I bob "O’zbekiston konstitusiyasini o’rganish" O’quv kursi, uning



Download 124 Kb.
bet1/7
Sana22.07.2022
Hajmi124 Kb.
#838665
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Maxfuza


I BOB
"O’ZBEKISTON KONSTITUSIYaSINI
O’RGANISh" O’QUV KURSI, UNING
MAQSAD VA VAZIFALARI
1-§. O’quv kursining joriy qilinishi, tushunchasi, maqsad va vazifalari
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 4 yanvardagi "O’zbekiston Respublikasi Kon-stitusiyasini o’rganishni tashkil etish to’g’risida"-gi farmoyishi asosida mamlakatimiz ta’lim ti-zimyning barcha bosqichlarida "O’zbekiston Konsti-tusiyasini o’rganish" o’quv kursi joriy qilindi. "O’zbekiston Konstitusiyasini o’rganish" o’quv kur-si O’zbekiston konstitusiyaviy huquqining muhim tarkibiy qismi bo’lib, o’z maqsad va vazifalariga ega. Ularni quyidagi chizmada yaqqol tasavvur etish mumkin:

O’zbekiston Konstitusiyasi o’quv kursining vazifalari
Ushbu o’quv kursining mohiyatini to’la anglab olish uchun avvalo "konstitusiyaviy huquq" tushunchasini bilib olish kerak, zero, "O’zbekiston Konstitusiya-sini o’rganish" o’quv kursi "Konstitusiyaviy huquq" fanining asosiy qismini tashkil etadi.
Konstitusiyaviy huquqni milliy huquq tizimi-ning asosiy tarmog’i sifatida o’rganishda quyida-
6
gilar nazarda tutiladi. Birinchidan, konstitusiya-viy huquq boshqa huquq tarmoqlari kabi"davlat to-monidan o’rnatiladi va qo’riqlanadi. Ikkinchidan, konstitusiyaviy huquq boshqa huquq tarmoqlaridan o’z mohiyati va mazmuniga ko’ra farq qiladi, ya’ni u davlatning eng asosiy huquqiy normalarini ifoda etib, boshqa huquq sohalaridan farqli o’laroq, us-tunlik va umumhuquqiy tamoyillar o’rnatuvchi xa-rakterga ega.
Konstitusiyaviy huquq eng avvalo inson va fu-qarolarning asosiy huquq va erkinliklarini mu-hofaza etuvchi, kafolatlovchi va shu maqsadlarda uni himoyalovchi davlat hokimiyatining muayyan tizimi-ni ta’sis etuvchi huquqiy normalar majmuasidir.
Hozirgi zamon sivilizasiyasining muhim qoida-laridan biriga binoan, davlat inson uchun, uning erkinliklarini muhofaza qilish va yaxshi turmush sharoitini ta’minlash uchun mavjuddir. Ammo er-kinlik va hokimiyat o’rtasidagi muvozanatni qan-day ta’minlash mumkin? Axir, agar erkinlik mus-tahkam davlat tizimi ichida qonunlar bilan tar-tibga solinmas ekan, u osongina anarxiyaga va boshboshdoqlikka aylanib ketishi mumkin, agar dav-lat tizimi erkinlikdan voz kechish asosiga quril-gan bo’lsa, inson totalitar zulm iskanjasiga tushib qoladi. Hokimiyat va erkinlikning muvozanatini ta’minlash konstitusiyaviy huquqning eng asosiy va nozik mohiyatini tashkil etadi.
Huquqning mazkur tarmog’i ijtimoiy hayotning bunday muhim va murakkab sohasini tartibga sol-ganligi sababli u huquq tizimida yetakchi o’rin tu-tadi. Aslida, butun milliy huquq tizimi, barcha huquq tarmoqlarining shakllanishi (tarixan bo’lma-sa-da, mantiqiy izchillik asosida) konstitusiyaviy huquqdan boshlanadi. Uning huquq tizimini tash-kil etishdagi roli ham shundadir. U yoki bu mamla-
7
katning milliy huquqidagi birorta tarmoq konsti-tusiyaviy tamoyillar yoki konstitusiyaviy qonunchi-lik normalariga tayanmasa yoki, aksincha, unga zid kel-sa, aslo rivojlana olmaydi.
Huquqning boshqa tarmoqlari kabi Konstitusiya-viy huquq ham o’z predmetiga ega. Uni bilib olish esa huquqiy tartibga solishning o’ziga xosligini aniqlash, demak, huquqning bu tarmog’i mundarija-si, vazifasi va maqsadlari haqida, uning boshqa tarmoqlardan farqi to’g’risida tushunchaga ega bo’lish uchun zarurdir. Konstitusiyaviy huquq predmetini belgilash katta aniqlikni talab etadi. Chunki bu tarmoqda gap to’g’ridan-to’g’ri inson va fuqarolar-ning huquqlari, burchlari va erkinliklari kafo-latlari haqida boradi.
Zero, gap inson huquqi, erki va burchi to’g’risida borar ekan, Konstitusiya o’zining normalarida uni odilona yechishi va eng muhimi ana shu huquq va er-kinliklarni ta’minlaydigan, qo’riqlaydigan dav-lat hokimiyatini tashkil etadigan o’ta murrakkab masalani hal qiladi.
Xalq hokimiyatchiligiga asoslangan demokratik davlat organlarini tashkil etish qonun ustuvorli-giga asoslangan ijroiya hokimiyatini, mustaqil sud-ni, mahalliy o’z-o’zini boshqaruvni o’rnatishni ta-qozo etadi. Konstitusiya o’z normalarida inson va davlat o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solar ekan, u davlatning mohiyatini, shaklini ham belgi-lab beradi. Biz u yoki bu davlatning Konstitusiya-siga qarab hokimiyatning maqsadi va mohiyatini aniqlashimiz mumkin.
Masalan, totalitar jamiyatda konstitusiyaviy huquqning roli rasmiy, qotib qolgan amaliyot bi-lan cheklangan va ta’sirsizdir, chunki butun real hokimiyat yagona partiya, sinf qo’lida bo’ladi va dik-tatorlik usullari bilan amalga oshiriladi. Ammo
8
demokratik davlatda bu huquqning muttasil rivoj-lanishi siyosiy fikrlar xilma-xilligi ta’siri os-tida amalga oshadi. Bu hol, ayniqsa, hozirgi paytda demokratiyaga o’tish jarayonini boshidan kechirayot-gan O’zbekiston uchun xarakterlidir. Bu yerda kon-stitusiyaviy huquqning o’zi islohotlarning obyek-ti bo’lishi bilan birga, fuqarolar tinchligi va osoy-ishtaligi uchun zarur sharoitlar yaratadi. Turli siyosiy, shu jumladan, ekstremistik va aqidaparast kuchlarning hokimiyat uchun kurashi yo’liga qonuniy va adolatli to’siq qo’yadi. Avtoritar davlatlarda esa hokimiyat yagona shaxs qo’lida bo’lishi mumkin va h.k.
Konstitusiya birinchi navbatda davlat boshqaruv shakli va davlat hokimiyatini tashkil etish me’yor-larini o’rnatadi. Bunda u avvalam bor uning asosiy prinsiplari, manbalari, ta’limotlari va g’oyalari nimalardan iborat ekanligini aniq ko’rsatadi. Bu o’rinda xalq hokimiyatining taqsimlanishi, davlat boshqaruv shakli, ko’p partiyaviylik, hur fikrlik, vijdon erkinligi, mulk huquqi kabi masalalar mu-him ahamiyat kasb etadi.
Ana shu prinsip va qoidalarga asosan Konstitu-siya davlat hokimiyatining tizimi va organlarini, ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tartibga so-ladi. Bu o’rinda Konstitusiya davlat hokimiyatining taqsimlanishi nazariyasini amalga oshirib, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlarini o’za-ro tiyib turish va muvozanatda tutish qoidasini ta’minlaydi.
Konstitusiya normalaridagi yana eng muhim masa-lalardan biri inson va davlat o’rtasidagi munosabat masalasidir. Bunda asosiy diqqat-e’tibor insonning erki, sog’lig’i, hayoti, mulki kabi huquqlarining ta’-minlanganligi va kafolatlanishiga qaratiladi. To’g’ri, insonning ko’p huquqlari Konstitusiyada ko’rsatilmaydi, ular huquqning boshqa sohalarida,

Download 124 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish