o‘z ishiga ijodiy yondashish xislatlarini tarkib toptirish;

  • pedagogik takt va pedagogik texnikadan oqilona foydalanishni shakllantirish;

  • nutq texnikasini, o‘z tovush va gavdasini boshqarish, jamoaga va shaxsga ta’sir ko‘rsatish qobiliyatlarini takomillashtirish.




Download 262,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish