I bob "O’zbekiston konstitusiyasini o’rganish" O’quv kursi, uning


-§. Konstitusiyaviy huquqmi yoki davlat huquqimi? Atamalar haqida bahs



Download 124 Kb.
bet5/7
Sana22.07.2022
Hajmi124 Kb.
#838665
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Maxfuza

4-§. Konstitusiyaviy huquqmi yoki davlat huquqimi? Atamalar haqida bahs
Mamlakatimizda ham, chet ellarda ham huquqning biz ko’rib chiqayotgan tarmog’i nomi sifatida ikkala atama ham qo’llaniladi. Ular orasida prinsipial farq yo’q, qaysini qo’llash an’analarga bog’liq. Ma-salan, AQSh va Fransiyada "konstitusiyaviy huquq" atamasi qo’ldaniladi. Germaniya kabi demokratik huquqiy davlatda esa — "davlat huquqi" atamasi
2" G ' 8agyoO’ V13~
i^kutuvxomdz!

qabul qilingan. Rossiyada Oktyabr to’ntarishigacha bo’lgan davrda ikkala atama ham qo’llanilgan. Zero, mamlakatda atamalar haqidagi bahsga sababchi bo’la-digan konstitusiyaning o’zi ham yo’q edi. 1917 yil-dan keyin "davlat huquqi" nomi kengroq qo’llanila boshlandi. Chunki sosialistik konstitusiya nomiga-gina qabul qilingan, ijtimoiy hayot yoppasiga dav-lat nazorati ostiga o’tgan edi.


Hozirgi paytda ko’pgina tadqiqotchilar "konsti-tusiyaviy huquq" atamasini yoqlaydilar. Uni tota-litar davlatchilikdan voz kechib, konstitusionalizm va demokratiyaga o’tishning belgisi deb hisoblaydi-lar. O’zbekistonda ham "konstitusiyaviy huquq" ata-masi huquqning ushbu tarmog’iga munosib nom sifa-tida qabul qilingan.
5-§. O’zbekiston konstitusiyaviy huquqining ijtimoiy tabiati
Mamlakatimizda uzoq yillar hukmron bo’lgan marksistik davlat nazariyasi davlat va huquqni sin-fiy ma’noda tushunishni uqtirar, bir sinfning diktaturasi yoki "yetakchi roli"nia mustahkamlashni konstitusiyaviy huquqning mohiyati deb hisoblar edi. Totalitar davlat aslida ham shunday edi. Ammo demokratik davlat sinfiy bo’lishi mumkin emas, chunki demokratiya va sinfiy imtiyozlar bir-biriga ziddir. Shu sababli totalitar davrda markscha-le-nincha fan tomonidan o’rganilganidek, konstitusi-yaviy (davlat) huquqning "sinfiy mohiyati"ni aniq-lash bugungi kunda mantiqsiz ish bo’lib qoldi. Asta-sekinlik bilan zamonaviy sivilizasiya belgilariga ega bo’linayotgan hozirgi jamiyatda barcha fuqaro-lar, ijtimoiy ahvolidan qat’i nazar, baravar hu-quqlar va imkoniyatlarga ega.
18
Shu sababli, O’zbekiston konstitusiyaviy hu-quqining tabiati ijtimoiy plyuralizmda namoyon bo’ladi. Ya’ni jamiyatdagi barcha ijtimoiy qatlam-lar davlat organlarini shakllantirish va uning siyo-satiga ta’sir o’tkazishda teng imkoniyatlarga ega^ Bu ta’sir konstitusiyaviy-huquqiy institutlar tomo-nidan ommaviy axborot vositalari, siyosiy huquqlar, jamoat birlashmalari va siyosiy partiyalar orqali amalga oshiriladi. Konstitusiyaviy huquq fuqaro-larning bunday birlashmalari huquqini mustahkam-laydi, jamoatchilikning davlat organlari faoliya-ti ustidan doimiy nazorati uchun sharoit yaratadi. Bu esa, saylash va saylanish haqidagi demokratik qoidalar bilan birga ayrim sosial guruhlar va qat-lamlarning hokimiyatdan o’z shaxsiy manfaatlari yo’lida foydalanish imkoniyatini yo’qqa chiqarishi lozim.
Demak, ijtimoiy plyuralizm (fikrlar xilma-xilligi) marksizm-leninizm tomonidan targ’ib etil-gan davlat va huquqning mohiyatini sinfiylik asos-da tushunishga tamomila ziddir. Konstitusiyaviy huquqning ijtimoiy tabiatini yangicha tushunish huquqiy davlat nazariyasiga, demokratiyaning e’ti-rof etilgan tamoyillariga mosdir. Jamiyatimiz odamlar o’rtasidagi o’ziga xos ijtimoiy shartnoma ko’rinishidagi davlat tushunchasiga qaytmoqda. Bu shartnoma davlat hokimiyatiga huquq normalarining so’zsiz bajarilishini ta’minlash bo’yicha muayyan va-kolatlar beradi, ammo davlatdan ham bu vakolat-larni odamlardan olganligini va uny odamlar man-faati yo’lida amalga oshirishi lozimligini unut-maslikni talab qiladi. Faqat xalqgina hokimiyat manbai bo’lishi mumkin — har qanday demokratik mamlakatning konstitusiyaviy huquqi ana shu od-diy, ammo olijanob haqiqatdan boshlanadi.

Download 124 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish