I bob "O’zbekiston konstitusiyasini o’rganish" O’quv kursi, uning



Download 124 Kb.
bet6/7
Sana22.07.2022
Hajmi124 Kb.
#838665
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Maxfuza

19 1
Konstitusiyaviy huquqning ijtimoiy tabiati-ni aniqlashga realistik yondashuv jamiyatdagi ij-timoiy va siyosiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi mazkur huquq tarmog’ining rolini tushu-nib olishda nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Bu rol totalitar davlatga xos bo’lgan jamiyatdagi ijti-moiy, iqtisodiy yoki siyosiy kurashni bostirishdan iborat emas. Demokratik jamiyatda, ijtimoiy guruh va qatlamlar, shuningdek, ularning birlashmalari o’z erkinliklaridan foydalanib, konstitusiyaviy qonunlar doirasida o’z ijtimoiy mavqyelari va ij-timoiy tuzumlarini o’zlari belgilash huquqiga ega-dirlar. Konstitusiyaviy huquqning funksiyalari-dan biri esa bu qonunlar doirasini aniqlab be-rishdir. Bu tarmoqning ijtimoiy tartibga soluvchi roli aholining qaysidir iqtisodiy kuchli yoki ijtimoiy faol guruhi yoki qatlami hokimiyatni kuch bilan egallab olishiga, turli ekstremistlar tomo-nidan ommaviy axborot vositalarining suiiste’-mol qilinishiga, zo’ravonlik, urush, g’ayri axloqiy g’oyalar targ’ibotiga yo’l qo’ymasligida namoyon bo’-ladi.
Ijtimoiy tartibga solish vazifasi nihoyatda mu-rakkab. Chunki konstitusiyaviy huquq barcha kishi-larning kelib chiqishi va ijtimoiy ahvolidan qat’i nazar teng huquqliligi, ularning huquq va erkin-liklarining kafolatlanishi tamoyillari asosiga qurilgan. Ammo ayni shu vazifa konstitusiyaviy huquqqa xos bo’lib, uning asosiy tamoyillari va normalariga singdirilgan. Konstitusiyaviy huquq turli ijtimoiy qatlamlar o’rtasidagi munosabat-larni tartibga soladi, zo’ravonlik va bir-birini qirg’in qilishga yo’l bermaydigan ijtimoiy tinch-lik va murosaning oqilona huquqiy asosini o’rna-tadi.
20
6-§. Konstitusiyaviy huquq va siyosiy tizim
Bu ikki tushuncha bir-biri bilan uzviy bog’liq. Davlat — siyosiy tizimning tarkibiy qismi bo’lib, unga siyosiy institutlar va muassasalar (partiyalar, siyosiy maqsadlarni ko’zda tutuvchi jamoat tashki-lotlari, ta’sir o’tkazish guruhlari) ham kiradi. Davlat organlari siyosiy tizimning boshqa kompo-nentlari bilan birga uzviy aloqada shakllanadi va faoliyat olib boradi. Chunki bu tizim jamiyatda hokimiyat (unga erishish, ushlab turish yoki foydala-nish) bilan bog’liq siyosiy munosabatlarni ifoda etadi.
Konstitusiyaviy huquq va siyosiy tizim bir nar-sa emas. Huquqiy munosabatlar siyosiy munosabat-larning faqat bir qismidir. Ammo uning markaziy qismini tashkil etadi. Ma«:alan, fuqarolik huquqi va erkinliklari instituti siyosiy tashkilotlarning faoliyati, ularning hokimiyat uchun kurashida hal qiluvchi sharoit yaratadi. Huquq hokimiyat mexaniz-mini o’rnatadi, asosiy siyosiy kuchlar ana shu doira-da o’zlarini namoyon qiladilar.
Ammo konstitusiyaviy huquq baribir u yoki bu mamlakatni kim va qanday boshqarayapti, degan sa-volga to’la javob bermaydi. Bu huquq normalari o’z-o’zicha ta’sir kuchiga ega emas, ular siyosiy voqyelik bilan o’zaro munosabatga kirishgandagina jonlana-dilar. Siyosiy munozaralarning ishtirokchilari ba’-zan yillar davomida ayrim huquqiy normalarni eslamaydilar, ammo o’tkir siyosiy vaziyat yuzaga kel-ganda, unutilgan norma tomonlarning huquqqa zid usullarni qo’llashiga yo’l qo’ymaydi, xaloskorlik rolini bajaradi. Tarixda ko’pincha shunday ham bo’lganki, siyosiy tuzum konstitusiyaviy huquqni quruq rasmiyatchilikka aylantirib qo’ygan. Shu sa-babli, konstitusiyaviy huquqni o’rganish siyosiy ti-
21
'■'
«imiish- barcha murakkab jihatlarini, ya’ni siyosat-shunoslik fanini o’rganish bilan to’ldirilishi za-rur.
Konstitusiyaviy huquqning muhim elementi — bosh-qaruv shaklidir. Garchi u siyosiy munosabatlar ish-tirokchilari uchun ahamiyatga ega bo’lsa-da, baribir hokimiyatni amalga oshirishning konkret metodla-ri va usullarini aks ettirmaydi. Mamlakatda de-mokratik davlatchilikning barcha atributlari bo’li-shi mumkin: e’lon qilingan huquq va erkinliklar, parlament, prezident, mas’ul hukumat, ammo agar siyosiy tuzum qo’pol diktaturadan iborat bo’lsa, de-mokratik institutlar xo’ja ko’rsinga mavjud bo’la-di. Shunday qilib, boshqaruv shakli, xoh u parla-ment respublikasi yoki parlamentar monarxiya bo’lsin, xoh prezident respublikasi yoki konstitu-siyaviy monarxiya bo’lsin, o’z-o’zicha ko’p yoki oz de-mokratiyadan darak bermaydi.
Xuddi shu tariqa ko’ppartiyaviylik, siyosiy mada-niyat an’analari va h.k. asosiga qurilgan siyosiy tizim ham hyech narsadan guvohlik bermaydi. Amalda u mavjud diktaturaga xizmat qilishi mumkin. Fa-qatgina bir partiyali siyosiy tizim hamisha va shub-hasiz antidemokratikdir.
Siyosiy tuzumning uch asosiy turi ma’lum: demok-ratik, avtoritar va totalitar.

Download 124 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish