I bob O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tish zarurati va uning o'ziga xos jihatlari va tomonlari



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana31.12.2021
Hajmi0,49 Mb.
#250692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi o'zbek modeli

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


23 

 

2.1 



Davlatning 

bosh 

islohotchiligi: 

davlat 

iqtisodiy 

o'zgarishlarning 

tashabbuskori va bosh islohotchisidir va Qonun ustuvorligini ta'minlash. 

    O'zbekistonda  bozor  munosabatlariga  o'tishda  davlat  bosh  islohotchi,  iqtisodiy 

qayta ko'rishlarning tashabbuskori sifatida maydonga chiqdi. 

«Bozor munosabatlariga o'tish davrida davlat bosh islohotchi bo'lishi. iqtisodiyot 

va  mjtimoiy  turmushning  hamma  sohalarini  o'zgartirish  rejalarini  tuzib,  uni  izchillik 

bilan amalga oshirishi zarur», - deb ta'kidlaydi O'zbekistan Prezidenti Islom Karimov. 

Nima uchun bu o'ta mas'uliyatli tarixiy vazifa aynan davlatning zimmasiga yuklatildi? 

Chunki mustaqil milliy iqtisodiyotni barpo etish va ayni paytda bozor munosabatlariga 

o'tish boshlanganida mamlakatimizda davlatdan ko'ra qudratliroq kuch, tizim yo'q edi. 

Jamiyat  barcha  azolarining  iqtisodiy  imkoniyatlari  deyarli  bir  xil,  boshlang'ich 

darajada  bo'lgan.  Bozor  islohotlarining  takdirini,  ayrim  davlatlarda  bo'lgani  kabi, 

davlat korporasiyalari qo'liga topshirib qo'yib ham bo'lmasdi. 

Xorijda  kuchli  diaspora  va  sahiy  homiylarimiz  ham  yo'q.  Boz  ustiga  bozorga 

o'tishning «shok terapiyasidan» farqli o'laroq, bosqisma-bosqich amalga oshiriladigan 

ijtimoiy  yo'naltirilgan  modeli  tanlandi.  Bunday  sharoitda  aholining,  ayniqsa  uning 

kam  ta'minlangan  qismi  manfaatlarini  qayta  taqsimlash  mexanizmi  orqali  faqat 

davlatgina  himoya  qila  olishi  mumkin.  Shu  bois  davlatning  kuch-  qudratidan,  boy 

imkoniyatlaridan  foydalanmaslik  keyinchalik  to'g'rilab  bo'lmas  xatolarga  olib  kelishi 

tayin  edi.  Prezidentimiz  tomonidan  ushbu  yo'l  yagona  va  to'g'ri  yo'l  deb  tanlandi. 

Davlat  bizda  azaldan  qudratli  kuch,  boshqarish  vositasi  bo'lib  kelgan.  Islohotlardan 

oldin  barcha  mulk  obyektlarining  90  foizdan  ziyodrog'i  davlat  tasarrufida  edi.  Qayd 

etish  lozimki,  barcha  mamlakatlarda  iqtisodiyotning  samarali  faoliyat  yuritishida 

davlat, uning muassasalari va tarkibiy tuzilmalarining o'rni bor. Buni hyech kim inkor 

etmaydi.  Lekin  bozor  o'zini  o'zi  boshqara  oladigan  tizim,  munosabatlar  silsilasi. 

Bunday  sharoitda  davlatning  iqtisodiyotga  aralashuvi  yoki  iqtisodiyotning  davlat 

tomonidan tartibga solinishi qanday nisbatda, darajada bo'lishi kerak? Buning aniq bir 

mezoni yoki ko'rsatkichi bormi? Bu - juda nozik masala. 

Bozor  munosabatlariga  o'tish  jarayonida  iqtisodiyotni  davlat  tomonidan  tartibga 




24 

 

solishning  ahamiyati  shakllangan  bozor  tartiblaridan  ancha  ustun  bo'ldi.  Bu  -  tabiiy. 



O'tish  davrida  qabul  kilinadigan  iqtisodiyotga  oid  qonun,  uaror  va  qoidalarning 

ko'lami  g'oyat  keng  bo'lib,  ularning  hayotga  tatbiq  etilishi  muhim  ahamiyatga  ega. 

Shuningdek,  o'tish  davri  sharoitida  bozor  mexanizmining  hali  to'laqonli  ishga  tushib 

keta  olmasligini  ham  nazardan  chetda  qoldirmaslik  lozim.  Ma'muriy  buyruqbozlikka 

asoslangan  rejali  iqtisodiyotdan  bozor  iqtisodiyotiga  o'tish  o'z-o'zidan  yuz  bermaydi. 

Shuning  uchun  ham,  davlatning  asosiy  vazifalaridan  biri  ushbu  jarayonni  tartibga 

solish, iqtisodiyotning  bir  maromda  faoliyat ko'rsatishini  ta'minlash  maqsadida bozor 

infratuzilmasini shakllantirishdir

11



Bozor  iqtisodiyotiga  o'tish  davrida  O'zbekistonda  davlat  qo'yidagi  asosiy 



iqtisodiy vazifalarni bajardi: 

-pul emissiyasi, pul-kredit, soliq va byudjet tizimini tartibga solish; 

-fuqarolarning huquq va erkinliklarini. mulkdorlar va xo'jalik subyektlari huquqlarini 

kafolatlash; 

-makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash; 

-monopoliyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish va raqobat muhitini yaratish; 

-ilm-fan va axborot texnologiyalarini rivojlantirish; 

-faol tashqi iqtisodiy siyosat yuritish; 

-umumdavlat  ahamiyatiga  ega  ishlab  chiqarish,  ijtimoiy  va  ekologik  infratuzilmani 

rivojlantirish; 

-kam  ta'minlangan  aholi  guruhlarini  ijtimoiy  himoyalash;  -atrof-muhitni  muhofaza 

qilish; 


-iqtisodiyotning  tarmoq  va  hududiy  tarkibini  optimallashtirish;  -mamlakat  iqtisodiy 

xavfsizligini ta'minlash; 

-bozor munosabatlarining huquqiy asoslarini yaratish; 

-ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  strategiyasini  ishlab  chiqish  va  amalga  oshirish  va 

                     

11

 



“Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish - ustuvor maqsadimizdir”.  

Prezident Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi  Konunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlis

idagi ma’ruzasi // Xalk so’zi, 2010 yil 28 yanvar,389-391-betlar 

  



25 

 

hokazolar. 



O'zbekistonda  iqtisodiyotni  davlat  tomonidan  tartibga  solish  huquqiy,  ma'muriy 

va iqtisodiy usullar bilan birgalikda olib borildi. Turli mulk shaklidagi korxonalar va 

bozor  institutlarining  (bank,  birja,  aksionerlik  jamiyatlari)  faoliyat  ko'rsatishi 

me'yorlarini  ta'minlovchi,  bozor  sharoitiga  mos  yangi  soliq  sug'urta,  aholini  ijtimoiy 

himoyalash,  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish,  raqobat  muhitini 

yaratish,  kichik  va  xususiy  biznesni  qo'llab-quvvatlash  bo'yicha  qonunlar  tizimi 

yaratildi. 

Iqtisodiy  faoliyatning  alohida  sohalarini  boshqarish  ta'kikdlash,  ruxsat berish va 

majburiy  chora-tadbirlar  orqali  amalga  oshirildi.  Ma'muriy  yo'l  bilan  monopolist 

korxonalar  va  ijtimoiy  ahamiyati  yuqori  mahsulot  narxlari  ustidan  davlat  nazorati 

o'rnatildi.  Alohida  tovarlar  eksport  va  import  kvotalari  o'rnatildi  yoki  litsenziyalar 

belgilandi.  Ijtimoiy  sohalar  va  ekologiya  masalalarida  ham  davlatning  ma'muriy 

usullaridan foydalanildi. 

Tartibga  solishning  yaxlit  iqtisodiy  usullari  tizimini  yaratish  davlatning  o'tish 

davridagi eng muhim vazifalaridan biri hisoblandi. Shu maqsadda davlatning iqtisodiy 

siyosati  (pul-kredit,  moliya-byudjet,  soliq,  valyuta,  bojxona,  narxlar,  amortizasiya  va 

boshqalar)  ishlab  chiqildi  va  izchil  amalga  oshirildi.  Shuningdek,  davlat  buyurtmasi, 

kvotalar,  lisenziyalar,  byudjetdan  moliyalashtirish,  prognozlashtirish  va  dasturlar 

ishlab chiqish kabi tartibga solish vositalaridan keng foydalanildi. 

2008  yilda  boshlangan  global  moliyaviy-iqtisodiy  inqiroz  Prezidentimiz  Islom 

Karimov  tomonidan  ilgari  surilgan  davlatning  bosh  islohotchi  bo'lishiga  oid  tamoyil 

naqadar to'g'riligini va hayotiyligini yana bir bor tasdiqladi. Global inqiroz sharoitida 

ko'plab davlatlar juda katta miqdordagi oltin-valyuta zaxiralari va jamg'armalarini o'z 

moliya-kredit  tizimini  saqlab  qolishga  sarflashga  majbur  bo'ldi.  Shu  yo'l  katta 

bankrotliklarning  oldini  oldi,  iqtisodiyotning  arteriyasi  hisoblanadigan  bank  tizimini 

xalokatdan ko'tkardi. Birgina AQShning o'zi Federal zaxira jamg'armasidan bir necha 




26 

 

yuz  milliard  dollardan  iborat  mablag'ni  inqiroz  oqibatlarini  yumshatishga  sarfladi



12

2010  yilning  boshida  Shveysariyaning  Davos  shahrida  o'tgan  an'anaviy  xalqaro 



iqtisodiy  forumda  davlat  arboblari  va  iqtisodchilar  «davlat  aralashmaganida  hamma 

narsa bir zumda barbod bo'lar edi» deb ruy-i rost tan oldilar. Bu gap zamirida global 

moliyaviy-iqtisodiy  inqiroz  "eshik  qoqqan"  murakkab  sharoitda  mamlakatlar  bank-

moliya  tizimiga  davlat  yordamga  kelmaganida  butun  jahon  iqtisodiyoti  bir  zumda 

inqiroz botqog'iga g'arq bo'lar edi, degan e'tirof bor. 

O'zbekistonda  makroiqtisodiy  barqarorliq  katta  oltin-valyuta  zaxiralarining 

mavjudligi,  rivojlanish  jamg'armasi  imkoniyatlari,  tashqi  qarzning  minimumga 

tushirilganligi  jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi  sharoitida  bunday  murakkab 

masalarni  o'z  vaqtida  samarali  hal  qilish  imkonini  berdi.  Osiyo  taraqqiyot  bankining 

O'zbekistondagi  doimiy  vakolatxonasi  rahbari  Kazuxiko  Xiguchi  haqli  ravishda 

ta'kidlaganidek,  "o'zbek  modeli"ning  o'ziga  xos  jihatlaridan  biri  shundaki,  davlat 

boshqaruvi  makro  darajada,  bozor  iqtisodiyotini  shakllantirish  esa  mikro  darajada 

amalga oshirishni  nazarda tutadi. O'zbekistonda izchillik  bilan  amalga  oshirilayotgan 

islohotlar  mutanosib  va  barqaror  rivojlanishga,  sanoatni  modernizasiya  qilish  va 

texnologik  qayta  jihozlashga  xizmat  qilayotir.  Makroiqtisodiy,  tuzilmaviy  va 

institusional o'zgarishlarda, ayniqsa, kichik biznesni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash 

borasida ulkan yutuqlar qo'lga kiritilmoqda". 

Erkin  raqobat  davrlaridan  farqli  o'laroq, bugun  zamonaviy  iqtisodiyotda  miqdor 

va sifat o'zgarishlari yuz berib, faoliyat ko'rsatish tizimi g'oyat murakkab va ziddiyatli 

tus  olmoqda.  Agar  o'tgan  asrda  monopoliyalar  iqtisodiyotda  noyob  holat  sifatida 

uchragan  bo'lsa,  endilikda  har  bir  bozor,  tarmoqlarning  katta  qismi  monopol 

korxonalar  ta'siriga  tushib  qolayotir.  Transmilliy  korporasiyalar  bozor  va  uniig 

segmentlaridan  kattaroq  ulush  olish  maqsadida  keng  tomir  yoymoqda.  Natijada, 

iqtisodiyotni  muvozanatga  keltirib  turuvchi  bozor  mexanizmining  to'laqonli  faoliyat 

                     

12

Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada  chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish k



onsepsiyasi  (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Konunchilik palatasi va Senatining  Qo’shma majlisidagi ma’ruza), 

—Xalq  so’zi”, 2010 yil 13 noyabr,362-365-betlar 

  



27 

 

doirasi toraymoqda. Ikkinchi tomondan, keng aholi qatlamlarini ijtimoiy himoyalash, 



iqtisodiy o'sishning yuqori sur'atlarini ta'minlash vazifalarining ahamiyati ortmoqda. 

Mamlakat  iqtisodiy  taraqqiyoti  bilan  bog'liq  shunday  sohalar  borki,  ular  odatda 

ulkan  hajmlarda  investisiyalar  kiritishni  talab  qiladi.  Oddiy  tadbirkor  va 

korxonalarning bunga qurbi yetmaydi. Ko'p hollarda bu sohalar daromad keltirmaydi 

yoki  foydasi  uzoq  vaqtdan  keyin  kelishi  mumkin.  Odatda,  bunday  sohalar,  masalan, 

transport,  kommunikasiya,  ekologiya,  energetika  xizmatlaridan  barcha  barobar 

foydalanadi.  Davlat  bozor  tizimining  samarali  ishlashiga  yordam  ko'rsatuvchi  muhit 

va  poydevor  yaratadi,  iqtisodiyotiing  barcha  ishtirokchilari  uchun  teng  imkoniyatlar 

beruvchi  yagona  qoidalarni  joriy  qiladi,  raqobatni  rag'batlantiradi,  tarkibiy 

o'zgarishlarni  amalga  oshiradi

13

.  daromadlarni  taqsimlaydi,  keng  aholi  qatlamlarini 



ijtimoiy  himoyalash  maqsadida  uni  qayta  taqsimlaydi,  iqtisodiy  o'sishni  qo'llab-

quvvatlaydi va hokozo. 

Davlatning  islohotchilik  roli  va  ahamiyati  shu  bilan  tugamaydi.  O'zbekistonda 

davlat ijtimoiy sohadagi islohotlarga ham  rahnamolik qilib kelmoqda. Shu maqsadda 

davlat  byudjetidan  ta'lim,  sog'likni  saqlash,  sport,  kommunal  xizmat  va  boshqa 

ijtimoiy  sohalarga  sarflanadigan  mablag'lar  hajmi  yildan  yilga  oshirilmoqda.  Ta'lim, 

sog'liqni  saqlash,  sport  va  uy-joy  bilan  ta'minlash  sohasida  amalga  oshirilgan 

islohotlar  ko'lami  keng  va  samarasi  g'oyat  yuqori.  Ijtimoiy  infratuzilma  barqaror 

faoliyat  ko'rsatmokda  va  rivojlanmokda.  2010  yilda  O'zbekistonda  9860  umumta'lim 

maktabida  4676,1  ming  o'quvchi,  1539  o'rta  maxsus,  kasb-hunar  ta'limi 

muassasalarida 1623,1 ming o'quvchi, 66 oliy ukuv yurtida 300 mingdan ziyod talaba 

tahsil oldi. 

Global  moliyaviy  iqtisodiy  inqiroz  davlatning  iqtisodiyotga  aralashuvini 

kuchaytirdi. Bu sharoitda davlat bankrotlik yoqasiga kelib qolgan korxona va xizmat 

turlarini qayta milliylashtirib, «tiriltirib» yana o'z tasarrufidan xususiy qo'llarga sotish 

amaliyotini ham qo'lladi. 

                     

13

 I.A. Karimov. O'zbekiston XXI asrga intilmoqda. T.: "O'zbekiston",1999,268-272-betlar 



  


28 

 

Iqtisodiyotni  modernizasiya  qilish,  ishlab  chiqarishni  diversifikasiyalash 



jarayonida davlatning o'rni va roli katta. Modernizasiyalash ijtimoiy-iqtisodiy jarayon 

bo'lib, iqtisodiyotning asosiy negizini o'zgartirmasdan turib, muttasil takomillashtirish 

bo'yicha  davlat  tomonidan  jahon  taraqqiyotining  zamonaviy  tendensiyalarini  hisobga 

olgan  holda  ko'riladigan  chora-tadbirlar  tartibotidir.  Modernizasiyalash  davlatning 

investision  va  ijtimoiy  siyosatini  o'zida  ifoda  etib,  soliq  tartibini  takomillashtirishni, 

iqtisodiyot  tarkibini  davlat  tomonidan  boshqarishni,  boshqaruv  organlari  vazifalariga 

o'zgartirishlar kiritishni taqozo etadi. Modernizasiyalash milliy iqtisodiyotning xalqaro 

raqobatbardoshligini  oshirishga  yo'naltirilgan  iqtisodiyotni  tarkibiy,  institusional, 

texnologik  takomillashtirish  jarayoni  sifatida  davlatning  islohotchiligiga  tayanadi. 

Davlat modernizasiyalashning faol subyekti sifatida uning maqsadi, vazifalari, ustuvor 

yo'nalishlari,  uni  amalga  oshirish  sur'atlari,  resurslari  va  innovasion  asoslarini 

belgilaydi.  Modernizasiya  ilmiy  va  mehnat  sig'imi  yuqori  bo'lgan  texnologiyaga 

o'tishni  anglatadi  va  ishlab  chiqarishning  innovasion  yo'nalishini  kuchaytirishga 

xizmat qiladi. 

O'zbek modelining yana bir xarakterli tamoyili qonun ustuvorligini yoki ijtimoiy 

yo'naltirilgan  bozor  iqtisodiyotining  huquqiy  asoslarini  ta'minlash  bilan  bog'liqdir. 

Chunki bozor munosabatlarining o'ziga xos qonun va qoidalari bo'lishi tabiiy. Xorijda 

bunday  tartib  va  qoidalar  bir  necha  yuz  yillar  mobaynida  shakllanib,  takomillashib 

kelgan.  Ularni  inkor  etish  yoki  mensimaslik  -  xato.  Global  iqtisodiyotga 

integrasiyalashuv ham aynan shuni - ularga rioya etishni talab qiladi. 

O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimov  ta'kidlaganidek,  «ijtimoiy 

yo'naltirilgan  bozor  iqtisodiyotining  qonunchilik  asosini  yaratish  -  bu  faqat  o'tish 

davrining  majburiy  shartigina  bo'lib  kolmay,  balki  huquqiy  davlatni  barpo  etishning 

o'ziga  xos  xususiyati  hamdir».  Bu  xulosadan  ko'rinib  turibdiki,  bozorga  o'tish 

sharoitida  xo'jalik  yuritishning  muayyan  yo'nalishlarini  tartibga  solish  bo'yicha qabul 

qilinadigan  qonunlar  qisqa  muddatga  yoki  tor  sohalar  bilan  cheklanib  qolmasdan, 

uzoq  muddatlarga  mo’ljallangan  jamiyat  hayotining  barcha  jihatlarini  huquqiy 

ta'minlashga  qaratilgan  bo'lishi  lozim.  Ayni  paytda  Prezidentimiz  qonunlar  hayotiy, 




29 

 

amaliyot  bilan  uzviy  bog'liq  bo'lishi  va  undan  kelib  chiqmog'i,  qonun  hujjatlarining 



bevosita  ta'sir  kuchi  shunga  muvofiq  fuqarolarning  ham  huquqiy  madaniyati  yuqori 

bo'lishi  lozimligini  ta'kidlaydi.  «Qonunning  ustuvorligi  shuni  bildiradiki,  asosiy 

ijtimoiy, eng avvalo, iqtisodiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi, uning 

barcha  qatnashchilari  esa  xech  bir  istisnosiz  huquq  normalarini  buzganligi  uchun 

javobgar bo'ladi». 

O'zbekiston 

Respublikasi 

Konstitusiyasining 

53-moddasida 

«Bozor 


munosabatlarini  rivojlantirishga  qaratilgan  O'zbekiston  iqtisodiyotining  negizini 

xilma-xil  shakldagi  mulk  tashkil  etadi.  Davlat  ...  barcha  mulk  shakllarining  teng 

huquqligini va huquqiy jixatdan bab-barobar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy 

mulk boshqa mulk shakllari kabi daxleiz va davlat himoyasidadir» deb mustaxkamlab 

qo'yilgan

14

. O'zbekistonda «Yer, yer osti boyliklari, suv, usimlik va hayvonot dunyosi 



hamda  boshqa  tabiiy  zaxiralar  umummilliy  boylikdir».  Davlat  tasarrufidan  chiqarish 

va  xususiylashtirishni  amalga  oshirishni  huquqiy-me'yoriy  jihatdan  ta'minlash 

maqsadida  «O'zbekiston  Respublikasida  mulkchilik  to'g'risida»  (1990),  «Davlat 

tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtrish  to'g'risida»gi  (1991)  O'zbekiston 

Respublikasi  qonunlari,  Vazirlar  Maxkamasining  «Mahalliy  sanoat,  aholiga  maishiy 

xizmat  ko'rsatish,  davlat  savdo  va  umumiy  ovqatlanish  korxona  va  tashkilotlarini 

davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirishni  tashkil  etishning  chora-tadbirlari 

to'g'risida»gi qarori va boshqa qonunosti hujjatlari qabul qilindi. 

«Tovar  bozorlarida  monopolistik  faoliyatni  cheklash  va  raqobat  to'g'risida» 

(1996),  «Iste'molchilar  huquqlarini  himoya  qilish  to'g'risida»  (1996),  «Tabiiy 

monopoliyalar  to'g'risida»gi  (1997)  qonunlar  mamlakatimizda  raqobat  muhitini  ri- 

vojlantirish,  bozorlarda  monopolistik  holatlarning  oldini  olishda  huquqiy  asos  bo'lib 

xizmat  qilayotir.  Tadbirkorlik  faoliyatining  qonuniy  asoslarini  yaratish  va 

takomillashtirish  maqsadida  1995  yilda  «Kichik  va  xususiy  tadbirkorlikni 

rivojlantirishni  rag'batlantirish  to'g'risida»gi  qonun  qabul  qilindi.  1997-1999  yillarda 

                     

14

 Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. -T., «O’zbekiston», 1995,466-469-betlar 



  


30 

 

esa  «Xo'jalik  yurituvchi  subyektlarni  davlat  tomonidan  nazorat  qilish  to'g'risida», 



«Tovar  ishlab  chiqaruvchilar  va  tadbirkorlar  palatalari  to'g'risida»,  «Tadbirkorlik  va 

tadbirkorlar  faoliyatini  kafolatlash  to'g'risida»gi  qonunlar  qabul  qilindi.  2000  yilda 

«Tadbirkorlik  faoliyati  erkinligining  kafolatlari  to'g'risida»gi  qonunning  qabul 

qilinishi  ham  tadbirkorlik  faoliyatining  yanada  kengayishi  va  mustahkamlanishida 

muhim  ahamiyat  kasb  etdi.  Qonun  ustuvor  bo'lmagan  joyda  korrupsiya  va 

boqimandalik,  o'g'irlik  yulg'ichlik  g'aznani  talash,  tayyorga  ayyorlik  kabi  jamiyat 

me'yoriy  holatiga  zid  illatlar  tomir  otadi.  Shular  orasida  bir  qarashda  oddiy,  beozor 

tuyuladigan  boqimandalikning  ham  xavfi  juda  katta.  Boqimandalik,  o'zining  lug'aviy 

ma'nosiga  ko'ra,  birovning  qaramog'ida  bo'lish,  birovga  boqimlik,  nonxurlik, 

qaramlikni bildiradi. Haddan tashqari markazlashgan reja va qat'iy taqsimot hukmron 

jamiyatda boqimandalik uchun iqtisodiy va ijtimoiy sharoit mavjud bo'ladi. Buni sobiq 

ittifoq  misolida  ko'rish  mumkin.  Chunki,  moddiy  ne'matlar  ularni  ishlab  chiqarish 

uchun sarflangan mehnatga muvofiq emas, sun'iy ravishda taqsimlash vositalari orqali 

bir xil, ya'ni hammaga teng bo'linar va iste'mol etilardi. O'tgan 70 yildan ko'prok davr 

mobaynida  bunday  kayfiyat  ("Bersang  -  yeyman,  ursang  -  ulaman!")  kishilarning 

ongiga chuqur singib ulgurdi. Shuning uchun bunday kayfiyatdan qutulish tez va oson 

kechmaydi. Jamiyatni boqimandalik kayfiyatidan batamom forig' etish mulkka egalik 

ko'nikmalarini  to'la  shakllantirish  kabi  muayyan  davr,  targ'ibot-tushuntirish,  uqitish-

o'rgatish ishlarini talab qildi

15



Albatta, hech bir jamiyat boqimandalik rivoj topishidan manfaatdor emas. Lekin, 

shunga qaramay, u turli shakllarda zoxir bo'ladi. Avvalo, boqimandalikning uch turini 

bir-biridan  farqlash  kerak.  Birinchisi,  eng  oddiy,  maishiy  shaklda  namoyon  bo'ladi. 

Hech  qayerda  ishlamaydigan,  hech  kimga  nafi  tegmaydigan,  birovlar  mehnatining 

natijasini  o'zlashtirishni  odat  qilgan,  boshqalar  hisobiga  kun  o'tkazib  yuradiganlar 

shular  jumlasidandir.  Boqimandalikning  ikkinchi  turiga,  uning  yasama,  soxta  shakli 

kiradi.  Masalan,  sho'ro  zamonida  «og'alar»ning  boshqa  respublikalar  aholini 

                     

15

 N.Tuxliyev Taraqqiyotning O’zbek modeli. T.:2012,349-352-betlar 



  


31 

 

boqimandalikda  ayblashi  davlat  siyosati  darajasiga  ko'tarilgan  edi.  Go'yo  milliy 



respublikalar o'zlarini o'zlari boqa olmaydi, shuning uchun milliy byudjet taqchilligini 

to'ldirish  maqsadida  umumittifoq  byudjetidan  dotasiya  oladi,  markaz  boshqa  o'lkalar 

uchun  donorlik  vazifasini  bajaradi.  Milliy  respublikalar  esa,  aksincha,  o'zlarini 

«umumiy qozon»ga ko'p ulush qo'shgan-u, ammo «cho'mich»da qoqilgan hisoblardi. 

Aslida  yagona  xalq  xo'jaligi  kompleksi  deb  atalgan  xalqlar  va  milliy  tuzilmalar 

konglomeratiga kim  qancha bergani-yu, undan qancha olganini aniq aytish qiyin edi. 

Qizg'in  baxslar  natijasi  o'laroq  respublika  xo'jalik  hisobi  tushunchasi  paydo  bo'ldi. 

Viloyatlar,  shaharlar  va  tumanlar  ham  o'z  xo'jalik  hisobini  tashkil  etishga  kirishib 

ketdi.  Biroq  ular  biron-bir  amaliy  natija  bermadi.  Boshqacha  bo'lishi  ham  mumkin 

emasdi.  Bu  boradagi  baxs  va  extiroslarga  SSSRning  barham  topishi,  milliy 

respublikalar  o'z  davlat  suverenitetini  o'rnatishi,  bozor  munosabatlariga  o'tish  nuqta 

qo'ydi.  Boqimandalikning  uchinchi  shakli  ancha  uyushgan  va  takomillashgan.  Unga 

qarshi  samarali  ko'rash  olib  borilmasa,  jamiyatga  juda  katta  iqtisodiy  va  ma'naviy 

zarar  yetkazadi.  Odatda  u  davlat,  o'rta  va  quyi  bo'g'inlarda  yaratilgan  moddiy 

ne'matlarni,  resurslarni  taqsimlash  jarayonida  sodir  bo'ladi.  To'g'ri,  bozor 

iqtisodiyotiga o'tish munosabati bilan moddiy-texnika ta'minoti, fondlarni taqsimlash, 

har xil limitlarni ajratish kabi mexanizmlarga barham berildi. Ammo xali ham turli xil 

darajalarda  markazlashgan  pul  resurslarini  shakllantirish  va  ulardan  foydalanish 

institutlari  mavjud.  Xuddi  ana  shu  joyda  boqimandalik  uchun  imkoniyat  vujudga 

kelishi  mumkin.  Markazlashgan  pul  resurslarini  shakllantirish  va  undan 

foydalanishning eng muhim quroli davlat byudjeti va maxalliy byudjetlardir. Byudjet 

daromadlari, asosan, soliqlardan hosil bo'ladi. Uning kichik bir qismi bojxona bojlari 

va resurs to'lovlari hisobiga to'g'ri keladi. Bevosita aholi daromadlaridan undiriladigan 

soliqlar  hisobiga  ham  davlat  byudjeti  daromadlari  shakllanadi.  Mamlakatimizda 

korxona daromadlari va aholi daromadlaridan bevosita undiriladigan soliqlar sezilarli 

darajada  o'sganligiga  qaramasdan,  ularning  yalpi  ulushi  byudjet  daromadlarining  40 

foizga  yaqinini  tashkil  etadi,  xolos.  Bilvosita  soliqlar  (asosan,  aksiz  va  qo'shimcha 

qiymat  soliqlari)  miqdori  biroz  pasaygan  bo'lsada,  byudjet  daromadlarida  ularning 




32 

 

hissasi  baland  -  qariyb  50  foizga  teng.  Davlat  o'zi  beradigan  ayrim  xizmatlarga  haq 



to'lash, iqtisodiyotda harajallar darajasini nazorat qilish, daromadlarni taqsimlashdagi 

tengsizlikni bartaraf etish, mamlakat sanoatini chet ellik raqobatchilardan himoyalash 

va boshqa maqsadlarda soliq undiriladi. Agar davlat u yoki bu turdagi mahsulot ishlab 

chiqarishni  (tamaki,  aroq)  kamaytirishni  xoxlasa,  unga  ko'proq  soliq  belgilaydi. 

Iqtisodiyotni  moliyalashtirishga  ketadigan  byudjet  harajatlari  hissasi  barcha  byudjet 

harajatlarining 50 foizdan ziyodrog'ini tashkil etmoqda. Byudjet harajatlarida ijtimoiy-

madaniy tadbirlarning ulushi - 45,3 foiz. 

Soliq  to'lamaslik  yoki  firibgarlik  bilan  unga  chap  berish  yoki  o'ziga  noqonuniy 

imtiyoz  yaratib  olish  -  jinoyatdir

16

.  Bo'larning  hammasi  «O'zbekiston  Respublikasi 



fuqarolaridan  va  fuqaroligi  bo'lmagan  shaxslardan  olinadigan  daromad  solig'i 

to'g'risida»  (15.02.1991),  «Mahalliy  soliqlar  va  yig'imlar  to'g'risida»  (7.05.1993), 

«Jismoniy  shaxslarning  mol-mulkiga  solinadigan  soliqlar  to'g'risida»gi  (28.12.1993) 

qonunlarimiz  hamda  O'zbekiston  Respublikasining  Soliq  kodeksi  (24.04.1997)  va 

Bojxona kodeksi (26.12.1997) va boshqa qonun- qoidalarni qo'pol ravishda buzishdir. 

Agar  bunday  qulayliklarga  ega  bo'lish  uchun  shaxs,  korxona  yoki  tarmoq 

«indulgensiya»ni  qo'lga  kiritsa,  ya'ni  o'zi  uchun  "zarur"  qo'shimcha  imkoniyatlarni 

qonuniy  rasmiylashtirib  olsachi?  Buning  yomonligi  shundaki,  unda  ishlab  chiqarish 

harajatlari,  mahsulot  tannarxi  boshqa  turdosh  korxonalarga  nisbatan  past  bo'ladi. 

Natijada,  yuqori  daromad  (foyda)  oladi.  Tabiiyki,  o'z  ishchi  va  xizmatchilariga  ham 

yuqori  ish  haqi  beradi.  Shu  yo'sinda  tarmoq  va  guruh  xudbinligi,  boqimandaligi 

shakllanadi.  Bir  toifadagi,  bir  xil  sharoitdagi  korxonalar  va  ulardagi  ishchi  va 

xizmatchilar  o'rtasida  ziddiyat  paydo  bo'ladi. Chunki  bir  korxonada  har bir so'm  pul, 

mahsulot  peshona  teri  evaziga,  barcha  jismoniy  va  aqliy  imkonmyatlar  to'la  safarbar 

etilgan  holda,  zaxmat  chekib  topilsa,  ikkinchi  korxonada  bunday  imkoniyatga  juda 

oson  -  sun'iy  yo'l  orqali  erishiladi.  Bunday  psixologiya  esa  tez  tomir  otadi,  atrof-

muhitga salbiy ta'sir o'tkazadi. Uni iqtisodchilar «boqimandalik sindromi» deb ataydi. 

                     

16

 Karimov I.A. O’zbekiston bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li- T.: O’zbekiston, 1993,455-459-betlar 



  


33 

 

Negaki,  ayrimlar  davlat  byudjeti  vositalaridan  "bemalol"  foydalanishga  o'rganib 



qoladi. Bunday toifadagilar, odatda, «chiptasiz yo'lovchilar»ga o'xshatiladi. 

Deylik,  xalq  ta'limini  takomillashtirishga  100  milliard  sum  mablag'  zarur.  Bu  raqam 

mamlakatning katta yoshdagi aholisi soniga taqsimlansa, 10000 so'mdan to'g'ri keladi. 

Ya'ni, ularning  har  biri xalq ta'limi  rivoji  uchun  davlat  byudjetiga shuncha  miqdorda 

ulush  qo'shishi  lozim.  Agar  bu  ish  erkin  va  ixtiyoriylik  asosida  amalga  oshiriladigan 

bo'lsa, ayrim fuqarolar o'z ulushini - soliq boj va boshqa zarur to'lovlarni to'lamasligi 

mumkin.  Natijada,  mamlakat  xalq  ta'limini  moliyalashtirish  manbalarining  muayyan 

qismidan  mahrum  bo'ladi.  Moddiy  ne'matlarni  ishlab  chiqarishga  o'z  hissasini 

qo'shmasdan  turib,  undan  foydalanishga harakat  qiladiganlar ana  shunday  «chiptasiz 

yo'lovchilar»  hisoblanadi.  Aytish  mumkinki,  ijtimoiy  boqimandalarning  jamiyatga 

keltiradigan  moddiy  va  ma'naviy  zarari  ko'lami  jihatidan  juda  xavfli.  Chunki  bu 

toifadagi boqimandalar davlatning cho'ntagiga chang soladi. Lekin o'g'riga jazo bor-u, 

boqimandalik  uchun  aniq  jinoiy  javobgarlik  yo'q  Shuning  uchun  ham  bu  illat  ancha 

yashovchan. Ammo ijtimoiy himoyaga muxtoj yoki boshqa davlat byudjeti hisobidan 

kun  kechiradiganlar,  masalan,  nafaqaxo'rlarni  boqimanda  yoki  davlatga  boqim,  deb 

atash  mumkin  emas.  O'zbekiston  aholisining  qariyb  yarmidan  ko'prog'i  mehnatga 

qobiliyatli  yoshdagilardir.  Qolgan  qismini  esa  mehnatga  qobiliyatli  yoshdan  yuqori 

yoki  pastlar,  nogironlar,  vaqtincha  mehnatga  layoqatini  yo'qotganlar  tashkil  etadi. 

Odatda  ular  davlat  byudjeti  hisobidan  nafaqa  va  imtiyoz  bilan  ta'minlanadilar.  Nima 

uchun ular davlatga boqimanda emas? Chunki, birinchidan, o'zini o'zi boqishga qurbi 

yetmaydigan  fuqarolarga  g'amxurlik  ko'rsatish  -  ijtimoiy  yo'naltirilgan  bozor 

iqtisodiyoti  -  davlatimiz  siyosatining  asosiy  yo'nalishlaridan.  Ikkinchidan,  bugun 

byudjet  hisobidan  nafaqa  yoki  imtiyoz  olib  turgan  fuqarolarning  aksariyati  ilgari  o'z 

davlagi  va  uning  ravnaqi  yo'lida  mehnat  qilgan,  kolaversa,  nafaqa  jamg'armasini 

shakllantirishga  o'z  hissasini  qo'shgan.  Maktab  yoki  undan  kichik  yoshdagilar, 

talabalar esa mamlakat kelajagidir. Ularga sarflanayotgan mablag' istiqbolda bir necha 

o'n barobar bo'lib qaytadi. 

Mamlakatimizda  ijtimoiy  ishlab  chiqarishni,  qo'shma  va  xususiy  tadbirkorlikni, 




34 

 

xalqaro savdo-sotiqni rivojlantirishning iqtisodiy-moliyaviy mexanizmlari, huquqiy va 



moddiy  asoslari  yaratilgan.  Ularning  to'la  ishlashi,  davlat  va  maxalliy  byudjetlarni, 

ijtimoiy  fondlarni  mablag'  bilan  ta'minlash  imkoniyatlari  kengaymoqda.  Bular 

masalaning  asosiy  tomoni.  Uning  boshqa  muhim  tomoni  ham  bor:  jamiyatda 

yaratilgan  moddiy  ne'matlarni  taqsimlash  va  qayta  taqsimlash,  ularning  ixtiyoridagi 

vosita  va  mablag'larni  aniq  maqsadga  yo'naltirish  va  bu  borada  xudbinlikka  yo'l 

qo'yilmasligi kerak. Eng asosiysi, Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganidek, faqat 

uyushgan  bozorgina  xalqning  ijodiy  va  mehnat  imkoniyatlarini  ochib  bera  oladi, 

boqimandalikka xotima beradi, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni rivojlantira oladi, 

rag'batlantirishni  va  yuqotilgan  egalik  tuyg'usini  qayta  tiklaydi.  Muhimi, 

kishilarimizning huquqiy madaniyatini yanada oshirib borish lozim

17

. Ana shundagina 



ular  o'zlarining  huquq  va  burchlarini  to'laroq  anglaydi,  qonunbuzarliklarning  oldi 

olinadi. Qonun ustuvor joyda esa adolat barqaror bo'ladi. 




Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish