I bob. Sifatning ma’noviy turlari talqini


Xarakter-xususiyat, xossa va qimmat bildiruvchi sifatlar



Download 55,58 Kb.
bet7/17
Sana20.04.2022
Hajmi55,58 Kb.
#567435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
sifat kurs ishi 5 (Автосохраненный)5

1. Xarakter-xususiyat, xossa va qimmat bildiruvchi sifatlar ayniqsa inson xarakter-xususiyatini ifodalashda ko’p qo'llanadi. Masalan, yoqimtoy, badjahl, muloyim, ziyrak, mahmadona, dilkash, yaxshi, yomon.
Bulardan bir turkumi inson, predmet va hayvonlarning xarakter-xususiyatini ifodalashda umumiy qo’llanadi, bir turkumi esa faqatgina predmet xususiyatini ifodalashda xoslashib qolgan. Masalan, saxiy, rostgo’y,oq ko’ngil odam kabi.
Xarakter-xususiyat ijobiy ham, salbiy ham bo’lishi mumkin. Shunga ko’ra, xarakter-xususiyat ifodalab keluvchi sifatlar ijobiy va salbiy mazmunga ega.Bundan tashqari, loqayd ma’noli ( ya’ni, ijobiy ham, salbiy ham bo’lmagan) sifatlar mavjud.
1)Insonning xarakter- xususiyatiga xos: a) ijobiy sifatlar, masalan, muloyim, odobli, chaqqon, abjir, ziyrak, mo’min, sodiq, yuvosh, kamtar, quvnoq, ozoda, sof, yaxshi, mehribon va boshqa. Bizning qayiqda mohir eshkakchi bo’lmagan odam ortiqcha yuk (Abdulla Qahhor). Uning tarbiyasidagi bolalar o’ziday quvnoq, hamma narsaga qiziquvchan (“Saodat”). Nadya pishiq va tuyg’un qizcha edi ( Oybek). Bu asl ayol haqida bironta kitob yozilmay turiboq, uning ajoyib hayoti dostonga aylanib ketganini ko’rdim ( Said Ahmad). U kamtarin yigit edi (Oybek);
b) kishiga xos salbiy xarakter-xususiyatlar. Salbiy xususiyat bildiruvchi sifatlar ko’pincha xarakter-xususiyat bildiruvchi sifatlarning antonimlari sifatida mavjud, ya’ni bu guruhga oid sifatlar kishi xarakter-xususiyatidagi yaramas, yoqimsiz tomonlarini ifoda etadi: toshbag’ir, shafqatsiz, quv, uquvsiz, g’ayir, tannoz, takabbur, qo’rs, mug’ombir, injiq, ikkiyuzlamachi. Bundaylarni xalq xudbin va manman kishilar deb to’g’ri aytadi (“Saodat”). Quv Eshonxon boyning muddaosini darrov fahmladi (Oybek). Bu mug’ombir yigit ko’zlarida jilvalangan mazaxlovchi kulgu bilan do’sti Arabboyga qarab qo’ydi (Parda Tursun).
Kishiga xos turli xususiyatlar, uning biror a’zosini, gap-so’zini, o’y-niyatini, his-tuyg’usini va shu kabilarini sifatlash orqali ham beriladi. Bunda sifatlash obyekti kishiga bog’langan holda berilishi yoki alohida o’zi sifatlanishi mumkin. Qo’li ochiq odam, ochiq ko’ngil kishi, tili shirin ayol, ko’ngli to’g’ri odam, qo’li egri, tili achchiq, nafsi buzuq.......ularning pok, nozik hislarini oyoq osti qilgansiz (A.Muxtor).
Uning so’zlari bolalarcha sodda, samimiy, lekin aniq va ravshan edi (Oybek).
Kishi xarakter-xususiyatini berishda yuqorida qayd etilgan sifatlardan tashqari boshqa turkumdagi (masalan, holat, shakl, maza-ta’m, rang-tus bildiruvchi) sifatlardan ham foydalaniladi. Bunday sifatlovchilar kishilarga xos turli xarakter-xususiyatlarni ochishga xizmat qiladi: Bir qaradi, ko’zi yomon o’tkir ekan, jinim chiqib ketayozdi ( “O’zbek xalq dostonlari”). U sarbast, ziyrak, xarakatlari dadil, so’zlari o’tkir, o’rtoqlari orasida onabosh qiz (Oybek).
c) kishi xarakter- xususiyatiga oid yana shunday sifatlar borki, ularning ma’nosidan ijobiylik yoki salbiylik yaqqol bo’rtib tturmaydi. Ular nutq momentiga qarab har ikkala ma’no chegarasiga o’tib olishi mumkin. Masalan, loqayd, dovdir, sho’x, shaddod, yasama, o’jar, mahmadona, sinchkov, mag’rur, indamas kabi.
2) Predmet( narsa, hayvon, jonivor), holat, xodisa va shu kabilarning xarakter-xususiyatini ifodalash uchun qo’llanuvchi sifatlar:xonaki, dolzarb, dabdabali, sun’iy,tabiiy,tekin, qimmat, arzon. Umrida juda ko’p chars mollarni ushlab o’rgangan Xolbek kiyikning orqa oyoqlariga chang soldi ( Pirimqul Qodirov). Oldinda juda jiddiy hayot borligini qayoqdan bilaman (Said Ahmad). Bug’doy dengizida suzib boraman; men mingan yo’rg’a ot go’yoki qayiq (H. Po’lat ). Maqolaga juda dabdabali sarlavha qo’yilgan edi ( Sharof Rashidov).
3) Kishi va predmet xususiyatlari uchun birdek qo’llanaveradigan sifatlar: ajoyib, yaxshi, yomon, zo’r, chidamli va hokazo.
Ba’zi sifatlar esa yo kishi, yoki predmet belgisi uchun ko’chgan ma’noda qo’llanishi mumkin: Masalan, yengil, og’ir, dag’al, dardisar, bachkana, qaysar, xira, uchar kabilar.

Download 55,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish