I bob O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tish zarurati va uning o'ziga xos jihatlari va tomonlari



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana31.12.2021
Hajmi0,49 Mb.
#250692
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi o'zbek modeli



 

MUNDARIJA: 

Kirish……………………………………………………………………2-4 

I bob O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tish zarurati va uning o'ziga xos 

jihatlari va tomonlari. 

1.1  Iqtisodiyotni  tubdan  yangi  qarashda  isloh  etishda  “o'zbek  modeli”  ning  o'rni  va 

ahamiyati……………………………………………………………..5-13 

1.2  O'zbekistonda  bozor  iqtisodiyotiga  o'tish  nazariyasi  va  bu  bo’yicha  amaliy 

harakatlar……………………………………………………………..14-22 

II bob O'zbek modeli ning asosiy tamoyillari va bosqichlari. 

2.1  Davlatning  bosh  islohotchiligi:  davlat  iqtisodiy  o'zgarishlarning  tashabbuskori  va 

bosh islohotchisidir va Qonun ustuvorligini ta'minlash……………..23-34 

2.2  Kuchli  ijtimoiy  siyosat  va  Bozor  iqtisodiyotiga  o'tishning  bosqichma-bosqich 

bo’lishi……………………………………………………………………..35-40 

Xulosa 


Foydalanilgan  adabiyotlar  ro’yxati.


 

KIRISH 

Bozor  va  uning  tuzilishi,  bozor  iqtisodiyotining  mazmuni,  belgilari,  uning 

afzallik va kamchilik tomonlarini o'rgangandan keyin endi bozor iqtisodiyotiga o'tish 

kerakmi  yo'qmi,  degan  savol  turadi.  Hozirgi  vaqtda  ko'pchilik  mamlakatlar  boshqa 

iqtisodiy tizimlarga qaraganda bozor iqtisodi- yoti tizimi afzal deb, unga o'tmoqdalar. 

Bozor  iqtisodiyotiga  o'tish  uchun  maxsus  o'tish  davri  zarur  bo'lib,  bu  davrning 

mazmuni va asosiy belgilarini ko'rib chiqish maqsadga mu-vofiq hisoblanadi. 

O'tish  davri  nazariyasi,  xususan  bozor  iqtisodiyotiga  o'tish  yo'llari  bayon 

qilinadi.  Shuningdek,  O'zbekistonda  bozor  iqtisodiyotiga  o'tishning  tamoyillari  va 

xususiyatlari,  respublikada  bozor  islohotlarini  amalga  oshirish-  ning  mazmuni, 

maqsadi va asosiy yo'nalishlari ko'rsatib beriladi. Bu kurs ishi bozor munosabatlariga 

o'tish,  iqtisodiyotni  erkinlashtirish  va  islohotlarni  chuqurlashtirish  jarayonida 

makroiqtisodiy  barqarorlikka  erishish,  strategik  vazifalarni  amalga  oshirish  yo'llarini 

tahlil qilish bilan yakunlanadi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrining umumiy mazmuni 

iqtisodiy  munosabatlarning  alohida  unsurlarini  isloh  qilish  yoki  iqtisodiy  siyosatga 

tuzatishlar  kiritish  emas,  balki  butun  iqtisodiy  munosabatlar  tizimini  o'zgartirishdan 

iboratdir.  Ma'muriy  buyruqbozlikka  asoslangan  iqtisodiyotdan  bozor  iqtisodiyotiga 

o'tish  davri  deganda  ma'muriy-buyruqbozlik  tizimini  bartaraf  etish  yoki  tubdan 

o'zgartirish  hamda  bozor  tizimining  asoslarini  shakllantirish  jarayonlari  amalga 

oshiriluvchi  tarixiy  davr  tushuniladi.  1980-1990  yillarga  kelib  dunyoda  ro'y  bergan 

muhim o'zgarishlar iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to'g'risidagi nazariyalarni qaytadan 

ko'rib  chiqish  va  ularga  jiddiy  o'zgartirishlar  kiritishni  zarur  qilib  qo'ydi.  Chunki  bu 

vaqtga  kelib  G'arbiy  mamlakatlarda  uzoq  vaqtdan  beri  (A.Smit  davridan  boshlab) 

hukm  surib  kelgan  erkin  iqtisodiy  tartibga  solish,  ya'ni  iqtisodi-  yotning  o'zini-o'zi 

tartibga  solish  g'oyasi  ham,  iqtisodiyotni  markazlashtirilgan  tarzda  tartibga  solish  va 

boshqarish g'oyasi ham inqirozga uchradi. Bunday sharoitda iqtisodiy taraqqiyot-ning 

sifat jihatdan yangi yo'llarini qidirib topish zarur bo'lib qoldi. Bu vaqtga kelib ko'pgina 




 

rivojlangan  mamlakatlarning  tajribalari  umumlashtirilib,  iqtisodiyotning  yangi 



taraqqiyot  yo'li-ongli  ravishda  boshqariladigan  va  tartibga  solinadigan  bozor 

iqtisodiyoti  deb  tan  olindi  va  aksariyat  davlatlar  shu  yo'lni  tanladilar.  Lekin  bunday 

bozor  iqtisodiyotiga  o'tish  yo'llari  (modellari)  xilma-xil  bo'lib,  ularning  umumiy  va 

xususiy to-monlari farqlanadi. O'tgan davr  mobaynida amalga oshirilgan ulkan ishlar 

tufayli yurtimizning barcha hudud va mintaqalari qiyofasi tubdan o'zgarib, obod bo'lib 

borayotgani,  O'zbekiston  o'zining  barqaror  iqtisodiy  o'sish  sur'atlari,  izchillik  bilan 

hayotga  joriy  etilayotgan  keng  qamrovli  ijtimoiy  dasturlari  bilan  jahon  miqyosida 

yuksak  e'tibor  va  e'tirofga  sazovor  bo'layotgani  hammamizga,  avvalambor,  shu 

zaminda  unib-o'sib  kelayotgan  yoshlarga  xursandchilik  va  ertangi  kunga  ishonch 

bag'ishlamoqda.  Eng  muhimi,  ana  shunday  o'zgarishlar  tufayli  yurtdoshlarimizning 

dunyoqarashi,  ma'naviy  olami  izchil  yuksalib,  hayotga,  mehnatga  munosabati  keskin 

o'zgarib bormoqda. 

Mamlakatimiz  mustaqil  taraqqiyot  yo'lida  o'z  oldiga  qo'ygan  marralarga  yetish, 

ya'ni  rivojlangan  demokratik  davlatlar  qatoriga  kirish,  xalqimizning  hayot  sifati  va 

darajasini yuksaltirish va yurtimizning jahon hamjamiyatida munosib o'rin egallashida 

avvalo  juda  tez  o'zgarib  borayotgan  bugungi  zamon  bilan  hamnafas  bo'lib,  ertaga 

yo'limizda paydo bo'lishi mumkin bo'lgan turli muammo va tahdidlarni bartaraf etish 

haqida doimo o'ylab yashash zaruratini hayotning o'zi talab qilmoqda. 

Shu  muqaddas  zaminda  yashab  o'tgan  qancha-qancha  ajdodlarimizning  asriy  orzusi 

bo'lgan mustaqillik bundan yigirma ikki yil muqaddam Prezidentimiz Islom Karimov 

boshchiligida olib borilgan mardona kurashlar natijasida ro'yobga chiqdi. Tarixan juda 

qisqa,  biroq  mazmunan  asrlarga  teng  bu  yillar  davomida  xalqimiz  milliy  taraqqiyot 

yo'lidan  izchil  va  qat'iyat  bilan  borib,  barcha  sinov  va  mashaqqatlarni  yengib  o'tib, 

olamshumul yutuq va marralarga erishdi. Hayotning o'zi biz tanlagan yo'l juda to'g'ri 

ekanini ko'rsatdi. Buni bugun jahon ahli e'tirof etmoqda. Bu yo'l taraqqiyotning o'zbek 

modeli  sifatida  keng  o'rganilmoqda.  Bu  o'z  navbatida  xalqimizning  irodasi,  kuch-

qudrati  va  bunyodkorona  mehnati  samarasiga,  davlatimiz  rahbari  tomonidan  olib 

borilayotgan siyosatga berilgan munosib bahodir. 




 

O'zbek modeli ikkita katta sinovdan muvaffaqiyatli o'tdi. Birinchi sinov  - o'tgan 



asrning 90-yillarini o'z ichiga olgan yosh mustaqil mamlakatimiz boshidan kechirgan 

o'tish  davri  edi.  Hali  o'tish  davri  davom  etayotgan  pallada  O'zbekiston  postsovet 

maydonida  birinchi  bo'lib  makroiqtisodiy  barqarorlikka  erishdi,  sanoat va  yalpi  ichki 

mahsulot ishlab chiqarishda islohotdan oldingi yillardagi ko'rsatkichlardan o'zib ketdi. 

Boshqacha aytganda,  inqirozdan  rivojlanish orqali  chiqib ketish  birdan-bir to'g'ri  yo'l 

ekanligini  isbotladi.  Ikkinchi  sinov  -  2008  yilda  boshlangan  global  moliyaviy- 

iqtisodiy  inqiroz  bo'ldi.  Taraqqiyotning  o'zbek  modeli  nafaqat  butun  jahonni  qamrab 

olgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz zarbalariga qarama-qarshi tura oldi, balki dunyodagi 

10  mamlakat  qatorida  iktisodiy  o'sishning  eng  yuqori  (yiliga  8-9  foizdan  kam 

bo'lmagan)  sur'atlarini  ta'minladi.  Yo’lboshchimizning  shu  munosabat  bilan  chop 

etilgan  “Jahon  moliyaviy-  iqtisodiy  inqirozi,  O'zbekistan  sharoitida  uni  bartaraf 

etishning  yo'llari  va  choradari”  asarida  hamda  mamlakatimizda  jahon  iqtisodiy 

inqirozining  salbiy  oqibatlarini  bartaraf  etish  bo'yicha  2009-2012  yillarga 

mo'ljallangan  Inqirozga  qarshi  choralar  dasturida  O'zbekistan  iqtisodiyotining 

inqirozdan  keyingi  yanada  kuchli,  barqaror  va  mutanosib  rivojlanishi  konsepsiyasi 

ilgari  surildi.  Bu  iqtisodiyot  nazariyasini  rivojlantirishga  qo'shilgan  katta  hissa  edi. 

“Shuni  doimo  yodda  tutishimiz  kerakki,  hayot  hyech  qachon  bir  joyda  to'xtab 

turmaydi  va  erishgan  natijalari  bilan  kifoyalanmasdan,  dunyoda  kechayotgan  tub 

o'zgarishlar  jarayonidagi  o'z  o'rniga  haqqoniy  va  tanqidiy  baho  beradigan,  davrning 

tobora  ortib  borayotgan  talablari  va  jahon  bozorida  kuchayib  borayotgan  raqobat 

kurashiga  mos  holda  qadam  tashlaydigan  davlatgina  birinchi  navbatda  muvaffaqiyat 

qozona oladi”

1

, -deb ta'kidlandi Prezidentimiz tomonidan 



 

 


Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish