13
/
ti davlat aralashuvidan ozod bo’lib qolaveradi, odam-larning o’z hayotiy ideallari va baxtga tomon o’z yo’llarini tanlashlarida erkinlikni ta’minlaydi.
Hozirgi o’tish davrida O’zbekistondagi fuqaro-lik jamiyati hali batamom qaror topgani yo’q, aholi-ning erkinlik tashabbusi, butunlay o’zini o’zi bosh-qarishni tashkil etish malakasi yetishmaydi. Shu sa-babdan davlatning jamiyatdagi an’anaviy tartibga soluvchi roli saqlanib qolmoqda. Ammo vaqti bi-lan, agar islohotlar muvaffaqiyatli davom etsa va jamiyat chinakam fuqarolik jamiyatiga aylansa, dav-latning roli tobora pasayib boradi, ijtimoiy hayot-ning bir qator sohalarida huquqiy tartibga solish o’zini o’zi boshqarish va erkin kishilarning tashab-busiga o’z o’rnini bo’shatib beradi.
Davlat hokimiyatining tuzilishi davlat hokimiya-ti va boshqaruv organlarining ta’sis etilishini-gina emas, balki ular orasidagi munosabatlarning keng doirasini tartibga solishni ham nazarda tu-tadi. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, gar-chi ularning vazifalari va vakolatlari o’rtasida ta-fovut bo’lsa-da, bir butun yaxlit tizimni tashkil etishi zarur. Bu tizim odamlar va ularning manfa-atlariga shunday munosabatda bo’lishi kerakki, u davlatning jamiyatdagi rolini namoyon qilishga ko’maklashsin. Konstitusiyaviy huquq hokimiyat-huquq jarayonlari rivojida boshlang’ich nuqtani tashkil etadi. U barcha davlat organlarining ham-jihatlik bilan, yagona maqsad yo’lida o’zaro ham-korligi uchun asos bo’lishi lozim. Ammo bu organlar ishida ichki birlik bo’lmasa, konstitusiyaviy huquq ularning harakatlarida nomutanosiblikni tug’diri-shi, konstitusiyaviy tanglik va davlat hayotida bo’sh-liqni yuzaga keltirishi mumkin.
Konstitusiyaviy huquqning bunday tizimni tash-kil etish funksiyasi undan qonun chiqaruvchi, ij-
14
roiya va sud hokimiyatlari, shuningdek, mahallii o’zi-ni o’zi boshqarish organlarining vakolatlari, va-zifalari va maqomi miqyosini, ularni tashkil etish tartibi, vakolat doirasi, faoliyat shakli va hoka-zolarni aniq belgilab qo’yishni taqozo etadi.
Yuqoridagilardan xulosa qilib, "O’zbekiston Kon-stitusiyasini o’rganish" o’quv kursining predmeti-ni quyidagicha chizma asosida tavsiflash mumkin:
O’zbekiston Konstitusiyasini o’rganish o’quv kursining predmeti
|
1
|
|
|
quyidagilarni o’rganishni tashkil qiladi:
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Konstitusiyaviy huquq tarmog’iga xos rivojlanish qonuniyatlarini, belgila-rini va xususiyatlarni
|
|
Konstitusiyaviy huquq-ning nazariy masalala-rini
|
|
|
|
|
|
Konstitusiyaviy huquq normalari va institutla-rini
|
|
O’zbekiston Konstitusiya-sining davlatimiz rivo-jidagi o’rni va ahamiya-tini
|
|
|
|
|
|
Konstitusiyaviy huquq normalarining amal qi-lish mexanizmini
|
|
Konstitusiyaviy huquqiy normalar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarni
|
|
|
|
|
|
Konstitusiyaviy norma-larning huquqning boshqa tarmoqlaridagi normalar va institutlar bilan mu-nosabatini
|
|
O’zbekiston Respublika-sining ijtimoiy va siyo-siy tuzumi asoslarini
|
Do'stlaringiz bilan baham: |