9
masalan, mehnat huquqi, fuqarolik huquqi va shu kabilarla batafsil bayon qilinadi. Ammo Konsti-tusiyada INSONNING tabiiy huquqlari, ya’ni yashash, mohnat qilish, kasb tanlash, mulkdor bo’lish hamda barchaning qonun oldida tengligi kabi huquqlari-ning muqaddasligi va daxlsizligi aniq belgilab qo’yilady. Masalan, shaxs sudning hukmisiz ozod-likdan mahrum etilmaydi yoki uning mulki, turar joyi daxlsizdir va h.k. Davlat insonga xizmat qila-di va u odamlar oldida mas’uldir.
Konstitusiyada ko’riladigan yana muhim masala-lardan biri davlat va jamiyat o’rtasidagi munosa-bat masalasidir. Albatta, davlat qonunlar orqali jamiyatda tartib o’rnatadi. U o’tish davrida asosiy islohotchilik vazifasini bajaradi. Bu, davlat ja-miyat ustidan hukmronlik qiladi, degan fikrni bil-dirmaydi. Davlat ham jamiyatning asosiy bir bo’g’i-ni sifatida amal qiladi. Jamiyat davlatdan ko’ra kengdir. Jamiyat davlat, nodavlat va joylarda o’zi-ni o’zi boshqarish organlarini mujassamlashtirgan holda bir butun tarzda namoyon bo’ladi.
2-§. O’zbekiston Konstitusiyasini o’rganish
kursi — konstitusiyaviy huquqning
asosiy qismi. Uning predmeti
Konstitusiyaviy huquqning predmeti ijtimoiy munosabatlarning ikki asosiy sohasini qamrab oladi:
birinchidan, inson va fuqarolarning huquqlari va erkinliklari muhofazasi (inson va davlat o’rta-sidagi munosabatlar);
ikkinchidan, davlat tuzumi va davlat hokimiyati-ning tashkil etilishi (hokimiyat subyektlari o’rta-sidagi munosabatlar).
10
Inson va davlat o’rtasidagi munosabatlar faqat-gina konstitusiyaviy huquq bilan emas, balki hu-quqning boshqa sohalari (masalan, ma’muriy huquq, mehnat huquqi, fuqarolik huquqi va boshqalar) to-monidan ham tartibga solinadi. Ammo konstitusiya-viy huquq shaxs huquqiy maqomi, uning asosiy huquq va erkinliklarini o’zida mujassam etgan eng aso-siy normalardan iboratdir. Fanda huquqni erkin-lik o’lchovi sifatida tushunish keng yoyilgan bo’lib, Konstitusiyaviy huquq bu tushunchaga har tomonlama mos keladi.
Inson erkinligini tabiiy holat deb e’tirof etish bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solish murakkab ishdir. U faqat huquqlarnigina emas, bal-ki insonning boshqa odamlarga va davlatga munosa-bati borasidagi majburiyatlarini ham mustahkam-lashni ko’zda tutadi. Erkinlik absolyut bo’lishi mum-kin emas. Uni suiiste’mol qilishning oldini olish uchun muayyan cheklashlar zarur. Konstitusiyaviy huquq faqatgina huquqni e’lon qylish bilan cheklanmay, uning huquqiy kafolatlarini ham yaratadi. U shun-day davlat ta’sis etadiki, bunday davlat erkinlik-larning "tungi qorovuli"ga aylanib qolmay, odam-larning farovonligini ta’minlash uchun sharoit yaratish majburiyatini oladi: amalda davlat hoki-miyatining barcha tizimi ana shu maqsadga bo’ysun-dirilgan.
Ayrim rus olimlarining fikricha, konstitusiya-viy huquqning predmeti "insonning jamiyat bilan munosabati", "ijtimoiy tuzum asoslarini mustah-kamlash", "fuqarolik jamiyati tamoyillari"ni o’rnatishdir. Bunday yondoshuvlar totalitarizm sha-roitida jamiyatga davlatning rahbarligi e’tirof etilgan davrdan qolgan an’analarga sodiqlikning bir ko’rinishidir. Hozirgi paytda O’zbekistonda shakllanayotgan chinakam fuqarolik jamiyatida bun-
p
-™"*-"" "
day bo’lishi mumkin emas: fuqarolik jamiyati dav-latdan mustaqildir va undan yuqorida turadi, u in-sonning erkinliklari va tashabbuslarini, odamlar-ning ham siyosiy, ham iqtisodiy sohalardagi bir-lashmalarini e’tirof etish asosiga qurilgan.
Huquq ijtimoiy munosabatlarning faqat kichik bir qismini tartibga soladi, uning katta qismi esa, axloq va ijtimoiy o’zini o’zi boshqarishni tashkil etish asosida tartibga solinadi.
Erkin inson huquqi orqali muayyan ijtimoiy tartib shakllanadi: mulk shakllari, iqtisodni tash-kil etish, siyosiy tizim, ijtimoiy munosabatlar va h.k. Demokratik davlat sosialistik yoki kapitalis-tik ijtimoiy tuzumni o’rnata olmaydi, ya’ni u yoki bu g’oyaviy bosimga yon berishi mumkin emas, chunki har qanday holda ham bu aholining bir qismi is-taklarini aholining boshqa qismiga zo’rlab qabul qildirish demakdir. Albatta, erkin saylovlar na-tijasida hokimiyat tepasiga qanday siyosiy kuchlar kelganligiga qarab, davlat siyosati u yoki bu ijti-moiy-iqtisodiy yo’nalishga ega bo’lishi mumkin. Ammo shunday sharoitda ham konstitusiyaviy yo’l bilan fuqarolarning huquqlari va erkinliklari-ni yo’q qilish yoki o’zgartirish mumkin emas.
Konstitusiyaviy huquq tomonidan "ijtimoiy tu-zum asoslari"ning tartibga solinishi masalasida xorijiy huquqshunos olimlar fikri turlichadir. Eski konstitusiyaviy aktlar amalda bo’lgan mamla-katlarda (AQSh, Buyuk Britaniya va boshqalar) bun-day "asoslar" haqida biror ishora ham yo’q. Ehti-mol, shuning uchun bo’lsa kerak, liberalizm yo’lidan borayotgan fanda ham bu boradagi fikrlar deyarli uchramaydi. Bu yerda ijtimoiy tuzum haqida gapi-rilganda ham erkinlik, demokratiya, adolat, inson huquqlari kategoriyalari va davlatning tegishli funksiyalari tilga olinadi.
12
Ammo Konstitusiyalari Ikkinchi jahon urushi-dan keyin va so’l kuchlarning kuchli bosimi ostida qabul qilingan mamlakatlar (Fransiya, Italiya, Por-tugaliya va boshqalar)ning asosiy qonun matnlarida "iqtisodiy tuzum", "ijtimoiy-etnik munosabatlar" va h.k.lar haqidagi bo’limlar paydo bo’ldi. Biroq ular insonning tabiiy huquq va erkinliklari institu-tiga hyech qanday ta’sir o’tkazmadi va davlatning ijtimoiy hamda iqtisodiy funksiyalarini belgi-lash bilan uzviy bog’liqdir (ta’lim, sog’liq muho-fazasiga ko’maklashish, odamlarning yaxshi turmushi uchun sharoit yaratish va boshqalar). Demak, bu inson va davlatning o’zaro munosabatlaridagi ayni soha-ning o’zi bo’lib, unda inson erkining ustuvorligi va davlat vazifalarining chegaralari qat’iy bel-gilab qo’yilgan bo’ladi.
Ko’rib chiqilayotgan masalada O’zbekistonning yangi konstitusiyaviy huquqi modeli o’ziga xos mavqyega ega. Ilgarigi sovet Konstitusiyasidan farqli o’la-roq, 1992 yilgi Konstitusiyada ijtimoiy tuzum asos-lari haqidagi bo’lim yo’q. Ammo, ayni paytda, ko’pgina moddalarda davlatning iqtisodiy va ijtimoiy funk-siyalari belgilangan. Ular boshqa maqsadga — inson huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilish va uni amalga oshirish uchun ko’maklashishga bo’ysundiril-gan. Bu hol Konstitusiyaning sosial liberalizm va sosial demokratiya g’oyalarining kuchli ta’siri ostida yaratilganligi bilan izohlanadi. Shunday qilib, Konstitusiyaning tuzilishi va mazmunidan davlatga iqtisodiy va ijtimoiy xarakterdagi muayyan ko’rsat-malar kelib chiqadi. Ammo bu ko’rsatmalar qanday-dir g’oyaviy aniq ijtimoiy. tuzumni o’rnatishga va fuqarolik jamiyati tamoyillarini belgilashga qaratilmagan. Ular faqat davlatning jamiyat hayotiga aralashuvi chegaralarini va odamlarga nisbatan maj-buriyatlarini belgilaydi. Amalda fuqarolik jamiya-
Do'stlaringiz bilan baham: |