5.Hajm-o’lchov-masofa bildiruvchi sifatlar. Bunday qayd etilgan sifatlardan ba’zilari hayvon va predmetlarning belgisi uchun ham qo’llanishi mumkin: O’sha mayib turna cholning qo’lida shifo topib yana o’z karvoniga qo’shilganini bilarmikin (Said Ahmad). Juda xunuk ish bo’pti ( “Mushtum”).
2) Jismoniy yoki fizik holatlarni ifodalovchi sifatlar: bardam, baquvvat, tetik, yosh, keksa, qari, ojiz, nimjon, zaif. Keksa vrach sil haqida... gaplashardi (Sharof Rashidov).
Bunday sifatlarni predmet belgilarini ifodalash uchun ham qo’llash mumkin: Oqsoqol hovliga, keksa tut shoxlari engashib turgan tunuka tomga suqlanib birma-bir qarab chiqdi (Said Ahmad). Nayda chalingan ojiz navo esa ,.... bir cho’pon boladan chiniqib nola qilar edi (Asqad Muxtor)
3) Ruhiy holatni ifodalovchi sifatlar: xursand, xafa, sergak, bexush,xushyor, g’azabnoq, darg’azab, tajang, kindor, ma’yus,g’amgin, alamzada. Lekin shu kunlari butun sovet xalqi g’azabnoq, kindor edi (Oybek). U ... xursand kishi bilan chaqchaqlashib, xafa bilan dardlashar edi (A.Qahhor).
4) Kishining hayotiy holatini ifodalovchi sifatlar:boy, badavlat, kambag’al, qashshoq, yo’qsil, gado, yetim, mushfiq, bechora, musofir. Boy ota qashshoq xizmatkorlarining farishtaday suluv yoshgina qiziga uylanib olgan edi (Oybek). G’olib kelajakni sayr qilaylik, mushfiq onaginang bilan ikkimiz (G’afur G’ulom).
5) Predmetning harorat belgisini ifodalovchi sifatlar: issiq, sovuq, iliq, salqin. Iliq bahor yomg’iri quymoqda edi (Asqad Muxtor). Zebi.... dasturxon chiqarib salqin supa ustiga yozdi (Sharof Rashidov).
6) Tozalik, ifloslik holatlarini ifodalovchi sifatlar: toza, ozoda, sof, musaffo,kir, isqirt va hokazo. Xonalarning hammasi ozoda, deraza pardalari oppoq, uy anjomlari yiltiraydi (Said Ahmad). U kir, yamoq, guppi chaponga o’ralgan, yalang oyoqlarida yirtiq kalish, boshida isqirt do’ppi (Oybek). Iliq va toza, musaffo kunlar (Turob To’la).
7) Predmetning eskilik, yangilik holatlarini ifodalovchi sifatlar: yangi, eski, churuk, uvada, juldur va hokazo. Hozir nima ko’p, eski matoga xaridor ko’p (Said Ahmad).
8) Predmetning pishgan va xomlik holatlarini ifodalovchi sifatlar predmetning hajmi, o’lchovi, miqdori kabi konkret va abstrakt belgilarini ifoda etadi. Hajm bildiruvchi sifatlar ham ko’p jihatdan holat va shakl bildiruvchi sifatlarga o’xshashdir. Masalan, keng, tor,uzun, chuqur, chog’, yirik, kalta. Katakday kichik, yer bag’rlagan qing’ir-qiyshiq xarob uylarda rus ishchilari yashaydi (Oybek). Biz olis, begona, notanish sohillar sari yo’l oldik (“Sovet O’zbekiston”). Keng dala, hamma yoq lolalardan libos kiygan (Sharof Rashidov). Ummatli yukni orqalab, katta ko’cha tomonga yurdi (Shuhrat).
Tor, chuqur,mayda,yaqin, chog’,yirik, uzoq so’zlari ham shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |