I bob opek tashkilotining umumiy tavsifi opek tashkil topish evolutsiyasining nazariy asoslari


OPEK mamlakatlari rivojlanishining istiqbollari



Download 252,57 Kb.
bet6/8
Sana16.01.2022
Hajmi252,57 Kb.
#377351
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
opek

2.3 OPEK mamlakatlari rivojlanishining istiqbollari

Nazorat qilishning qiyinligiga qaramasdan, 90- yillar davomida neft narxi 80- yillarga qaraganda barqaror holda turdi. 1999 –yilda neft narxi yana ko’tarildi. Tendensiyalarning o’zgarishiga asosiy sabab OPEK ning neft qazib olishni qisqartirgani sabab bo’ldi. Hozirgi kunda OPEK mamlakatlarining rivojlanish istiqbollari noaniq holda qolmoqda. 1980-yillarning ikkinchi yarmi va 1990-yillarning boshlarida organizatsiya krizisni yengishga muvaffaq bo’ldi. Albatta 1970-yildagi iqtisodiy kuchini organizatsiya qaytara olmaydi, ammo, umuman olib qaraganda OPEK da rivojlanish uchun juda ajoyib imkoniyatlar mavjud. Shunga qaramasdan, ba’zi bir analitiklarning fikriga ko’ra OPEK mamlakatlari uzoq yillar davomida neft ishlab chiqarish kvotalarini hamda aniq umumiy siyosatni nazorat qilib tura olmaydi.

OPEK istiqbolining noaniqligi dunyo energetikasi rivojlanish yo’llarining mavhumligi bilan bog’liq bo’lib qolmoqda. Agarda yangi energiya manbaalari (gelioenergiya, atom energiyasi va b.) ni ishlatishda jiddiy muvaffaqqiyatlarga erishilsa, neftning jahon iqtisodiyotidagi o’rni kuchsizlanadi va bu OPEK ning kuchsizlanishiga olib keladi. Rasmiy kuzatuvlar esa yaqin o’n yillar davomida neft planetamizdagi asosiy energiya manbaii bo’lib qolishini ko’rsatmoqda.2004-yildagi AQSH energetika ministrligi qoshidagi malumotlar boshqarmasi tomonidan tayyorlangan Xalqaro energetic kuzatuvga ko’ra neftga bo’lgan talab yildan yilga o’sib boradi. Shunday ekan hozirgi kundagi neft zaxiralari 2050-yilga qadar foydalaniladi. Noaniqlikning yan bir faktori bu- planetadagi geosiyosiy vaziyat. OPEK feodal derjavalari va sotsial lagerlar davrida tashkil topdi. Bizning vaqtlarga kelib esa bizning dunyo monopolyar tusga kirdi, lekin nobarqaror.

Bir tomondan olib qaraganda, ko’p tahlilchilar AQSH ning “jahon politsiyasi” sifatida kim uning manfaatdorligisiz iqtisodiy siyosatni amalga oshirsa, ularga qarshi aloqalarda kuch ishlatishidan havotirdalar.2000-yillarda Iroqda bo’lgan hodisalar bu fikrlarni tasdiqlaydi. Boshqa tomondan olib qaraganda, islomiy fundamentalizmning o’sishi Yaqin Sharqdagi tinchlikka rahna solishi va bu ham OPEK ning kuchsizlanishiga olib kelishi mumkin.

Oxirgi yillarda sanoatlashgan dunyoda neftga bo‘lgan talab oshsa oshyaptiki, kamaygani yo‘q. Mutaxassislarning hisob-kitobi esa bu talab kelajakda ham oshish ko‘rsatkichiga ega bo‘lishini tasdiqlamoqda

Sizga ma’lumki, OPEKka a’zo bo‘lmagan Rossiya, Norvegiya, Ummon, Meksika kabi davlatlar ham katta zahiralari bilan xalqaro bozorda e’tiborli mavqe egallaydi. Biroq so‘nggi xomcho‘tlar ham bu borada omad, demakki, hokimiyat baribir OPEK tarafida ekanini ko‘rsatdi. Chunki neft zahiralaridan hozirga ko‘rsatkichda foydalanilsa, OPEK davlatlari zahirasi 80 yilga yetar ekan. Tashkilotga a’zo bo‘lmagan Rossiya, Meksika, Norvegiya va Ummon kabi davlatlar zahirasi esa 20 yilga bormay tugashi mumkin.

Hozirgi davrda dunyoning deyarli barcha rivojlangan davlatlarida neftning o‘rnini bosadigan energiya resurslari ishlab chiqarish, atom energiyasidan kelgusida sanoat maqsadlarida ko‘proq foydalanish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilyapti.

Bugungi vaziyatda jahon energiya resurslari umumiy miqdorining 41,3 foizi neft hissasiga to‘g‘ri keladi. 2020-yilga borib esa bu raqam 39,2 foizni tashkil etadi. O‘zingiz guvoh bo‘lib turibsizki, so‘nggi tadqiqotlar yaqin yillarda bu ko‘rsatkich tushmasligi, ya’niki, strategik resurs sanalgan neftning ahamiyati ham pasaymasligini ko‘rsatmoqda. 14

Yuqorida zikr etilgan omillar esa OPEK keyingi yillarda ham dunyo miqyosida katta nufuzga ega bo‘lishi, xalqaro moliya kursini belgilaydigan mavqeda qolishidan dalolatdir.

XULOSA

Neft eksportidan OPEK davlatlariga kelayotgan yirik daromad, ular uchun ikki tomonlama ta’sir ko’rsatib kelmoqda. Bir tomondan bu mamlakatlarning ko’pchiligiga o’z fuqarolarining yashash darajasini ko’tarishda qo’l kelyapti. Boshqa tomondan neftdollorlari iqtisodiy rivojlanishning sekinlashishiga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy sabab bo’lishi mumkin. OPEK mamlakatlari o’rtasida, hattoki eng boylari ham yetarli darajada rivojlangan va zamonaviy emas. Uch arab mamlakatlari Saudiya Arabistoni, BAA va Quvaytni boy davlatlar deb atashimiz mumkin, lekin rivojlangan deb atash mumkin emas. Bu borada ularning uchovi ham orqada qolayotganliginini hech bolmaganda bu mamlakatlarda hali ham feodal tuzimning monarxiya shakli mavjudligi ko’rsatishimiz mumkin. Liviya, Venesuela va Eron yuqori bo`lmagan darajadagi o`sish suratlariga ega. Yana ikki mamlakat Eron va Nigeriya ni biz shunchaki qashshoq davlatlar deb atay olamiz. Tabiiy boylik va rivojlanishdagi natijalar o’rtasidagi farq OPEK davlatlaridagi holatni yaqqol ko’rsatib beradi,ya’ni bu mamlakatlar ishlab chiqarishni rivojlantirishdan ko’ra ko’proq resurslarni ishlatishga qaratilgan siyosiy nazoratga e’tibor berayotganligi diqqatni tortadi. Qachonki, mamlakatda oson yo’l bilan erishiladigan tabiiy boyliklar mavjud bo’lmasa, daromad ko’p aholini band qiluchi ishlab chiqarish sohasidan keladi. Agarda mamlakat OPEK davlatlari kabi yirik tabiiy resurslarga ega bo’lsa, uning elita aholisi ishlab chiqarishga kam e’tibor qaratadi.Tabiiy resurslar bunday holatda elita aholiga yirik daromad keltiradi, oddiy aholi esa qashshoqlikda qolaveradi. Albatta, OPEK mamlakatlari o’rtasida tabiiy boylik samarali sohalarga ishlatilayotgan mamlakatlar mavjud. Bularga yaqqol misol qilib, Quvayt va BAA ni ko’rsatishimiz mumkin. Bu mamlakatlarda hozirgi kundagi tushumlar faqatgina ishlatilib qolmasdan, kelgusi sarf-harajatlar uchun yaratilgan maxsus fondlarga kiritiladi va iqtisodning turizm kabi boshqa sohalari rivojiga ham sarflanadi



Albatta, tabiiy boyliklar o’z o’zidan potensial yuksaklikni yaratadi. OPEK da har doim kelajakni o’ylamasdan tabiiy boyliklarni parazit kabi yemirib tugatish kabi oson yo’lni yoki umumiy rivojlanishni ijobiy ko’rinishga olib keluvchi kompleks ravishda ishlab chiqarishni rivojlantirish, iqtisodiy-ijtimoiy modernizatsiya kabi qiyin yo’lni tanlash imkoniyati mavjud bo’lib qolmoqda.


Download 252,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish