I bob. Sifatning ma’noviy turlari talqini


Tadqiqotning o‘rganilganlik darajasi



Download 55,58 Kb.
bet2/17
Sana20.04.2022
Hajmi55,58 Kb.
#567435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
sifat kurs ishi 5 (Автосохраненный)5

Tadqiqotning o‘rganilganlik darajasi. Sifatning ma’noviy turlarini o’rganishi masalalari o’zbek tilshunosligida M.Sodiqova, I.Hamdamova, A.Kononov, A. Hoshimov, F.Najmiddinov, R.Sayfullayevalar tomonidan o’rganilgan.
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Sifatning ma’no jihatdan turlarini semantik-funksional xususiyatlarini ochib berish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Mazkur ishda o’zbek tilida sifatning ahamiyatli o’rni, sifatning ma’noviy turlari bo’yicha turli xil tasniflanishi tahlil qilinadi.
Tadqiqotning obyekti. O’zbek tili morfologiyasidagi sifatning ma’noviy turlari ishning asosiy obyekti hisoblanadi. Ularning mavzu talab etgan masalalarni dalillashda o’zbek tilshunoslari qilgan ilmiy ishlaridan olingan materiallarga murojaat qilinadi.
Tadqiqotning predmeti.Sifatning ma’no turlarini o’rganishda muhim ahamiyat kasb etgan shakl va metodlar.
Tadqiqotning metodlari. Ishda Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning hamda Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti SH.M. Mirziyoyevning nutqlari va asarlari, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy va madaniy taraqqiyotini belgilovchi davlat hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”, “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonunlari, oʻzbek maktablarida ona tili ta’limi Konsepsiyasi, “Ona tili” DTSi, taniqli psixolog, filolog, pedagog va metodist olimlarning ona tili ta’limining mazmunini yangilash, uni sifatning ma’no turlarini oʻrganishda ilmiymetodik fikrlari metodologik asos boʻlib xizmat qildi. Ishda tavsiflash, analiz va sintez, mantiqiylik kabi metodlar asosida tahlillar olib borildi.
Tadqiqotning tuzilishi. Kurs ishining umumiy tavsifi, 2 bob, xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Ishning umumiy hajmi 25 sahifadan iborat.

I BOB. Sifat so’z turkumi.
Har bir xalqning tili uning tarixiy taraqqiyotidagi eng noyob va mukammal boyligidir. Tilda xalqning taqdiri, yashash tarzi, manaviy boyligi aks etadi. Til millat ruhining betakror va hech zamonda xira tortmas kozgusidir. Har bir tilda shu til egasi bolgan millatning saviyasi, ruhiyati yorqin ifodasini topadi. Shu sababli har bir xalq ona tilining sofligi, kamoloti va rivoji uchun tinmay qayguradi. Prezidentimiz bu borada shunday deydi: “Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi…Ona tili bu millatning ruhidir. O’z tilini yoqotgan har qanday millat, ozligidan judo bolishi muqarrar”.
Hozirgi davr o’zbek tilshunosligi o’z tadqiqotchilaridan kopgina yangiliklarni, ilmiy izlanishlarni, zamon bilan hamnafas bolishi uchun ezgu ishlarni kutyapti. Bunga javoban o’zbek tilshunosligida aniqlangan lisoniy umumiyliklarni nutqiy voqelanishini tekshirishga, undan amaliy foydalanish samaradorligini oshirish, qollanish doirasini kengaytirish muammolari bilan shugullanishga qiziqish kundan-kunga oshib boryapti.Grammatikaning ajralmas bir qismi bolgan o’zbek tili morfologiyasida boshqa so’z turkumlari qatori sifat ham katta o’rin egallaydi. Sifat o’zbek tilida o’zining leksik-grammatik xususiyatlariga ko’ra mustaqil so’z turkumi sifatida ajratilgan. Sifat so’z turkumining ko’p qirralari boyicha bir qator ishlar amalga oshirilgan. Ammo sifatning leksik-semantik xususiyatlari haqidagi fikrlarni yetarli deb bo’lmaydi. Qolaversa, sifat leksemalarni tadqiq etishda zamonaviy tilshunoslikdagi eng ilgor metodlardan, xususan, semantik- uslubiy izoh, komponent tahlil, qiyosiy- statistik tahlil metodlaridan foydalanish oqsamoqda.
O’zbek tili morfologiyasida, boshqa so’z turkumlari qatori sifat ham katta orinni egallaydi va o’zining leksik-grammatik va semantik xususiyatlariga kora mustaqil so’z turkumi sifatida ajratilgan. Sifat so’z turkumining kop sohalari ustida dissertatsiyalar yoqlandi, ilmiy maqolalar yozildi. Ayniqsa, kiyingi yillarda sifat semantikasi, stilistik xususiyatini organishga e’tibor kuchaydi. XX asrning 40-50 - yillarida bir qator olimlar tomonidan leksik ma’noning komponent strukturasi haqidagi fikrlar ilgari suruldi. G.Xeller va J.Makris rang ifodalovchi leksemalarning organar ekanlar, ular o’z tadqiqotlarida ma’noning semantik komponentlarini darajalaydilar. O’zbek tilshunosligida leksik ma’noni kompanentlardan iborat ekanligi dastlab SH. Rahmatullayev, I.Qochqortoyev, R.Yunusovlarning ishlarida ilgari surulgan. Uni tadqiq etishga bagishlangan yirik hajmdagi asarlar maydonga keldi. Shu tarzda semaseologiya tilshunoslikning barcha sathlarida o’z o’rnini topa boshladi.
Sifat- mustaqil so’z turkumi bo’lib, kategoriyasidagi so’zlar biror shaxs, predmet, voqea hodisaning belgi- xususiyatlarini( rang-tusini, hajmini, shaklini xarakter va xossa- xususiyatlarini, mazasini) ifodalash uchun xizmat qiladi.Masalan, ko’k kaptar, yoqimli hid, o’jar bola, qattiq to’palon, chiroyli gul va hokazo.
Demak, predmet, holat va voqea-hodisaning belgisini, xossa-xususiyatini ifodalash uchun xizmat qiluvchi so’zlar sifat deb ataladi.
Sifat barcha mustaqil so’z turkumlari singari morfologik, semantik, sintaktik xususiyatlarga ega. Sifat o’ziga xos so’z yasovchi va lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalarga ega, ammo sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalarga ega emas. Sifat otlashishi, boshqa mustaqil yoki mustaqil bo’lmagan so’z turkumlariga ko’chishi mumkin.
K.Dmitriyev shunday yozadi: “ Qart ( qari) tipidagini so’zni dastlab sifat deb hisoblas mumkin, chunki u predmet belgisini bildiradi; sintaktik planda esa xuddi shu so’z: a) sifat tarzida ham,, b) ot tarzida ham qo’llana oladi. Shunday qilib, qart tipidagi so’zlarni semantik xarakteristika xususiyatlariga ko’ra, shartli ravishda sifat-ot termini bilan atasa bo’ladi.
O’zbek tilida sifat turkumi juda keng. Ish jarayonida nazardan chetda qolgan sifatga oid materiallar hali ko’p bo’lishi shubhasiz. Bundan tashqari, sifatning har qaysi ma’no turi yoki semantik gruppasining o’zi bir katta ilmiy ish mavzusi bo’lishi mumkin.
Sifatlarning xarakterli xususiyatlarini tilshunoslik nuqtayi nazaridan atroflicha tahlil va tadqiq etish ham nazariy, ham praktik jihatdan katta ahamiyatga ega.


Download 55,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish