I bob O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tish zarurati va uning o'ziga xos jihatlari va tomonlari


-jadval O'zbekistonda doimiy yashaydigan aholining yosh guruhi



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana31.12.2021
Hajmi0,49 Mb.
#250692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi o'zbek modeli

6-jadval O'zbekistonda doimiy yashaydigan aholining yosh guruhi 

bo'yicha tarkibi (1.10.90 y.) 

 

Ming kishi 



Aholining umumiy soniga 

nisbatan foiz hisobida 

Barcha aholi 

20227,3 

100,0 


shu jumladan, 

0-14 yoshda 

8259,4 

40,8 


15-39 yoshda 

8232,7 


40,7 

40-60 yoshda 

2427,6 

12,0 


60 dan yuqori yoshda 

1307,6 


6,5 

 

Jadvaldan  ko'rinib  turibdiki,  mamlakat  aholisining  40  foizdan  ziyodini  14 



yoshgacha  bo'lgan  fuqarolar  tashkil  etgan.  Aholi  tarkibidagi  bu  holat  bozor 

munosabatlariga o'tish kuchli ijtimoiy siyosat bilan amalga oshirilishini taqozo etardi. 

O'zbekistonda  bozor  sharoitida  ijtimoiy  siyosat  asosan  ikki  yo'nalishda  amalga 

oshirildi:  ijtimoiy  himoya  va  ijtimoiy  ta'minot.  Ijtimoiy  himoya  bozor  islohotlarini 

amalga  oshirish  davrida  aholini  ijtimoiy  va  moddiy  muhofaza  qilish  va  milliy 

xo'jalikda  amal  qiladigan  iqtisodiy,  huquqiy,  ijtimoiy  chora-tadbirlar  majmui  bo'lib, 

xususan, aholining yoshi, salomatligi, ijtimoiy xolati hamda hayot kechirishning zarur 

vositalariga  ega  bo'lmaganligi  sababli  yordamga  muhtoj  qatlamiga  davlat  va  jamoat 




38 

 

tashkilotlari  va  jamg'armalari  tomonidan  ko'rsatiladigan  yordamdir.  Ijtimoiy 



himoyaning  asosiy  maqsadi  aholi  turmush  darajasini  muttasil  oshirib  borish, 

qashshoqlanishning  oldini  olish,  aholi  turli  qatlamlari  o'rtasidagi  ta'lim  olish, 

madaniyat  va  san'at  yutuklaridan  bahramand  bo'lish,  kasb  malakasini  oshirish  va 

daromadlarni  ta'minlashdagi  tafovutlarni  kamaytirish,  inson  tarakkiyotining 

uzluksizligini ta'minlashdan iborat. 

Ijtimoiy  himoyaning  asosiy  shakllari  erkin  ijtimoiy-iqtisodiy  faoliyatni 

ta'minlash,  ish  bilan  bandlik,  o'qish  va  ta'lim  olish,  daromadlarni  kafolatlash, 

iste'molchilar huquqlarining himoyasi va iste'mol kafolatini ta'minlash, aholiga tibbiy 

xizmat ko'rsatish, aholining kam ta'minlangan qatlamlariga turli imtiyozlar va to'lovlar 

joriy  etish  kabilarni  o'z  ichiga  oladi.  Islohotlarning  dastlabki  yillarida  ijtimoiy 

himoyaning  huquqiy  asoslari  yaratilib,  asosiy  tamoyillari  O'zbekiston  Respublikasi 

Konstitusiyasida belgilab berildi. Yangi ish joylarini yaratish dasturlari, inflyasiyaning 

oldini  olish  chora-  tadbirlari,  kichik  va  xususiy  biznesning  erkin  faoliyati  uchun 

yaratilayotgan  shart-  sharoitlar,  atrof-muhitni  muhofaza  qilish  tadbirlari,  Kadrlar 

tayyorlash  milliy  dasturining  hayotga  tatbiq  etilishi,  fuqarolar  o'zini  o'zi 

boshqarishning  mahall  tizimini  rivojlantirish,  eng  kam  ish  haqi  miqdorining,  davlat 

sektoridagi  ishchi  va  xizmatchilar  ish  haqining  oshirib  borilishi  ijtimoiy  himoya 

tizimining tarkibiy qismlariga aylandi. Ijtimoiy himoya tizimi keyingi yillarda yanada 

takomillashtirilib,  aholini  yalpi  ijtimoiy  himoya  qilish  tizimidan  uning  manzilli  va 

maqsadli tizimiga o'tildi. Bu tizimda mahallalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. 

Mahalla  tizimi  orqali  kam  ta'minlangan  oilalar  va  ko'p  bolali  oilalar  hisobidan  yuz 

minglab oilalar moddiy yordam olmoqda

19



Mamlakatimizda  ijtimoiy  himoyaning  milliy  dastur  darajasiga  olib  chiqilishi  bu 



tizimning  muayyan  yo'nalishlariga  har  yili  ustuvorlik  berilishida  ham  ko'rinadi. 

                     

19

 I.A. Karimov. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas'ulmiz. T.: "O'zbekiston", 2001,419-423-betlar 



 

 

 



  


39 

 

Ayollar,  bolalar,  qariyalar,  ko'p  bolali  oilalar,  sog'lom  va  barkamol  avlodni  voyaga 



yetkazish  maqsadlarida  tegishli  dasturlar  amalga  oshirilmoqda.  O'zbekiston 

Respublikasi  aholisini  ijtimoiy  himoya  qilishning  yangi  konsepsiyasi  ishlab  chiqildi. 

Unda  ijtimoiy  himoya  va  ijtimoiy  yordam, nafaqa ta'minoti, bolalarga nafaqa to'lash, 

yolg'iz  keksalarga  xizmat  ko'rsatish.  nogironlarni  tibbiy  anjomlar  va  dori-darmonlar 

bilan  ta'minlash,  ishsizlarni  ishga  joylashtirish  va  moddiy  yordam  ko'rsatish  shaklida 

amalga  oshirilishi  nazarda  tutilgan.  O'zbekistonda  ijtimoiy  siyosatning  muhim 

yo'nalishlaridan  biri  davlat  tomonidan,  xususan,  byudjet  mablag'lari  hisobidan 

keksaygan,  mehnatga  layoqatsiz,  boquvchisini  yo'qotganlarga  moddiy,  tibbiy  va 

ijtimoiy  yordam  ko'rsatishdan iboratdir. Bu davlat ijtimoiy  ta'minoti  tizimi  bo'lib, o'z 

ichiga ijtimoiy-iqtisodiy chora-tadbirlarni qamrab oladi. 

Ijtimoiy  ta'minot  bevosita  davlat  va  mahalliy  byudjetlardan  ajratiladigan 

mablag'lar, homiylar va boshqa manbalarning mablag'lari hisobidan amalga oshirilib, 

uning miqdori, tarkibi, yordam ko'rsatish tartibi va yo'nalishlari qonunan belgilangan, 

an'analarga  asoslangan  va  xalqaro  tajribada  sinalgan  tartib-qoidalarga  ko'ra 

shakllantirilgan. Keksalik, nogironlik va boquvchisini yo'qotganlik bo'yicha nafaqalar 

hamda  nogiron  bolalarga,  bolalikdan  nogironlarga,  ishlamagan  yolg'iz  nogironlar  va 

keksalarga  belgilangan  ijtimoiy  to'lovlar  ijtimoiy  ta'minotning  asosiy  shakllaridir. 

Qariya va nogironlarga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish. muxtojlarni tibbiy anjomlar bilan 

ta'minlash, nogironlarni o'qitish va ishga joylashtirish, sanatoriy va dam olish uylariga 

imtiyozli  yo'llanmalar  joriy  etish,  jamoat  transportida  yurish  imtiyozlari  berish, 

turarjoy,  soliq  va  maishiy  xizmatlarning  imtiyozli  shakllarini  jo-  riy  etish  kabilar 

respublikamizda  ijtimoiy  ta'minotning  keng  tarqalgan  shakllari  hisoblanadi.  Ijtimoiy 

ta'minotning  huquqiy  asoslari,  muhim  tamoyillari  1993  yilda  qabul  qilingan 

O'zbekiston Respublikasi ning «Fuqarolarning davlat pensiyasi ta'minoti to'g'risida»gi 

qonunida  ifodalangan.  Ushbu  hujjatga  ko'ra  nafaqalar  miqdori  mehnat  staji  va  ish 

haqiga  uzviy  bog'liq.  Bugungi  kunda  1,3  millionga  yaqin  pensioner  va  nogiron  18 

turdagi imtiyozdan foydalanmoqda. 

Bozor  munosabatlariga  bosqichma-bosqich  o'tish  o'zbek  modelining  yana  bir 




40 

 

muhim  tamoyilidir.  Bu  tamoyil  bozor  munosabatlari  va  milliy  iqtisodiyotni  qaror 



toptirish  va  rivojlantirishning  tadrijiy  noli  bo'lib,  «shok  terapiyasini»  inkor  etadi, 

mamlakatimizning  rivojlanishga  oid  tarixiy  tajribasidan,  bozor  tizimining  huquqiy 

asosi va infratuzilmasi  darajasidan  hamda  xalqimizning kddriyatlaridan kelib chiqali. 

Umuman  olganda,  inkiloblar.  keskin  sakrashlar  iqtisodiyotga  moye  sa'y-  harakatlar 

emas.  «Bir  tizimdan  ikkinchisiga  o'tish  asta-sekin  evolyusion  ravishda  bo'lishi  muxi 

mdir,  -  deb  yozadi  Prezidentimiz  Islom  Karimov.  -  Iqtisodiy  islohotlar  mamlakatni 

maqsad  sari  asta-sekin,  qadam-baqadam  ilgarilab  borishi,  bozor  munosabatlarining 

ayrim  jixdtlarini  va  umuman  butun  tizimini  giakllantirishi  lozim»

20

.  Darhaqiqat, 



O'zbekistonda  ma'muriy-buyruqbozlik  tizimidan  boshqaruvning  bozor  tizimiga 

o'tishda  o'zbeklarning  «Yangi  uy  qurmay,  eskisini  buzmang  -  boshpanasiz  qolasiz» 

hikmatida  aytilganidek,  tadrijiy,  izchil  yo'l  tanlandi.  Bozor  munosabatlariga  o'tish 

boshlangan davrdagi iqtisodiy vaziyat, xalqning turmush, tafakkur darajasi ham shuni 

taqozo etardi. Bo'larning barchasi uchun vaqt va imkoniyat zarur edi. Bu borada eng 

avvalo, islohotlar strategiyasini, birinchi navbatda, amalga oshiriladigan yo'nalishlarni 

belgilab olish muhim ahamiyat kasb etadi.  

                     

20

 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2011 yilning asosiy kunlari va 2012 yilda O’zbekistonni 



 Ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan  O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahka

masining majlisidagi «2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi»mavzusidagi ma’ruzasi

ni o’rganish bo’yicha o’quv qo’llanma.-T.: «O'qituvchi» NMIU, 2012,218-223-betlar 

  



41 

 

XULOSA 

Bozor 

iqtisodiyotiga 



o'tish 

davrining 

umumiy 

mazmuni 


iqtisodiy 

munosabatlarning  alohida  unsurlarini  isloh  qilish  yoki  iqtisodiy  siyosatga  tuzatishlar 

kiritish  emas,  balki  butun  iqtisodiy  munosabatlar  tizimini  o'zgartirishdan  iboratdir. 

O'tish  davri  quyidagi  me'zonlar  bilan  tavsiflanadi:  sikllilik  (jamiyatda  u  yoki  bu 

tarkibiy  o'zgarishlarni  qaytarilib  turishligi),  beqarorlik  (turli  xil  jamiyat  kuchlarining 

kurashi  va  o'zaro  ta'siri),  muqobillik  (islohotlar  va  rivojlanish  yo'llarining  tanlash 

imkoniyati),  tarixiylik  (eski  tizimning  yo'qolib  ketishi,  o'rniga  boshqa  tizimning 

vujudga kelishi, uning rivojlanishi). 

Iqtisodiy islohotlar iqtisodiyotda tub o'zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan 

tadbirlar majmui. 

Iqtisodiy  uklad  -  turli  mulkchilikka  asoslangan  xo'jalik  yu-ritishning  shakllari 

va turlari. 

Iqtisodiyotni  erkinlashtirish  -  nima  va  qancha  ishlab  chiqarishni,  qayerga, 

qanday narx sotishni tadbirkorning o'zi belgilashi uchun imkon 

berish.  Iqtisodiyotning  barcha  sohalari  va  tarmoqlarini  erkinlashtirish,  xo'jalik 

yurituvchi  sub'ektlarning  erkinligi  va  mustaqilligini  ta'minlash,  tadbirkor-lik 

faoliyatini rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish demakdir. 

Islohotlar  konsepsiyasi  --  ijtimoiy—iqtisodiy  islohot-larning  asosiy  maqsad  va 

yo'nalishlari,  uni  amalga  oshirishning  vazifa-lari  va  strategik  yo'llarining  umumiy 

g'oyasidir. 

Iqtisodiyotni  barqarorlashtirish  -  tanglik  holatlariga  bar-ham  berish  asosida 

makroiqtisodiy muvozanatlikni saqlash va ishlab chiqarishni yuksaltirish uchun shart-

sharoitlarni  vujudga  keltirishdir.Xalqimiz  istiqlol  yillarida  erishgan  yutuqlar  va 

marralardan  har  qancha  faxrlansak,  yurtimizda  mustahkam  qaror  topgan  tinchlik-

osoyishtalik,  bunyodkorlik  sharoiti  uchun  shukronalar  aytsak,  arziydi.  Zero,  o'tgan 

asrning  90-  yillarida  sobiq  sho'ro  saltanatidan  qolgan  ayanchli  meros  -  biryoqlama 




42 

 

rivojlangan,  faqat  xom  ashyo  yetkazib  berish-u,  paxta  yakkahokimligiga  asoslangan 



iqtisodiyotimiz naqadar nochor ahvolga tushib qolganini, qashshoqlik va bedodlikdan 

xalqimizning  sabr-kosasi  to'lib,  yurtimiz  jar  yokasiga,  portlash  holatiga  yetib 

borganini aslo unutib bo'lmaydi. Ana shunday taraqqiyot yo'lining chekkasida qolgan 

mamlakatni,  tushkunlik  va  qashshoqlik  natijasidan  kelajakdan  umidini  uzgan  xalqni 

o'ta  murakkab  vaziyatdan  izchil  va  barqaror  rivojlanish  yo'liga  olib  chiqishning  o'zi 

bo'lgani yo'q albatta.Ana shunday murakkab va qaltis sharoitda yurtning boshiga, uzoq 

va yaqin tariximizda bo'lgani kabi, irodasi sust va jur'atsiz bir rahbar kelib qolganida 

nimalar  bo'lishi  mumkinligini  tasavvur  qilishning  o'zi  dahshatli.  Unday  holatda 

xalqning  kuni,  davlatning  taqdiri  qanday  kechar  edi?  Toley  baland  xalq  ekanmizki, 

Yaratgan peshonamizga uzoqni ko'ra biladigan, mard va jasoratli, buyuk ishlarga qodir 

Yo'lboshchini  ato  etdi!  Mustaqil  Vatanimiz  o'zining  qisqa,  lekin  mazmun-mohiyati, 

tarixiy  vokealarga  boyligi  bilan  asrlarga  teng  yangi  tarixi  davomida  o'z  vaqtida 

tanlangan,  har  tomonlama  o'zini  oqlagan,  to'g'riligini  hayotning  o'zi  isbotlagan, 

jahonda  taraqqiyotning  «o'zbek  modeli»  deb  e'tirof  etilgan  hayotbaxsh  rivojlanish 

yo'lidan  o'zining  buyuk  kelajagi  sari  qatiyat  bilan  bormoqda.  Bugun  bu  modelning 

o'ziga  xos  va  o'ziga  mos  jihatlarini,  berayotgan  samaralari  ko'plab  mamlakatlarda 

o'rganilmoqda,  xalqaro  ekspertlar,  olimlar  va  siyosatchilarda  katta  qiziqish 

uyg'otmoqda.  Undan  ko'plab  davlatlar  ibrat  va  andoza  olmoqda.Prezidentimiz  Islom 

Karimov  rahnamoligida  xalqimiz  tanlagan  yo'l  -  iqtisodiyotning  mafkuradan  xoliligi, 

siyosatdan  ustunligiga  asoslangan  pragmatik  iqtisodiy  siyosat,  davlatning  bosh 

islohatchilik  vazifasini  o'z  zimmasiga  olishi,  jamiyat  hayotida  qonun  ustuvorligini 

ta'minlash,  kuchli  ijtimoiy  siyosat  yuritish,  islohotlarni  bosqichma-bosqich  amalga 

oshirishni  ko'zda  tutadigan  mashhur  besh  tamoyil  negizida  ishlab  chiqilgan 

taraqqiyotning  «o'zbek  modeli»  samarasida  milliy  davlatchiligimizning  mustahkam 

tamal  toshi  qo'yildi,  mamlakatimiz  izchil  va  barqaror  rivojlanish  yo'liga  o'tdi.Bu 

yo'lning  hayotbaxsh  samaralari  -  ozod  va  obod  Vatanimizning  go'zal  va  betakror 

qiyofasi,  shahru  qishloqlarimiz  jamoli,  xalqimiz  farovonligida  asrlar  davomida 

namoyon bo'laveradi! 




43 

 


Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish