I bob O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tish zarurati va uning o'ziga xos jihatlari va tomonlari



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana31.12.2021
Hajmi0,49 Mb.
#250692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi o'zbek modeli

 

 

                     

1

 Karimov I.A. O’zbekiston bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li- T.: O’zbekiston, 1993,312-b 



  


 

 



1.1  Iqtisodiyotni  tubdan  yangi  qarashda  isloh  etishda  “o'zbek  modeli”  ning 

o'rni va ahamiyati 

    XX asrning 90-yillari boshida O'zbekiston ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotida mutlaqo 

yangi  mazmun  va  mohiyatga  ega  tarixiy  vaziyat  yuzaga  keldi.  Bu,  avvalo, 

Yurtboshimiz  Islom  Karimov  rahnamoligida  xalqimizning  mustaqillikka  erishgani 

bilan  boqliqdir.  Istiqlolimiz  sharofati  bilan  iqtisodiyotimizga  bozor  munosabatlarini 

joriy 

etish, 


mavjud 

ijtimoiy-iqdisodiy, 

xalqaro 

masalalarni 

o'z 

milliy 


manfaatlarimizdan  kelib  chiqqan  holda  mustaqil  hal  etish  imkoniyati  yaratildi. 

Boshqacha  aytganda,  mamlakatimizda  bozor  iqtisodiyotiga  o'tish  jarayoni  qadimiy 

milliy  davlatchiligimizni qayta  tiklash  va milliy  iqtisodiyotimizni  shakllantirish bilan 

uyg'unlikda  olib  borildi.  Ayni  paytda,  bozor  munosabatlari  xalqimiz  va  Vatanimiz 

uchun butunlay yangi tushunchalar emasdi. Osiyo va Yevropaning savdo yo'li - Buyuk 

ipak  yo'li  chorrahasida  joylashgan o'zbek  zamini  asrlar osha  Sharq va  G'arb o'rtasida 

o'ziga xos ko'prik bo'lib keldi. O'zbekiston o'zining ana shu tarixiy va an'anaviy o'rnini 

egallashi  uchun  yurtimizda  zamonaviy  bozor  munosabatlarini  va  aholi  o'rtasida  esa 

bozor  madaniyatini  shakllantirish  lozim  edi.  Bu  esa  oson  ish  emasdi.  Zero, 

kommunistik  mafkura  hukmronlik  qilgan  sovet  zamonida  -  yetmish  yil  mobaynida 

xalqimiz  haqiqiy  bozor  qadriyatlaridan  butunlay  uzoqlashtirilgan,  odamlardagi  bozor 

munosabatlariga  xos  tashabbuskorlik,  izlanuvchanlik  va  tadbirkorlik  so'ndirilgan, 

boqimandalik  kayfiyati  hukmronlik  qilgan.  To'g'ri,  sosializm  sharoitida  ham 

«xufiyona iqtisodiyot», kooperativ faoliyat, kolxoz bozori singari bir qarashda bozorni 

eslatadigan  yarim  ochiq,  yarim  yashirin  ko'rinishdagi  unsurlar  ham  mavjud  bo'lgan. 

Ammo, sosializm mazmun- mohiyatiga ko'ra bozor iqtisodiyotiga butunlay zid, davlat 

mulkini eng ustuvor o'ringa qo'yar va xususiy mulkchilikning har qanday ko'rinishini 

inkor  etardi.  Shu  bois  mulk  obyektlarini  davlat  tasarrufidan  chiqarish, 

xususiylashtirish  va monopollashuvdan qaytish  mehanizmlari orqali  raqobat  muhitini 

yaratish,  erkin  tadbirkorlikka  keng  yo'l  ochish,  bozor  infratuzilmasini  rivojlantirish, 

talab  va  taklif  asosida  shakllanadigan  narx  mexanizmini  joriy  etish  kabi  bozor 



 

ustunlarini  qaror  toptirish,  pirovardida  aralash  iqtisodiyotga  erishish  lozim  edi. 



Chunki,  shusiz  ham  chuqur  inqiroz  girdobiga  tushib  qolgan  iqtisodiyotimizni 

sog'lomlashtirishning  bozordan  boshqa  yo'li  yuq,  oldinda  ulkan  islohotlarni  amalga 

oshirish  vazifasi  turardi.  Shuki,  O'zbekistonimiz  jahonning  tabiiy  resurslarga  boy 

mamlakatlaridan.  Yurtimizda  turli  xil  oziq-ovqat  mahsulotlarini  yetishtirish  uchun 

keng ekin maydonlari, yirik industrial baza, malakali kadrlar, qisqasi, jamiyat a'zolari 

extiyojlarini  to'la  qondirish  uchun  zarur  barcha  imkoniyatlar  mavjud  bo'lsa-da,  eng 

ayanchlisi,  ana  shunday  ulkan  imkoniyatlarga  qaramasdan,  yurtimiz  qashshoq 

mamlakatlar  qatoriga  tushib  qolgan,  jamiyatda  eng  zarur  iste'mol  mollarining  ham 

keskin  tanqisligi  vujudga  kelgan  edi.  Sababi  eski  tuzum  davrida  jamiyatdagi  tabiiy 

muvozanat  buzilgan  —  shaxsiy  manfaat  va  mehnat  natijalari  o'rtasida  bevosita 

uzviylik  yo'q  edi.  Bu  uzviylik  esa  har  qanday  jamiyatda  taraqqiyotning  lokomotivi 

vazifasini  bajaradi,  mavjud  barcha  resurslardan  oqilona  va  samarali  foydalanishga 

xizmat  qiladi.  Sobiq  SSSRda  ham  bir  qancha  iqtisodiy  islohotlar  o'tkazilganini 

ta'kidlash lozim. 1953, 1965, 1979 yillarda o'tkazilgan xo'jalik yuritish mexanizmlarini 

takomillashtirish,  moddiy  manfaatdorlikni  oshirishga  qaratilgan  islohotlar  shular 

jumlasidandir.  Lekin,  iqtisodiy  rivojlanishda  burilish  yasash  maqsadida  amalga 

oshirilgan  bunday  urinishlarning  birortasi  ham  kutilgan  samarani  bermadi.  Berishi 

ham  mumkin  emasdi.  Chunki,  islohotlarni  amalga  oshirishda  shaxsiy  manfaat  va 

mehnat natijalari o'rtasidagi  bevosita uzviylik hisobga olinmagan edi. Bu masala esa, 

ta'kidlanganidek,  jamiyat  poydevori  hisoblanadigan  mulk  munosabatlarini  qayta 

qurish  bilan  bog'liq.  Mulk  munosabatlarini  o'zgartirish  esa  bevosita  sosializmning 

taqdiri bilan bog'liq edi. Mulk poydevor ustiga qurilgan binoni ta'mirlash bilan uning 

ko'rkamligini  oshirish  mumkin.  Ammo  uning  mustahkamligi-yu  samaradorligini 

oshirib  bo'lmaydi.  Shuro  zamonidan  katta  shov-  shuv  va  dahmaza  bilan  boshlangan, 

biroq  nihoyasiga  yetmay,  orayo'lda  qolib  ketgan  iqtisodiy  islohotlar  ham  xo'jalik 

yuritishning  ayrim  bo'g'inlarini  takomillashtirishdan  nariga  o'ta  olmadi,  butun 

iqtisodiyotni  jonlantirishga  ojizlik  qildi.  Natijada,  yana  odatdagidek  ma'muriy-

buyruqbozlik  tartibotiga  zo'r  berildi.  Bu  usul  ishlab  chiqaruvchi  va  iste'molchi 




 

o'rtasidagi  aloqani  ekstensiv  omillardan  keng  foydalanish  orqali  naridan-beri 



ta'minlash  imkonini  berdi.  Ammo  tabiiy  resurslarning  ham  chegarasi  bor, 

imkoniyatlari  cheklangan.  Ulardan  kelajak  avlod  manfaatlarini  hisobga  olmasdan, 

pala-partish foydalanish talay  muammoalarni, jumladan, ekologik keskinlikni keltirib 

chiqardi. Ekstensiv omillarning borgan sari imkoniyatlari torayib ketaverishi, intensiv 

xo'jalik  yuritish  mexanizmining  mavjud  emasligi  ertami-kech  iqtisodiy  tanqislik  va 

tanglikni  keltirib  chiqarishi  muqarrar  edi.  Shunday  bo'ldi  ham!  Iqtisodiy  tanglik  XX 

asr  80-yillarining  oxiriga  kelib  yanada  keskin  va  halokatli  tus  oldi.  Bu,  avvalo, 

mahsulot  ishlab  chiqarishning  butunlay  pasayib  ketishida,  ishlab  chiqarish 

quvvatlarining ish bilan ta'minlanmaganida, ishsizlik darajasining o'sishida, pul- kredit 

va  valyuta  tizimining  izdan  chiqishida  namoyon  bo'ldi.  Xususan,  1990  yilda  sobiq 

ittifoq yalpi milliy mahsuloti 1989 yildagiga nisbatan 2 foiz, ishlab chiqarilgan milliy 

daromad hajmi 4 foiz, mehnat unumdorligi 3 foiz pasaydi. Tashki savdo aylanmasi 6,6 

foiz qisqarib, tashqi savdoning salbiy saldosi 9,8 millard rublga yetdi. Davlat qarzi esa 

bir  yilda  150  millard  rubl  ko'payib,  550  millard  rubldan  oshib  ketdi.  Surunkali 

inflyasiya  hammaning  tinkasini  qurita  boshladi.  Natijada  shusiz  ham  nochor  axvolda 

kun  kechirayotgan  aholining  daromadlari  va  turmush  darajasi  muttasil  pasaya 

boshladi.  Ishlab  chiqarish  ko'lami  va  hajmining  tinimsiz  qisqarishi,  ayniqsa, 

O'zbekistondek  keskin  demografik  sharoitda  yashayotgan  respublikalardagi  aholi 

turmush  darajasiga  yanada  og'irroq  ta'sir  ko'rsatdi.  O'zbekiston  aholi  jon  boshiga 

milliy  daromad  ishlab  chiqarish,  real  daromadlar,  ish  haqi,  mehnat  unumdorligi 

ko'rsatkichlari bo'yicha sobiq shuro respublikalari orasida eng oxirgi o'rinlardan biriga 

tushib qolgan edi. Islom Karimov bu ayanchli vaziyat haqida shunday ta'kidlagan edi: 

"O'zbekiston  kishi  boshiga  yalpi  ijtimoiy  mahsulot  ishlab  chiqarish  bo'yicha 

mamlakatda  12-o'rinni  egallab  turibdi,  aholi  jon  boshiga  milliy  daromad  ishlab 

chiqarish  bo'yicha  esa  ittifoqdagi  o'rtacha  darajadan  ikki  hissa  past".  Bu  davrda 

sanoatdagi  mehnat  unumdorligi  jihatidan  O'zbekiston  o'rtacha  ittifoq  ko'rsatkichidan 

40  foiz,  qishloq  xo'jaligidagi  mehnat  unumdorligi  jihatidan  esa  ikki  barobar  orqada 

edi.  Respublika  aholi  jon  boshiga  xalq  iste'moli  mollari  ishlab  chiqarish  bo'yicha 




 

ittifoq darajasining 40 foizini tashkil etardi



2

Boz ustiga iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi va uni tashkil etish shakllari zamon 



talablariga mutlaqo javob berolmasdi. Mamlakat xo'jaligining amal qilib kelgan tarkibi 

ekstensiv  rivojlanish  mahsuli  bo'lgan  bu  tizim  iqtisodiy  zarurat  emas,  balki  qat'iy 

markazlashgan  ma'muriy  va  rejali  boshqarishga  asoslangan  edi.  Qat'iy  reja  asosiga 

qurilgan  iqtisodiyot  esa  rivojlanishga  qodir  emasligi  bugun  ko'pchilikka  ma'lum. 

Rejali  iqtisodiyotning  tanqislik,  ishlab  chiqarish  monopolizmi  kabi  "surunkali 

kasalliklar"  doimiy  hamrohidir.  Sobiq  sho'rolar  mamlakatida  ijtimoiy  ahamiyati  kam 

bo'lgan,  xalq  ehtiyojlarini  bevosita  qondirishga  emas,  balki  "planni  to'ldirish"  uchun 

mahsulot  chiqariladigan  sohalar,  korxonalar  behad  ko'payib  ketgan  edi. 

Iqtisodiyotning  tarkibiy  tuzilishini  xalq  ehtiyojlari  tomonga  burmasdan  turib 

tanqislikka barham berib bo'lmaydi. Ishlab chiqarish tarkibiga faol ta'sir ko'rsatadigan 

asosiy  samarali  mexanizm  bu  -bozordir.  Chunki  bozor  sharoitidagina  ijtimoiy 

ehtiyojlarga  mos  kelmaydigan  sohalar  o'z-o'zidan  barham  topadi.  Davlat  bozor  tan 

olmagan,  zarar  keltirib  ishlaydigan,  norentabel  soha  va  korxonalarni  qo'llab-

quvvatlamaydi. Xalq ehtiyojlariga xizmat qiladigan, xaridorgir, byudjet uchun mablag' 

beradigan ishlab chiqarish turlari esa rag'batlantiriladi. 

Tanqislikni  keltirib  chiqaradigan  shart-sharoitlardan  yana  biri  ishlab 

chiqarishdagi  yakka  hukmronlikdir.  Monopolizm  iste'molchini  tanlash  huquqidan 

mahrum  qiladigan  va  shu  yo'l  bilan  bozorda  yakka  hukmronlik  imkoniyatini  qo'lga 

kiritadigan  kuchdir.  Odatda,  tanqislik  qondirilmagan  talab  sifatida  vaqti-vaqti  bilan 

har  qanday  bozorda  vujudga  kelishi  mumkin.  Bu  hodisaga  barham  berish  yangi 

xaridorgir  mollarning  paydo  bo'lishi  bilan  bog'liq  ayrim  mollarning  miqdori  dastlab 

kamroq bo'lganligi tufayli, ularga xarid  talabi  ma'lum  vaqtgacha  to'la qondirilmasligi 

mumkin.  Bunday  sharoitda  uo'sha  tovarni  ishlab  chiqaruvchi  boshqa  shunday  tovar 

ishlab chiqaruvchi paydo bulgunicha bozorda monopol huquqqa ega bo'lib turadi. Bu 

imkoniyatdan  foydalanib,  u  vaqtincha  monopol  foyda  oladi.  Foyda  esa,  buyuk 

                     

2

 

Islom Karimov, O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. T.: "O’zbekiston". 2011,284-b 



  


 

iqtisodchilar  ta'kidlaganidek,  shunday  qudratli  va  jozibali  xoxish-istakki,  xaridorgir 



tovar ishlab chiqarish yo'li bilan uni qo'lga kiritishni xohlovchi raqobatchilarni ertami-

kechmi,  albatta,  o'ziga  jalb  qilmasdan  qolmaydi.  Natijada,  raqobatchi  mahsulot 

turining  paydo  bo'lishi  bilan  dastlab  yangi  mahsulot  ishlab  chiqargan  korxonaning 

yakka  hukmronlik  mavqyei  barham  topadi.  Bundan  esa  bozor,  iste'molchi  yutadi. 

Sog'lom  iqtisodiyotda  antimonopol,  antitrest  qonunlari,  soliqlar,  imtiyozlar  (masalan, 

kredit  olish)  orqali  doimo  monopolizmning  qarshiligi  sindirilib,  tovar  ishlab 

chiqaruvchilar rag'batlantirilib turiladi

3



Sosializm  xo'jalik  yuritish  sohasidagi  o'zining  dastlabki  qadamlaridan 

iqtisodiyotni  qat'iy  markazlashgan  rejali  asosda  tashkil  etish  yo'li  bilan  amalda 

yakkahokimlikni qonunlashtirdi. Xususiy mulk umumlashtirilib, yagona "umumxalk” 

boshqacha  aytganda,  davlat  mulkiga  aylantirilishi  shuni  taqozo  etardi.  Natijada, 

monopolizm  surunkali  hodisaga  aylanib,  har  kuni,  har  soatda  takror  ishlab 

chiqariladigan  bo'ldi.  Chunki  davlat  bozordagi  real  ahvolni  o'zida  aks  ettirmaydigan, 

oldindan belgilab qo'yiladigan tovar turlari va ularning narxlarini qo'llab-quvvatlardi. 

Shu  yo'l  bilan  doimo  talabning  taklifdan  ustunligi,  ya'ni  taqchillik  ta'minlab  kelindi. 

Amalda  deyarli  barcha  korxonalar  doimiy  monopolistlarga  aylanib,  bozor  va 

iste'molchiga o'z shartlarini qat'iy o'tkazish imkoniyatiga ega edi. 

Ishlab  chiqarishni  yiriklashtirish  va  ixtisoslashtirish,  ijtimoiy  mehnat  taqsimotini 

chuqurlashtirish  ayrim  tarmoq  va  korxonalarning  yakkahokimligini  yanada 

kuchaytirdi.  Yiriklashuv,  markazlashuv  va  ixtisoslashuv  iqtisodiy  qonuniyat 

darajasiga  ko'tarildi.  Xo'jaliklararo  kooperatsiyalash  va  agrosanoat  integrasiyasi 

negizida  qishloq  xo'jaligi  ishlab  chiqarishini  yanada  yiriklashtirish  hamda 

ixtisoslashtirish  tug'risida  maxsus  qarorlar  qabul  qilindi.  Yiriklashtirish  va 

ixtisoslashtirish iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga, moddiy va nomoddiy sohalarga, 

hatto  ijtimoiy-madaniy  jabhalarga  ham  keng  singdirildi.  Bu  mash'um  tajriba  shunga 

olib  keldiki,  butun  mamlakat  bo'yicha  ko'pchilik  sanoat  mhsulotlari  turlarini  bir-ikki 

                     

3

 Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. -T., «O’zbekiston», 1995,287-b 



 


10 

 

korxona  yetkazib  beradigan  bo'ldi.  O'tgan  asrning  80-yillari  oxiriga  kelib, 



O'zbekistonda  100  nafargacha  ishchisi  bo'lgan  sanoat  korxonalarining  umumiy  soni 

to'rt  yuzdan  oshmagani  bunga  misoldir.  Hamma  joyda  gigantomaniya  vasvasasi  avj 

oldi. Yagona partiya, yagona mafkura, yagona korxona, yagona tovar va yagona xalq! 

Shunday  qilib,  bir  tomondan,  monopolizm  tanqislikning  kelib  chiqishi  uchun  sharoit 

yaratadi.  Ikkinchi  tomondan,  ana  shu  tanqislikning  o'zi  monopolizmning  keng  tomir 

otishiga  xizmat  qiladi.  Boshqacha  aytganda,  ularning  har  ikkisi  bir-biri  bilan  o'ta 

bog'liq hodisalardir. Sog'lom iqtisodiyotda monopoliyalar qattiq raqobat asosida paydo 

bo'ladi, raqobatdan o'sib chiqadi. Shuning uchun ular ilg'or, yuqori samaradorlikka va 

kam  mehnat  xarajatlariga,  zamonaviy  texnika  va  texnologiyalarga  ega  bo'lishga 

intiladilar. Raqobatdan xoli, iqtisodiy jihatdan o'zini oqlamaydigan, sun'iy, yuqoridan 

turib boshqariladigan korxonalar esa, odatda, texnik va iqtisodiy jihatdan qoloq bo'lsa 

ham,  monopolistga  aylanishi  mumkin.  Monopolizm  sharoitida  iste'molchi  ishlab 

chiqaruvchining  oldida  hamisha  ta'zimda  bo'ladi.  Chunki,  tanqis  tovarni  topganiga 

shukr  qiladi,  boriga  baraka,  deb  kun  ko'radi.  Monopolizm  iste'molchini  nafaqat  mol 

egasiga  iqtisodiy  qaram  qilib  qo'yadi,  balki  uning  muayyan  haq-huquqlarini  ham 

buzadi.  Monopolizm  sharoitida  ishlab  chiqaruvchi  (sotuvchi)  qirol  bo'lsa,  raqobat 

sharoitida  iste'molchi  ana  shunday  mavqyega  erishadi.  Monopolizm  ham,  tanqislik 

ham  jamiyatda  mas'uliyatsizlik,  iste'molchining  talab-extiyojlarini  mensimaslik 

muhhitini yuzaga keltiradi. Natijada savdo do'konlarini sifatsiz, behad qimmat va kam 

sonli tovarlar egallaydi. Sanoat reja ko'rsatkichlarini ortig'i bilan bajaradi, iste'molchi 

esa  ishlab  chiqarilgan  mahsulotlardan  qoniqmay  qolaveradi.  Masalan,  1980-89 

yillarda  sobiq  ittifoqda  yalpi  ijtimoiy  mahsulot  ishlab  chiqarish  32  foiz,  sanoat 

mahsuloti  —  46,  shu  jumladan  xalq  iste'moli  mahsulotlari  74  foiz  oshgan  edi.  Aholi 

sonining o'sishi esa bu yillarda 26 foizni tashkil etdi. Ko'rib turibdiki, ishlab chiqarish 

sur'atlari, aholining o'sish sur'atlaridan ancha yuqori. Ammo ahali turmush darajasida 

keskin  o'zgarish  yuz  bergani  yo'q.  Bunday  sharoitda  pul  o'zining  qiymatini  yo'kotib, 

keskin  qadrsizlanishi  tabiiy.  Qo'lga  kiritilgan  puldan  qanday  foydalanish  muammosi 

ham  paydo  bo'ladi.  Korxona  endi  o'zining  mahsulotini  sotishga  emas,  balki  o'ziga 




11 

 

kerakli  boshqa  bir  mahsulot  turiga  ayirboshlash  -barterga  intiladi.  Bunday 



ayirboshlash  harakatlarida  taqchil  mahsulotlar  umumiy  muqobil  vazifasini  o'tay 

boshlaydi. Shunday qilib, o'z-o'zidan barterga, ya'ni to’g'ridan-to’g'ri valyutasiz tovar 

ayirboshlashga  yo'l  ochiladi.  Iqtisodiy,  ijtimoiy  va  siyosiy  voqyealarning  bunday 

tadrijiy  rivoji  bozor  iqtisodiyotiga  o'tishni  muqarrar  qilib  qo'ydi.  Lekin  o'sha  o'ta 

murakkab sharoitda bu borada bir-birini amalda inkor etadigan har xil nuqtai nazarlar 

mavjud bo'lgani ham sir emas. Birinchisi — iqtisodiyotimizni bozor munosabatlariga 

o'tish halokatdan qutqaradi, deb hisoblaydigan uzoqni ko'zlab, oqilona g'oyalar ilgari, 

surilgan  realistik  qarash.  Ikkinchisi  -  avval  ma'muriy  yo'llar  orqali  iqtisodiy  va 

moliyaviy tushkunlikka barham berib, undan keyin bozorga o'tish kerak, degan qarash. 

Bunda  ikkinchi  guruh  vakillari  o'z  qarashlaridagi  ziddiyatni  anglab  yetmagani  qiziq 

agar  ma'muriy  yo'llar  bilan  iqtisodiyotdagi  surunkali  xastalikni,  moliyaviy 

boshboshdoqlikni, xo'jasizlikni bartaraf etish mumkin bo'lsa, unda bozorga o'tishning 

nima  zarurati  bor?  Deyarli  barcha  tarmoqlarda  tugallanmagan  siklga  ega  ishlab 

chiqarish  yo'lga  qo'yilgani  sababli  ular  atayin  xom  ashyoni  qazib  olish  va  dastlabki 

ishlov  berish,  yarim  fabrikalar  tayyorlash  bosqichida  tuxtab  qolar  edi.  Oddiy  xalq 

ommasida  agar  ishlab  chiqarish  vositalarining  asosiy  qismi  davlat  tasarrufidan 

chiqariladigan  va  xususiylashtiriladigan  bo'lsa,  bundan  birinchi  navbatda,  sho'ro 

zamonidan qolgan xufiyona iqtisodiyot korchalonlari yutadi, o'zining «o'lik kapitalini» 

ishga solib yuboradi, degan hadiksirashlar ham mavjud bo'lgan

4



Albatta, hech bir yangilikni hamma ham quchoq ochib kutib olmaydi. Tuzumni, 

iqtisodiy-ijtimoiy  munosabatlarni  butunlay  yangicha  asosda  shakllantirishni  taqozo 

qiladigan  bozor  iqtisodiyotini  ham  o'z  tarafdorlari-yu,  unga  shubha  bilan 

qaraydiganlari  ham  bo'lishi  tabiiy.  Ko'p  jihatdan  tavakkalchilikka  asoslangan  bozor 

sharoitida  o'z  biznesi  sinishidan,  raqobat  kurashida  mag'lubiyatga  uchrashidan  hech 

kim  kafolatlanmaydi.  Bunday  munosabatlarni  chuqur  tadkiq  etganlarning  fikricha, 

kapital  jamg'arilishining  tarixiy  tendensiyasi,  ya'ni  mayda  mulklarning  kimlardir 

                     

4

  I.A. Karimov. O'zbekiston XXI asrga intilmoqda. T.: "O'zbekiston",1999,275-b 



  


12 

 

tomonidan  g'oyat  yiriklashtirilishi,  keng  xalq  ommasining  yeri,  tirikchilik  vositalari 



mehnat  qurollarining  ekspropriasiya  kilinishi  kapitalizm  tarixining  muqaddimasidir. 

Bevosita  ishlab  chiqaruvchilarning  ekspropriasiya  qilinishi  ko'p  mamlakatlarda  katta 

yo'qotishlar,  o'pirilishlar,  ayniqsa,  aholi  kam  ta'minlangan  tabaqalarini  haq-huquqlari 

hisobga  olinmasdan  amalga  oshirildi.  Davlatimiz  rahbari  Islom  Karimov  uzoqni 

ko'zlab,  oqilona  yuritayotgan  siyosati  samarasida  O'zbekistonda  bozor  iqtisodiyotiga 

o'tishda bunday katta yo'qotish va talotumlardan chetlab o'tildi. Ijtimoiy adolatsizlikka, 

aholining  keskin  tabaqalanishiga  yo'l  qo'yilmadi.  Bozor  iqtisodiyotiga  o'tishning 

evolyusion,  bosqichma-bosqich  yo'li  tanlandi.  Bu  borada  ijtimoiy  adolatni 

ta'minlashda  davlatning  islohotchilik  roli  katta  ahamiyatga  ega  bo'ldi.  Prezidentimiz 

Islom  Karimov  o'zining  iqtisodiy  siyosatga  bag'ishlangan  asarlarida  bozor 

iqtisodiyotining  shakl-shamoyillari,  unga  o'tishning  zarurati,  shart-sharoitlari  va 

omillarini  puxta  asoslab  berdi.  Biz  mustaqillikning  ilk  kunlaridan  boshlab,  -  deb 

yozadi  davlatimiz  rahbari,  -  o'z  umrini  o'tab  bo'lgan  eski  mustabid  sovet  tuzumidan 

voz  kechib,  jahon  tajribasini  har  tomonlama  puxta  o'rganish,  umuminsoniy 

qadriyatlarni  chuqur  anglash,  milliy  urf-odat  va  an'analarimizni  asrab  avaylash  va 

yanada mustahkamlash asosida ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan 

ochiq  demokratik davlat  barpo  etishga  azmu  qaror  qildik.  Mulkni  davlat  tasarrufidan 

chiqarish  va  xususiylashtirish,  raqobat  muhitini  yaratish,  kichik  biznes  va  xususiy 

tadbirkorlikni  rivojlantirish  bozor  munosabatlarini  qaror  toptirishning  asosiy  shart  va 

yo’nalishlarini  tashkil  etdi.  O'tgan  davr  ichida  iqtisodiyotga  oid  qabul  qilingan 

qonunlar. Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining asosiy 

qismi  ana  shu  uch  yo'nalishni  rivojlantirishga  qaratilganini  alohida  ta'kidlash  darkor. 

Bu yillarda minglab davlat korxonalari xususiylashtirildi, aksiyadorlik jamiyatlari yoki 

mulkchilikning  boshqa  nodavlat  korxonalari  sifatida  qayta  tashkil  etildi.  Natijada 

nodavlat  sektorining  ulushi  1995  yilga  kelib  yalpi  ichki  mahsulot  ishlab  chiqarishda 

58,4 foizni tashkil etdi. 2010 yilda esa bu ko'rsatkich 81,7 foizga yetdi.16 Ular xo'jalik 




13 

 

birlashmalari,  qo'shma  korxonalar,  xususiy  fermer  xo'jaliklari,  aholi  xususiy 



mulkining boshqa obyektlari sifatida faoliyat yurita boshladi

5



O'zbekistonda  2000  yilda  bozor  munosabatlariga  xos  institusional  qayta 

qurishning tugallanishi bilan o'tish davri nihoyasiga yetdi va aralash iqtisodiyot asosan 

shakllanib,  uning  yanada  jadalroq  rivojlanish  bosqichi  boshlandi.  Ma'lumki, 

O'zbekiston 1991 yili o'z mustaqilligini qo'lga kiritganidan so'ng umrini o'tab bo'lgan 

mustabid,  ma'muriy-buyruqbozlik,  rejali-taqsimot  tizimidan  voz  kechib,  “o'zbek 

modeli”  deb  nom  olgan  o'z  taraqqiyot  yo'lini  tanlab  oldi.  Yurtboshimiz  tomonidan 

ishlab  chiqilgan  mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  konsepsiyasiga  asosan, 

O'zbekiston  mustaqillikka  erishganidan  keyin  ijtimoiy  yo'naltirilgan  bozor 

munosabatlariga  o'tish,  mamlakatimizda  isloh  etish  va  modernizasiya  qilish  borasida 

salmoqli ishlar amalga oshirildi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



                     

5

 



O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T., «O’zbekiston», 2011,319-b 

  



14 

 


Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish