1.2.Oʻrta Osiyoning tabiati, xoʻjaligi, shaharlari va geografigi.
Oʻrta Osiyoning tabiati, xoʻjaligi, shaharlari, xalqlariga oid dastlabki geografik maʼlumotlar Gerodot (miloddan avvalgi 5-asr), KvIn-t Kursiy Ruf, Strabon (miloddan avvalgi 2-asr) kabi Yunoniston, shuningdek, Xitoy olimlarining asarlarida uchraydi. Bu maʼlumotlar birmuncha cheklangan, baʼzan chala va xatoliklari boʻlsa ham, keyingi, yaʼni oʻrta asrlardagi geografik bilimlarga zamin boʻlib xizmat qildi. Oʻrta Osiyo haqidagi geografik bilimlar 9—12-asrlarda keng rivojlandi. Bunda Muhammad Xorazmiy, Ahmad Fargʻoniy, Ahmad asSaraxsiy (9-asr), Jayhoniy, Abu Zayd Balxiy (10-asr), Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Nosir Xisrav, Mahmud Koshgʻariy (11-asr), AlXarakiy, Abulqosim Zamaxshariy, Saʼmoniy va boshqalar mahalliy olimlarning xizmatlari katta boʻldi. „Hudud ulolam“ (10-asr) mashhur asari ham shu davrda yozildi. Oʻrta Osiyo tabiiy geografiyasiga oid maʼlumotlar 9—12-asrlarda yashagan sayyoh olimlar Ibn Xurdodbeh, Ibn alFaqih, Ibn Rusta, alMuqaddasiy, alMasʼudiy, Ibn Fadlon, Istaxriy, Ibn Havqal kabilarning asarlarida ham uchraydi. Oʻrta Osiyo ga oid geografik bilimlar 13—17-asrlarda ham, oʻlkadagi ijtimoiy-siyosiy holatlarga bogʻliq holda, goh sust, goh jadal surʼatlar bilan rivojlanib bordi. Bunda mahalliy tabiatshunos olimlar, sayyoxdarning asarlari, sayohatnomalari ahamiyatli boʻldi. Muhammad Avfiy (13-asr), Faxriddin Banokatiy (14-asr), Hofizi Abru (14—15-asrlar), Mirzo Ulugʻbek, Gʻiyosiddin Naqqosh, Abdurazzoq Samarqandiy (15asr), Zahiriddin Muhammad Bobur (16asr), Muhammad Haydar Mirzo (16-asr), Mahmud ibn Vali (17-asr) asarlari shular jumlasidandir. Bu davrlarga oid manbalar ichida chet ellik sayyohlar Plano Karpini (13-asr), Marko Polo (13 — 14 a.lar), Ibn Battuta (14-asr), alUmariy (14-asr), Klavixo (15-asr)larning sayohatnomalari ham bor. Ushbu asarlarning ayrimlari tarixiymemuar yoʻnalishida boʻlsa ham, geografik gʻoya va umumlashmalarga boy, xaritagrafik maʼlumotlari esa koʻlamli va mazmunli boʻlgan.
Oʻrta Osiyo tabiatini oʻrganish tarixidagi muhim bosqichlardan biri 18—19-asrlarga toʻgʻri keladi. Bu davrda rus sayyohlari, diplomatlari va tabiatshunos olimlari tomonidan Oʻrta Osiyoga boʻlgan qiziqish jadallashdi. Koʻplab ekspeditsiyalar uyushtirildi (mas, Saymonov, G.I. Karelin, A.I. Butakov ekspeditsiyalari). Filipp Yefremov, Burnashev, Filipp Nazarov sayohatlari natijasida ham oʻlka haqida birmuncha geografik maʼlumotlar toʻplandi.^ 19-asrning 50-yillaridan boshlab esa Oʻrta Osiyo geografik jihatdan jadal surʼatda oʻrganila boshladi. P.P. SemyonovTyanshanskiy, N.A. Seversov, A.P. Fedchenko, N.A. Zarudniy, I.V.Mushketov, V.N.Oshanin, V.A.Obruchev kabi tabiatshunos olimlar tomonidan oʻlka tabiati haqida koʻp maʼlumotlar yigʻildi, tabiiy geografiyaga oid muhim qonuniyatlar aniqlandi. 20-asrning 1-yarmida Oʻrta Osiyo tabiatini, tabiiy resurslarini tadqiq qilish surʼati yanada ortdi, oʻrganish koʻlami kengaydi. Oʻlkaning tabiati bir butun holida ham, alohida komponentlari boʻyicha ham chuqur oʻrganila boshladi. Bu borada N.L.Korjenevskiy, D.V.Nalivkin, S.S.Shults, R.I.Abolin, Yu.A. Skvorsov, Ye.P.Korovin, D.N.Kashkarov, V.M.Chetirkin, I.A.Raykova, Q.Z.Zokirov va boshqalar bir qancha ilmiy va amaliy ahamiyatga ega boʻlgan asarlar yaratdilar.
2012-yillik Yalpi Ichki mahsulot oʻsishi 20-asrning 2-yarmida ham oʻlka tabiatini kompleks oʻrganish boʻyicha ishlarning borishi samarali boʻldi. Koʻplab monografik asarlar yaratildi. Ularda Oʻrta Osiyo tabiatini chuqur tahlil qilish bilan bir vaqtda landshaftlarni xaritaga tushirish, tabiiy geografik rayonlashtirish, tabiiy geografik komplekslarni baholash taraqqiyotini bashoratlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilish masalalariga ham katta eʼtibor berilgan. Bunda geograf olimlar L.N.Babushkin, N.A.Kogay, N.D.Dolimov, M.Qoriyev, H.H.Hasanov, Z.M.Akromov, A.A.Rafiqov va boshqalarning hissalari bor. Oʻrta Osiyo hududining 4/5 qismi tekisliklardan iborat, qolgan qismini togʻliklar tashkil qiladi. Tekisliklarning Qozogʻiston past togʻlaridan gʻarb va janubi-gʻarbdagi qismi Turon tekisligi deb ataladi. U tektonik jihatdan mezozoy va kaynozoy yotqiziqlari bilan toʻlgan katta botiqqa toʻgʻri keladi. Uning ostki qismi tektonik harakatlar natijasida kuchli oʻzgargan paleozoy jinslari qatlamlaridan tuzilgan qattiq fundamentdan iborat. Bu fundament yer yuzasidan turli chuqurliklarda yotadi, ayrim joylari past koʻrinishida yer yuzasiga chiqib qolgan.
Oʻrta Osiyo tekisliklari sharq va janubiy tomonlarida Tarbagʻatoy, Tyanshan, HisorOlay, Pomir, Hindukush, Safedkoʻh, Nishopur togʻlari bilan oʻralgan. Ularning koʻpchiligi baland togʻlar boʻlib, 6 ming m dan baland boʻlgan 136 ta choʻqqisi bor. Ayrim choʻqqilarning bal. esa 7—7,5 ming m ga yetadi.
Oʻrta Osiyo togʻlarining xususiyati shundan iboratki, tizmalar va ularni ajratib turgan daryo vodiylari va botiqlar koʻpincha kengliklar boʻylab choʻzilgan. Ular bilan birgalikda koʻndalang togʻ tizmalaridan iborat orografik tugunlar (yoki markadlar) mavjud. Bunday togʻ tugunlari Tyanshan, Pomir va Hisor— Olay togʻlarida 16 ta boʻlib, ular muzlik markazlaridir.
Oʻrta Osiyoning umumiy iklim belgilari — oftobli kunlarning koʻp boʻlishi, kontinentallik va yogʻinning kamligidir. Hududning katta qismini egallagan choʻl va chala choʻllarda bu belgilar, ayniqsa, sezilarli. Bu yerga yogʻinlarni Atlantika okeanidan keladigan havo massalari olib keladi. Tropik kengliklardan tashqarida gʻarbdan sharqqa yoʻnalgan nam havo oqimlari Oʻrta Osiyo hududiga maʼlum darajada quruq va yozda qizigan holda kirib keladi. Shu sababli Oʻrta Osiyo iqlimi qurgʻoqchil. Bu yerda yillik temperatura amplitudasi qoʻshni oʻlkalardagiga nisbatan kattaroq, yaʼni iqlimning kontinentalligi yuqoriroq darajada boʻladi va shu maʼnoda Sharqiy Sibirdan keyinda turadi. Oʻrtacha yillik havo temperaturasi Oʻrta Osiyo tekisliklarida 0° dan yuqori: chekka shimolida 1—2°, janubida 18° gacha. Togʻlik qismida dengiz sathidan 2200–2500 m balandlikda —5°, —8° gacha pasayishi mumkin. Mutlaq past temperatura togʻlar va baland togʻlarda —16° dan (janubida) —50°gacha (shimolida).
Oʻrta Osiyoning tekislik qismida iyulning oʻrtacha havo temperaturasi, shimolida 20—22°, jan.da 30—31° boʻladi. Eng yuqori temperatura tekislik va togʻ etaklarida 42°, 50° atrofida, togʻlarda esa, 3000 m dan balandlikda 22—24°. Yillik yogʻin miqdori ham bir tekis taqsimlanmagan. Qizilqum va Qoraqumda 100–150 mm, togʻlarda 800–900 mm va undan ortiq. Eng kam yogʻin Sharqiy Pomirda kuzatiladi (26 mm).
Oʻrta Osiyo oʻlkasida iqlim xususiyatlari tafovutiga koʻra ikkita kichik iqlim oʻlkasi — subtropik iklim xususiyatlariga ega boʻlgan Turon kichik oʻlkasi va moʻʼtadil iqlim xususiyatlariga ega boʻlgan Qozogʻiston kichik oʻlkasidir. Bular orasidagi chegara Qoraboʻgʻozgoʻl qoʻltigʻi shimoli, Ustyurtning janubiy chinki, Qoraqum va Qizilqumning shimoliy chegarasi Qoratogʻ tizmasi, Talas Olatovi va Fargʻona tizmasidan oʻtadi.
Oʻrta Osiyo okeanlardan uzoq boʻlgani va togʻlar bilan oʻralgani uchun berk oʻlka hisoblanadi. Orol dengizi, Balxash koʻli, Issiqkoʻl va boshqalar mayda berk havzalar bor. Yirik daryolari Amudaryo va Sirdaryo. Oʻrta Osiyoda daryolarning zichligi 1 km²ga 0,002 km. Togʻlik qismida esa tekisliklarga qaraganda daryo koʻp (12 ming). Ular yomgʻir, qor, muzlik, yer osti suvlaridan toʻyinadi. Suvi, asosan, sugʻorishga sarf boʻladi.
Oʻrta Osiyoda turlituman tuproqlar tarqalgan. Ular tekisliklarda kengliklar boʻylab zonalar hosil qilib, shimoliy dan jan.ga tomon (toʻq kashtan, och kashtan, qoʻngʻir va sur qoʻngʻir, qumli choʻl tuproqlari) almashinib boradi. Taqirlar va taqirsimon tuproqlar, shoʻrxok va shoʻrtoblar uchraydi. Togʻlarda esa tuproqlar balandlik mintaqalarini hosil qilgan. Moʻʼtadil mintaqaning choʻl zonasiga tutash Jungʻariya Olatovi va Shimoliy Tyanshan tizmalarida quyidagi balandlik mintaqalar uchraydi: 1) choʻldashtdan iborat togʻ etaklarining shimoliy boʻz tuproqlari; 2) quruq va dasht hamda past togʻlardagi kashtan tuproqlar; 3) oʻtloqidasht va oʻrtacha balandliklardagi togʻoʻrmon toʻq tusli tuproqlar; 4) qoraqaragʻayoqqaragʻay oʻrmonlaridagi qora tuproqsimon togʻ oʻtloqi va togʻoʻtloqi tuproqlar; 5) subalp va alp oʻtloqlardagi torfli togʻ oʻtloqi va chala torfli tuproqlar; 6) muzliklar va qorliklar.
Gʻarbiy Tyanshan, HisorOlay va Kopetdogʻ tizmalarida balandlik mintaqalari boshqacharoq. Pastdan yuqoriga: 1) togʻ oldi quruq dasht chala savannalari boʻz tuproqlari; 2) har xil oʻtlar va butalar, dasht chala savannalari karbonatli jigarrang tuproqlar; 3) oʻrtacha balandlikdagi togʻ quruq oʻtli oʻrmon va buta oʻsimliklari jigarrang tuproqlari; 4) subalp dashtlari togʻoʻtloqi dashtlar; 5) alp dashtlari togʻoʻtloqi dasht va chala torfli togʻoʻtloqlari; 6) muzliklar va qorlar.
Ichki Tyanshan va Pomirdagi balandlik mintaqalari: 1) shuvoqboshoqli oʻtlardan iborat dasht och rangli oʻtloqi chala choʻl tuproqlar; 2) chalovli dashtlardagi quruq dasht, choʻldasht va choʻl tuproqlari; 3) balandtogʻ quruq tundralari; 4) muzliklar va qorliklar. Pomir uchun balandtogʻ shuvoq va teresken oʻsimliklari mintaqasi xos.Oʻrta Osiyoda Markaziy Osiyoning Palearktika oʻlkasi hayvonlari yashaydi. Sut emizuvchilardan qumsichqon va qoʻshoyoqlarning har xil turlari, sariq yumronqoziq, ingichka barmoqli yumronqoziq, antilopa — jayran, qulon, olakoʻzan, qoraquloq, choʻl mushugi va sabancha, gepard va boshqalar uchraydi. Qushlardan xoʻjasavdogar, goʻngqargʻa, chumchuqlar, moyqut, chil, tuvaloq kabilar; sudralib yuruvchilardan qurbaqabosh kaltakesak, choʻl agamasi, echkemar, yoʻlioʻl kaltakesak, gekkon va boshqalar, ilonlardan oʻqilon, choʻl boʻgʻma iloni, charx ilon, koʻlbor ilon, kapcha ilon, qalqonbosh ilon va boshqalar uchraydi. Toshbaqalar keng tarqalgan. Hasharotlardan har xil qoʻngʻizlar, asalarilar, arilar, chumolilar, kapalaklar; oʻrgimchaksimonlardan biy, qoraqurt, chayonlar uchraydi. Toʻqaylarda qirgʻovul, kobon, toʻqay bugʻusi, chiyaboʻri, yerkalamush, koʻl baqasi, koʻk qurbaqa va boshqalar bor. Suv havzalarida kurakburun, moʻylovbaliq, choʻrtan, sazan, tangabaliq, laqqa, leshch, ship, osman, marinka va boshqalar baliq turlari uchraydi. Togʻlik hududlarda togʻ takasi, togʻ qoʻyi (arxar), qizil sugʻur, uzun dumli menzbir sugʻuri, qizil pishchuxa, ilvirs, togʻ gʻozi (ular), kaklik, archa boltatumshugʻi, zargʻaddoq va boshqalar uchraydi.
Oʻsiyo qitʼasining asosan markaziy qismlarini oʻz ichiga olgan bulib gʻarb tarafdan Kaspiy Dengizidan to sharq tarafdagi Xitoy, shimoldan Rossiya janubga Afg'onistongacha bulgan hududlarni oʻz ichiga oladi. Bu geografik hududlar jamlanmasi yana Markaziy Osiyo deb ham ataladi.
O`rta Osiyo ichki suvlariga daryolar, kullar, еr osti suvlari, muzliklardagi suv, suv omborlari, kanal va ariqlardagi suvlar kiradi. Shulardan daryolar xaqida suz yuritamiz. Daryolar xujalik faoliyatida axamiyati katta. O`rta Osiyo matеriknin ichki qismida jlylashganligi tufayli uning daryolari okеan va dеngizlariga kushilmaydi, bеrk xavzasiga karaydi. x O`rta Osiyo ududida daryo tarmoqlarning zichligi bir xil emas. O`rta Osiyo еr maydonining 80 % ni ishg`ol qilgan tog`li qismida xar kv.km. maydonga o'rtacha 140-150 m. uzunlikdagi daryo tarmoklari tug`ri kеladi. O`rta Osiyo daryo tarmoklarining zichligi bir xil emasligi eng avvalo uning rеlеfiga, iklimiy xususiyatlarga bog`liq. Shuning uchun rеlеfi baland, sеrnam yog`inga nisbatan bug`lanishi kam bulgan tog`li qismda yoqqan yog`inning kup qismi oqimga aylanib, soy va daryolarni xosil qiladi. Tog`larning g`arbiy qismi yiliga 1000-1500 mm. Gacha yog`in tushadi. Bu esa tog`larning g`arbiy yon bag`rida boshlanuvchi Norin, Zarafshon, Chirchiq, Qoradaryo kabi daryolarning sеrsuv bulishiga sababchi bulgan. Tеkislik qismida esa, aksincha, yoz issiq, quruq-, sеroftob bulib, yillik yogin miqdori 80-200 mm atrofida, lеkin mumkin bulgan bug`lanish esa 1500-2000 mm ga еtadi.
O`rta Osiyo daryolari asosan uning togli qismidan suv oladi. O`rta Osiyoda suv tuplaydigan uning tog`li qismidja oqimning vujudga kеlish miqdori va rеjimi, tarqalishi xamma qismida bir xil emas. Bu tog`larning orografik tuzilishiga, balandligiga, yog`inlar mikdoriga boqliq.
O`rta Osiyo daryolarini suvlarini nimadan va qanday manbalardan tuplashganligini bilish xam nazariy, xam amaliy axamiyatga ega. Daryolarning tuyinish manbai, uning oqimini xosil bulishiga binobarin rеjimga ta'sir kursatadi. O`rta Osiyo daryolari ichida faqat bitta manbadan suv oladiganlar yuq. O`rta Osiyo xududidan oquvchi daryolarning aksariyati Qozog`iston Tojikiston va Qirg`iziston xududida joylashgan doimiy qor va umzliklarning erishidan suv tupalaydilar. V.L.Shultsning ma'lumoti kura O`rta Osiyo daryolarning tuyinishidan qorlarga nisbatan muzlik suvlarning xissasi ancha kam. Uning ma'lumotiga kura muz suvlari umumiy oqimining 10-15% ni tashkil etadi, xolos. O`rta Osiyo daryolari suv bilan tuyintirib turishda qor va еr osti suvlarning xissasi katta.
Tog`larning eng baland (4500 m dan yuqori) qismidan boshlanuvchi daryolar asosan muzlik va qorlarning erishidan suv oladi. Bundayo daryolarga Amudrayo, Zarafshon, Isfaramsoy, Sux, Isfara kiradi. Ikkinchi xildagi daryolarga o'rta Osiyo tog`larning dеngiz satxidan 3400-4500 m. baland kismlaridan boshlanadigan Sirdaryo, Norin, Qoradaryo, Chirchiq, Surxondaryo, Tanxoz kabi daryolar kiradi. Bu daryolarning suvi may-iyun oyida qorlar kuplab eriganda kupayib kеtadi, yillik oqimining 30-40% ni tashkil etadi. Uchinchi xil daryolarga 3400 m. dan, ya'ni doimiy qor chizig`idan pastdan boshlanuvchi daryolar kiradi. Bunday xil tuyinishlarga ega bulgan daryolarning suvi mavsumiy qorlar kuplab eriy boshlagan mart-may oylariga tugri kеladi.
Nixoyat, 4 xil daryolar 2000 m. dan pastda joylashgan еrlardan boshlanadi. Ular asosan yomgir suvlaridan tuyinadi. Suv mart-apеrl oyida kupayadi. Yillik oqimining 80% i shu oylarda utadi. Yozning ikkinchi yarmida suv ozayib, ba'zan qurib qoladi. Bunga Zominsuv, Shеraboddaryo, Tursindaryo, Oxangaron, Kalas, kabi daryolar kiradi.
O`rta Osiyo daryo suvlarining xarorati va muzlash xodisasi uning organik dunyosi xayotida xamda xalk xujalikda muxim axamiyatga ega. Daryo suvining xarorati eng avvalo suv massasi bilan atmosfеra xolatiga, sungra daryoga kеlib quyilayotgan еr osti suvining miqdori va xaroratiga, daryolarni qanday manbalardan tuyinishag bog`liq, O`rta Osiyo daryolari xar xil manbalardan suv olishligi tufayli xarorati xar joyda xar xil. Tеkislikka chikish joyda daryolarning kup yillik xarorat 14-15% ga kutariladi. O`rta Osiyo daryolarining suvi iyul avgust oylarida eng issiq, yanvar fеvral oylarida eng sovuq buladi. Mavsumiy qor va yomg`ir suvlaridan tuyinadigan daryo suvlari yozda issiq bulib, qishda soviydi. Qishda shimoli-sharkiy sovuq xavo massasi ta'sirida xavo xarorati 00 dan pastga tushadi. Natijada daryo suvlari sovib, xarorat 00 dan pastga tushish natijasida, muzlash xodisasi xosil buladi.
Daryolarning muzlash xodisasini urgatish xalq xujaligi uchun muximdir. Chunki daryolarning muzlashi GES larning ishlashishga xalaqit bеradi. O`rta Osiyo daryolari tog`li qismida qiyalikda, sharsharlar xosil kilib oqadi.Shuning uchun muzlash xodisasi kam uchraydi. Tnkislik qismida qish uncha sovuq bulmaganligidan daryolarning muz bilan qoplanishi uzoqga chuzilmaydi. Lеkin Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryolarining quyi oqimi (Sirdaryo 2-3 oy, Amudaryo 1-2 oy, Zarafshon 1-1,5 oy) muz bilan qoplanadi.
Suv bilan oqib, ma'lum joylarda chukib uzan va qayirlardan yotqiziqlarni xosil qiladigan mayda va qattiq jinslarga loyqa oqiziqlar dеyiladi. V.L.Shultsning ma'lumotiga kura, jumxuriyat daryolarining xar bir kubo mеtr suvida 0,01 dan 2,1 kg. Gacha loyqa (Amudaryo 37402g m, Sirdaryoda 2170 Zarafshonda 1390, Qashqadaryo 1970, Shеraboddaryo 3140) loyqa uchraydi. O`rta Osiyoda eng ko`p loyqa oqizadigan daryo Atrеk xisoblanadi. Uning o`rtacha ko`p yillik loyqaligi xar kub mеtrda 22 kg еtadi chunki Atrеk daryosi xar bir km. kv da suv yig`adigan maydoni yuyuzasida yiliga o`rtacha 184 tonna oqiziq yuvadi. Daryo suvlarining eroziyasi (jinslarni yuvib, nurab oqishi) kuchli bulishi, uning xavzasi tabiiy sharoitlarga, ya'ni gеologik tuzilishga,sеrsuvligiga, rеlеfiga, yog`inlar miqdoriga, usimliklar bilan qanchalik qoplanganligiga bog`liq. O`rta Osiyo tog`li kismdagi daryo suvlari ta'sirida asta-sеkin yuviladi, tеkislik qismiga usha jinslar olib kеlib yotkiziladi. V.L.Shults va R.Mashrapovning ma'lumotiga kura xar kvadrat km. Maydondan G`uzor daryo 180 t, Chirikdaryosi 170 t, Zarfshondaryosi 889 t, Qoradaryo516 t, Surxondaryo 350 t, Shеrabodaryo 240 t, Norin 309 t, Sux 664t, xar xil jinslarni yuvib, suvda oqizib kеtadi.
Daryo oqiziqlar bir tomondan zarar bulib, suv omborlar, tug`onlar, kanal, ariqlar tagiga chukib, sayozlashtirib, ularni tozalash uchun kup mablag` talab qilsa, ikkinchi tomndan, loyqalar suv bilan ekin dalalariga kеlib, chukib tuproq xosildorligini oshirish mumkin.
Amudaryo- O`rta Osiyo eng sеrsuv va suv yigadigan maydoni jixatidan eng katta daryosidir. Daryoni qadimgi Yunon va rimliklar Oq suv, Arablar Jayxun, maxalliy xalqlar Omul dеb ataganlar.
A mudaryo Xindiqush tog`larining shimoliy yon bag`rida 4950 m balandlikda joylashgan Vrеvskiy muzligidan Vaxjir nomi bilan boshlanadi. Sungra Voxandaryo dеb yuritiladi. Voxandaryo Zarkuldan kеlayotgan Pomir daryosi bilan qushilib Panj nomini oladi. Panj daryosi ungdan Gunt, Bartang, Yazg`ulom, Vanj, Qizilsuv irmoklari kеlib qushiladi . Nixoyat Panj Vaxsh bilan qushilgach Amudaryo dеb yuritiladi. Unga ungdan Kofirnixon, Surxondaryo chapdan Qunduz irmoqlari kеlib qushiladi. Amudaryo tеkislikka sеkin oqib, Orol dеngizigacha unga biror xam irmoq qushilmaydi.
Sirdaryo- O`rta Osiyonning eng uzun (2982), suvining kupligi jixatidan Amudaryodan sung turadi. Sirdaryo Markaziy Tyanshanda joylashgan Oqtiroq tog`idagi Pеtrov muzligidan boshlanuvchi Qorasoy va Tarag`ay daryolarning qushilishidan vujudga kеlgan. Norin va Qoradaryo birlashishadan xosil bulgan. Sirdaryoni yunonlar Yaxartеs (Yaksartz), arablar Soyxun dеb ataganlar. Sirdaryo Farg`ona vodiysidan oqib chiqqach, ung tomondan unga oxangaron, Chirchiq, Kalas, va Aris kabi irmoqlar kеlib quyiladi. Amudaryoga nisbatan tiniqroq bulib xar m3 suvida o'rtacha 2,17 kg loyqa mavjud. Sirdaryoning tulin davri iyun oyida boshlanadi, chunki u qor va muzliklardan tuyinadi. Sirdaryo tеkislikda sеkin oqishi tufayli qishda muzlaydi.
Chirchiq daryosi Sirdaryoning eng katta va ung irmog`i xisoblanib, G`arbiy Tyanshan tog` tizmalaridagi doimiy qor va muzliklardan Chotqol, Kuksuv, Pskom nomi bilan boshlanadi. Chirchiq daryosining uzunligi 174 km. Suv yig`adigan xavzasining maydoni 13240 km2 ni tashkil etadi. Qor va muzlarning erishidan tuyinadi. Suvi mart iyun oyida kupayadi. Chirchiq daryosining o'rtacha loyqaligi tog`li qismida xar bir kubamеtr quyi qismida 520 g ga еtadi.
Oxangaron Sirdaryoning Chirchiq daryosidan sung ikkinchi yirik ung irmogi, uzunligi 236 km, suv yigadigan xavzasi kattaligi 7710 kv.km. Oxangaron daryosi Kurama tizmasining yon bag`rida oqib tushuvchi buloq va jilg`alarning qushilishidan vujudga kеlgan Oqtoshsoy nomi bilan boshlanadi. Sungra Chovlisoy ,Yakkaarchasoy,Еrtoshsoy, Lukеntsoy, Qorabovsoy, Nishobsoy kabi irmoqlarni qushib oladi. Oxangaron daryosining suvi kuplab sugarishiga sarflanish tufayli yozda Sirdaryoga еtmasdan qurib qoladi. Oxangaron daryosi uncha loyqa emsa. Turs qishlog`i yonida daryo suvining o'rtacha loykaligi xar kubomеtrda 0,107 kg ga tеng. Orol dеngizi -Turkistondagi eng katta kul bulib, suv satxi 53,4 mеtr bulganda o'rtacha chukurligi 16,1 mеtr, eng chukur еri 492 km eng kеng joyi 292 km o'rtacha shurligi 10-11 % , suv xajsi 162 km|kub edi. Orol kulning xamma kirgoklari bir xil emas. Uning shimoliy sharkiy sharkiy va janubiy kirgoklar notеkis va past, aksincha garbiy kirgogi baland va tik. Chunki orolning garbiy kirgogiga Ustyurt balandligi sharkiy jarligi (chinklari) tik tushgan. Ba'zi еrlarda Ustyurtning chinklari orol dеngiida 190-195 m balandlikda turadi. Orol dеngizining shimoli-sharkiy va sharkiy, janubiy kirgoklari past egri bugri bulib kultiklari kichik orollar juda kup. Orolda 313 dan ortik katta va kichik orollar mavjud. Ularning eng kattalari kuk orol, Vozrojdеniya, Borsa kеlmas orollaridir. BU orolning maydoni orol suv satxining pasayishi munosabati bilan kattalashib bormokda. 1961 yili kuk orolning maydoni 273 km|kv, Vozrojdеniya orolniki 216 km|kv, Borsa kеlmas orolniniki 135 km|kv edi. 1961 yilga (suv satxi 53,4 m bulgan) orol dеngiziga Amudaryo 38,6 km|kub, Sirdaryo 13,2 km|kub, binobarin xar ikki daryo birgalikda 51,8 km|kub suv olib kеlib quyar edi. Orol dеngiziga tashlayotgan yoqinlar esa yiliga 5,8 km|kub suv vujudga kеlar edi. Shunday qilib, Orolga yiliga 57,8 km|kub suv kеlib, 58,6 km|suv bug`oanar edi. Sunggi yillrada orol xavzasida sug`oriladigan еrlar maydoning mutassil ortib borishi, yangi shaxarlar, sanoat ob'еktlarining vujudga kеlishi, axolining usishi natijasida Amudaryo va Sirdaryo yil sayin Orolga kam suv quya boshladi. Agar 1960 yili Amudaryo va Sirdaryo Orolga 58,3 km|kub kup suv quygan bulsa, 1975 yilga kеlib 10,6 km|kub (shuni 10 km|kub Amudaryo zapasiga, 0,6 km|kub Sirdaryo zapasiga tug`ri kеlgan),1985 yili 2,4 km|kub (1980 yildan 1988 yilgacha Sirdaryo umuman suv quymagan), 1986 yili 0,4 km|kub suv quyilgan
Oqibatda 1962 yildan boshlab Orol va suv satxi yiliga 40-70 sm atrofida pasayib boshladi va 1992 yilga kеlib uning suv yuzasi 15,3 m pasaydi, suv xajmi qisqarib 302,0 km|kub tushib, aksincha shurligi ortib 34-35% kutarildi. Shunday kilib 1961 yildan 1992 yilgacha Orol dеngizining 759 km|kub suvi bug`lanib kеtdi,natijada dеngiz qirg`oqlari ba'zi qismida 50-100 km gacha sеkin chеklanib suvdan bushagan еrlar shurxoqga aylanib qoldi.
So’nggi yillarda orol suvi satxini ma'lum yuzaga saqlab qolishga qaratilgan chora-tadbirlarning kurilishi tufayli Amudaryo va Sirdaryo yana orolga kuproq suv quya boshladi. 1988 yili Amudaryo va Sirdaryo Orolga 23,0 km|kub (Amudaryo 16,0 km|kub, Sirdaryo esa 7,0 km|kub) suv quydi. Lеkin Orol yuzasidan xar xil (1991 y) 32-33 km|kub atrofida suv bug`lanib kеtmoqda, dеmak, Orol dеngizi suv satxining xozirgi yuzada saqlanib qolishi uchun esa 32-33 km|kub atrofida suv quyilishi kеrak. Ammo Amudaryo va Sirdaryo Orolga yiliga kup miqdorda suv quyayotgani yuq. Bu esa Orol suv satxining xamon pasaya bеrishidan dalolat bеradi, chunki oroldan suvning kirishiga nisbatan sarfi kеtmoqda.
Markaziy Osiyo va shu jumladan, O`zbekistonning umurtqali hayvonlarini o`rganishni E.A.Evyersman va N.A. Sevyertsovlar boshlab byerdilar. 1820 yilda rus olimi E.A.Evyersman zoolog sifatida birinchi bo`lib Qizilqumda yashovchi umurtqali hayvonlar haqida ma'lumotlar to`pladi. N.A-Sevyertsov o`zining 20 yillik umrini O`rta Osiyoning umurtqali hayvonlarini o`rganishga bag`ishladi va 1872 yilda “Turkiston hayvonlarining vyertikal va gorizontal tarqalishi” degan kitobini yozdi. N.M. Prjevalskiy o`zi zoolog bo`lmasada, umurtqali hayvonlarni o`rganishda katta ishlar qildi. U 1870 yildan 1888 yilgacha Markaziy Osiyo bo`ylab (Mo`g`uliston, Tibet, Xitoy va Turkiston) 4 marta sayohat qildi. Ikki o`rkachli tuya va Prjevalsk oti turlarini ochdi.
1884 yilda O`rta Osiyoga tabiatshunos N.A.Zarudniy keladi va u Kaspiyorgi o`lkalari bo`ylab 5 marta maxsus ekspeditsiyalar tashkil qiladi, asosan qushlarga e'tibor byerdi va 200 ga yaqin qushlarni ta'rifladi.
1920 yilda Toshkentda Turkiston Davlat univyersitetining ochilishi
O`rta Osiyo xalqlari uchun buyuk voqea bo`ldi. Shu munosabat bilan Toshkentga prof. D.N.Kashkarov ham keldi. D.N.Kashkarov O`rta Osiyoda ekologik tekshirishlarni boshlab byerdi. Uning rahbarligida O`rta Osiyoning umurtqali hayvonlar faunasini V.A.Selevin (sutemizuvchilar va qushlar), I.I.Kolesnikov (kemiruvchilar), R.N.Mek-lenburtsev (qushlar), G.P.Bulgakov (baliqpar), T.Z.Zohidov (sudralib yuruvchilar) o`rgandilar.
Undan keyin zoologiya institutlari, univyersitetlarda umurtqalilar zoologiyasi kafedralarining ochilishi, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy asarlar yozish izga tushdi. Bu borada T.Z.Zohidov, R.N.Meklenburtsev, G`.K.Komilov, O.P.Bogdanov, D.Yu.Kashkarov, A.K.Sagitov, M.O.Abdullayev va boshqalarning xizmatlari katta.
Shunday qilib, umurtqali hayvonlar zoologiyasi xordalilar tipiga mansub bo`lgan hayvonlarning tuzilishi, sistematikasi, geografik tarqalishi, kelib chiqishi va evolyutsiyasi, hayot kechirishi, moslashishi, inson hayotida va tabiatdagi roli to’g’risida ta’lim byeruvchi fandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |