I bob. Sifatning ma’noviy turlari talqini


Holat bildiruvchi sifatlar



Download 55,58 Kb.
bet8/17
Sana20.04.2022
Hajmi55,58 Kb.
#567435
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
sifat kurs ishi 5 (Автосохраненный)5

2.Holat bildiruvchi sifatlar. Predmet, hodisa, inson va hayvonga xos holat yoki vaziyat turli sifatlar orqali ifodalanadi:
1) tabiiy holat belgilari, a) ijobiy ma’noda: go’zal, ko’xlik, chiroyli, suluv, latif, qomatdor. Go’zal bir yigit eshikni qoqdi (Abdulla Qahhor ). O’zi ham Ismoiljon suqsurdek ko’xlik yigit edi (Said Ahmad);
b)nuqsoniy belgilar: cho’loq, mayib, bukir, cho’tir, soqov, xunuk, kar, qiyshiq. Taqsir, bugun sahar Qo’qondan keldik,-- javob berdi kattagina, novchadan kelgan, cho’tir kishi (Oybek). Dadasi bo’lsa oqsoq institutda to’garak mashg’ulotlari o’tkazadi ( Asqad Muxtor).
2) Predmetning xo’l-quruqlik holatini ifodalovchi sifatlar: ho’l, nam, namxo’sh, namtob, quruq, qoq va hokazo. O’rtadagi o’choqda ho’l to’nka biqsimoqda ( Parda Tursun).
3) Tinch va notinch holatlarni ifodalovchi sifatlar: tinch, jim, jimjit, sokin, osuda, osoyishta, notinch, betinch va hokazo. Hovlining bir yoqasidan o’tgan anhor bo’yi- quyuq tolzor, sersoya, jimjit bir go’sha (Oybek). Bizga tinch-osoyishta pana joy kerak ( Sharof Rashidov).
Bulardan tashqari silliq, g’adir-budur, g’ijim, tekis, siyrak, zich, qalin, yupka, omonat, puxta, g’uj, shovul, tanho, gavjum, ochiq, berk kabi bir qancha sifatlar borki, bular ham turli holatlarni ifodalash uchun xizmat qiladi.
Yuqorida keltirilgan holat bildiruvchi sifatlarning deyarli hammasi darajalanadi, forma o’zgartuvchi affikslarni ( modal forma yasovchilarni) qabul qiladi va ko’pligi ko’chgan ma’nolarda qo’llanadi.
3.Rang-tus bildiruvchi sifatlar. Predmetning belgi alomatlaridan biri rang-tusdir. Bir turkum sifatlar predmetning ana shu belgisini ifodalash uchun qo’llanadi. Masalan, Bu yerda zangor ko’l sohillari-yu, kulrang toshlar, serchechak so’qmog’-u, yashil hiyobonlar, qushlar na’masi-yu, barglarning sirli shivirlashi yo’q ( Asqad Muxtor).
4. Shakl- ko’rinish bildiruvchi sifatlar. Bunday sifatlar predmetning turli ko’rinishlarini, shakl va forma belgilarini ifodalash uchun qo’llanadi: dumaloq, yassi, uzun, uzunchoq, yapaloq kabilar.
Shakl-ko’rinish bildiruvchi sifatlar bilan holat bildiruvchi sifatlar ba’zan mos kelishi mumkin: semiz, pachoq, ozg’in. Cholning qarshisida o’tirgan sherigi – yirik gavdali, peshanasi do’ng muloyim yigit (Oybek). Unda uch yoshlardagi jingalak soch, burni yapaloqroq bola o’yinchoq ot minib turardi ( Said Ahmad). Semiz hamshira qo’pol etiklarini do’qillatib ildam ketdi ( Oybek).

Download 55,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish